Manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Geografik asarlar deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday geografik asarlarni bilasiz?
3. Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasiz?
4. Qanday kosmografik asarlarni bilasiz?
5. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar qanday xususiyatlarga ega ?
6. Geografiyaga oid asarlarda qanday tarixiy та 'lumotlar uchraydi?
7. 
Yoqut Hamaviyni «M o'jam-ul buldon» asarida M arkaziy Osiyo tarixiga oid 
qanday та ’lumotlar bor?
8. «Samariya» asarining Samarqand tarixini о ‘rganishdagi ahaiyatini ochib 
bering.
9. «Ajoyib at-taboqat» asari haqida so ‘zlab bering.
7 -M A V Z U . B IO G R A F IK A SA R L A R
Darsning mazmuni: 
talabalarga biografik asarlar to ‘g ‘risida ta sa w u r 
berish va ulardagi tarix ilmi uchun m uhim m a’lum otlarni tahlil qilish.
Reja:
7.1. Biografik asarlar xususiyatlari.
7.2. Biografik asarlar tavsifi.
Asosiy tushunchalar: 
biografiya, muallif, tarjimai hoi.
7.1. Biografik asarlar xususiyatlari
O 'zbekiston tarixi va um um an tarix ilmini o'rganishda biografik asarlar, 
tazkiralar, m an o q ib lar va m em u ar asarlarning ah am iy ati n ih o y atd a 
kattadir. Ba’zan maxsus tarixiy asarlarda uchram aydigan m a’lum otlar 
biografik va m em uar asarlarda uchraydi. Bu asarlar m a’lum darajada 
davr ijtim oiy-siyosiy hayotini o'rganishda m uhim aham iyat kasb etadi. 
Shulardan b a ’zilariga, misol tariqasida to'x talib o 'tam iz.
7.2. Biografik asarlar tavsifi
7.2.1. «Tazkirat ush-shuaro»
«Tazkirat ush-shuaro» XV asrning ko'zga ko'ringan adabiyotshunos 
olimi Davlatshoh Sam arqandiyning asaridir. M uallifning to'liq ismi sharifi
* U sh b u m a v z u n i y o z ish d a B. A h m e d o v a sa rid a n q is m a n fo y d alan ild i.
62


Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh a l-G ‘oziy as-Samarqandiy. O 'z asarida 
keltirilgan b a ’zi m a ’lum otlarga qaraganda, u yirik harbiy xizm atchi va 
davlat arbobi oilasidan chiqqan. Otasi am ir Baxtishoh S hohruh M irzoning 
yaqin kishilari va e ’tiborli xizm atkorlari jum lasidan b o iib , uning k o ‘pgina 
harbiy yurishlarida qatnashgan va to j-u taxt sohibiga sadoqat bilan xizm at 
qilib, janglarda qahram onlik nam unalarini k o ‘rsatgan. U ning « a l-G ‘oziy» 
deb atalishi ham shundandir.
D avlatshohning tu g ‘ilgan vaqti m a’lum em as. Lekin, buni boshqa dalil 
va m a’lum otlarga tayanib, taxm inan aniqlasa b o ia d i. D avlatshohning o ‘zi 
m azkur asarini 50 yoshga kirganda yoza boshlaganini aytadi. Biz bu asarni
1487-yili yozib tam om langanligini bilamiz. Bu katta va m uhim asarni 
yozish uchun kam ida ikki-uch yil vaqt sarflangan, albatta. Shunday taxm in 
qilinganda, Davlatshoh 1435— 1436-yillarda tavallud topgan bo 'lib chiqadi.
D avlatshoh S am arqandiy yoshligida durustgina tahsil ko ‘rdi, o ‘sha 
davrning eng ko‘zga k o ‘ringan olim laridan, m asalan, faqih va sh oir xoja 
Fazlulloh A bulaysiydan ham t a ’lim olgan. Lekin, 1480-yillarga qadar 
ilmiy yoki adabiy faoliyat bilan shug'ullanm agan, balki saroy xizm ati va 
harbiy yurishlarga ja lb qilingan. S h o h ru h M irzo va S u lto n H usayn 
m irzoning k o ‘pgina harbiy yurishlarida ishtirok etgan. U so'nggi m arta 
S ulton H usayn bilan T em uriy S ulton M ahm ud m irzo (Abu Saidning 
ik k in ch i o ‘g ‘li, H iso ri sh o d m o n va B ad ax sh o n h o k im i) o 'r ta s id a
C ham onsaroyda (A fg'onistonning Andxuy viloyatida joylashgan m anzil) 
b o 'lg an urushda ishtirok etgan. Bu urush X ond am irnin g m a ’lum otlariga 
qaraganda, 1471-yilda sodir bo'lgan. D avlatshoh S am arqandiy 60 yilga 
yaqin u m r ko'rib , 1495-yili vafot etgan.
D avlatshoh S am arq a n d iy o 'z in in g «T azkirat u sh -sh u aro » asarini 
yozishda ju d a k o 'p m anbalardan, o 'z id a n a w a l yozilgan tazkiralardan
m asalan, Abu T o h ir X o tuniyning «M anoqib u sh -sh u aro » , Avfiyning 
«Lubob ul-albob» kitoblaridan, ko'pgina tarixiy va geografik asarlardan, 
xususan, Istaxriyning «K itob m asolik ul-m am olik», G ardiziyning «Zayn 
u l- a x b o r » , A b u lfa z l B a y h a q iy n in g « T a rix i O li S a b u k ta k in » va 
b o sh q alard an , sh u n in g d ek , tazk irad a n om lari qayd etilgan sh o ir va 
adiblarning asarlaridan keng foydalangan.
«Tazkirat ush-shuaro» asarida VI I—XV asrlarda Eron va O'zbekistonda yashab 
ijod etgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli m a’lumotlar 
keltirilgan. U muqaddima, xotima va yetti qism (tabaqa) dan iborat.
M uqaddim ada asarning yozilish sabablari, V II—X asrning birinchi 
yarm ida o'tgan arabiynavis shoirlardan 10 nafari haqida m a’lum ot berilgan.
Birinchi va ikkinchi qism X—XI asrda Eron va, asosan, O 'zb ekiston da
63


yashab, ijod etgan 40 yirik shoirning qisqacha taijim ai holi va ijodiga 
bag'ishlangan.
U chinchi-beshinchi tabaqalarda X orazm shohlar — A nushteginiylar 
(1 0 7 7 -1 2 3 1 ), Elxoniylar (12 5 6 -1 3 5 3 ) va M uzaffariylar (1 3 1 4 -1 3 9 3 ) 
zam onida o 'tg an 54 shoir haqida m a’lum otlar keltirilgan.
So'nggi ikki tabaqada A m ir T em ur va T em uriylar zam o n id a o 'tg a n
41 shoir haqida m a’lum o tlar keltirilgan.
X otim ada XV asrning ikkinchi yarm ida o 'tg an va tazkira m uallifi 
bilan zam ondosh bo 'lg an yirik shoir va adiblardan A bdurahm on Jom iy, 
A lisher N avoiy, shayx A hm ad Suhayliy, xoja A fzalu dd in M ah m u d
Kirm oniy, xoja S hihobuddin Abdulla Marvorid ham da xoja Asafiy haqida 
hikoya qilinadi.
Tazkirada tilga olinganlar orasida Abu A bdulla R udakiy (taxm .860— 
941), fors tilidagi «Qavsnoma» nom li lug'at m uallifi Q atron ibn M ansur 
(tax m .1010—1073), xorazmlik m ashhur shoir va adabiyotshunos, sh e’riyat 
ilmiga oid «H adoyiq as-sehr» («Sehr bog'lari») nom li kitobi bilan dong 
chiqargan Rashiduddin Votvot (taxm .1087—1182), asli shahrisabzlik bo'lib, 
H indistonda kun kechirgan va boy ijodi bilan dong taratgan buyuk shoir, 
olim va m usiqashunos Xusrav D ehlaviy (1253—1325), yirik tarixchi 
Sharafuddin Ali Yazdiy, shoir va qissaxon O rif Ozariy va boshqalar bor.
Qisqasi, «Tazkirat ush-shuaro» asari O'zbekiston va Eronning X—XV 
asrlardagi madaniy hayotini o'rganishda m uhim m anbadir. U nda tarixiy 
m a’lumotlar ham ko'p. XIV asrning 30—80-yillarida Xurosonni larzaga keltiigan 
sarbadorlar harakati haqida keltirilgan m a’lum otlar ayniqsa muhimdir.
Kitobning to'la matni 1887-yili Bombayda, 1901-yili L ondondava 1958- 
yili Tehronda chop qilingan. U turli tillarga, shu jum ladan o'zbek tiliga 
B.Ahmedov tom onidan qisqartirilib taijim a qilingan va «Shoirlar bo'stoni» 
nomi bilan chop etilgan. Kitob turkiy til (Xorazm shevasi)ga 1900-yili 
M uham m ad Rafe’ tom onidan taijim a qilingan bo'lib, uning qo'lyozm asi 
O 'zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Asarning inglizcha to 'la 
tarjimasi 1900-yili E.Braun tom onidan Leydenda e ’lon qilingan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling