Manbashunoslik


«Kitob ul-masolik va-l-mamolik»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3.8. «Kitob ul-masolik va-l-mamolik»
Ushbu kitobning muallifi Ibn Havqal (vaf. 976)dir. U o ‘z davrining 
ko'zga ko'ringan yirik geograf olimi va sayyohi bo'lgan. Olimning to'liq 
ismi Abulqosim ibn Havqal an-N isibiy bo'lib, nasabiga k o 'ra olim 
Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nasibin shahridan chiqqan.
Ibn Havqal 943-yildan boshlab savdogarsifatida turli mamlakatlar Markaziy 
Afrika, Ispaniya, ltaliya, Eron, Hindiston bo'ylab sayohat qilgan. U Istaxriy 
bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go'yoki undan o'zasaridagi 
xato va chalkashliklami xalos qilish va qaytadan ishlashni iltimos qilgan.
“ M en, — deb yozadi Ibn Havqal, — uning kitobidagi bir emas, bir 
necha xaritalarni tuzatdim, so'ngra ushbu o'z kitobimni yozishga qaror 
qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta 
(yangi) xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab b erdim .”
Ibn Havqalning asari “ Kitob ul-masolik va-l-m am olik” ( “Yo'llar va
150


mamlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “ Kitob surat a l-a rd ” ( “Yeming 
surati”) nom i bilan m ashhur bo'lib, H am adoniylardan Sayfulla Ali 1 ga 
(945—967) bag'ishlangan. Uni yozishda m u a llif sayohatlari vaqtida 
to'plagan, savdogarlardan so'rab-surishtirib yiqqan materiallardan ham da 
Ibn X urdodbeh, al-Jayhoniy, Q udam a asarlaridan foydalangan. Kitobda 
tavsiflangan h a r bir m am lakat va viloyatning xaritasi h am berilgan. 
M a s a la n , M o v a r o u n n a h r qism iga ilova q ilin g a n x a r it a d a J a y h u n
(A m u d a ry o ), B u x o ro , S a m a rq a n d , U s ru s h a n a ( O ' r a t e p a ) , lspijob 
(Sayram), Shosh va X orazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda 
turk va g'uzzlar. ularning m ashg'uloti, shunin g d ek , M o v a r o u n n a h r
shaharlari, xalqlari xususida keltirilgan m a’lumotlar nihoyatda qimmatlidir.
“ Kitob ul-masolik va-l-m am olik” asarining arabcha matni ikki marta 
M.Ya. de G uye (1878) ham da Kramers to m o n id a n (1938—1939) chop 
etilgan. K ram ers nashri (u 1086-yili ko'chirilgan va h o zir Istanbul 
kutubxonalaridan birida saqlanayotgan m o'tabar qo'lyozm aga asoslangan) 
birm uncha noyob nashr sifatida qadrlanadi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling