Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.2. 0 ‘zbck tilidagi manbalar
5.2 .1 . «Temur tu/uklari»
“T em u r tuzuklari” , “Tuzukoti Tem uriy” , “ Malfuzoti T em u riy ” yoki 
“Voqeoti Tem uriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Tem urning yetti 
yoshligidan boshlab hayot yo'li haqida hikoya qiladi.
183


“T em ur tuzuklari” — m uhim tarixiy manba b o ‘lib, unda A m ir T em u r 
davlatining tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab 
turkiy-o'zbek tilida bitilgan. Uning bir qo'lyozmasi Yaman mamlakati 
oliy hukmdori J a ’far podshoh kutubxonasida saqlangan.
“T em ur tuzuklari” ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Husayniy 
at-Turbatiy tarjima m uqaddimasida Arabistonning muqaddas joylarini 
haj qilib q a y t i s h d a , Y a m a n d a b o 'l g a n c h o g 'i d a J a ’fa r p o d s h o h
kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Tem urning 
hayot yo'li haqidagi o'zi yozgan ekanligini t a ’kidlaydi. Mir Abu Tolib 
Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima qilgan. 
Lekin, Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Hindistonda bo'lgan 
biron qo'lyozm a nusxadan o'girilgani aytilmagan.
Mir Abu Tolib 1637-yilda “Tem ur tuzuklari” asarining forscha tarjimasini 
buyuk Boburiylardan S hohijahonga tortiq qiladi. Keyin bu tarjim a 
Muhammad Afzal Buxoriy (vaf. 1652-y.) tomonidan jiddiy tahrir qilingan.
“T em u r tuzuklari” ikki maqoladan iborat:
B i r i n c h i m a q o l a A m i r T e m u r n i n g d a v l a t n i b a r p o e t is h va 
mustahkamlash, qo'shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan 
tarkib topgan.
Ikkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Tem urning 
hokimiyat tepasiga kelishi va harbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.
“Tem urtuzuklari” XV—XVI asrlarda nafaqat hukmdorlarva m a ’lumotli 
kishilar orasida, balki jahon ilm ahli o'rtasida shuhrat topti. Asarning 
qo'lyozma shaklida ham, toshbosma shaklida ham, shuningdek jahonning 
ko'p tillariga qilingan tarjima shaklida ham (inglizcha, fransuzcha, urdu, 
rus va o'zbek tillarida) nashr etilishi so'zimizga isbot-dalildir.
Ikki fozil shaxslar M ir Abu Tolib va M u h a m m a d Afzal Buxoriy 
xizmatlari tufayli “T e m u r tuzuklari” fors tilida bizgacha yetib kelgan. 
Bu tarjimaning mo'tabar qo'lyozmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, 
Misr, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud.
“T em ur tuzuklari” ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963-yillari 
yevropa va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.
“T em u r tuzuklari” ni to'liq 1857-yili Xivada M uham m ad Yusuf Rojiy 
to m onidan va 1858-yili Pahlavon Niyoz devon tom onidan turkiy-o'zbek 
tiliga tarjima qilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Tem uriy” , ikkinchisi 
“ Malfuzot” nomi bilan m a ’lum. Yana bir tarjima Xo'jand qozisi Nabijon 
m a h d u m tarafidan, Q o 'q o n xoni M u h a m m a d Alixon ( 1 8 2 1 — 1858- 
yy.)ning topshirig'iga binoan amalga oshirilgan.
“T em u r tuzuklari” asarini Alixon To'ra Sog'uniy 1967-yili Mir Abu
184


Tolib taijimasini o ‘zbekchaga tarjima qilgan edi. 1990-yili Alixon T o ‘ra 
taijimasini “T em ur tuzuklari” ning Bombay nashri matni asosida Habibullo 
Karamatov yana bir tarjimani amalga oshirib, bir necha bor nashr ettirdi.
“ T e m u r tuzu k lari” ning m an b a sifatidagi tarixiy ahamiyati buyuk 
ekanligi mutaxassislarning unga b o ‘lgan katta e ’tiboridan bilish mumkin. 
Asarning sakkizta m o ‘tabar qo'lyozm asi Toshkentda, Sharqshunoslik 
instituti xazinasida mavjud.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling