Manbashunoslik


 .3 .1 1 . «Osor ul-boqiya»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3 .3 .1 1 . «Osor ul-boqiya»
Ushbu benazir asar ijodkori qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydir 
(973—1048). U tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'y icha 150 dan ortiq asarlar 
yaratib, asosan tabiiy fanlar sohasida ulkan kashfiyot va muvaflfaqiyatlarga 
erishgan bo'lsa-da, o'z ining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix to'g'risidagi chu q u r 
bilimlarini “ Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” ( “ Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar”) ham da “ H indiston” yoki “ Kitab tahqiq molil- 
Hind min manqula fi-1-aql v a-l-m arzum a” (“ Hindlarning aqlga sig'adigan 
va sig'maydigan t a ’limotlarini tadqiq etish”) va “ Kitob u l-m u s am m ara 
fi axbori X o ra zm ” ( “ Xorazm haqidagi axborotlar haqida su h b atlar” ) 
nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga katta hissa qo'shdi.
Ayniqsa, bo'lg'usi tarixchilar uchun “ Osor ul-boqiya” liar t o m o n la m a
nam u n a bo'iadigan qimmatli manbadir. Asar 1000-yili Jurjon shahrida 
yozib tam om langan. U n d a qadimgi O 'rta Osiyo, Yunon, Eron, Hind, 
nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bo'lgan tarixi, 
urf-odatlari, bayramlari va, asosan, vaqtni hisoblash taqvim — xronologiya 
to 'g 'risid a m u k am m al m a ’lumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda 
yaratilgan m o 'ta b a r qo'lyozmasiga nodir rasmlar ishlangan va bu noyob 
s a n ’at obidasi S h o tl a n d iy a p o y tax ti E d in b u rg shallri U n iv e rsite ti 
kutubxonasida 161-raqam ostida saqlanmoqda.
“ Osor ul-boqiya” ning ruscha va o'z bekcha tarjimalari T oshkentda 
1957 va 1968-yillari chop etildi. Kitob Yevropada “ Xronologiya” nomi 
bilan mashhur. Biz asar to'g 'risida ortiqcha m a ’lum otlam i keltirmadik, 
chunki bizning vazifamiz qimmatli yozma m anbalar to'g'risida um um iy 
tushuncha, bilim va yo'nalish berishdir. Ushbu kitob to'g'risida talabalar
153


mustaqil ish jarayonida yoki laboratoriya ishi jarayonida chuqurroq va 
keng bilimga ega boMishi maqsadga muvofiqdir.
Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikretilgan nomdan tashqari, 
yana “Tarixi Xorazm” va “ Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur 
kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo'lib, uning ayrim lavhalari — parchalari 
Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va Yoqut 
Hamaviyning “ M o‘jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan.
Beruniyning “ Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karom ita” ( “ Oq 
kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob”) asari ham tarix ilmi 
uchun alohida qiymatga ega. U n d a o'sha zam onlarda 0 ‘rta Osiyoda 
keng tarqalgan ijtimoiy harakat — karmatlar harakati haqida diqqatga 
sazovor m a ’lumotlar bor.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix ilmi uchun 
m a ’lumotlar juda ko‘p uchraydi, am m o ulardan tashqari nomi zikr etilgan 
asari uning katta tarixchi olim, etnograf b o ‘lganligini ko'rsatadi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling