Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.2.2. «Muzakkiri ahbob»
«M uzakkiri ahbob» («A hboblar (ya’ni d o'stlar) zikrida» nom li tazkira 
muallifi xoja B ahouddin Hasan Nisoriy (vafoti 1596—1597), XVI asrda 
o'tgan yirik shoir va olimdir. U asli buxorolik, m ashhur shoir Podshohxoja 
(1450 — vafot etgan yili n o m a’lum) oilasiga m ansub. Xoja B ahouddin 
Hasan shoirlik bilan bir qatorda, tibbiyot, tafsir, handasa, falakiyot, musiqa 
va xattotlikni egallangan. S o 'g 'd hokimi bo'lib turgan Shayboniy Rustam
64


Sultonning sadri bo'lib xizmat qilgan, 1526-yildan keyin Balxda Kam oluddin 
q o ‘noq m adrasasida handasadan dars bergan.
X oja B ah ouddin H asan o ‘zining «M uzakkiri ahbob» nom li asari 
(1566—1567-yiIda yozilgan) bilan shuhrat topgan. Asar Juyboriy xojalardan 
xoja M uham m ad Islom (1493— 1563)ga bag'ishlangan va XVI asm ing 
b irin ch i yarm id a B uxoroda o 'tg a n 261 tu rk iy za b o n sh o irla r h aq id a 
qisqacha m a ’lum ot keltirgan.
« M u za k k iri ahb ob» qisqa s o 'z b o s h i, m u q a d d im a , t o 'r t b o b va 
xo tim adan iborat.
S o 'z b o sh id a m azk u r asar m uallifi o ldiga qo 'y ilg an vazifa, u n in g
m azm uni haqida m a ’lu m otlar keltiriladi. U n d a aytilishicha, olim o 'z
asarini A lisher N avoiyning «M ajolis un-nafois» tazkirasining davom i 
sifatida yozgan.
M uqaddim a qism ida sh e’riyatda qalam tebratgan Shayboniy sultonlar: 
S h a y b o n iy x o n , U b a y d u ila x o n , A b d u lla tif S u lto n , R u sta m S u lto n , 
A bdulazizxon, Sulton S a’id Sulton, Juvonm ard Alixon, D o 'stm u h am m ad
S ulton, A bulg'ozi S ulton va B oburiylardan H um oyun, Akbar, K om ron 
M irzo, M irzo Askariy, H indol, X on M irzolar haqida qisqacha m a ’lum ot 
va sh e ’rlaridan nam u n alar keltirilgan. A sarda Shayboniyxonning 1487—
1488-yillari Buxoroda kechgan hayoti haqida keltirilgan m a ’lu m o tlar 
benihoyat qim m atlidir.
A ytilishicha, Shayboniyxon Buxoroga T em uriyzoda S ulton A hm ad 
M irzo (1469—1494) va Buxoro hokim i am ir A bduali tarxonning taklifx 
b ila n kelgan. S h ay b o n iy x o n b ir yil ic h id a B u x o ro ning O m o n k e n t 
q ishlog'ida istiqom at qilgan va xoja B ahouddin N aqshbandning nabirasi 
xoja M ir M u h a m m a d N a q sh b a n d o 's h a v a q td a b o b o sin in g Q asri 
orifondagi m ozorida m utavalliy b o 'lib xizm at qilar edi. Shayboniyxon 
u n d an naqshbandiylik ta 'lim o tin i o 'rg an d i. Piri Shayboniyxonga yaqin 
orada ulug' m artabaga erishishini karom at qilgan. Tazkiranavis, «ko'p 
v a q t o 't m a y , 12 y ild a n k e y in , S h a y b o n iy x o n T u r k is to n d a n to
D o m g'ongacha cho'zilgan katta m am lakatga ega bo'ldi», degan. U n dan 
t a s h q a r i, m u q a d d im a d a s h a y b o n iy z o d a l a r d a n R u s ta m S u lt o n , 
A bdulazizxon va Juvonm ard A lixonlarning shaxsiy hayoti haqida ham
qim m atli m a ’lum otlar keltiriladi.
Asarning birinchi bobida m uallif o 'z i shaxsan tanish bo'lm agan, tazkira 
tuzilm asdan ancha ilgari olam dan o 'tg a n , buxorolik 84 shoirning hayoti 
va ijodidan n am unalar keltiriladi.
Ikkinchi bobda m uallif bilgan, lekin tazkira yozilm asdan sal ilgari 
h ayo td an ko'z yum gan 64 buxorolik sh o ir haqida m a ’lum ot keltiriladi.
65


U chinchi bob tazkira yozilayotganda hayot bo'lgan 59 buxoroiik sh oir 
ijodiga bag'ishlanadi.
Va nihoyat, to 'rtin c h i bobda m uallif bilan zam ondosh, lekin u bilan 
tanish bo'lm agan 44 nafar m ovarounnahrlik shoir ijodidan n am u n ala r 
keltirilgan.
X otim ada m uallif o'zin in g ota-bobolari haqida, xususan ulug' bobosi 
A bdulvahhobxoja, otasi P odshohxoja va b irm u n ch a vaqt S hayb on iy
R u sta m x o n n in g x iz m a tid a sh ay x u lislo m la v o z im id a b o 'lg a n inisi 
Abdussam adxoja haqida, shuningdek, ruboiynavis shoir Shohxoja haq id a 
zarur m a ’lu m otlar keltirgan.
Tazkirada, shoirlikni o'ziga kasb-hunar qilib olgan shoirlar bilan bir 
qato rd a, boshqa k asb -h u n a r egalari, m asalan, savdo-sotiq, tabib lik , 
xattotlik, rassom lik, m e ’m orlik va boshqa h un arm and shoirlar ijodidan 
ham n a m u n a la r keltirilgan. U larn in g o rasida olim lar ham b o 'lg a n . 
M asalan, m ashh ur shoir M uham m ad Solihning o 'g 'li M irzo U lu g 'b ek
haqida bunday m a ’lum ot keltirilgan; u XVI asrning boshlarida N iso 
viloyatining hokim i bo 'lgan. H asan N isoriyning otasi D arun hokim i 
Podshohxoja bilan d o 'st bo'lgan. U lar tez-tez bir-birlarini ziyorat qilib 
turganlar va shoirlarning majlislarini uyushtirib turganlar.
U shbu asarda Shayboniy hukm dorlardan U baydullaxon zam o n id a 
B u x o ro va S a m a r q a n d d a b u n y o d e tilg a n m a s jid , m a d r a s a va 
xonaqohlardan tashqari, ko'prik, suv inshooti va kutubxonalari haqid a 
ham m a’lum otlarni uchratam iz. Buxoroyi sharifda qurilgan M ir Arab 
m adrasasi, Piri M arza qishlog'ida qurilgan chorbog', M eh tar Q osim
tarafidan K o 'h ak daryosi ustiga qurilgan ko'prik, Abdulazizxon tarafidan 
Buxoro shahrida bunyod etilgan kutubxona shular jum lasidandir.
U m u m a n , x o ja H a sa n N is o riy n in g « M u z a k k iri a h b o b » a sa ri 
O 'z b e k isto n n in g XVI asrn in g b irin ch i yarm idagi adabiy m u h iti va 
m adaniyatini o'rganishda m uhim m anba bo'lib xizm at qiladi.
A sarn in g q o 'ly o z m a n u sx alari R ossiya, O 'z b e k is to n va x o rijiy
m am lakatlar kutubxonalarida mavjud. U ning o 'zbekch a tarjim asi 1993- 
yili T oshkentda Ismoil Bekjonov tom onidan chop etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling