Mantiqiy qonunlar
Download 115.6 Kb.
|
Javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati.
Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28Vijdon erkinligi tushunchasi. Missionerlik va prozelitizm. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so’zi asli lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,- degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,- degan ta’rif keltirilgan. Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni anglatadi. Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. 29.Qonun tushunchasi va uning turlari haqida ma’lumot bering Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Qonunlari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Qonunlari, jamiyat Qonunlari, tafakkur Qonunlariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Qonundan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Qonunlarga boʻlinadi. Xususiy Qonunlar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Qonunlari). Umumiy Qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Qonun lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Qonuni umumiy Qonunga, olamning rivojlanish Qonunlari esa engʻ umumiy Qonunga misol boʻlishi mumkin. Umumiy Qonunlar bilan xususiy Qonunlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Umumiy Qonunlar xususiy Qonunlar orqali amal qiladi, xususiy Qonunlar esa umumiy Qonunlarning bir koʻrinishi boʻlib, obʼyektiv xarakterga ega. Qonunlar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Qonun hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Qonunlari obʼyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Qonunlari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat Qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Qonunlarini mantiq fani oʻrganadi. Qonunlar haqida Forobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 30.Islomning jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o’rni yoritib berilgan? Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom yetib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. “Sivilizatsiya” so‘ziga ilmiy soha vakillari tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Biroq ular ichida kengqamrovli va umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi ta’rifni alohida aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati hamda bularning natijasida paydo bo‘ladigan hayot yo‘li, tafakkur mahsulidir”. Ushbu ta’rifning xususiyati shundaki, bu yerda sivilizatsiyani insoniyat faoliyati bilan bir qatorda tabiiy in’om etiladigan hayot qonuniyatlari, diniy asoslar ham natijasi sifatida baholangan. Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday degan: “sivilizatsiya bu – farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin tsivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga etarlicha asoslar mavjud. Islom sivilizatsiyasi o‘rta asrlarda o‘zining yetuk darajasiga etdi. G‘arb dunyosining ayrim vakillari bu paytni “zulmat” davri, deya hisoblab turgan bir vaqtda ajdodlarimiz nurli davrni boshidan o‘tkazganlar. Vaholanki, amerikalik olim Jorj Sarton o‘zining “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) nomli kitobida ilmiy bosqichlarni yarim asrlardan iborat 50 yillik bir necha davrlarga bo‘lib chiqqan. Xususan, 750 yildan 1100 yilgacha – 350 yil mobaynida yashagan olimlarning nomlarini sanab o‘tgan. Diqqat bilan kuzatgan o‘quvchi ushbu olimlar musulmon olami vakillari ekaniga amin bo‘ladi. Bunday olimlar qatorida kimyo, matematika, tibbiyot, geografiya, falakiyot, tabiiy ilmlarda ulkan faoliyat olib borgan Jobir ibn Hayyon, Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Mas’udiy, Abul Vafo, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom singari arab, turk, afg‘on, fors musulmon olimlari keltiriladi. Download 115.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling