Ma‘mun-universiteti
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari http://textshare.tsx.org http://www.mgimo.ru/fileserver/
- Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari.
- Determinizm tamoyili.
- Ong va faoliyatning birligi tamoyili.
- Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili.
Asosiy adabiyotlar
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan Vыgotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984. Galperin P. Ya. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1976. Galperin P. Ya. K ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii. 1966. № 6. Gippenreyter Yu.B. Vvedeniye v obщuyu psixologiyu. M., 1996. Obщaya psixologiya. Tekstы. Tom 1 «Vvedeniye». M., 2001. S. 14 (Godfrua), 15-16, 35- 39 (Petuxov, Stolin), 27-34 (Olport) (1) Internet saytlari http://textshare.tsx.org http://www.mgimo.ru/fileserver/ http://www.ssu.runnet.ru/... http://www.philol.msu.ru/~rlc2001/ru/sch_14.htm http://www.voppsy.ru http://flogiston.ru/arch http://psychol.ras.ru http://psyberia.ru Ma’ruza 7. Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishiReja: Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari va funksiyalari. Inson psixikasini tizimi. Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni. Uilyam Djeyms va instinktlar psixologiyasi. Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari. Inson psixikasini tizimi. Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o’rni. Uilyam Djeyms va instinktlar psixologiyasi. Asab tizimini rivojlanish bosqichlari Bosh miya po’stlog’i. Miya va psixika. Ong yuqori psixik aks ettirish darajasi. Ong xolati. Ong va ongsizlik Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari. Psixikani o’rganish qator boshlang’ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan obyektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo’lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko’rsatilgan: 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko’ra paydo bo’ladi, o’zgaradi va nobud bo’ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o’zgarishini bildiradi. Hayvonlar psixikasi haqida so’z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo’lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqyelikning harakatchan ko’rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o’z yo’nalishini aniqlay oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o’rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi. 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko’rib chiqilgandagina to’g’ri tushuncha hosil bo’lishini bildiradi. Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo’lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling