Ma’naviyatshunoslik


Download 0.75 Mb.
bet3/8
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1325638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma\'naviyat

Islom ma'naviyatining mintaqa ma'naviyatiga aylanishi osonlik biIan bo'lgani yo'q, buning uchun ba'zi siyosiy masalalar to'g'ri hal bo'lmog'i zarur edi. Payg'ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida "umma" g'oyasi g'oliblikni qo'lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko'tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Uinar (razial1ohu anhuma) davrlarida nihoyasiga yetdi. Yagona arab davlati shakllandi. Islom qo'shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642-yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III Nahovand yaqinidagi jangda yengilib, Xurosonga qochdi. 674-yilda arab qo'shini birinchi marta Amudaryoni kechib o'tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705'-717) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg'ol qilindi. Agar tarixiy voqelikni to'g'ri idrok etadigan bo'lsak, bu davrga kelib qadim Turon o'lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko'rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo'lini tutardi. Baribir bosqinchilikka qarshi milliy-ozodlik kurashi to'xtamadi, islom dini ham dastavval mahalliy xalq ongiga iuda qiyinchilik bilan singib bordi. Ammo ilg'or tavhid e'tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g'olib kelishi tabiiy cdi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e'tiqod asosida ittifoqlashuv yo'Hni tutishga moyiJ bo'lib borardilar. Faqat ummaviy xalifalardan aksariyati mahaUiy ajam xalqlarini arablar bilan teng ko'rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon kelti rishlariga ma'naviy jihatdan to'sqinlik qilardi.

Bu orada Raslliullohning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari hazrati Ali (raziyaJlohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhll) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da'vogarlik boshlandi. Abbosiylar o'z maqsadlariga crishish uehun XlIroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. A'ili ajamlik Abu Muslimni imom Ibrohim qllllikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ'ibot olib borishga jo'natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo'shin to'plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750-yilda Ummaviylar sulolasi yo'q qilinib, Abbosiylar xalifalik taxtiga o'tirdilar. Abu Muslim qo'zg'oloni g'alabasi mintaqa tarixida hal qiluvetri o'zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g'alabaga erishdilar. G'olib qo'shin tarkibida arablardan ko'ra ajamliklar, ya'ni fors va turklar ko'proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo'riqchilari tllrkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko'proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo'ldi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling