Manbashunoslik


 .6 . «Kitob al-masolik val-mamolik»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3 .6 . «Kitob al-masolik val-mamolik»
Ushbu nomdagi yetti jildlik ulkan asami vatandoshimiz, davlat arbobi va olim 
Jayhoniy (870—942 halok bo'lgan) yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad 
ibn Nasr al-Jayhoniy yaratgan. U Buxoroda Somoniylar davlatida katta obro'ga 
ega bo'lib, 914-yildan hayotining oxirigacha vazir bo'lib xizmat qilgan.
Olimning asosiy asari tarixiy jug'rollyaga oid bo'lib, u yana “ Kitob 
nl-mamolik fi m a ’rifiyi al-m a m o lik ” ( “ Mamlakatlarni bilishda masofalar 
kitobi”) deb ham atalgan. Bu kitob o 'z davrida juda m ash h u r bo'lib, 
b archa keyingi o lim la r Beruniy, G a rdiziy, ldrisiy, M u q a d d a siy va 
boshqalar undan qimmatli va ishonchli m anba sifatid;i foydalanganlar, 
iqtibos (sitatalar) keltirganlar.
Jayhoniy asarida Sharq mamlakatlari, xususan M ovarounnahr, turk 
qabilalari to'g'risida qim matli m a ’lumotlar bo'lgan.
149


M azkur asar bizgacha yetib kelmagan b o ‘lsa-da, uning nomi barcha 
yirik olimlar asarlarida zikr qilinganligi va Beruniy, Ibn Xavqal, Gardiziy 
va Avfiy asarlarida p archalar keltirilganligi, uning qim m atli m anba 
ekanligidan guvohlik beradi.
3 .3 .7 . «Kitob masolik ul-mamolik»
Ushbu kitob muallifi Istaxriy yoki Abu Is’hoq lbrohim ibn M uham m ad 
al-Forsiy (850-934) nomi bilan m ashhur bo'lgan sayyoh va geograf olim. 
U 915-yildan boshlab Eron, M ovarounnahr, Suriya, Misr va Mag'rib 
bo'ylab sayohat qilgan. M ana shu sayohat vaqtida to'plangan boy daliliy 
material va zamondoshi Abu Zayd Ahm ad ibn Sahl al-Balxiyning (850— 
934) “ Suvaral-aqolim” ( “ Iqlimlar surati”) kitobi asosida 930—933-yillarda 
o'zining “ Kitob masolik ul-mamolik” (“ Mamlakatlarga boriladigan yo‘llar 
haqida kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan.
Asar yigirmabobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari (Arabiston, 
M a g ‘rib, Misr, Suriya, Iroq, E ron, M o v a r o u n n a h r ) , s h u n in g d e k , 
Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma'muriy boiinishi, mashhurshaharlari, 
ularga olib boriladigan yo'llar, aholisi va uning mashg‘uloti, atoqli kishilari
savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan.
“ Kitob masolik ul-m am olik” asarining asl matni uch m arta 1870, 
1927 va 1967-yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin M uham m ad 
ibn S a’d ibn Muham m ad an-N ax ch iv o n iy to m o n id a n XVI asrning 
ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo'lyozm a nusxalari Sankt- 
Peterburg va Toshkentda saqlanmoqda.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling