Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


VAQTINCHA ZAHARLI BO‘LIB QOLGAN MAHSULOTLARDAN ZAHARLANISH


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

VAQTINCHA ZAHARLI BO‘LIB QOLGAN MAHSULOTLARDAN ZAHARLANISH 
Vaqtincha zaharli bo‘lib qolgan mahsulotlardan zaharlanish kam uchraydi. Bunga o‘simlik (amigdalin, 
fagin, fazin, salonin,) hamda hayvon (asal) mahsulotlari kiradi. Amigdalin danakli mevalar (o‘rik, olcha, 
shaftoli va b., achchiq bodom mag‘zida amigdalin glikozidi tutadi) gidroliz yo‘li bilan parchalanganda sianid 
kislota hosil bo‘ladi. Achchiq bodom tarkibida amigdalin miqdori 2—8% gacha, o‘rik va shaftoli danagining 
tarkibida 2—6% ga yetadi. Kasallik yengil shaklda: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish bilan boshlanadi. 1—5 soat 
o‘tib og‘riq kuchayadi, tinimsiz ko‘ngil aynib, qusish boshlanadi, shilliq pardalar qizarib ketadi, nafas olish 
qiyinlashadi. Nafas bilan chiqarilayotgan havodan achchiq mag‘izning hidi keladi. Zaharlanish 30% hollarda 
nafasning falajlanishi oqibatida o‘lim bilan tugaydi. Danakli mevalar (olcha, olxo‘ri va boshqalar) qiyomi, 
murabbolaridan organizm zaharlanmaydi, chunki qaynatilganda amigdalin parchalanib ketadi va sianid kislota 
hosil bo‘lmaydi. Mag‘zi iste’mol qilinmaydigan meva danaklari (achchiq danaklar) dan yog‘ olinadi 
Solanin. Ko‘kargan kartoshka tarkibidagi solanin o‘zining xususiyatlari bilan gemolitik ta’sir 
ko‘rsatuvchi zaharli moddalar —saponin va glukozidlarga yaqin. Toza kartoshka tarkibida solanin miqdori 
0,002 — 0,01%, ba’zan me’yorda 0,02 % ko‘tariladi. Solanin ko‘proq kartoshka po‘chog‘ida (0,03 dan 0,064 
foizgacha) bo‘ladi. Kartoshkani ochiqda saqlash natijasida (ungan va ko‘kargan) tarkibidagi solanin miqdori
ayniqsa, o‘simtalarida 0,42 dan 0,73% gacha oshishi mumkin. Solanindan zaharlanish kam uchraydi, chunki 
uning asosiy qismi po‘choq bilan chiqib ketadi. Lekin juda ko‘karib ketgan kartoshkani po‘chog‘i bilan 
qaynatib iste’mol qilinsa zaharlanib qolish mumkin. Bunda hazm yo‘llarida shilliq parda zararlanadi
qorinning me’da qismida og‘riq paydo bo‘ladi, ko‘ngil ayniydi, odam qusadi va ichi ketadi. Solanindan 
zaharlanmaslik uchun ko‘kargan va o‘sgan kartoshkani iste’mol qilmaslik kerak. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling