Manbadan olinuvchi ma’lumotlarning aniq nusxalanishi; Ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati


Turli tipdagi tarixiy manbalar uchun berilganlar bazalari stukturasini loyihalash


Download 44.03 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi44.03 Kb.
#1274598
1   2
Bog'liq
manbalarni mavzu asosida saralash haqida

Turli tipdagi tarixiy manbalar uchun berilganlar bazalari stukturasini loyihalash. Yuqori stukturalangan manbalarga axborotlari oldindan mavzuli sohalarga bo’lib qo’yilgan anketalar, formulyarlar, blank va boshqalar kiradi. Berilganlar bazasi yaratayotgan tarixchining ishi manba strukturasini baza strukturasiga ko’chirib o’tkazishdan va zarur bo’lganda qo’shimcha axborot sohalari qo’shishdan iborat bo’ladi.Bunday faoliyatga misol qilib, Stalin terrori yillarida repressiya qilingan kisilarga ma’lumotnomalar taqdim qilish jarayonida Belorus respublikasi arxiv xizmati bajargan ishini keltirish mumkin. Muammo repressiya qurbonlari kompensatsiya olish xuquqiga ega bo’lgan vaqtda yuzaga keldi. Bunda har bir qatog’on qurboni yoki uning qarindoshlari repressiya va oqlanish faktlarini tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etishi kerak bo’lgani uchun arxivlarga murojaat eta boshladilar. Arxiv xodimlari esa murojaatlar soni ulkan bo’lganligidan, so’rovlarga an’anaviy usullar bilan qisqa muddat ichida javob bera olmay qoldilar.Aynan shu vaqytda barcha noxaq qatag’on qilingan va keyinchalik oqlanganlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar bazasi yaratish extiyoji tug’ildi.Kerakli ma’lumotlar asosiy manbasi sifatida sud ishlarini ko’rib chiqqqan va oqlash to’g’risida qarorlar qabul qilgan komissiyalar materiallari xizmat qildi. Bu materiallar bir xil tipdagi ma’lumotlarni saqlab, bular: shaxsning familiyasi, ismi otasining ismi, tug’ilgan yili, adresi, oila a’zolari, ayblov mazmuni, jazo turi va shaxsning hukmdan keyingi taqdiri, oqlash to’g’risidagi qarorlardan iborat bop’lgan. Shular bilan birga har bitta ish to’liqligi jihatidan bir –biridan farq qiluvchi qo’shimcha axborotlarga ega bo’lgan: surat, ayblanuvchining avblovgacha bo’lgan hayot faoliyati, uning grajdanlar urushida yoki boshqa jang harakatlarida qatnashganligi kabi ma’lumotlar .Yaratiluvchi berilganlar bazasi strukturasini tarix fanlari nomzodi V.I. Adamushko ishlab chiqdi. Manba xujjatlari tahlili asosida noxaq qatag’on qilingan kishi shaxsini aniqlashga va xujjatlar mazmunin to’liq aks ettirishga imkon beruvchi hisob kartochkasi yaratildiva barcha mos ma’lumtlar saqlanuvchi arxivlarga to’ldirish uchun jo’natildi. Hisob kartochkasi 34 ta asosy va 2 ta qo’shimcha grafaga ega bo’lib, bu grafalar relyatsion baza maydonlariga aniq mos tushgan. Arxivlarda kartochkalar qo’lda yoki yozuv mashinkasida to’ldirilib, so’ngra operatorlar ushbu ma’lumotlarni EHMga kiritdilar. Bunda 1-maydon tartib nomeri , keyingi 6 ta maydon: familiya, ism, otasining ismi, jinsi, tug’ilgan yili va joyi lardan iborat. Keyingi 9 ta maydonga (8-dan 16-gacha) millati, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligi, ma’lumoti, mansabi, ish joyi, hibsga olinishidan oldingi turar joyi, oila tarkibi, 1917 yildan keyingi inqilob va urush xarakatlarida qatnashish fakti xaqidagi ma]lumotlar kiritilgan.Keyingi 7 ta maydondan iborat gurux (170 dan 23- gacha) ayblov va hukmga oid ma’lumotlarni saqlagan: hibsga olinish sanasi, hukm sanasi, qaysi organ tomonidan hukm etilgan, ayblov mazmuni, jinoiy kodeks moddasi, jazo turi.23- maydonda jazoning mol-mulk musodarasi bilan yoki aksinchaligi, 24- maydonda hukm etilgan kishining jazoni o’tagan joyi kiritilgan. 25-maydon kishining ozodlikka chiqish sanasini, 26-29-maydonlar esa vafot etish sanasi, vafot etish sababi va dafn etilgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlagan.Ikkita maydon oqlanish to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlagan.Ulardan biriga kishining qachon va kim tomonidan oqlanganligi, ikkinchisiga yuridik reabilitatsiyadan alohida o’kaziluvchi partiyaviy yoki komsomol reabilitatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilgan. 32-maydonga shaxsiy deloda hukm etilgan kishining surati bor-yo’qligi haqida ma’lumot, keyingi 2 ta maydonga shaxsiy delo saqlanuvchi arxiv va mos deloning arxiv shifrini saqlovchi ma’lumotlar kiritilgan. Oxirgi qo’shimcha maydonlarga kartochka to’ldiruvchining familiyasi va to’ldirish sanasi kiritilgan.Ushbu yaratilgan berilganlar bazasi tormaqsadli bo’lishiga qaramay, unda to’plangan ma’lumotlar keng tarixiy tadqiqotlar uchun zamin bo’la oladi. Unga asoslanib, yillar bo’yicha hibsga olishlar dinamikasini o’rganish, har bir repressiya to’lqinlari aholining qaysi ijtimoiy qatlamlarini qamrab olganligini, jazoni o’tash joylaridagi o’lim foizi, u yoki bu davrda jinoiy kodeksning qaysi moddalari ko’proq qo’llanilganligi xaqidagi ma’lumotlarni to’plash mumkin. Keltirilgan misol tarixiy xujjatlarning bir tipdagi strukturasiga oid bo’lib, bitta shaxsga taalluqlidir. Ammo ko’pncha tarixiy xujjatlar strukturalanmagan bo’lib, ulardan olinadigan asosiy axborotlarni bitta jadvalga joylashtirish ancha mushkul bo’ladi. Misol sifatida XV-XVI asr Buyuk Litva knyazligi xujjatlarida eslatib o’tilgan Belorus aholi punktlari to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar bazasini ko’rib o’tamiz.Ushbu baza 1993-1995 yillarda Belorus respublikasi fundamental tadqiqotlari Fondi asosida M.F. Spiridonov(Belorus Milliy fanlar akademiyasi tarix instituti) boshchiligidagi ijodiy gurux tomonidan amalga oshirildi. Baza FoxPro berilganlar bazalarini boshqarish tizimi vositasida yaratildi.
Bazada aholi punktlari to’g’risidagi ma’lumotlar – aholi punkti to'g'risidagi ma'lumot qachon, qaysi manbada va nimaga bo'g'liq ravishda kiritilganligi, uning mulkiy, administrativ va boshqa xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlarni to’plash maqsadq qilib qo’yildi. Uning birinchi 8 ta maydoni har bir aholi punkti to’g’risidagi zamonaviy axborotlarni saqlaydi: belorus va rus tillaridagi nomi, tiri(shahar, qishloq), administrative funksiyasi (rayon markazi, qishloq soveti markazi), 1:200000 masshtabli xaritadagi koordinatlari.Yozuvlarning 2-qismi konkret manbadan olingan ma’lumotlardan iborat: sana, xujjatda ko’rsatilgan nomi, turi (joy, qishloq, hovli va boshqalar), administrativ-xo’jalik funksiyasi (imenie, voytovstvo markazi va boshqalar), administrative ahamiyati (povet, voevodstvo markazi), qaysui imenie tarkibiga kirganligi, povet va voevodstvo tarkibiga kirishi, mulk turi (davlat, shlyaxetlik, cherkov mulk turi) , mulkdorning familiyasi va tituli, imeniyaga xuquqining xarakteri (shaxsiy mulk, ijara va boshqalar). Keyingi maydonlar guruxi manbada ko’rsatilga aholi punkti to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni aks ettiradi. Bularga:
-Aholi punkti to’g’risida ma’lumot keltirishga turtki bo’lgan hodisa: aholi punktiga asos solinishi, uning hadya qilinishi, bo’linishi, mulkdorning boshqa kishi bilan raqobati ba hokazo.
-Aholi punkti kattaligi to’g’risidagi ma’lumotlar va ularning keltirilish shakli (xo’jaliklar, xizmatlar, aholi soni va hokazo).
- Aholi punkti to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarning mavjudligi (qasr, cherkov, bozor va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar).
- Aholi punkti bilan bog’liq geografik ob’ektlarning mavjudligi (daryo, ko’l, o’rmon, tog’ va boshqalar).
- Manbada millatlar to’g’risidagi ma’lumotlarning mavjudligi (litvalklar, ruslar, tatarlar ba hokazo).
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan maydonlar manbadagi ma’lumotlar mazmununi aks ettirmay, ularning mavjudligi to’g’risidagi axborotlarni saqlaydi. Shunday qilib berilganlar bazasi birinchi navbatda axborot qidiruv funksiyasini bajaradi. Bunday bo’lishiga qaramay, har bir yozuv uchun rezyume maydoni ajratilib, unda manbadagi ma’lumot mazmuni qisqacha aks ettirilgan (FoxPro BBBT simvol sohasi 256 ta belgidan oshmaydigan ma’lumotlarni saqlaydi). Tarixiy manba xaqidagi ma’lumot uchun 2 ta maydon ajratilib, ulardan birida arxiv, fond, yozuv, delo va bet, ikkinchisida nashr qilingan xujjatga bibliografik ko’rsatma kiritilgan. Bu misol orqali bir faylli relyatsion berilganlar bazalarining kamchiliklarini ko’rish mumkin, ya’ni bitta aholi punkti to’g’risida bir necha tarixiy manbada ma’lumot berilgan holatda BBning birinchi 8 ta maydoni takror to’ldirilishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari ko’pgina maydonlar bo’sh qoldiriladi (geografik ob’ektlar yoki millatlar to’g’risida ma’lumotlar tarixiy manbalarda kam uchraydi). Ana shunday murakkab masalalardan biri cherkov metrik kitoblari va aholini ro’yxatdan o’tkazish yozuvlarini qayta ishlash bilan bog’liq. Masalan, Belorus respublikasi hududida XVIII-XIX asrlarda yashagan aholining hayotiga oid ko’plab xujjatlarda barcha qatlamga oid millionlab kishilarining ismlari, yashash manzillari, asosiy hayotiy voqea-hodisalar to’g’risida ma’lumotlar (tug’ilish, nikoh, o’lim) saqlanib qolgan.Bu ulkan axborot massivlarini (ko’plab million varaq)qayta ishlash o’tmish demografik jarayonlari haqida ma’lumot olish, ko’p oilalarning tarixi bilan tanishish imkonini beradi. Moddiy va yozma manbalarning o’rni. O‘zbekiston tarixi fani va tarixni o‘rganishda manbalarning o‘rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus hujjatxona (arxiv)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Xalq og‘zaki ijodi orqali tillardan tillarga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan tarixiy voqea va xodisalar bayoni, normativ materiallar asosida bizgacha etib kelmoqda. Binobarin, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni yoritish – tarixiy ma’lumotlarni,
dalillarni olish orqali ularni qiyosiy solishtirish va tarixiy umumlashtirish, bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar asosida esa ilmiy asoslangan xulosalar berish imkoniyatlari kengayadi. Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi. Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya’ni, insoniyat qo‘li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an’analar, tillar kabilar kiradi. Zamonaviy adabiyotlarda O‘zbekiston tarixini o‘rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo‘linadi:

  1. Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya’ni, tosh, metall, suyak va sopolga bitilgan bitiklar, «Avesto», mixxab yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari, graffitlar, ya’ni, qo‘l bilan binolar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus, pergament va qog‘ozlardagi qo‘lyozmalar, chop etilgan materiallar.
    2. Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik

  2. Anjomlari, tangalar, san’at buyumlari, me’morchilik inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
    3. Etnografik ma’lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so‘nggi o‘rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an’analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo‘jalik yuritish udumlari, ma’lum kabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‘lgan an’analar haqida qimmatli
    ma’lumotlar beradi.

4. Lingvistik ma’lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‘zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‘xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda mashg‘ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma’lum shaxslar bo‘yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‘i hisoblanadi.
6. Arxiv materiallari – XIX asrning o‘rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda markaziy va joriy arixlarda saqlanayotgan ma’lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi, ya’ni, manbashunoslik – tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va og‘zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir.
Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini
belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi.
Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumki, tarixni xalq yaratadi. Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. CHunonchi, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, numizmatika, lingvistika, tarixshunoslik, atamashunoslik, sotsiologiya, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, geopolitika, falsafa, o‘lkashunoslik, kartografiya, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik kabi yo‘nalishlar yordamchi fanlar jumlasidandir. Lekin, O‘zbekiston tarixini yaratishda bir kator yordamchi fanlar ma’lumotlari olimlar e’tiboridan chetda qolmoqda. Misol uchun, mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuning tarixshunosligi berilmaydi. Mutaxassis talabalar uchun yaratilayotgan darsliklarda qisqacha, ekskurs tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan holi bo‘lmaydi. SHuningdek, tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzularni tanlashlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. moddiy va yozma manbalarning o’rni.
Tarixchi kasbini tanlash ma"lum bir mas' uliyat va mashaqqatli mehnatni ham talab qiladi. Chunki yoshlardagi orzuning ma' lum bir sa'y-harakatlar bilan mustahkamlangan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Aniq maqsadlarga yo' naltirilgan xattiharakatlar talabalikning ilk bosqichidanoq boshlanadi. Bu tarixchi bO'1ish niyatida oliy 0 "quv yurtiga kirgan talabadan nimalarga e 'tibor qaratish lozim degan savolga javob izlashni talab qiladi ... Tarixchilik kasbini tanlagan talaba quyidagilarga rioya qilishi kerak: 1. Nima sababdan shu kasbni egallashga qaror qilganligidan kelib chiqqan holda tarixchilikning o' ziga xos qiyinchiliklari, talablari, xususiyallariga ma'naviy, ruhiy jihatdan tayyor bo'lishi zarur. 2. O'quv rejasiga kiritilgan har bir predmet bo' yicha bo'ladigan ma'ruza va seminarlarga faol qatnashmog'i lozim. Talabalik yillarining dastlabki davridanoq mustaqil ta' lim olishga kirishish muhim ahamiyatga ega. Tajriba shuni ko" rsatadiki, 0 ' rta maxsus o'quv yurtlarida, xususan maktab. litsey. kollejlarda yuritiladigan mustaqil ta'lim tizimi bilan oliy o'quv yurtida yo' lga qo'yilgan mustaqil ta' lim tizimi o'rtasida ma' lum darajada farq bor. O'rta maxsus o'quv yurtlarida o'quvchi-talaba asosan darslikni o'zlashtirishga yo·naltiriladi. Oliy o' quv yurtlarida esa talabaning e' tibori darslikni o'zlashtirishdan tashqari kutubxonalarda ishlash. amaliy mashg' ulotlarga tayyorgarlik. 0' quv qo'lIanmalar. o· quv-uslubiy ko'rsatmalar. ijtimoiy-siyosiy va tarixiy adabiyotlardan tegishli tarzda foydalanish. shuningdek o'z ustida mustaqil ishlash ko' nikmalarini shakllantirishga qaratiladi.
Ilmiy tadqiqotlarda yozma manbalar, arxiv hujjatlari, kutubxonalardagi qo' lyozmalar, qimmatli adabiyotlar qatori muzey materiallari - o' lkashunoslik manbalari ham muhim ahamiyatga ega . Chunki muzeylarda, ayniqsa o'lka tarixini aks ettiruvchi ko'rgazma va fondlarda, yurtimiz tarixi bilan bog' liq, ilmiy tadqiqotga asos bo'lib xizmat qiladigan moddiymadaniy yodgorliklar, etnografik materiallar, toponomika materialiari, tarixiyjangovar ("inqilobiy") yodgorliklar, tarixiy shaxslar to' g'risidagi ma' lumotlar, davriy matbuot materiallari mavjud. Muzey materiallarini nafaqat respublika , viloyat miqyosida, balki ayrim yo' nalishlarda, xususan mahaliiy yoki tarix, adabiyot, ta' lim, harbiy-qurolli kuchlar, meditsina, fan-texnika, madaniyat, qishloq xo'jaligi, memorial, maktab-muzey kabi turlari ham bo' ladi. Mavzudan kelib chiqib, tadqiqotchi muzey materiallaridan ham foydalanishi mumkin. Muzeylarda saqlanadigan moddiy-madaniy yodgorliklar, yozma manbalar, fotohujjatlar tegishli bo'limlarda, ularning jamg'armalarida, ko'rgazmalarida o'z aksini topgan. Tarixchi-tadqiqotchi uchun nafaqat markaziy muzeylardagi manbalar, balki joylardagi, mahaliiy miqyosdagi muzey materiallari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunday holiar ham bo' ladiki, ko'pincha markaziy muzeylardagi tarixiy manbalar tadqiqotchilar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan, tegishli tarzda hujjatli to'plam va tarixiy tadqiqotlarda o'z aksini topishga ulgurgan bo'ladi. Aksincha, ba'zi holiarda, mahaliiy miqyosdagi muzey materiallarini ilmiy muomalaga kiritishga tadqiqotchilar "qo' li" etib bormagan bo'ladi. IImiy tadqiqotchilar uchun manbalardan foydalanish qimmati, odatda ularni markaziy yoki mahalliy miqyosdagi muzey materiallarining qaysi biridan foydalanganligiga qarab baholanmaydi. Manba va materiallardan iqtibos keltirish tartiblari. IImiy tadqiqotlarda keltiriladigan iqtiboslarda Qarang; Kengroq ma'/umot o/ish uchun qarang kabi izohlardan ham foydalaniladi. Tadqiqotchi tomonidan qaysi hollarda Qarang: deb, keyin asar muallifi ismi sharifining bosh harflari (kitobning nomi - muaffiflar) keltiriladi? Agar tadqiqotchi tomonidan u yoki bu adabiyotdan keltirilayotgan sitata arxiv manbalariga tayangan holda yoki o'sha adabiyot muallifining hech qanday iqtibosga asoslanmagan kitob matnidagi mulohazasi bo' lsa, unda to'g 'ridan-to' g'ri o' sha muallifga yoki tegishli adabiyotga iqtibos berish mumkin. Ammo u yoki bu adabiyot, muall if asaridan keltirilayotgan sitata qanday shaklda ("so 'zma-so 'z", "qisqartma so 'zma-so 'z", "mazmun" - muafliffar) bo'lishidan qafiy nazar, boshqa bir adabiyotdan, muallif asaridan keltirilgan taqdirda Qarang deb, keyin adabiyot yoki muallif fami liyasi, ismi-sharifi bosh harfi orqali asarni keltiriladj3. Ta'kidlash joizki, Qarang orqali keltiriladigan iqtibos izohi nafaqat kitoblarga, balki gazeta-jurnallarga nisbatan ham qo'lIanishi mumkin. Nega shunday? Chunki tadqiqotingizda keltirilayotgan sitata siz foydalanayotgan adabiyot, muallif asarida o'z iqtibosiga ega. Boshqacharoq aytganda, siz sitatadan yana sitata keltiryapsiz. Aniqrog' i o'sha adabiyotdan bevosita emas, balki bilvosita foydalanyapsiz. Masalan, Turkistonda yirik va mayda shoxli hayvon/ar soni qisqarib ketib, 1920 yi/da 6880 ming boshni tashki/ qi/ardi, x%s. Bu 1913 yi/ga nisbatan 3/2 qismga qisqarib ketganidan da/o/at berardi. Agar Ettisuv vi/oyatida 1917 yili 7568511 bosh hayvon bo'/gan bo'/sa, bu ko'rsatkich 1920 yi/ga ke/ganda 2850187 boshga tushib qo/gan edi. Bunday qisqarish Kaspiyorti vi/oyatida umumiy sonning yarmidan ko'prog'ini tashki/ qi- /ardi4 deb keltirilgan iqtibosda Qarang deb yoziladi. Negaki, X. Sh. Inoyatovning o'zi keltirgan kitobda yuqoridagi fikr-mulohaza, tarixiy dalillarni boshqa bir muallifning asaridan olgan. Ayni paytda o'sha asarni ko'rmagan tadqiqotchi Qarang deb, X. Sh. Inoyatov kitobiga iqtibos berishi kerak bo' ladi. Iqtibosda Qarang deb arxiv manbalariga ham tayanish mumkin, Masalan, Turkiston aholisiga qilingan murojaatda "Ocharchilik kulfati shunchalik chuqur ildiz otganki, davlat tomonidan ko' rsatilayotgan ochlarga yordam choralari faqat qismangina muammo yechimini yumshatishi mumkin.
Tadqiqotlarda keltiriladigan iqtiboslarda dastlab muallif, sO'ngra tegishli kitob yoki asar nami, agar kitob boshqa tildan tarjima qilingan bo'lsa, asarning kirish qismi, izohlari tarjimon tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, unda bu to'g'rida ma'lumot keltiriladi. Shuningdek, asarnin~ chop etilgan shahri, nashriyot nomi, chop etilgan yili va bet(lar)i qayd etiladi . Tadqiqotchi tomonidan u yoki bu muallif asariga, alohida chop etilgan kitobga o'z ilmiy ishida uch martadan ortiq murojaat qilsa yaki iqtibos keltirsa, unda muallif familiyasi va ismi sharifining bosh harflari keltirilib, keyin Ko 'rsatilgan kitob yoki kitobning qisqartma nomini kettirish bilan cheklanib, ya'ni kitab-asaming nomi, qachon, qaysi shahar va nashriyotda chop etilganini ko'rsatmay, faqat qaysi bet(lar)ga taalluqli ekani qayd etilsa etarli bo'ladi.
Xulosa
Sunday tartib, nafaqat muallifi aniq adabiyotlarga, balki boshqa adabiyotlarga, xususan bir necha kishi tomonidan yozilgan asarlarga, hujjatlar to'plamiga nisbatan ham qcfllanishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, tadqiqotda u yoki bu muallifning bitta kitobiga emas, balki ikki va undan ortiq kitobidan foydalanilsa, unda muallif familiyasi va ismi sharifi bosh harfidan keyin Ko'rsatilgan kitob degan variantdan foydalanish mumkin bo'lmaydi. Bunday hollarda muallif familiyasi va ismi sharifi bosh harfini keltirib, kitobning nomini keltirishda qisqartma variantdan foydalanish mumkin O. Yana shuni qayd etish lozimki, tadqiqotchi o'z ilmiy ishida Ko 'rsatilgan kitob va shuningdek, Qisqartma variantlarga murojaat qilmay, iqtiboslarda kitoblarni to'la-to' kis keltiraverishi ham mumkin . Tadqiqotchi tomonidan ko'p jildlik kitoblarga, to'plam, gazeta, jurnallardagi maqolalarga keltiriladigan iqtiboslar tartib-qoidasiga rioya qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ko'p jildlik kitobdan iqtibos keltirilsa, aniq qaysi jildga taalluqli ekanligi iqtibosda 0 ' z aksini topishi kerak 11 . Ayrim hollarda tadqiqotchi tomonidan ilmiy ishda u yoki bu ko'p jildli kitoblar mavjudligi, ya'ni ma'lum bir . davrda chop etilganligi eslatib o'tiladi. Bunday hollarda, agar boshqa jildlar sarlavhasi ham birinchi jilddagidek bir xii nomda bo'lsa, unda birinchi jild nomini keltirib, keyingi jild qachon va qayerda chop etilganini qayd etilsa etarli hisoblanadi 12 . O'z navbatida jildlar nomlanishi bir-biridan farq qilgan taqdirda, tegishli jildlar alohida nomi bilan keltiriladi. Tarixiy nuqtai nazardan keltirilayotgan iqtibos yangi tarixga bog'liq gazetajurnallarga, xususan, ·Xalq so'zi", "Pravda Vostoka", "Narodnoe slovo", "Hurriyat", "Milliy tiklanish", "Jamiyat va boshqaruv", "Fan va turmush", "O'zbekiston tarixi", "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar" kabi va shuningdek, gazetajurnallar nomi ma' lum bir hududga taalluqliligi nomidan bilinib turadigan gazetajurnallar: Matbuot nashrlari hech qanday izohsiz keltirilaverishi mumkin. Ammo tadqiqot jarayonida mavzuni yoritish bilan bog' liq, boshqa hududlarda chop etilgan gazeta-jurnallar iqtibosda keltirilganda, qavs ichida qaysi hududga taalluqli ekanligi qayd etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sunday tartib o'z paytida o' lkamizda chop etilgan, ammo uzoq yillar o'tishi bilan nomi o'zgargan yoki bugungi kunda chop etilmayotgan nashrlarga nisbatan ham qo' lIanishi mumkin. Shuni qayd etib o'tish kerakki, tadqiqotchining ilmiy ishi qaysi tilda yozilayotgan bo'lsa, gazeta va jurnallarga qavs ichidagi tushuncha berish ham shu tilda beriladi. Shuningdek, keltirilayotgan iqtibosda, o'sha paytda mazkur gazeta-jurnal qaysi shahar (tuman, respublika)da chop etilgan bO'lsa, o'sha ma'muriy hudud o'z paytida qanday nomlangan bo'lsa, o'zgartirmasdan keltiriladi. Albatta, tadqiqotchi o'zi tomonidan berilgan izohga mazkur ma'muriy hudud hozirgi qaysi ma'muriy birlikka kirishi eslatib o'tishi ham mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Arxivshunoslik. Муаллифлар жамоаси. З.Саидбобоев муҳаррирлигида. –Т.: Turoniqbol. 2018.


2. Алимов И.А. Архившунослик. Ўқув қўлланма – Андижон: АДУ, 2005.
3. Ахунова М.А., Лунин Б.В. История исторической науки в Узбекистане. – Т.: Фан, 1970.
4. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. (қадимги замон ва Ўрта асрлар). – Т., 2001.
5. Ахмедов Б.А. Историко-географическая литература Средней Азии XV-XVIII вв. – Т.: Фан, 1985.
6. Buriyeva X.A., Nazarov A.Y., Abbasov B.B. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. –Т.: Turoniqbol. 2019.
7. История Узбекистана в источниках. Известия путешественников географов и учених XVI перв. пол. Составитель Б.В.Лунин. – Т.: Фан, 1988.
Download 44.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling