Ma’naviyatshunoslik


Download 0.75 Mb.
bet7/8
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1325638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma\'naviyat

Payg'ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Undagi ota-onaga munosabat, ilrnga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da'vat, o'zaro mehr, inoqlik, mehmondo'stlik, yctimparvarlik, vafa va sadoqat, mchnatscvarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo'ylik xislatlarining birinchi o'ringa qo'yilishi insoniyat uchun bebaho ll1a'naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, islom axloqi ll1a 'naviy qadriyatlarning tasod{fiy to'plami cmas, balki munazzam va mukammal bir tizim holiga keltirilgani bo'lib, albatta, bunda buyuk ll1uhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Buxoriyning xizmatIari bcqiyosdir. Payg'ambarimiz sunnatlarining ibratli o'rinlari nihoyatda ko'p. Misol tariqasida u zotning ahli ayolga munosabatiga e'tibor beraylik. Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Biz, janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, "Tag'in, biror baloga giriftor bo'lib qolmaylik!" deb xavotirlanganimizdan, ayoUarimizga biror (qattiq) so'z aytib, bemalolroq ll1uoll1ala qilishdan qo'rqar edik. Janob Rasululloh (s.a.v.) vafot qilganlaridan soOng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo'ldik" 1. Ushbu hadis mazll1unidan ko'rinib turibdiki, Payg'ambarill1iz ayollariga aslo qo'pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o'z ahii ayollariga ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni 0' rganib borganiar.

Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish ham shu davrdan boshlandi. Imom A'zam - Abu Hanifaning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo'ldilar. Imom Abu Yusuf islom dunyosining birinchi qozi ul-quzzoti (qozilar qozisi - bosh qozi) qilib tayinlandi. Imom Muhammadning "Al-Mabsut" (yoki "Kitob alasl fil-furu" - "Juz'iy masalalarning asoslari"), "Kitob al-jome'-al-kabir", "Kitob ai-jome' as-sag'ir" kabi asarlari bu sohada yaratilgan keyingi barcha ishlarga dasturulamal vazifasini o'tadi. Sunna davrida payg'ambarimizning hayot yo'llari haqida dastlabki mukammal asarlar - Ibn Is'hoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834-yillar) "Sira"lari ("Sirat ar-Rasululloh") vujudga keldi. Bu kitoblar oddiy taIjimayi hoI emas, balki Allohning payg'omini ahli basharga yetkazish vazifasi yuklangan shaxs - Rasululloh haqida bo'lib, diqqat markazida risolat (payg'ambarlik - missiya) masalasi turgani uchun asaming Muqaddima qismida Muhammad (s.a.v.) dan oldin o'tgan payg'ambarlar haqida ham axborotlar berilgan edi. Ushbu an'ana keyincha rivoj olib, hazrati Muso alayhissalom va boshqa payg'ambarlar hayoti va faoliyati haqida ham batafsil xabar beruvchi kitoblar yaratila boshlandi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling