Ma’naviyatshunoslik
Download 0.75 Mb.
|
Ma\'naviyat
Shunday qilib, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlararo siyosiy qudratda o'ziga xos muvozanat holati vujudga kcldi. Islomning asl g'oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo'lishiga voqe imkon tug'ildi. Shu davrdan bosh lab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom rnintaqa madaniyatining shakllanish jarayonini shu sabablarga ko'ra VIII asr o'rtalari - Abu Muslimning ummaviylar ustidan g' ala basi va abbosiylar xalifaligi o'matilishidan boshlash maqbul ko'rinadi. Ushbu mintaqa madaniyati XIII asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi, mo'g'ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga monelik qilgan bo'lsa ham, baribir, XVI asr boshlarigacha mintaqada ma'naviy yuksalish davom etdi. Ammo XVI asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o'zgarishlar natijasida butkul o'zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda usmoniylar, Eronda safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar, Mg'oniston va Shimoliy Hindistonda boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mustahkam o'rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o'rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o'ziga xoslik shakllana boshladi. O'zaro ta'sir ma'ium darajada saqlanib qolgan bo'isa ham, asta-sekinIik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko'ra milliy o'ziga xosliklar quvvati oshib bordi.Payg'ambarimiz hayot vaqtlarida "Mening so'zlarimni yozmang, faqat Alloh oyatlarini yozib olinglar", deb buyurgan edilar. Shunday qilindi ham. Albatta, kimlardir o'z tashabbusi bilan u hazratning aytgan gaplari va qilgan ishlari haqida muayyan ma'lumotlami qayd etib borgan bo'lishi mumkin. Ammo Allohning kitobi but bo'lmay, yagona o'zgarmas matn holiga keltirilmay turib, unga boshqa so'zlar aralashib ketish xavflga yo'l qo'yib bo'lmas edi. Oldingi ilohiy kitoblar tajribasi ham shuni taqozo etardi. 651-yilda, xalifa Usmon davrida ushbu yumush mukammal bajarildi. Mus'haf tuzilib, undan bir necha nusxa ko'chirib, ko'paytirildi. Ana shundan soOng VII asr ikkinchi yarmidan bQshlab, Abu Hurayra (vafoti 676-yil), Anas ibn Molik (vafoti 710-yil), Abdulloh ibn Abbos (619-686), Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh kabi ilk roviylardan Rasululloh so'zlari va amallari xususida minglab hadislar yozib olindi. Abu Said al-Xudriy, Ibn Shihob az-Zuhriy singari ilk muhaddislar yetishib chiqdi. VIII asr boshlarida Ummaviy xalifalaridan Umar ibn Abdulaziz (717-720) noiblariga Muhammad (s.a.v.) hadislarini iamlash haqida farmon berdi. Abdulmalik ibn Abdulaziz Jurayx (vafoti 766), Ar-Rabi' ibn Subayx kabi allomalar hadislar jamlab yozishga boshladilar. Natijada hadis ilmi rivoj olib, Imom Malik ibn Anas (713-795)ning "Al-Muvatto", Imom Shofe'iy (767-820) va Imom Ahmad ibn Xanbal (780-855)laming "Musnad" deb nom olgan yirik hadis to'plamlari yaratildi.Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling