Manbashunoslik va tarixshunoslik
Esdaliklar va boshqa memuar manbalar
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston SSRning Oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xujjatlari. 1917 yil
Esdaliklar va boshqa memuar manbalar.
Turkiston o‘lkasining tarixi o‘sha davrda yashab o‘tgan arboblarning esdaliklari, kundaliklari va maktublarida xam o‘z aksini topgan. Rus zobiti V. Tixmenevning «Xiva xonligining zabt etilishi» rassom V. Vereshchaginning «1868 yilda Samarqanda» xamda Fedchenko, Logofet, Xoroshxin, Aminov kabi olim va sayyoxlarning xotiralarida chor Rossiyasining Xiva xonligi va Buxoro amirligini bosib olish tafsilotlari, mustamlaka Turkistonning siyosiy va iqtisodiy axvoli aks etgan. Maxalliy mualliflar qalamiga mansub bo‘lgan esdaliklar xam e’tiborga loyiqdir. Axmad Donish, Sadriddin Ayniy, Sadr Ziyo, Mirzo Abdulazim Somiy kabi tarixchi va yozuvchilarning qalamiga mansub asarlarda xuddi shu voqealar boshqacha nigox bilan yoritiladi. Muxammad Aziz Marg‘iloniyning «Tarixiy Aziziy», Mirzo Olim Maxmud Xo‘janing «Tarixi Turkiston», Avaz Muxammad Attor Xo‘qandiyning «Tarixiy jaxonnomoyi», Muxammad YUsuf Bayoniyning «SHajarayi Xorazmshoxiy» nomli asarlarida Rossiya istilosi va uning og‘ir oqibatlari konkret faktlar va jonli lavxalarda ko‘rsatilgan. 41 Mavzu-7: O‘ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALARI Reja: 1. Sovetlar se’ezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida 2. O‘zbekistonning 1925 – 1945 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar 3. O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar O‘zbekiston SSRning Oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xujjatlari. 1917 yil oktyabr to‘ntarishi natijasida Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik xarakati bostirilgandan so‘ng, o‘lkada uzil-kesil Sovet xokimiyati o‘rnatildi. 70 yildan ziyod muddat davomida xalqimiz SSSR deb atalgan davlat tarkibida xayot kechirdi. Bu davrda yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar nixoyatda xilma-xil tarixiy manbalarda o‘z aksini topdi. Sovet davri tarixini o‘rganishda Turkiston SSR (1918-1924) va O‘zbekiston SSR (19225-1991) Buxoro va Xorazm respublikalari (1920-1924)ning oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining xujjatlari asosiy axamiyatga egadir. SHuni aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, yuqorida eslatib o‘tilgan respublikalar rasman mustaqil davlatlar deb tan olinsada, amalda ular xaqiqiy suverinitetdan maxrum edilar. SHu boisdan ular oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari qabul qilgan qarorlar asosan yuqoridan belgilab berilar edi. O‘rta Osiyo respublikalari markaz belgilab bergan yo‘ldan borishga kommunistlik partiya (RKP (b) VKP (b) KPSS)ning strategik maqsadlarni amalga oshirishga majbur edilar. Xozirgi O‘zbekiston xududida mavjud bo‘lgan respublikalarning oliy qonun chiqaruvchi organlari 1937 yilga qadar, ishchi, dexqon va soldat deputatlari s’ezdi xisoblanardi. Muntazam ravishda chaqirilib turgan sovetlarning s’ezdlarida mazkur respublikalar konstitutsiyalari, qonunlar va qarorlar qabul qilinar edi. Sovetlar s’ezdlari xujjatlarida urushdan oldingi yillarda Sovet davlatining O‘zbekistonda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, ijtimoiy tadbirlari o‘z ifodasini topgan. 1937 yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning yangi konstitutsiyasiga muvofiq, respublikamizning Oliy qonun chiqaruvchi organi O‘zbekiston SSR Oliy Soveti (1989 yildan so‘ng - O‘zbekiston SSR Oliy Kengash) edi. Oliy Sovet odatda xar 3-4 oy bir marta sessiyaga yig‘ilib, unda turli qonun va qarorlar qabul qilinar, respublika konstitutsiyasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilar edi. Mazkur xujjatlarni o‘rganish o‘sha davrda O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat xaqida tasavvur qilish imkonini beradi. Sovet davrida yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar bu erda mavjud bo‘lgan respublikalar (TASSR, Buxoro va Xorazm SSR, O‘zbekiston SSR) oliy ijroiya organlari-Xalq Komissarlari Soveti (Buxoro va Xorazmda-Xalq Nozirlari Kengashi va Ministrlar Soveti (1946-1991)ning qarorlari va boshqa xujjatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur xujjatlar Sovet davri 42 tarixini o‘rganishda birinchi darajali axamiyatga ega manbalar sanaladi. Lekin bu xujjatlar sotsialistik mafkura ruxi bilan yo‘g‘rilganligini esdan chiqarmaslik kerak. O‘sha davrdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga sinfiylik pozitsiyasidan yondashish tamayili bu xujjatlarda yaqqol namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling