Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3.15. «Al-komil fi-t-tarix»
“Al-komil fi-t-tarix” (“Mukammal tarix”) nomli salmoqli asar muallifi yirik 
arab tarixchisi Izzuddin Abulhasan Ali ibn Muhammad (1160—1234) bo'lib, u 
ko'pincha Ibn al-Asir nomi bilan mashhur bo'lgan. Muarrix Tigr daryosi bo'yida 
joylashgan Jazirat ul-Umar shahrida katta yer egasi oilasida tug'ilgan. Umrining 
ko'p qismini Mo'sulda (Suriya) o'tk;izgan va o'sha yerda vafot etgan.
Ibn al-Asir o'z davrining keng m a ’lumotli kishisi bo'lib, bir necha tarixiy 
asar yozgan. “Al-komil fi-t-tarix” va Muham m ad payg'ambar sahobalari 
(izdoshlari) tarjimai holini o'zida qamrab olgan besh jildli “ Kitob usd al- 
g'aba fi m a ’lumot as-sahoba” ( “Sahobalar haqida m a ’lumot beaivehi o'rrnon 
sherlari”, 1863-yili chop qilingan) shular jumlasidandir. Lekin, Sharq 
mamlakatlari xalqlari, shuningdek Movarounnahr xalqlari tarixini o'rganishda 
uning birinchi asari “Al-komil fi-t-tarix” katta ahamiyat kasb etadi.
“ A l-kom il f i-t-ta rix ” asari o 'n ikki j i ld d a n iborat b o 'lib , u n d a
156


dunyoning “yaratilishi” dan to 1231 -yilga q ad a r Sharq mam lakatlarida 
b o ‘lib o ‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, y a ’ni davr 
tartibida bayon etib beriladi.
Asarda k o ‘pgina qim matli m anbalar, xususan Tabariy h a m d a as- 
Sallomiyning bizgacha yetib kelmagan “ Kitob fi axbor vuioti X uroson” 
( “ Xuroson hukm dorlari haqida axborot beruvchi k itob”) kabi qimmatli 
asarlardan keng foydalanilgan.
“A l-kom il fi-t-ta rix ” ning birinchi qismi (I—IV jildlari) olam ning 
“ yaratilishi” dan to 931-yilgacha bo'lib o 'tg an voqealar bayonidan iborat. 
Bular a w a l yashab o 'tgan olimlar Balazuriy, Tabariy, Ibn Miskavayx, 
as-Sulamiy va boshqalaming asarlariga tayanib yozilgan. Lekin, bu qismda 
ham k o'p hollarda asosiy manbalarda uchramaydigan m uhim va qimmatli 
m a ’lum otlar bor.
Masalan, 751-yili Talas daryosi bo'yida arab va Movarounnahr qo'shinlari 
bilan Xitoy armiyasi o'rtasida bo'lib o'tgan jang va unda ko'p minglik xitoy 
qo'shinining to r-m o r etilishi haqidagi m a ’lumot shular jumlasidandir.
U n d a n tashqari, as-Sallomiy va uning m uhim tarixiy asari haqida 
m a ’lum ot Ibn al-Asir tufayligina bizgacha yetib kelgan.
Asarning V II—XII jildlari mustaqil, alohida ahamiyatga ega bo'lib, 
9 2 4 —123 1- y i l l a r o r a s i d a S h a r q m a m l a k a t l a r i d a , s h u n i n g d e k
M ovarounnahrda bo'lib o'tgan voqealarni o 'z ichiga oladi va, asosan 
q o 'ly o zm a m anbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan 
axborotlar h a m d a muallifning shaxsiy kuzatishlari davom ida to'plagan 
boy va faktik material asosida yozilgan.
“ A l - k o m i l f i - t - t a r i x ” a s a r i n in g , a y n iq s a m o ' g ' u l l a r istilosiga 
bag'ishlangan XII jildi alohida ahamiyatga ega va M ovaro u n n ah r ham da 
Sharq mamlakatlarining XI11 asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy 
tarixini o'rganishda asosiy m anba vazifasini o'taydi.
Kitobning to 'la matni ikki m arta (1851 — 1876-yillarda va 1901) chop 
etilgan. Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.M ednikov, A.E.Krimskiy, B.A. 
Ahm edov tarjima qilganlar.
Asar Xivada to'liq holda o'zbek tiliga M uham m ad Rahim soniy (1863— 
1910) davrida Nurillo Muftiy, M u h am m ad Sharif oxund va boshqalar 
tom o n id a n tarjima qilingan bo'lib, Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy 
n o m id a g i S h a rq s h u n o s lik instituti xaz ina sida o ' n u c h ta m o 't a b a r
qo'lyozmalari saqlanmoqda.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling