Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
ZAHARLI O‘SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH
ZAHARLI O‘SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH
Sassiq alaf, mingdevona, belladonna, bodiyona rumi keng tarqalgan zaharli o‘simliklardan hisoblanadi. Zaharlanish asosan bolalarda uchraydi. Sassiq alaf. Daryo bo‘ylarida va botqoqliklarda o‘sadi. O‘simlikning hamma qismi zaharli. Ildizi shirin, xushbo‘y. Tarkibida silutoksin degan zaharli modda saqlaydi. Kasallik boshlanishida bosh og‘riydi, bemor qusgisi keladi, shilliq qavatlarda ko‘karish, tonik talvasalar kuzatiladi. Uzunchoq miya markazlariga ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlanish ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Mingdevona. Tarkibida giossialin va skopolamin tutadi. Urug‘i lolaqizg‘aldoq urug‘iga o‘xshaydi. Iste’mol qilingandan keyin dastlabki soatdayoq, zaharlanish alomati: es-xush xiralashuvi, asab qo‘zqalishi, gallyusinatsiya holatlari 75 paydo bo‘ladi. Belladonna — bo‘sh yotgan joylarda, dala chekkalarida o‘sadi. Mevasi mayda olchaga o‘xshaydi, tarkibida atropin bor. 3—4 dona mevasidan yeyilgandan keyin ko‘ngil aynish, alahlash, ko‘rish qobiliyatining susayishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Bodiyona rumi yo‘l yoqalarida, qarovsiz joylarda, axlatxonalar yaqinida o‘sadi. Barglari petrushka barglariga o‘xshaydi. Poyasi va barglari konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi, talvasa tutadi, nafas markazi falajlanadi. Zaharli o‘simliklardan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida sanitariya maorifi muassasalari xodimlari bahor, yoz vakuz fasllarida aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishlari zarur. Bu tadbirlarni bolalar va maktab o‘quvchilari yozgi sog‘lomlashtirish lagerlariga, dalalarga ekskursiyalarga borishlaridan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH Ayrim baliqlar va hayvonlarning a’zolari, masalan qoziqbosh balig‘i, usach, ignaqorin baliq uvuldirig‘i, qoramolning buyrak usti va me’da osti bezlari zaharli hisoblanadi. Qoziqbosh balig‘i O‘rta Osiyoning ba’zi havzalarida—Balxash ko‘li, Issiqko‘l, Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizida tarqalgan. Ichki a’zolaridan tozalangan baliq bezarar bo‘ladi. Usach Rossiyaning ko‘pgina daryolarida: Volga, Dnepr, Kuban; Kavkaz va O‘rta Osiyo daryolarida yashaydi. Ignaqorin baliq Tinch okeanida, kochak — Armaniston daryolarida tarqalgan. Aytib o‘tilgan baliqlarning uvuldirig‘idan zaharlanish manzarasi o‘tkir gastroenterit belgilari bilan ajralib turadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, bemor qusadi, axlatiga aksari qon aralashgan bo‘ladi. Ma’lumki, ilonbaliqning teri bezlaridan zaharli shilimshiq ajraladi. Shilimshiqdan tozalangan ilonbaliq zararsizdir. Qoramolning buyrak usti bezlaridan zaharlanishlarda gastroenterit belgilari: juda holdan toyish, bradikardiya kuzatiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling