Mantiqiy qonunlar


Download 115.6 Kb.
bet18/25
Sana03.02.2023
Hajmi115.6 Kb.
#1151329
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Javoblar

Xitoy sivilizatsiyasi. Xitoy sivilizatsiyasi mil. avv. ikkinchi ming yillikda paydo bo‘lgan. Unda Hind sivilizatsiyasiga xos jihatlar mavjuddir. Xitoy madaniyatlarini o‘zida birlashtirgan ushbu sivilizatsiyaning moddiy va ma’naviy asoslari mil. av. 1223-1786 yillarda shakllangan. Xitoyliklar bu davrda yondashuvlari turli xil bo‘lishiga qaramay o‘zlarini yer yuzida hurmat va e’tiborga munosib yagona xalq, deb hisoblaganlar.
Yapon sivilizatsiyasi. Sivilizatsiyalar tarixi bilan shug‘ullanuvchi ba’zi tadqiqotchilar Xitoy va Yapon madaniyatlarini yuqori (uzoq) sharq nomi ostida bir tsivilizatsiya deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, aksariyat olimlar ularning mustaqil tsivilizatsiyalar ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsa-da, shuni ham e’tirof etish kerakki, Yapon sivilizatsiyasi uzoq tarixida Xitoydan ozuqa olgan edi.
Afrika sivilizatsiyasi. Ko‘pchilikning e’tiroficha, bugungi kunda Afrika tsivilizatsiyasi xilma-xil tillar va madaniyatlar, shuningdek bir-birlari bilan chuqur aloqalarga ega afrika xalqlari va jamiyatlarini birlashtiradigan turli darajalardan tashkil topgan tsivilizatsiyadir. Afrika sivilizatsiyasi o‘zining ildizlaridan o‘sib, alohida jihatlari, belgilari, uzoq tarixga egaligi bilan o‘ziga xos tamaddunlardan biri sifatida tanilgan
32.Kategoriya tushunchasi va ularning turlari haqida ma’lumot bering
Kategoriya tushunchasi va uning tasnifiKategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob'ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya'ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta'rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi. Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‘zlashtiriladi, ba'zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma'lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun'iy tarzda yaratilgan so‘zlar – neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya'ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi. Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma'lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi. Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega. Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‘ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni tavsiflashga da'vogar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‘zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me'yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan ob'ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. Kategoriyalar- (yun. kategoriya mulohaza, fikr; belgi) (falsafada) voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. Kategoriyani bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi boʻlib vujudga kelgan.Kategoriya haqidagi ilk taʼlimot qad. Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tushunchalarning ifodasi shaklida hosil boʻladi deb hisoblaydi. Aristotel oʻzining "Kategoriyalar" asarida Kategoriyani obʼyektiv reallikning inʼikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya toʻgʻrisida maʼlumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotelning Kategariya haqidagi taʼlimoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Oʻrta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (oʻzgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani koʻrsatib oʻtadi: substansiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant Kategoriyani aql-idrok shakllari deb tushunadi. Kategoriya haqida taʼlimotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U Kategoriya haqidagi keng va murakkab taʼlimot tizimini yaratgan. Kategoriya haqidagi taʼlimotga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nitsshe asarlarida ham keng oʻrin berilgan. Har bir inson oʻz faoliyatida oʻzigacha shakllangan K. yordamida ish tutadi. Kategoriya metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega boʻlib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan oʻrnini toʻgʻri bilib olishga yordam beradi.Har qaysi fanning oʻz Kategoriyasi boʻlib, shu fanning xususiyatlarini koʻrsatib turadi. Falsafiy Kategoriya fan Kategoriyasidan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega boʻlgan tomonlarini taʼriflab beradi. Falsafaning turli Kategoriyasi mavjud: borliq, ong , harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, inʼikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoniyat, voqelik, hodisa moxiyati va boshqalar.
Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha'n va qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqyelikni bilish va ma'naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba'zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi.

33.Islom madaniyati tarixi. Islomda fan va ta’lim, sa’nat, arxitektura.




Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi. «Qur’oni Karim” («qiroat» so’zidan olingan) g’oyalari, qadriyatlari (odamlarni to’g’rilik, rostgo’ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do’stlik, birodarlik, o’zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va h.k.), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular avvalgi ko’pxudolik, g’ayridiniy sarqitlardan, xurofot tushunchalaridan xalos bo’lib bordilar. Хalifa Usmon payg’ambarimiz o’limidan keyin og’izma-og’iz ko’chib yurgan “Qur’oni Karim” matnlarini bir joyga to’plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko’magida va payg’ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur’oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So’ng yagona nusxadan besh nusxa ko’chirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashga buyuradi. Хalifa Usmon Qur’oni Amir Тemur Shom (Suriya) yurishidan o’lja sifatida o’z poytaxtiga olib kelgan. Тemuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur’oni Karim” dastlabki tayyorlangan islomiy manbadir. Ayni chog’da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o’rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so’z arabcha bo’lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo’lgan shaharlar,bular: Shom, Bag’dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa xadisdir.
Butun musulmon dunyosida birdan-bir to’g’ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Тermiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo’lib, ularning «qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «qur’oni Karim»dan keyingi ulug’ o’ringa qo’yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo’lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga egadir. Allomaning «Al adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o’zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o’lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog’ida esa unga bag’ishlab yodgorlik majmui barpo etildi.
33.Ontologiya nimani o’rganadi.

Download 115.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling