Ma’muriy huquqbuzarlik reja ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi


Ma’muriy javobgarlik tushunchasi, subyektlari


Download 45.57 Kb.
bet4/7
Sana21.02.2023
Hajmi45.57 Kb.
#1218465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
мамурий ҳуқуқбузарлик тушунчаси реферат

Ma’muriy javobgarlik tushunchasi, subyektlari
Ma’muriy javobgarlik — yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanib, bir vaqtning o‘zida ma’muriy majburlashning bir turi hamdir. Ma’muriy javobgarlik - ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan bo‘lib, aybdor shaxsga nisbatan vakolati davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy-protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir.
Ma’muriy javobgarlik quyidagi xususiyatlarga ega:
— bu davlat majburlovi bo‘lib, davlat faoliyatining har xil sohalarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi;
— aybdor shaxslar qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar
asosida vakolatli organlar, mansabdor shaxslar tomonidan javobgarlikka tortiladi;
— ma’muriy javobgarlikka tortilganlar sudlangan hisoblanmaydi;
— yengil jazo beriladi va jazo muddati qisqa belgilanadi;
— moddiy javobgarlik moddiy zarar yetkazilgandagina qo‘llaniladi, ma’muriy javobgarlikka moddiy zarar yetkazilmagan bo‘lsa ham tortish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 13-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Ayrim turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni 14 yoshdanoq jinoiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yadigan jinoyatga oid qonunchilik hujjatlaridan farqli o‘laroq, ma’muriy huquqda shaxs faqat 16 yoshga to‘lgan taqdirdagina ma’muriy javobgarlikka tortiladi, bunda ishni ko‘rib chiqish yoki ish bo‘yicha qarorni bajarishning boshlanish paytida emas, balki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytga kelib mazkur yoshga to‘lgan shaxslar shu javobgarlikka tortiladi. 16 yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik nimadan iborat ekanligini to‘la anglab yetishga, ularni sodir etishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini tushunishga va ularni sodir etganlik uchun shaxsan javob berishga qodir bo‘ladilar. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Ana shu shaxslar MJTKning 61, 125— 136, 138, 183— 185, 194, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (MJTKning 194-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) ishlar Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi shahar, tuman, shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, O‘zbekiston Respubliksi MJTKning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim. Keltirilgan ro‘yxat tugallangan ro‘yxat bo‘lib, uni kengaytirilgan holda talqin qilishga ehtiyoj yo‘q. U faqat qonunchilik hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda o‘zgartirilishi mumkin, shu bilan birga, bu masalalarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasining maxsus vakolatlariga kiritilgan. Nojo‘ya xatti-harakatlar sodir qilgan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi MJTK 14-moddasining 2-qismi voyaga yetmaganlarga nisbatan javobgarlik hollarini katta yoshdagilar bilan umumiy asoslarda belgilar ekan, bunday hollarda ham ishlarni Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga berish imkoniyatini (194-moddadan tashqari) istisno qilmaydi. Oz miqdorda talon-toroj to‘g‘risidagi ishlar (61-modda), odatda, voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga ko‘rib chiqish uchun berilishi kerak. Ishlarni komissiyalarga yuborish haqidagi masalalar hal qilinayotganda huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning shaxsi, ya’ni huquqbuzarlikning ijtimoiy zararlilik darajasi, aybning anglab yetilganligi, jazolash chorasidan ko‘ra tarbiyalash chorasini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, huquqbuzarning xulq-atvori, ishi yoki o‘qishi ustidan, bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi zarurligi hisobga olinadi. Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiya, o‘z navbatida, o‘smirning turmush sharoiti haqidagi; ota-onalarining uni tarbiyalash sohasidagi burchlarni bajarishlari to‘g‘risidagi; oilaning moddiymaishiy sharoiti, balog‘atga yetmaganlarning xulq-atvori, ularning yaqin kishilari va boshqa ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni; o‘smir ilgari huquqbuzarliklar sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi; tarbiyaviy ishda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi va shu kabilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi lozim. Basharti, uquqbuzarlik alkogolli ichimliklarga qarshi qonunchilik hujjatlari talablarinin buzish bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda spirtli ichimliklarni xarid qilish manbalari, ularni iste’mol qilish shart-sharoitlari aniqlanadi.

Download 45.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling