Ma‘mun-universiteti


Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni


Download 0.61 Mb.
bet37/91
Sana14.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1460612
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni Hayvonlar psixikasi taraqqiyotini o’rganuvchi ushbu yondoshuvdan tashqari boshqa yondoshuvlar ham mavjud. Masalan, fransiyalik biolog-olim, birinchilar qatorida sinantrop odamning qoldiqlarini aniqlagan tadqiqotchi-antropolog va taraqqiyparvar arbob Pyer Teyyar de Sharden ushbu muammoni o’rganishga idealizm nuqtai nazaridan yondoshadi.
Bunda Teyyar de Sharden olamda ideal asosning abadiy mavjudligi, uning moddiy asos bilan uyg’un ravishda taraqqiy etishi qoidalariga tayanib ish ko’radi.
U psixik manbalarni «ruhiy quvvat» tushunchasini jismning «ichki tomoni» bilan tenglashtirgan holda ko’ra oladi, va uning boshlanish tarixini «boshlang’ich hayot» deb nomlanuvchi qadim zamonlarga taqaydi. Ruhiy quvvat jismoniy quvvat bilan uyg’unlashgan holda unga qarshilik ko’rsatadi. U rivojlanishda moddiy dunyoning xilma-xilligini yaratuvchi jismoniy quvvatdan farq qilib, o’z taraqqiyot yo’lida sodda hayvonlardan tortib, odamgacha bo’lgan tirik mavjudotlarga xos psixologik hodisalarning turli-tumanligini yuzaga keltiradi. Teyyar de Shardenning yozishicha: «Ikkala – jismoniy va ruhiy quvvatlar mos ravishda dunyoning tashqi va ichki tomonlarida … o’zaro muntazam birlashgan holatda bo’ladi va ba’zi hollarda bir-biriga o’tib turadi»
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, birinchidan, moslashish vositalari va darajalari hayvonlar psixikasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, hayvonlar psixikasi rivojlanishining jismlarni idrok qilish bosqichida turgan eng yuqori darajasi hayvonlarning boshlang’ich idrokli hulq-atvori haqida fikr yuritish imkonini beradi. Lekin hayvonlar hulq-atvorining o’ziga xos xususiyati, asosan, o’zining biologik ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Hayvonot dunyosida psixika rivojlanishi insondagi kabi ong darajasiga o’tmasdan, idrokli hulq-atvor darajasida tugaydi.
Psixikaning inson darajasidagi keyingi rivojlanishi xotira, nutq, tafakkur va ong hisobidan faoliyatning murakkablashishi va atrof-olamni tadqiq etish vositasi sifatidagi mehnat qurollarining takomillashishi, shuningdek, belgili tizimlarning kashf etilishi va keng qo’llanilishi evaziga amalga oshdi. Odamda tabiat tomonidan berilgan psixik jarayonlarning tuban tashkiliy darajalari bilan bir qatorda yuqori darajalari ham yuzaga keladi.
Insonlarning psixik tarraqqiyotining jadallashishiga insoniyat erishgan uchta asosiy yutuq ko’mak berdi, bular: mehnat qurollarining kashf etilishi, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarini ishlab chiqarilishi va til va nutqning paydo bo’lishi. Inson mehnat qurollari yordamida tabiatga ta’sir ko’rsatish va uni chuqurroq bilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
O’z navbatida, qurollarni va ular yordamida bajariladigan mehnat vazifalarini takomillashtirish qo’l yordamida bajariladigan vazifalarning o’zgarishiga va yaxshilanishiga olib keldi, buning evaziga qo’l vaqt o’tishi bilan ish qurollari orasida eng nozik va aniq qurolga aylandi. Qo’l misolida inson ko’zi voqyelikni bilishni o’rgangan, uning yordamida tafakkur taraqqiy etib, inson ruhining asosiy ijod namunalari yaratilgan. Olam haqidagi bilimlarning kengayib borishi bilan inson imkoniyatlari ham oshdi, u tabiatdan mustaqil bo’lish va o’z tabiatini (psixika va hulq-atvorni) idrokli o’zgartirish layoqatini egallab bordi.
Insonlarning ko’plab avlodlari tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari beiz ketmadi, ular avloddan-avlodga o’tib, qayta ishlanib, takomillashib bordi. Insonlarning yangi avlodi uchun ularni yangitdan kashf etish zaruriyati tug’ilmadi, ulardan foydalanishni bunday mahoratga ega odamlar yordamida o’rganib olishning o’zi kifoya edi.
Layoqatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalarni irsiyat orqali o’tkazilish mexanizmi o’zgardi. Endilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog’onaga ko’tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy axborotni o’zgartirish

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling