Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Urushdan keyingi davrda mehnat unumdorligi
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
Urushdan keyingi davrda mehnat unumdorligi
dinamikasi 1 . Yillar 1948-1966 1966-1973 1973-1981 1981-1987 Mehnat unumdorligi o‘sishi sur’atlari, % 3,2 2,0 0,7 1,5 Aholi jon boshiga real YaMMni o‘sish sur’atlari, % 2,2 2,0 1,1 1,8 Jadval ma’lumotlarini ko‘rsatishicha, Ikkinchi jahon urushidan keyingi 20 yil davomida (1948-1966 yy.) mehnat unumdorligi yuqori sur’atlarda o‘sdi – yiliga o‘rtacha 3,2%. Ammo 1966-1973 yy.da ushbu sur’atlar keskin pasayib ketdi. Undan keyin mehnat unumdorligi dinamikasida eng noqulay davr boshlandi (1973- 1981 yy.), undan so‘ng esa, 80-yy.da mehnat unumdorligini o‘sish sur’atlarida jonlanish yuz berdi. ◄ “Reyganomikaga o‘tish”. 1981 yil yanvarda R.Reygan AQSh prezidenti etib saylandi. U tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy siyosat, “reyganomika” nomini oldi, neokonservativ siyosatning shakli bo‘lib, 80-90 yy. davo- mida barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanildi. Uning tarkibiga quyidagilar kirardi: ijtimoiy dasturlar va soliqlarni qisqartirish, qat’iy pul-kredit siyosati yordamida inflyasiya bilan kurashish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan voz kechish. Federal hukumatning faoliyat sohasi, ayniqsa ijtimoiy sohada, qisqartirilgan bo‘lib 46 ta ijtimoiy dasturlardan 44 tasi shtatlar ix- tiyoriga o‘tkazildi. 1 Макконелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы, и политика. В 2 т. Т. 1. -М., 1992. - С.38. 136 12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 1986 yilda daromad solig‘i to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib, unda fuqarolardan undiraladigan daromad solig‘i 50%dan 28%gacha pasaytirildi, korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqlar 46%dan 34%gacha pasaytirildi. Ushbu qonunni qabul qilinishi investitsion faollikni rag‘batlantirdi. Mamlakatda, ITRning yangi bosqichi bilan bog‘liq ravishda, iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o‘zgarishi amalga oshirildi, shaxsiy iste’mol real hajmini o‘sishi va boshqa mamlakatlarga davlat qarzini o‘sishi kuzatildi. XX asrning 80-yillarida jahon xo‘jaligida AQShning pozitsi- yasi yanada mustahkamlandi: 1986 yilda rivojlangan mamlakatlar sanoat ishlab chiqarishining 34%i (1970 yilda 32%) va tashqi sav- do aylanmasining 20%i (1970 yilda – 18%) AQSh hissasiga to‘g‘ri kelardi. 80-yillarning oxirida AQSh iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari keskin ravishda pasaydi. Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarini pasayi- shi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya va G‘arbiy Yevropadan orqada qolishi sabablari bo‘yicha ekspertlarning yagona fikri yo‘qdir. AQSh aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bo‘yicha ham Yaponiya va deyarli barcha G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan orqada qolardi. 1 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling