Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

2.2. Qadimgi Turk manbalari
Q a d im g i T u r k m a n b a l a r i o r a s i d a X V II a s r d a S i b i r h a m d a
Mo'g'ilistonda, Oltoy hamda O'zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida 
qiymatga ega. Bu yozuvlarning yetti guruhi — Lena — Baykalbo'yi bitiklari, 
Yenisey, M o'g'uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O 'rta Osiyo bitiklari 
m a ’lum. Bu bitiklar O'zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi 
ijtimoiy-siyosiy ham da madaniy hayotini o'rganishga yordam beradi.
2.2.1. Yenisey bitiklari
Yenisey bitiklari m a s h h u r rus x a rita shunos olimi S .U .R c m e z o v
(taxminan 1642— 1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi
134


(hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. U n d a n keyin bu 
haqda shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) m a ’lumot beradi. 
U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan toshga o ‘yib yozilgan notanish 
xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi m a ’lum otlar birinchi m arta o ‘tgan 
asrning birinchi choragida “ С и б и р ск и й в е с т н и к ” jurnalida e ’lon qilindi. 
1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozm a yodgorliklar xaritasini 
tuzdilar.
2.2 .2 . M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar
M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar orasida T o'nyuquq, Kul tegin, Bilga 
xoqon va Ongin m uhim o ‘rin tutadilar.
T o ‘nyuquq bitigi U lan-B a tordan 66 km janubi-sharqda, Bain Sokto 
manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish 
xoqonning (681—691) maslahatchisi, sarkarda T o ‘nyuquqqa atalgan va 
712—716-yillari yozilgan. 1897-yili rus olimi D.A.K lemens (1848—1914) 
va uning xotini Yelizaveta Klem enslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov 
(1899), V .Tom sen (1922), X .S h e d er (1924), D.Ross (1930) h a m d a
G .A ydarov (1971) tarafidan yaxshi o ‘rganilgan va matni nem ischa, 
daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida 
G ‘.A .A b d u ra h m o n o v h a m d a A .R u s ta m o v to m o n id a n o ‘zbek tiliga 
qisqacha tarjima qilingan (1982).
Kul tegin bitigi Bilga xoqonning (716—734) inisi Kul tegin (731-yili 
vafot etgan) sharafiga yozilgan. M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysida 
K o ‘kshin O 'r x u n daryosi b o 'y i d a n rus arxeolog va e tn o g r a f olim i 
N.M.Yadrinsev (1842—1894) to m o n id a n 1889-yili topilgan.
Bitik V .V .R adlov (1891), A .X eykel (1892), V .T o m sen (1896), 
P.M.Melioranskiy (1897), X.Sheder (1924), S.E.Malov (1951), G.Aydarov 
(1971) lar tom onidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop 
etilgan. G '.A .A bdurahm onov va A .Rustam ov tom onidan o ‘zbek tiliga 
qilingan qisqacha tarjimasi (1982) h am bor.
Bilga xoqon bitigi Kul tegin bitigi topilgan joydan I km janubi-g‘arbda
— Ko'kshin O 'rxun daryosi havzasida topilgan. Bu obida 735-yili bitilgan. 
Uni V.V.Radlov, S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tom onidan 
o'rganilgan va chop etilgan.
Ongin bitigi M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan va 
kimga atalganligi aniq m a ’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, yuqorida 
tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga 
qo'yilgan (735-y.), boshqa fikrga k o'ra Q opag'on xoqonga (691—716- 
vv.), yana bir m a ’lumotga (J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy
135


/
boshliqlaridan Alp Eletm ish (taxm inan 731-yilda o 'lg an ) sharafiga 
qo'yilgan.
Obida 1892-yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957-yili J.Kloson 
tom onidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan) nashr qilingan.
Bulardan tashqari, Qarabalsag‘un shahri (U lan-B atordan taxm inan 
400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xayto Tamir, 
Cho'yren, Beyshin-Udzur, Bayan—X o‘ngur va boshqa joylardan topilgan 
yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Q o ‘shog‘och 
ham da tog‘li nohiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o ‘tish mumkin. Bular 
0 ‘rxun-Yenisey bitiklaridan farqli o ‘laroq, etnografik materialga boydir. 
O l t o y d a n t o p i lg a n y o z u v l a r P . M . M e l i o r a n s k i y , E . R . T e n i s h e v ,
A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyayev ham da D.D.Vasilyev 
tom onidan e ’lon qilingan.
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi 
g'orlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o ‘rin 
tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop qilingan.
Qozog‘iston ham da Qirg‘izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60— 
70-yillarida topilgan) hali chuqur o ‘rganilmagan. Bular orasida Talas 
vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo'rg'on, Urjor, Sirdaryo
11a, Olma Ota, Tolg'ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar m uhim ilmiy 
ahamiyat kasb etadi.
Qozog‘iston hamda Qirg'iziston hududidan topilgan bitiklaming ba’zilari 
S.Sodiqov, M.E.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboyev, 
Ch. Jumag'ulov ham da G .K arag‘ulovalar tom onidan e ’lon qilingan.
Qadim iy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) 
F a rg ‘o n a , Oloy vodiysi h a m d a Jan u b iy O 'z b e k is to n va Tojikiston 
h u d u d id a n , y a ’ni B ekobod, Isfara, M a rg 'ilo n , F a rg 'o n a , A ndijon, 
Quvasoy, O'sh, O'zgand, Kofirnihon, shuningdek So'g'ddan ham topilgan 
va A . N .B e r n s h ta m , B .A .Litvinskiy, V .A .B u lato v a, E .R .T e n is h e v , 
Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o'rganilgan.
U m u m an , qadimiy turk runik yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda 
juda qimmatli manbadir.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling