Mantiqiy qonunlar
Download 115.6 Kb.
|
Javoblar
O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz” deb ta’kidlagan. Bugun ham yurtimizda diniy bag‘rikenglik va osoyishtalikni ta’minlash Konstitutsiyamizda qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida diniy e’tiqod erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. “Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, – degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularni anglash uchun avvalo, “ektremizm”, “terrorizm” qanday yuzaga kelgan degan savollarga javob topa bilishimiz kerak. “Ekstremizm” so‘zi lotincha extremis - ashaddiy, atamasidan olingan bo‘lib, “keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralarga tarafdorlik” ma’nosini anglatadi [2.442]. Olimlar “ekstremizm” iborasini siyosiy atama deb qaraydilar. Bu atamaning siyosat bilan bog‘liq jihatlari shundaki, norasmiy ekstremistik tashkilot rahbarlari siyosiy masalalar yuzasidan “keskin, qat’iy choralar ko‘rish yo‘li bilan”, ya’ni kuch ishlatish, zo‘rlik bilan davlatning rasmiy hokimiyatni konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligidadir. Ularning norasmiy deyilishiga sabab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar” hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi amaldagi qonun talablariga ko‘ra rasman faoliyat yuritish uchun Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tmaganligidadir[3.38]. Terrorizm – siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi o‘rtasida vahima va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik harakatlari (ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqa[4.404]. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunida terrorizmga quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm» – siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar
23.Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari haqida nimalarni bilasiz? Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi. Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish»“keskin”)jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo’lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o’ziga xos ko’rinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko’rinishini anglatadi. Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohdaaqidaning o’zgarmasligini himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladi. 24.Jamiyat mavzusi, mohiyati, tuzilishi. Jamiyat ({lang-lat|socium — „umumiy“}) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha jamiyat dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi) Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi. Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda. 25.Borliqning atributlarini izohlang? Muayyan jismning aynan shu jism ekanliginibelgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo'ladi. Borliqning ham birqancha atributlari mayjuddir. ular: harakat, fazo, vaqt, in'ikos, ong vaboshqalar. Borliq o'zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo'ladi.Endi borliqning atributlari, ya'ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to'xtab o'taylik. Download 115.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling