Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish


Download 0.56 Mb.
bet1/10
Sana18.04.2020
Hajmi0.56 Mb.
#99987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 sinf ona tili fanidan konspekt


Sana. Mavzu:Gap.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish;

Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishiga e'tibor qaratish; chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat,amaliy,savol-javob.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar .

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Tashkiliy qism. Uzoq muddatli ta'til davrida o'quvchilar bir-biridan biroz uzoqlashib qoladilar. Shu sababli o'quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do'stlikni mustahkamlab olish
maqsadida „Muzyorar" mashg'uloti o'tkaziladi.

Mashg'ulot quyidagi tartibda olib boriladi. Donli ekinlardan biri (loviya, no'xat yoki guruch) solib tikilgan kichik xaltacha o'qituvchi tomonidan biror o'quvchiga, ismini aytgan holda („Farhod" deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o'rtog'ining ismini aytib xaltachani unga uloqtiradi. Mashg'ulot shu tartibda davom etadi. Endi o'quvchilar navbatdagi xaltachani irg'itganda o'rtoqlarining ismlarini va ismlarining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo'shib aytib, xaltachani uloqti-radilar. Masalan: Gulnoia — go'zal, Fazilat—farosatli, Jasur — jasoratli.

II.Mavzu bayoni. .Gap ular nimalardan tuzilishi yodga olinadi. 1- mashq.

O'zbekiston taraqqiyot yo'liga chiqdi. U o'z bayrog'iga ega bo'idi. O'z tug'rosini tasdiqladi. Birinchi Bosh qonunini yaratdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti peshtoqida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog'i ham hilpiradi. Osmon darvozalaridan, temiryo'l qopqaiaridan yetti iqlim elchilari yurtimizga kirib kelmoqda.

O'zbekiston — qadimiy va hamisha navqiron diyordir.

Oxirgi gapni ko'chiring. Yozganingizni tekshiring

2,3-mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.

III.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.

Mashq uchun quyidagi material beriladi. Aa. Adolat— aqlli. Adolat — aqlli qiz.O'qituvchi husnixat qoidalarini o'quvchilarga eslatadi.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.4- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.

MRO`TIBO`__________


Sana. Mavzu: Gapning maqsadga ko`ra turlari.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarni gapning maqsadga ko`ra turlari bilan tanishtiish;

Tarbiyaviy:O`quvchilarga husnixat oqali nafosat tarbiyasini beish.

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: suhbat,amaliy,tushuntiish,klaster.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar jadvallar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. 5- mashq.”Kimning xati chiroyli ?”she`ri esga olinadi.Darslikda berilgan parcha husnixat bilan ko`chiriladi.

6-mashqda berilgan gaplar so`roq gaplarga aylantirilib yoziladi.Mashq quyidagi namuna yordamida bajariladi.

Nam una: Boybo'ri kimning otini Hakimbek qo'ydi?



Boybo'ri o'g'lining otini Hakimbek qo'ydi. Hakimbek olti yoshga to'ldi. U Alpinbiy bobosidan qolgan yoyni ko'tarib tortdi. Yoy Asqar tog'ning katta cho'qqisini yulib ketdi.

Dunyodan bir kam to'qson alp o'tdi. Alplarning boshlig'i Rustami doston edi. Oxiri Alpomish alp bo'ldi.

7-mashq sharti bo`yicha bajailadi.

Siz kirn kimga salom berishi kerakligini bilasizmi? Kim oldin salom berishi lozim?

Ko'pchilikka yolg'iz kishi salom beradi. Otliq yoki mashinadagi kishi piyodaga salom berishi kerak. Yurgan kishi o'tirganga, o'tirgan yotgan kishiga salom beradi. O'zingizdan kattaga salom berishni unutmang!

IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.

Gaplarning oxiriga qaysi tinish belgilari qo'yilgan? Nima uchun?

Piyoda so'zini qaysi so'z bilan almashtirish mumkin?

Lug`at ishi o`tkaziladi. alp — bahodir, pahlavon

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

VI.Uyda.8- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. Topishmoqni o'qing. Javobini toping. Ko'chiring. She'riy topishmoqda nechta gap borligini ayting. MRO`TIBO`__________


Sana. Mavzu: Gapning maqsadga ko`ra turlari.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash.;

Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:BKMlarini, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar ,tarqatma va plakatlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. 9- mashq. O'qing. Gaplarning chegarasini aniqlang, zarur tinish belgilarini qo'yib ko'chiring.



Qadim zamonda bir g'or bo'lgan ekan g'orda dunyoning turli bilimlari yashiringan ekan g'orning og'zi bir yilda bir marta ochilib, yana bekilarkan ilmga tashna odamlar g'or ochilishi bilan kirib ulgurganlaricha bilim olib chiqishar ekan buni eshitgan ibn Sino g'orga kelibdi g'or ochilishi bilan ichkariga kiribdi u bilan kirganlar g'or yopilmay chiqib ketishibdi ibn Sino g'orda bir yil qolibdi va jamiki ilmlarni egallab olibdi

10-mashqning kattalashtirilgan nushasi doskaga ilnadi Mashq shati musobaqa tazida bajailadi.

Tuzgan gaplaringizni yozing. Har bir gapning ma'nosini tjshuntiring. Tuzgan gaplaringiz ifoda maqsadiga ko'ra qanday gaplar?



Aql, baxt, mehnat so'zlarining yozilishini yodingizda tuting.

IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

VI.Uyda.11- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.


MRO`TIBO`__________
Sana. Mavzu: Gapning maqsadga ko`ra turlari.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarning gap turlari haqidagi bilimlarini mustahkalash.

Tarbiyaviy:O`quvchilarda umuminsoniy sifatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. Gapninig maqsadga ko`a turlaini eslab olamiz .Har bir turiga o`quvchilar bilan misollar keltiramiz.

Darslikdagi mashqlarni bajaramiz.

12- mashq. O'qing. Gapni davom ettirib, tugallangan shaklga keltiring va yozing.



Bilagi kuchli birni yiqar, ... Bulbul chamanni sevar, ... Suvsiz hayot bo'lmas, ...

Tuzgan gaplaringiz ifoda maqsadiga ko'ra qanday gap? Bulbul, hayot so'zlarining yozilishini yodingizda tuting.

13-mashq. O'qing. Matn maqsadga ko'ra qanday gaplardan tuzilgan?

Oqtovdagi yashil pista va bodomzorlar qanday paydo bo'lganini bilasizmi?

Sayroqi qushlar daraxt ostiga to'kilgan danaklarni olib, xarsang qoyaga qo'nishadi. Tumshuqiaridagi pista va bodomlarni kovaklarga qo'yishadi. Ancha vaqt danak tashish musobaqasi shu tarzda davom etadi.Bir kun kelib, qoyaning yon bag'rida pista va bodomlar unadi.

Matnni ko'chiring. Har bir gapdan so'ng qavs ichida gaplarning maqsadga ko'ra turini yozing.

Yozganingizni teksbiring. Xato yozishingiz mumkin bo'lgan so'zlarning tagiga chizing.

III.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish. 14-mashqni yozamiz.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.15- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: His –hatajonli gaplar.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarga his –hatajonli gaplar haqida bilim berish.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning BKMlarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar ,taqatmalar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

ITashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. His –hatajonli gaplar deb qanday gaplaga aytilishini misollar yordamida tushuntirib beraman.

Darslikdagi mashqlarni bajaramiz.16-mashq


  1. Biz barcha fanlarni qunt bilan o'rganmoqdamiz.

  2. Siz qanday badiiy adabiyotlami o'qiyapsiz?

  3. Gulla, yashna, hur O'zbekiston!

  4. Bepoyon vatanimiz qanday go'zal!

Gaplarning oxiriga nuqta, so'roq va undov belgilarining qo'yilishi sababini tushuntiring. Oxiriga undov belgisi qo'yiigan gaplarni his-hayajon bilan qayta o'qing. 17- mashq, Matnni o'qing. Darak gap, so'roq gap va buyruq gaplami toping.

Sulton ismli bola o'z o'rtog'i Yusufjonga dedi:

  • Yusufjon, Ali akamning yong'oqlarini ko'rdingmi? Qan­day yaxshi, shirin yong'oqlar! Yur, shu yong'oqlardan cho'ntagimizni to'ldirib olayiik. Men daraxtga chiqib, yon-g'oq qoqaman. Sen yong'oqlarni terib olasan. Bizni hech • ~ ko'rmaydi.

  • Hech kirn ko'rmasa ko'rmasin, lekin vijdonimiz ko'rib turadi-ku! — dedi Yusufjon. Siz Yusufjonning o'mida bo'lganingizda nima qilardingiz? Fikringizni uch-to'rt gap bilan ifodaiang va yozing.

III.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.18- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Gap bo`laklari.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarga gap bo`laklari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishiga e'tibor qaratish; chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni.

19-mashq. She'rni ifodali o'qing. Uning qaysi diyor haqida ekanini ayting. She'rni yoddan yozing.
Bunda bulbul kitob o'qiydi,

Bunda qurtlar ipak to'qiydi.

Bunda ari keltiradi bol,

Bunda qushlar topadi iqbol.

Bunda qorning taglarida qish

Bahor uchun so'ylaydi olqish.

Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so'roq bering. Ulaming qaysi gap bo'lagi ekanini aniqlang.



O'qiydi, keltiradi, topadi, so'ylaydi so'zlari qanday ma'noda qo'llangan?

IV.Mustahkamlash.

20-mashq. Matnni o'qing.

Bog'da chiroyli kapalak guldan gulga qo'nardi. Karimjon do'ppisini uning ustiga otib tutib oldi. Kapalak Karimjonnning barmoqlari orasida tinmay pitirlardi.

Karimjon to'g'ri ish qildimi? Gapning bosh bo'iaklarini aniqiang. Bosh bo'laklar qanday so'roqlarga javob bo'ladi? Matnni ko'chirib, bosh bo'laklarning tagiga chizing. Gapning ikkinchi darajali bo'iaklarini tushirib o'qing.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.20- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Gap bo`laklari.

Maqsad:

Ta`limiy:o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish;

Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishiga e'tibor qaratish; chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar („Maktab", „Birinchi qo'ng'iroq")

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash.Navbatchi axboroti.Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.

21-mashq. She'rni ifodali o'qing. Gaplarning maqsadga ko'ra turini ayting. Oxiriga undov belgisi qo'yilgan gaplar qanday ohang bilan o'qiladi?

YAXSHI NIYAT

— Sening jajji yuragingda


Olam orzu ovozi.

Yaxshi niyat o'lmaydi hech,

Yuksak bo'lur parvozi.

O'g'lim xursand. So'zlar shodon:

— Yaxshi niyat o'lmaydi!
Yashasin-ay,
Yashasin-ay,

End! urush bo'imaydi!

Ajratib ko'rsatilgan gaplarni ko'chiring. Bosh bo'laklarning tagiga chizing.


III.Mustahkamlash 22-mashq ustida ishlash.

Barno debdi: „Paxtamiz Momiq parga o'xshaydi".

Ra'no debdi: „Paxtamiz Xuddi zarga o'xshaydi".

Uni oppoq bulutga Qiyos qilibdi Davron,

Muzqaymoqning o'zi u, Debdi hazilkash Omon.

Kimdir „Paxta — non" debdi, Kim yozibdi „kunduz" deb. „Tunda Oy terimchi-yu Lo'ppi paxta — yulduz" deb. Inshosini shundayin Tugatibdi Shouzoq:

Asli paxta qordekmas, Dadamning sochidek oq".


Barnoning gapini ko'chiring. So'roqiar yordamida gapning bosh bo'laklarini aniqlang. Tagiga tegishlicha chizing. Siz paxtani nimaga o'xshatgingiz keladi? Fikringizni bitta gap bilan ifodalang va yozing. Yozgan gapingizdagi bosh bo'laklarni aniqlang.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.22- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi..

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklari

Maqsad:

Ta`limiy: o'quvchilarning gap bo'laklari liaqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash. So'roqlar yordamida gap bo'laklarini aniqlash, yig'iq gaplarni yoyiq gaplarga va yoyiq gaplarni yig'iq gaplarga aylantirish ko'nikmalarini shakllantirilh : Tarbiyaviy: o'quvchilar ongiga Vatanga sadoqat uning ramzlari, madhlyasi, konsti-tutsiyasini o'rganishdan boshlanishini singdllish. Hikmatlar, maqollar orqali bilimli bo'lishga, rostgo'ylik va kamtarlikka undaih:

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat, yarim izlanislili muammoll metod

Darsning jihozi: turli xil rasmlar ,jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti.Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. Doskaga jadval ilib qo'yiladi va shartli belgilariga mos keladigan so'zlarni qo'yib,gap hosil qilish topshirig'i beriladi. ____ _ _ ________Men kuzning rasmini chizdim.Tuzilgilgan gap bo'yicha suhbat o'tkaziladi: So`roqlar yordamida gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklari aniqlanadi. Gap husnixal bilan yozilib, tagiga chizish kerakligi uqtiriladi. 23-mashq. Hikmatlar ifodali o'qitiladi Gaplarning qanday mazmun anglatishi, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarni so'roq yordamida aniqlash va tagiga tegishlicha chizish kerakligi uqtiriladi Hikmatlar nima haqida ekan? (Ilmli kishilarni ulug'lash, rostgo'ylik va noma'qul so'zlarni so'zlamaslik haqida.)


  • Gaplar mazmuniga ko'ra qanday gaplar ekan? (Buyruq gaplar ekan.)

  • Nima sababdan buyruq gap dedingiz? (Chunki har 2 ta gapda undash ma'nosi bor.)

  • Birinchi gap nimaga undayapti?

  • Ikkinchi gapchi?

  • Sizlarni shunday qilishga kim undayapti? (Husayn Hofiziy.)

  • Birinchi gapni yana o'qing. Siz va ulug'lang so'zlariga so'roq bering. (Siz—kim?, ulug'lang— nima qiling?)

  • Bu so'zlar gapning qaysi bo'laklari bo'lib kelgan? (Siz — egasi, ulug'lang — kesimi.)

  • Gapdagi bosh bo'laklarning tagiga tegishlicha chizing. Endi bosh bo'laklarni tushirib, ikkinchi darajali bo'laklarning o'zini o'qing. (Ilmli kishilar.)

  • Shu ikki so'z orqali gap hosil bo'ladimi? (Yo'q.)

  • Sababini izohlang. (Bu ikkinchi darajali so'zlar orqali tugal ma'no anglashilmaydi.)

  • Ikkinchi darajali bo'laklarga so'roq bering va qaysi bo'lak ekanligini aniqlab, tagiga chizing.

(Ilmli—qanday? aniqlovchi, kishilarni—kimlarni? to'ldiruvchi.) Gapning to'liq tahlili. Siz ilmli kishilarni ulug'lang. Ikkinchi gap shunday suhbat asosida tahlil qilinadi. O'quvchilar gaplarni husnixat bilan yozgach, darslikka qarab tekshiradilar.

Rostgo'y, noma'qul so'zlariga o'qituvchi izoh beradi. Rostgo 'y—rost gapni so'zlaydigan kishi. Noma 'qul— ma'qul kelmaydigan, ma'qul emas.

24- mashq. O'quvchilar mashq shartiga ko'ra shartli belgilarga mos keladigan gaplarni qo'yib o'qishadi.

IV..Mustahkamlash.25-mashq shartiga ko`ra bajariladi..

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

V.Uyda.26- mashq sharti o`quvchilarga tushuntiriladi. Bosh bo'laklarning oldlga mos keladigan ikkinchi darajali bo'laklarni qo'ying, Bunda mashq oxirida berilgan so'zlardan foydalaning.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi

Maqsad:

Ta`limiy: o'quvchilarning gap bo'laklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Ikkinchi darajali bo'laklarni so'roq yordamida aniqlashni o'rgatish. Tarbiyaviy: o'quvchilarga o'z Vatani—O'zbekiston tabiatining o'ziga xos tomonlari, ulardan zavq olish uchun asrab-avaylash lozimligi uqtiriladi.

Rivojlantiruvchi: Darslikdagi mashq matnlari orqali ularni mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Lug'at diktant yordamida savodxonligini oshirish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, analitik-sintetik metod.

Darsning jihozi: tog', o'rmonlar tasvirlangan rasm.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. Lug'at diktant. Konstitutsiya, nihol, daraxt, shudring, na 'matak, rostgo y, noma 'qui.

Diktantdagi bir so'z ishtirokida gap tuzing. Tuzgan gapingizdagi bosh bo'laklarni aniqlang.

Darslik bilan ishlash. 27- mashq. Shartga ko'ra darslikdagi matn o'quvchilar tomoni­dan ifodali o'qiladi. Matn mavzusi yuzasidan suhbat o'tkaziladi.

-O'zbekistondagi tog'larning nomlarini bilasizmi?-Tog'larda qanday daraxtlar, o'simliklar o'sadi?

Matndagi gaplarning maqsadga ko'ra turlari, bosh bo'laklari aniqlanadi.

-Matn qanday gaplardan tuzilgan? -Birinchi gapda qanday harakat ifodalanadi? (To'smoq



-To 'sadi so'ziga so'roq bering. (To 'sadi—n i m a q i 1 a d i ?)-

  • Garmselning yo'lini nima to'sar ekan? (Shamol to 'sadi.)

  • Shamol so'ziga so'roq bering. (Shamol—n i m a ?)

  • Shamol so'zi gapda qanday bo'lak bo'lib kelgan? (Ega bo'lib kelgan.)

  • To'sadi so'zi-chi? (Gapning kesimi bo'lib kelgan.)

  • Demak, gapning bosh bo'laklari qaysi so'zlar ekan? (Shamol, to 'sadi.)

  • Bu ikki so'zning o'zi gap bo'lishi mumkinmi? (Ha, bo'lishi mumkin.)

  • Nima uchun? (Chunki tugallangan ohang bilan aytilyapti. Xabar mazmunini bildiryapti.)

  • Darslikdagi gap bu gapdan qanday farq qiladi? (Darslikdagi gap tog'larning qachon va nimaning yo'lini to'sishi haqida aniq va to`liq xabar beryapli.)

-Ajratilgan so'zlarga so'roq bering.-Ular gapning qaysi bo'lagi ekan? (Ikki. darajali bo'laklari.)

  • Yozda tog'lar nima qilar ekan? (Yozda to'sadi.) -Yozda so'zi qaysi so'zga bog'langan? (To'sadi so'ziga bog'langan.)

  • Daftaringizga shu so'zlarni yozing-Garmsel so'zi qaysi so'zga bog'langan? (Yo'l so'ziga.)

  • Yozda to'sadi birikmasidagi yozda so'ziga qo'shilgan -da qo'shimchasini tushirib, o'qib ko'ring. (Yoz to'sadi.)

  • Biror ma'no anglashiladimi? (Yo'q, biror ma'no anglashilmaydi.)

  • Demak, bu ikki so'z -da qo'shimchasi orqali bog'langanda ma'no bildirar ekan.

  • Garmselning yo'lini birikmasida bu ikki so'zni qanday qo'shimcha bog'lab turibdi?
    Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling