«mamlakatning barqaror riojlanishida davlat budjetining ahamiyati» mavzusida yozgan kurs ishi «himoyaga ruxsat etildi»
Yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulk solig’ining stavkalari45
Download 380.93 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulk solig’ining stavkalari45
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i qator yillar davomida 3,5%ni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 4% qilib belgilandi. Shuningdek, 201 yilda soliqqa tortish obyektiga yuridik shaxsga tegishli bo’lgan uy-joylar ham kiritilishi ko’zda tutilgan. Eksport qiluvchi korxonalar mol-mulk solig’idan imtiyoz belgilangan bo’lib, o’zi ishlab chikargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni kursatish joyidan qat’iy nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi kuyidagi mikdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun (Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiklangan ruyxatda keltirilgan xom-ashyo tovarlari bundan mustasno): sotishning umumiy xajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo’lsa belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi; sotishning umumiy xajmida 30 foiz va undan yukori bo’lsa belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq stavkasi 2010 yilga qadar 0,5% stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2011 yilda 0,75%, 200 kv.m dan 500 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9% va 500 kv.m dan ortgan mol mulk qiymatidan 1,13% miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2012 yilda 9%, 1,1%, 1,35%ni; 2013 yilda 1,04%, 1,25%, 1,55%ni , 2014 yilda 1,2%, 4%, 1,8%ni va 2015 yilda 1,3%, 1,6% va 2,2% ni tashkil etmoqda. Shuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u60kv.km ni tashkil etadi. Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmagan bo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.46 Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to’lovlar yer solig’i yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig’i to’laydilar. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari er solig’ini to’lovchilardir. Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyektidir:
dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari; xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. Yer solig’ining stavkalari zonalar bo’yicha, qishloq xo’jaligidagi yerlar bo’yicha esa yerlarning bonitetiga qarab soliq stavkalari belgilanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir: yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari; faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari; tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari. Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir. Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko’llar, suv omborlari, turli hil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari. Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi. 4-jadval Suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi47
47 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining , PQ № 2099, 2270 Qarorlari asosida tayyorlandi Alkagolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar qanday tartibda soltq to’lashidan qat’iy nazar ushub soliqni to’laydilar. 2014 yilda yagona yer solig’ini to’lamaydigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar),tadbirkorlik faoliyatida suv resusrlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar har kub metr suv uchun 2,8 va 3,1 so’m miqdorida soliq to’lagan. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir: yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. Byudjet daromadlari tarkibida alohida satrda ko’rsatiladigan soliq qo’shimcha foyda solig’i deb nomlanadi va uning stavkalari 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Qo’shimcha foyda solig’i stavkalari48
48 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining , PQ № 2099, 2270 Qarorlari asosida tayyorlandi Ushbu soliqni quyidagilardir: ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qo’shimcha foyda) qo’shimcha foyda solig’ini solish obyektidir Ayrim turdagi mahsulotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan soliq kodekssida ko’rsatilmagan boshqa shaxslar ham qo’shimcha foyda solig’i to’lovchisi etib belgilanishi mumkin. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar qo’shimcha foyda solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi. Qo’shimcha foyda summasi bilan qo’shimcha foyda qismiga to’g’ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qo’shimcha foyda soliq solinadigan bazadir. Qo’shimcha foyda solig’i solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari ro’yxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 15Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish - ustuvor vazifamizdir. - T.: “O’zbekiston”, 2015. 16O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 33-35 modddalarga asosan tayyorlandi. 17O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 35 modda, // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son 18Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007 yil Download 380.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling