Ma’naviyatshunoslik


Download 0.75 Mb.
bet6/8
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1325638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma\'naviyat

Payg'ambarimiz hayot vaqtlarida "Mening so'zlarimni yozmang, faqat Alloh oyatlarini yozib olinglar", deb buyurgan edilar. Shunday qilindi ham. Albatta, kimlardir o'z tashabbusi bilan u hazratning aytgan gaplari va qilgan ishlari haqida muayyan ma'lumotlami qayd etib borgan bo'lishi mumkin. Ammo Allohning kitobi but bo'lmay, yagona o'zgarmas matn holiga keltirilmay turib, unga boshqa so'zlar aralashib ketish xavflga yo'l qo'yib bo'lmas edi. Oldingi ilohiy kitoblar tajribasi ham shuni taqozo etardi. 651-yilda, xalifa Usmon davrida ushbu yumush mukammal bajarildi. Mus'haf tuzilib, undan bir necha nusxa ko'chirib, ko'paytirildi. Ana shundan soOng VII asr ikkinchi yarmidan bQshlab, Abu Hurayra (vafoti 676-yil), Anas ibn Molik (vafoti 710-yil), Abdulloh ibn Abbos (619-686), Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh kabi ilk roviylardan Rasululloh so'zlari va amallari xususida minglab hadislar yozib olindi. Abu Said al-Xudriy, Ibn Shihob az-Zuhriy singari ilk muhaddislar yetishib chiqdi. VIII asr boshlarida Ummaviy xalifalaridan Umar ibn Abdulaziz (717-720) noiblariga Muhammad (s.a.v.) hadislarini iamlash haqida farmon berdi. Abdulmalik ibn Abdulaziz Jurayx (vafoti 766), Ar-Rabi' ibn Subayx kabi allomalar hadislar jamlab yozishga boshladilar. Natijada hadis ilmi rivoj olib, Imom Malik ibn Anas (713-795)ning "Al-Muvatto", Imom Shofe'iy (767-820) va Imom Ahmad ibn Xanbal (780-855)laming "Musnad" deb nom olgan yirik hadis to'plamlari yaratildi.

Payg'ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Undagi ota-onaga munosabat, ilrnga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da'vat, o'zaro mehr, inoqlik, mehmondo'stlik, yctimparvarlik, vafa va sadoqat, mchnatscvarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo'ylik xislatlarining birinchi o'ringa qo'yilishi insoniyat uchun bebaho ll1a'naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, islom axloqi ll1a 'naviy qadriyatlarning tasod{fiy to'plami cmas, balki munazzam va mukammal bir tizim holiga keltirilgani bo'lib, albatta, bunda buyuk ll1uhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Buxoriyning xizmatIari bcqiyosdir. Payg'ambarimiz sunnatlarining ibratli o'rinlari nihoyatda ko'p. Misol tariqasida u zotning ahli ayolga munosabatiga e'tibor beraylik. Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Biz, janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, "Tag'in, biror baloga giriftor bo'lib qolmaylik!" deb xavotirlanganimizdan, ayoUarimizga biror (qattiq) so'z aytib, bemalolroq ll1uoll1ala qilishdan qo'rqar edik. Janob Rasululloh (s.a.v.) vafot qilganlaridan soOng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo'ldik" 1. Ushbu hadis mazll1unidan ko'rinib turibdiki, Payg'ambarill1iz ayollariga aslo qo'pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o'z ahii ayollariga ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni 0' rganib borganiar.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling