Mantiqiy qonunlar
Download 115.6 Kb.
|
Javoblar
Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta yerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida O. koʻproq ilohiy borliqning, xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.
34. Sura nima? Sura (arabcha: سورة — tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʼnosida) — faqat Qurʻonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga sura, deyiladi. Qurʼon suralardan iboratdir, sura Qurʼonning bir boʻlagi boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi. Qurʻonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʻoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʻon suralari ikki qismga boʻlinadi: 1. Hijratdan oldin tushgan suralar — „Makka suralari“ ((yoki Makkiy suralar) Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar — „Madina suralari“ ((yoki Madaniy suralar) Madinada tushgan) deyiladi. 35. Din nima? Uning qanday ta’riflarini bilasiz? Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi. Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham taʼriflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi. Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar ijtimoiy tartibni belgilab kelgan boʻlsa, boshqalari insonning ichki kechinmalari va ruhiyatini tartibga solishni koʻzlaydi. „Din“ soʻzini baʼzi hollarda „e’tiqod“ maʼnosida ham qoʻllashadi, lekin bu doim oʻrinli emas, zero eʼtiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas. Din — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir. Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki din hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi. 36. Bilish falsafasi haqida ma’lumot bering. Download 115.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling