Ma’naviyat, uning jamiyat taraqiyotida va barkamol avlod inson tarbiyasida tutgan o‘rni


Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi


Download 340.52 Kb.
bet3/43
Sana09.02.2023
Hajmi340.52 Kb.
#1182966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.

Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi
Ma’naviyatshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanib va takomillashib borishi uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi rolini oshirmoqda.
Ma’naviyat- davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqtirildi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko‘tarilishining bir qator sabablari bor. Ular quydagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Ettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. SHu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabrr’da «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentyabrr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yo‘nalishi, deb hisoblansin»,12 deb belgilandi.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. YUqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e’tibori qaratildi.
Ana shu muhum hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati Prezidentimizning “YUksak ma’naviyat- kelajak poydevori”; “Kuch – bilim va tafakkurda”;13 “YUksak ma’naviyat- engilmas kuch” degan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda.
Ma’naviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning ichki hayoti bilangina bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishga tahdid solishga urinayotgan tashqi turli oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. Ularning ayniqsa hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash borasida olib borayotgan harakatlariga qarshi turaoladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy Vatanparvarlarni tarbiyalash ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishini taqazo qilmoqda.
Agar ana shu vazifalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa bugun ma’naviyatni rivojlantirishni quydagi yo‘nalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zo‘ravonlik va tobelik tafakkuri qoldiqlaridan qutilish. Buning uchun har bir insoning ichki ruhiy salohiyatini yuzaga chiqarish, fikr erkinligini ta’minlash, har bir shaxsning o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratish imkoniyatini hamda ruhiyatini shakllantirish;
Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, o‘zbek millatiga mansubligidan faxrlanish, avlod- ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va milliy taraqqiyotiga keng jalb qilishda fidoiylik ko‘rsatish zarurligini anglash ruhiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, har bir shaxsda milliy o‘zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi, mamlakat va milliy taraqqiyotga, siyosiy, ijtimoiy hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag‘ri kenglikka putur etkazuvchi har qanday harakatlarga qarshi ma’naviy – siyosiy va fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lishiga erishish;
To‘rtinchidan, har bir shaxsning bilim olishga intilishiga, mamlakatimiz va jahonda fan, texnika, texnologiya sohasida erishilgan yutuqlardan bahramand bo‘lishiga sharoitlar yaratish, O‘zbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g‘ururlanish kabi ma’naviy-ruhiy salohiyatiga erishishdir.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday salohiyatlarni shakllantirishimiz umumma’naviy yuksalish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo‘lgan hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va sahovat kabi insoniy fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarning ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.» 14.
Bunday ijobiy ko‘rsatgichlarga mamlakatimizda ma’naviy yuksalishga qaratilgan siyosatning olib borilayotganligi asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 340.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling