Ma‘mun-universiteti
Tug’ma va individual xatti-harakat
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Tug’ma va individual xatti-harakat. U. Djeymsning instinktlar nazariyasi. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo’qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hyech qanday o’zgarishsiz o’tadigan tug’ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida yetakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qumursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar yetakchi o’rin egallaydi faqat asta sekinlik bilan individual o’zgaruvchan xatti-harakatlarga o’rnini bo’shata boshlaydi. Agar yomg’ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u harakat qilishi ma’lum. Yomg’ir chuvalchangi uyini qishda issiq tutishi uchun va oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini olib kirar ekan. Tadqiqotchilar shuni kuzatishdiki yomg’ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu xatti-harakatni ko’rganlar u aqlli xatti harakat qilayapti degan fikrga borishlari mumkin. Shuning uchun ham olimlar uni ustidan tadqiqot o’tkazib chuvalchanglarni harakatini kuzatganlar. Ular chuvalchangda shaklni idrok qilish formasi bormi yoki yo’qligini kuzatganlar. Ular bargni shakliga o’xshash shaklni bargdan kesib olganlar, bargni asosi hisoblangan barg shakli hozirda oxiri hisoblana boshlagan, shunda chuvalchang oxiri hisoblangan tomonidan uyiga torta boshlagan, demak chuvalchang boshqa omillar orqali xatti-harakatini boshqarishi ma’lum bo’lgan. Demak chuvalchanglar ma’lum bir tug’ma xatti-harakatni amalga oshirishini kuzatishimiz mumkin. Bu xatti-harakat formalarining murakkabligi nimadan iboratligini kuzatganimizda, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki evolyusiya jarayonida qandaydir noma’lum yo’llar bilan hayvonlarning yashashi uchun shart sharoit yaratiladi, bunda ularning tana shakllari, yashash sharoitlari hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng maqbul asbob hisoblanadi. asalarining tumshug’i esa asal yig’ish uchun eng maqbulidir. Har bir qumursqalarning xatti-harakati yashash uchun eng maqbul holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning fikriga ko’ra bu evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan hisoblanadi. Ularning nasl qoldirishga bo’lgan xatti-harakatida ham instinkt formalarini kuzatishimiz mumkin, masalan chivinlar o’z tuxumlarini suvga qo’yadilar, agar ular quruq joyga tuxumlarini qo’ysalar tuxumlar nobud bo’lishlari mumkindir. Ipak qurti o’z ipagini katta qilib o’raydi, chunki bunda uning kapalagi o’sha joyda harakatlana olishi kerakdir. Oddiy ari tuxumini chuvalchangga qo’yadi bunda u chuvalchangni yetakchi gangliyasini zararlab, tuximini qo’yada bu holatda chuvalchang halok bo’lmaydi, balki arining bolasiga yem bo’ladi. Bunday murakkab xatti-harakatlar o’zining maqsadliligi jihatidan hayron qoldiradi. Asalarining in qurishi ham juda murakkab hisoblanadi, u xuddi arxitektor kabi hamma qismlarni hisobga olgan holda in qurgandek ko’rinadi. Masalan baliqlar, qushlar ma’lum bir xududda yashab ikkinchi xududga qishlash uchun keladilar. Bu xolatda murakkab xatti-harakat formalari programmalashtirilgan hisoblanadi. Instinktni to’rt asosiy xususiyatini ajratishimiz mumkin, bular quyidagilardir: nasliylik, o’qitishdan mustaqillik, birxillik, bir tomonlamalikdir1.
Masalan asalarilar 140 ga yaqin xidlarni ajratish xususiyatiga egadirlar. Asallarilar to’lqinlarni ham tez va oson ajrata oladilar. Inson tebranishlar chastotasini sekundiga 20 dan 20mingga yaqinini ajratadi, qumursqalar esa faqat ultrazvuk tebranishlariga javob beradi. qumursqalarda yana ko’rishi yaxshi rivojlangan. Ularning ko’zlari umurtqalilardan farqli ravishda bir necha ming aloxida bo’limchalardan iboratdir. Demak qumursqalarda yuqori darajada rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo’zg’alish aynan shu organlarda paydo bo’ladi va so’ngra oldingi gangliyaga yetkaziladi. Oldingi gangliyada uchta turli xil qismlar mavjuddir: oldingi qism ko’rish reseptorining tolalari boradi, o’rta qism xid bilish reseptorlari boradi va orqa qism og’iz qismining reseptorlari boradi. Shu tariqa asalarilarda oldingi gangliyasi tasniflangan hisoblanadi, ularni esa umurtqalilar miyasi bilan ham solishtirish mumkindir. Asalarilarning gangliyasi chuvalchanglarnikiga o’xshamagan tarzda tuzilgan, ularning gangliyalari tartiblangan tarzda tuzilgandir. Bu xatti-harakatlar yorug’lik signallariga javob berishga mo’ljallangandir. Asalarining oldingi gangliyasi kelgan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga egadir, bular murakkab xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Har bir hatti harakatlar instinktiv darajada tuzilganligi sababli ulardagi ma’lum o’zgarishlarga hayvonlar javob berishmasligi mumkin. Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud. 1)oziqlanish, 2)nasl qoldirish, 3) naslga g’amxo’rlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish va gala bo’lib yashash. Har bir xatti harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar instinktlar chegarasidan chiqib keta olmaydilar. Masalan o’rgimchak to’riga pashsha tushganini vibrasiya orqali sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi, chivin suvga tuxum qo’yadi, lekin oynani ko’rsa ham tuxum qo’yishi mumkindir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling