Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish


Download 0.56 Mb.
bet8/10
Sana18.04.2020
Hajmi0.56 Mb.
#99987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 sinf ona tili fanidan konspekt

372-mashq. O'qing. Ajratib ko'rsatilgan otlarning o'rniga shu otiarni ko'rsatadigan olmoshlarni qo'yib ko'chiring. Yana qanday olmoshlar borligini ayting.

1. — Rahimjon, otingiz judayam chiroyli ekan, —dedim men. Rahimjon yalt etib menga qaradi. Rahimjonning ko'zlarida sevinch, g'urur bor edi. 2. Rahimjon ikkimiz o'zimizni oftobga solib yotdik. Men Rahimjonga tikilib yotardim. Rahimjonning oftobda kuygan, tog' shamoli yalagan badani qizg'ish cho'yanga o'xshardi, hozir unga juda-juda havasim keldi.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 373-mashq

MRO`TIBO________________

Sana. Mavzu: 12-nazorat ishi .

Maqsad:

Ta`limiy: o'quvchilarning bilimini aniqlash. Tarbiyaviy: O'quvchilarning ona Vatanga bo'lgan muhabbatlarini oshirish.

Rivojlantiruvchi: BKM larini rivojlantirish.

Darsning turi: o'quvchilarning bilim darajalarini aniqlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: qovun polizi aks ettirilgan rasm.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

ITashkiliy qism.Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Test bayoni.

1. Sifat yasovchi qo'shimchalar qatorini toping.


  1. -dosh, -la, -siz, -li; b)-li, -siz, -dor, ser-, be-; d)-kor, -zor, -siz, -li.

2. Chiqish kelishigida qollangan otni belgilang.

  1. Tashqariga chiqdim; b)Ra'nodan so'radim; d)Kuzda hosil yig'iladi.

3. Ega uyushib kelgan gapni toping.

  1. Anvar va Munisa tarvuz poyaga borishdi.

  2. Bolalar serto'r, shirin qovunlardan tatib ko'rishdi.

d)Ular qovun va tarvuzlarni uzishdi va mashinalarga ortishdi.

4. Tushum kelishigi otni nimaga boglaydi?

a)otni otga; b) otni sifatga; d)otni fe'lga.

5. Qaratqich kelishigi otni nimaga boglaydi?

  1. otni otga; b)otni feiga; d)otni songa.

6) Sifat gapda qaysi bolak bo'lib keladi?

  1. ega; b)kesim; d)2-darajali bolak.

7. Noto'g'ri yasalgan so'zni toping.

  1. mashaqqatli; b)dars; d)xovli.

8. Qaratgich kelishidagi so'zni belgilang.

  1. Meni tushun; b)Menga keltir; d)mening kitobim.

9. Ot so`z turkumiga oid so'zni toping.

  1. yordamlashdim; b)Vatanim; d)c) murakkab.

10. Ot yasovchi qo'shimchalar yozilgan qatorni belgilang.

  1. -la, -illa; b)-zor, -dosh, -chi, -kor; d)-li, -siz.

IV.Mustahkamlash. Yozgan testlarini yana bor bor tekshirib oladilar.

V.Baholash uchun daftarlarini topshirdilar.

VI.Uyda.O`tilganlarni takrorlab kelish.

MRO`TIBO`____________


Sana. Mavzu: Nazorat ishining tahlili .

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilar ishini baholash; Tarbiyaviy: O`quvchilarni ko`proq kitob o`qishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: tarqatmalar,rasmlar

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

Omosh so`z turkumi yuzaaidan savol-jaob o`tkazaman.

II.Nazorat ishi daftarlarini tarqataman.Olgan ballari yo`l qo`yilgan xatolar ko`rib chiqiladi.Bugungi dars maqsadi bilan tanishtiraman.

III.Xatolar ustida ishlash.

O`quvchilar mustaqil ravishda o`z xatolarini to`g`rilashga urinib ko`radilar.

O`quvchilar bilan o`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o`tkazaman.



1.Men, biz kishilik olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi? 2.Sen, siz kishilik olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi? 3.U, ular kishilik olmoshlari-chi?

4.Olmoshlar gapda qanday bo`lak vazifasida keladi?

5.Ularning tagiga qanday chiziq chiziladi?

6.Sonlar otga qanday bog`lanadi?

7.Omoshlar qaysi turkumdagi so`zlarga bog`lanib keladi?

8.Ma`nodosh sifatlarning har biri bitta ot bilan bog`lana oladimi?

9.Sonlar qanday ma`nolarda qo`llanadi?

10.Sonlarning yozuvdagi ifodalanishini aytib bering.

VI.Mustahkamlash.O`quvchilar qilgan xatolarini to`g`rilab yozadilar.

V.Baholash.Daftarlari yeg`ib olinadi.

VI. Uyga vazifa.: Gap tuzish.

MRO`TIBO`__________


Sana. Mavzu: Fe`l –so`z tukumi.

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning fe'l so'z turkumi, uning so'roqlari, harakatni bildirishi haqidagi bilimlarini aniqlash. Fe'llarni to'g'ri yozish, ularga so'roq berish ko'nikmasini shakllantirish; Tarbiyaviy: o'quvchilarda o'z buyumlarini toza, saranjom saqlash, avaylash ko'nikmasini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Jamoatchilikka tegishli narsalarga o'z shaxsiy narsasiga qaraganday munosabatda bo'lish tushunchalarini singdirish. Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni. Mustaqil ish. Chiziqlar o'rniga gap mazmuniga mos kela-digan so'zlar qo'yib, matnni yozing.



Nasiba kitob—. Men kutubxonaga. Qizlar sinfni—. Hayvonot bog'ida filni—. Chiziqlar o'rniga qo'ygan so'zlaringiz qaysi turkumga kirishini aniqlang.

O'quvchilar qo'ygan so'zlariga so'roq beradilar. Ularning harakat ma'nosini bildirayotganini aniqlaydilar. Bular fe'l so'z turkumiga kiradi, deb xulosa chiqaradilar.

— Demak, ish-harakatni bildirgan so'zlar (nima qildim?, nima qilding?, nimaqildi? so'roqlariga javob bo'ladi.) Bu so'zlar fe'l turkumiga kiradi.

375-mashq. O'quvchilar ajratilgan so'zlarga so'roq beradilar. (Yashashardi nima qilishardi? Yig'ladi, — nima qildi? Og'riyapti — nimaqilyapti? va hokazo.)

Ajratilgan so'zlar so'rog'iga ko'ra qaysi so'z turkumiga oid?(Fe'l so'z turkumiga oid.)

O'quvchilar ajratilgan so'zlarni qavs ichida so'roqlari bilan yozadilar. Fe'llarning yozilishini esda qoldirish uchun darslikka qarab tekshiradilar. Lug'at ishi.

So'zlarning ma'nosini izohlang. Poygak — oyoq kiyim yechiladigan joy, ostona; о 'yinqaroq — o'yinga ko'proq moyil, o'yinni yaxshi ko'radigan.

— Nima uchun etik bola yig'ladi? —Etiklar nima uchun uydan qochishdi?


O'quvchilar taxminan ertakni shunday davom ettiradilar.

Beshafqat bola ertalab turib qarasa, etiklar yo'q ekan. Shu kuni bolaning ota-onasi ham ishiga bora olmabdilar. O'yinqaroq bola maktabga kalishda ketibdi. Lekin yarim yo'lga yetmasdan oyog'iga suv kiribdi. Bola sovuq qotganidan yig'lab yuboribdi. Xafa bo'-Ub etMarini qidiribdi. O'ziningjag'iyirtilganetigini ko'rib, kechirim so'rabdi. Uyda etiklarni artib, moylab qo'yibdi.

VI.Mustahkamlash.376-mashq. O'quvchilar matnni o'qiydilar.

So'roqlar yordamida ish-harakatini bildirgan fe'llarni aniqlaydilar: bordim, aytdim, xafa bo` lma, buziladi, quriladi, ко 'chib ketdi, berdi, ко 'rib qoldim, о 'qidim, topdim.

Bu fe'llarning gapda kesim bo'lib kelayotganini aytadilar. Kesim vazifasida kelgan so'zlarni topib, tagiga ikki to'g'ri chiziq chizadilar.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.:377 -mashq

MRO`TIBO`_______________

Sana. Mavzu: Fe`l –so`z tukumi. Maqsad: Ta`limiy: fe'lning gapdagi vazifasi, bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar haqida o'quvchilarning bilimini aniqlash. Tarbiyaviy: ilmning inson hayotidagi ahamiyatini anglatish orqali ilmga rag'batlantirish, Rivojlantiruvchi: tartib-intizomga rioya etishga o'rgatish. Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.„O'yin bo'lsa" she'ri o'qitiladi yoki yodlagan o'quv­chilarga yod ayttiriladi.

O'quvchilar o'ynaymiz, topamiz, topolmasak, chopamiz, yiqilamiz, turamiz fe'l ekanini, nima qilamiz? so'rog'iga javob bo'layotganini, ularning gapda kesim bo'lib kelayotganini aytadilar.

She'rdagi qaysi so'zlarni yozishda qiynalasiz? savoliga javob olinadi.



Topolmasam, yiqilib, shafqat, o'yinqaroq so'zlari aytib turib yozdiriladi. So'ng doskadagi namunaga qarab tekshirtiriladi. Bu so'zlarning yozilishi tushuntiriladi.

III. mavzu bayoni. 378-mashq. O'qituvchi mashq shartini va matnini o'qib beradi. Matndagi o'quvchilar ma'nosini tushunmaydigan so'zlarni izohlab beradi. Lug'at ishi. O'quv-idrok — fahm, did, iste'dod, qobiliyat; mavjudot


— olamdagi bor narsalar; zakovat — o'tkir aql-idrok, zehn.

Yusuf Xos Hojib haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Uning birgina „Qutadg'u bilig" („Saodatga eltuvchi bilim") asari bizgacha yetib kelgan. Bu asar orqali u yashagan davrdagi avlodlarimizning tili, urf-odatlari haqida bilimlarga ega bo'lamiz.

— Uquv-idrokli, bilimli kishilar qanday bo'lar ekan? (Pokiza, yuksak zehnli kishilar bo'lar ekan.)

— Demak, fe'llarbajarilgan va bajarilmagan ish-harakatni bildirar ekan.

Ish-harakatning bajarilganini bildirgan fe'llar bo'lishli fe'llar, ish-harakatning bajarilmaganini bildirgan fe'llar bo'lishsiz fe'llar deyiladi.

VI.Mustahkamlash 379-mashq. O'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar. Husnixat bilan she'riy matnni yozadilar. She'rdagi ma'nosi tushunarsiz so'zlar izohlab beriladi.

4. Lug'at ishi. Inmasin—qo'nmasin, o'tirmasin.

So'roqlar yordamida fe'llar aniqlanadi. Bo'lishsiz fe'llardagi -ma qo'shimchasining tagiga to'lqinli chiziq chizadilar. Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarning ma'nosini aytadilar.

She'rdagi gaplar nimaning tilidan aytilyapti? (Sinfxona tilidan aytilyapti.)

— She'r misrasi oxiridagi ohangdosh so'zlarni aniqlang. (Derazam, har dam; sinmasin, inmasin; jim, Urn; о 'ymagin, о ylagin.)

Ozodajim, chang, Urn so'zlariga ma'nodosh so'zlar toptiriladi. Ozoda — toza, pokiza, orasta; jim — tinch; chang — g'ubor; Urn bilim, aql.

380-mashq. O'quvchilar hikmatli she'rlarni o'qiydilar. Ularda aytilmoqchi bo'lgan fikrni izohlaydilar. O'zlari ham bilgan hikmatli gaplarni aytadilar. Hikmatlarni yod olish va yoddan yozish, fe'llarni aniqlab, bo'lishli va bo'lishsiz fe'l ekanini qavs ichida ko'rsatish topshirig'i beriladi.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 381-mashq

MRO`TIBO`_________________________

Sana. Mavzu: Fe`llarning shaxs-son qo`shimchalari bilan qo`llanishi

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarga fe'llarning shaxs-son qo'shimchalari bilan qoilanishi, harakatning qaysi shaxs tomonidan bajarilganini qo'shimchalar orqali aniqlanishi, shaxs-son qo'shimchalarining yozilishi haqida bilim berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni estetik tarbiyalash. O'ylab, to'g'ri, lo'nda gapirishga o'rgatish, muomala odobi haqida maiumot berish.

Rivojlantiruvchi: Ularning bogianishli nutqini o'stirish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

Qo'shimcha topshiriqli diktant.

Men kutubxonaga bordim. Sen qaysi to 'garakka qatnashyapsan ?

U tikish-bichishni o 'rgandi.

Gaplardagi bosh bolaklarni so'roq yordamida toping, tagiga chizing. Fe'llarni toping, harakatning bajarilgan-bajarilmaganini ayting.

— Gapdagi ega qaysi shaxsni ifodalagan? (Kishilik olmoshi I shaxsni)

— Birinchi gapdagi olmosh nechanchi shaxs kishilik olmoshi?

(I shaxs kishilik olmoshi.)

— Fe`l oxiridagi -im qo'shimchasi qanday ma'noni anglatadi?


(O'quvchilar o'ylanadi. Men nechanchi shaxs? — I shaxs. -im
qo'shimchasi harakatni I shaxs bajarganini anglatadi.)

  • Birinchi gapdagi men olmoshining o'rniga biz so'zini qo'yib gapni o'qing. Fe`lda qanday o'zgarish boldi? (Biz kutubxonaga bordik. Fe`l oxiriga -m o'rniga -k qo'shimchasini qo'ydik.)

III.Yangi mavzu bayoni.

. — Shu paytda o'quvchilar oldida turgan muammoga aniqlik kiritiladi.

Yuqoridagi fe'llarga qo'shilgan -m, -man, -ng, -san, -di, -k, -miz, -ngiz, -siz, -di lar shaxs-son qo'shimchalaridir. Ular harakatning 1, II va III shaxs tomonidan birlik va ko'plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi.

VI.Mustahkamlash. Shu qo`shimchalardan fpydalanib ,so`zlar tuzing

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: Gap tuzish MRO`TIBO_____________

Sana. Mavzu: Fe`l zamonlari

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarga fe'lning uch zamoni, zamonning nutq so'zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: ajdodlarimiz shaxsi asosida o'quvchilarni dovyurak, kuchli, sog'lom qilib tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning lug'atini siniqib, davlat arbobi, iste 'dod so'zlari bilan boyitish. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: muammoli metod.

Dars jihozlari: fe'l zamonlarining qo'shimchalari yozilgan jadval.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzuni tushuntirish til materiallarini kuzatishdan boshlanadi. Doskaga darslikdagi 382- mashqda berilgan gaplar uch ustun qilib yozib qo'yiladi:

1.Maktabimiz badiiy 2.Dehqonlar 3. Sayyora kelajakda havaskorlari tuman ko'rigida ariqlarni shifokor kasbini birinchi o 'rinni egallashdi. tozalayaptilar egallamoqchi.


  • Gaplarni o'qing. So'roqlar yordamida fe'lni aniqlang. Uchta fe'lini taqqoslang.

  • Bu fe'llar nimasiga ko'ra farqlanyapti?

  • Kuzating, har bir gapdagi harakat qachon bajarilyapti?

—Demak, fe'llarni 3 turga bo'lish mumkin,

— Fe'llarda harakat uch zamonda bajariladi. So'zlab turgan paytingizdan oldin (egallashdi), so'zlab turgan paytingizda (tozalayaptilar), so'zlab turgan paytingizdan keyin (egallamoqchi) bajariladi. Agar so'zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo'lsa, o'tgan zamon fe'li; so'zlab turgan paytingizda bajarilsa, hozirgi zamon fe'li, so'zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa, kelasi zamon fe'li bo'ladi. -di, -gan, -yap, -moqda, -moqchi — zamon qo'shimchalaridir.

VI.Mustahkamlash. 383-mashq sharrti yuzasidan doskada va daftarda bajariladi.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.


VI. Uyga vazifa.: 384-mashq

MRO`TIBO`___________

Sana. Mavzu: Fe`l zamonlari

Maqsad: Ta`limiy: Fe`l zamonlari haqidagi bilimlarini boyitish. Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.



II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

O'quvchilar shartga ko'ra ishla, o 'qi, yoz fe'llarini uch zamonda qo'llab, ular ishtirokida gaplar tuzishadi.Buning uchun quyidagi so'zlardan foydalanishadi. So'zlar rasmlar orqali ifodalanadi:

Bog'bonning rasmi




O'quvchining rasmi




Daftar rasmi




Bog'ning rasmi





































Xat rasmi




Kitob rasmi




O'quvchilar tuzgan gaplaridagi fe'l zamonini ifodalagan qo'shimchaning tagiga tegishlicha chizadilar, zamonini qavs ichida ko'rsatadilar.

III.Mavzu bayoni. O'quvchilar nuqtalar o'rniga mos qo'shimchalarni qo'yib, matnni o'qiydilar.



Bahor kel…. . Quyosh yerlarni isit….. . Qushlar issiq o'lkalardan uchib kel….. . Daraxtlar kurtak yoz… .

O'quvchilar qo'shimchalar orqali fe'lning shaxs-sonini, za­monini aniqlaydilar

Mirzo Ulug`bek haqida savol-javob o`tkazaman

385-mashq sharti yuzasidan bajaramiz.

VI.Mustahkamlash.

386-mashq .Chiziqlar o`rniga berilgan fe`llardan mosini qo`yib yozing.

Mart oylarida ko`kda qora bulutlar __________ .Yomg`ir ___________ .

Bahor __________ . Quyosh iliq nurlarini ____________ .

-- Salom,Quyosh bobo ! – dedi Qor va sevinganidan ____________ . Soylar uni bag`riga ______________ .

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 387-mashq

MRO`TIBO`___________

Sana. Mavzu: Fe`l zamonlari

Maqsad: Ta`limiy: Fe`l zamonlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni.Doskaga quyidagi jadvalning kattalashtirilgan nushasi ilib qo`yiladi.
Fe`l zamonlari

O`tgan zamon fe`li



Hozirgi zamon fe`li

Kelasi zamon fe`li

O`quvchilar o`zlariga berigan kartochkalarga misollar yozib doskaga yopishtirib qo`yadilar.Bu amaliy ishni qatorlar aro musobaqa tarzida o`tkazsak bo`ladi.

IV. Mustahkamlash.

388-mashq. Shati yuzasidan bajariladi.

Tug`ilgan quyosh bo`lib

Tong quchog`ida.

O`smoqdamiz quloch yoyib

Vatan bog`ida.

Yaxshilikka tug`ilganmiz,

Ardoqlar zamon.

Nur- ipakka yo`g`rilganmiz,

Tinch bo`lsin jahon.

Bu kelajak – keng jahon

Qo`ingni ber ,o`rtoqjon!

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: Gap tuzish. MRO`TIBO`___________

Sana. Mavzu: O`tgan zamon fe`li

Maqsad: Ta`limiy: O`tgan zamon fe`li haqida bilimlarni mustahkamlash.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.

O'tgan zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildiradi. -di, -gan —o'tgan zamon qo'shimchalaridir.

389-mashq. O'qing. Fe'llarni topib, o'zak va qo'shimchalarga ajrating. Fe'llardan anglashilgan harakat qachon bajarilgan?

Beysbol Amerikada juda taraqqiy etgan. U sportning bir turi. 1999-yili O'zbekistonda beysbol federatsiyasi tuzildi. O'zbekiston jahon va Osiyo federatsiyasiga a'zo bo'ldi. Beysbolchilarimiz 2001-yil xalqaro maydonga chiqishdi. Ular 2001-yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkazilgan beysbolchilar musobaqasida qatnashdilar.

Toshkent shahrining Rohat ko'li bo'yida beysbolchi­lar shaharchasi qurilgan.

Fe'llardagi -di, -gan qo'shimchalari qanday ma'noni bildiryapti?

VI.Mustahkamlash.

390- mashq. Matnni o'qing va ko'chiring. Fe'llarni aniqlab, qavs ichida zamonini ko'rsating.

Dilnozaning uyiga Sarvi xola chiqdi. Dilnoza Sarvi xolaga odob bilan salom berdi. U darrov ichkaridan ko'rpacha olib chiqdi.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.: 391-mashq

MRO`TIBO`_________

Sana. Mavzu: O`tgan zamon fe`li. Maqsad: Ta`limiy: O`tgan zamon fe`li haqida bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. O'tgan zamon qo'shimchasi k tovushi: bilan tugagan fe'llarga -kan; q tovushi s bilan tugagan fe'llarga -qan; boshqa fe'llarga -gan shaklida qo'shiladi.



392- mashq. O'qing. O'tgan zamon fe'ilarini aniqlang. Ularning aytilishi va yozilishini taqqoslang.

1. Maktab so'zi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan. 2. Bu nihollarni bobom bilan kech kuzda ekkanmiz. (Safar Barnoyev) 3. Bobur „Bobumoma" asarida O'shning binafshasi, lolalari, oqar suvlari, qizil toshlari haqida yozgan. (Pirimqul Qodirov)

Fe'l o'zaklarining qaysi tovush bilan tugaganiga diqqat qiling. Fe'llarga o'tgan zamon qo'shimchasi qaysi shaklda qo'shilgan

VI.Mustahkamlash.



393- mashq. O'qing. O'tgan zamon fe'ilarini aniqlang. Ularning gapdagi vazifasini ayting. RAHMDILNING DARAXTI

Rahmdii onasi bergan pulga etik va yegulik olish uchun bozorga bordi. U bozorda ochlikdan madori qurigan kampimi uchratdi. Rahmdi! kampirga achindi va undan terak ko'chatlarini sotib oldi. Rahmdii ko'chatni

tomorqaga o'tqazdi, tagiga suv quydi. U tongda hovliga chiqdi. Teraklarni ko'rib, hayratdan turgan joyida qotib qoldi...

Rasm asosida ertakni davom ettiring. Rahmdil to'g'ri ish qildimi? Uning o'rnida siz nima qilgan bo'lardingiz?

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.:395 -mashq

MRO`TIBO`_________

Sana. Mavzu: O`tgan zamon fe`li

Maqsad: Ta`limiy: O`tgan zamon fe`li haqidagi bilimlarni umumlashtirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:




Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Mavzu bayoni.

396- mashq. Berilgan fe'liarga o'tgan zamon qo'shimchalarini qo'shib yozing.

Ayt, ko'r, ek, chaq, chiq, eg, ich, tik.

Fe'llaming aytilishi va yozilishini tushuntiring. Shu fe'llardan qatnashtirib, ikkita gap tuzing.



VI.Mustahkamlash.

398- mashq. Katakchalar o'rniga berilgan qo'shimcha bilan o'tgan zamon fe'lini hosil qiling va yozing.

Yozgan fe'llaringizning aytilishi va yozilishini yodingizda tuting. -gan, -kan, -qan qo'shimchalari qanday tovush bilan tugagan fe'liarga qo'shilishini tushuntiring.


V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.
VI. Uyga vazifa.: 399-mashq

MRO`TIBO`_________

Sana. Mavzu: 13-Nazorat ishi .

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilar bilimini aniqlash; Tarbiyaviy: o`z bilimiga ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: bayon matni

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Nazorat ishi daftarlarini tarqataman.Bugungi dars maqsadi bilan tanishtiraman.
III.Nazorat ishi bayoni. Sana va mavzu doskaga yoziladi.O`quvchilar bugungi nazorat darsimizda “Ko`lda” mavzusida diktant yozamiz.



Ko`lda

Yam-yashil osmon yonida bir ko'l bor. Uning suvi tip-tiniq, oynadek yaltiraydi. O'rmonda yashovchi jonivorlar shu ko'lda yuvinishar, tashnaliklarini qondirishardi.

Ko'l shunday tiniq ediki, yashil daraxtlar oynada aks etgandek ko'rinardi.

Gohida oq, sariq, olachipor o'rdaklar ko'lda suzganida xuddi ertaklarda tasvirlangan manzara hosil bo'lardi.

Kiyiklar ko'l chetida suv uchib, hadiksirab, o'ng-so'lga qarab qo'yardi.

Tustovuq, kakliklarni aytmaysizmi, ko'l atrofida xuddi o'yinga tushgandek harakat qilishadi.

Ko'lning o'ziga xos xosiyati bor. Uning suvi shifobaxsh.

VI.Mustahkamlash.Diktant matnidagi har bir gapni ifodali o`qib beraman.O`quvchilar eshitib mustaqil ravishda yozadilar.


V.Baholash.O'quvchilarni baholash uchun daftarlari yeg`ib olinadi.
VI. Uyga vazifa.: Takrorlash.
MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Nazorat ishining tahlili .

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilar ishini baholash; Tarbiyaviy: O`quvchilarni ko`proq kitob o`qishga undash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi-tekshiruvchi

Darsning metodi: mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: diktant matni

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

Son so`z turkumi yuzaaidan savol-jaob o`tkazaman.

II.Nazorat ishi daftarlarini tarqataman.Olgan ballari yo`l qo`yilgan xatolar ko`rib chiqiladi.Bugungi dars maqsadi bilan tanishtiraman.

III.Xatolar ustida ishlash.

O`quvchilar mustaqil ravishda o`z xatolarini to`g`rilashga urinib ko`radilar.

O`quvchilar bilan o`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o`tkazaman.

1Fe`llarlar gapda qanday bo`lak vazifasida keladi?

2.Ularning tagiga qanday chiziq chiziladi?

3.Fe`llar otga qanday bog`lanadi?

4.Fe`l zamonlarini ayting.

5.Fe`llar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?

6.Zamon bildiruvchi qo`shimchalarni ayting.

7.Fe`lning zamonlariga misollar keltiring..

VI.Mustahkamlash.O`quvchilar qilgan xatolarini to`g`rilab yozadilar.

V.Baholash.Daftarlari yeg`ib olinadi.

VI. Uyga vazifa.: Gap tuzish.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Hozirgi zamon fe`li

Maqsad: Ta`limiy: Hozirgi zamon fe`li haqida biim berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.

Hozirgi zamon fe'li nutq so'zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildiradi. -yap, -moqda hozirgi zamon qo'shimchalaridir

400- mashq. O'qing. Fe'ilarni toping. Qaysi gaplardagi harakat siz so'zlab turgan vaqtda bajarilyapti?

Derazamning oldida bir tup o'rik o'sgan. U erta bahorda oppoq bo'lib gullaydi. Shu o'rik gullaganda jonimni hovuchlab turaman.

Mana, qor aralash yomg'ir yog'yapti, O'rik bechora oppoq, nozik gullarini qayoqqa yashirishni bilmayapti. Buni ko'rib mening yuragim ezilmoqda...

VI.Mustahkamlash 401-mashq. Matnni o'qing. Fe'ilarni topib, zamonini ayting.

Ikki daryo — Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi o'lka insonlarning yashashi uchun qulay makon bo'lgan.

Amudaryo qirg'oqlarida katta-kichik qo'rg'onlarning qoldiqiari topilyapti. Arxeologlar qadimgi madaniyatimiz haqida ma'lumot beruvchi ashyolarni izlashmoqda.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.:402 -mashq


MRO`TIBO`___________
Sana. Mavzu: Hozirgi zamon fe`li

Maqsad: Ta`limiy: Hozirgi zamon fe`li haqidagi bilimlarni mustahkamlash.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Darsik bilan ishlash.Mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.

403- mashq. O'qing. Matnga ikki-uchta gap qo'shib yozing.

Bahor. Quyosh charaqlab nurini sochmoqda. Uning nuri shunday yoqimliki, undan dov-daraxtlar yayramoqda. Daraxtlar qizg'ish tusga kiryapti. Maysalar nish uryapti. Hamma yoqqa o't-o'lanlarning yoqimli hidi taralmoqda. Osmonda yakka-yakka oppoq bulutlar quvlashmachoq o'ynashmoqda.

Fe'llami topib, qaysi zamonda ekanini ayting. Hozirgi zamon qo'shimchasining tagiga chizing.

404-mashq. O'qing. Fellarni topib, zamonini, bo'lishli yoki bo'lishsiziigini ayting.

BULBUL


Qo'shni tomondan bir qushning yoqimli ovozi keldi. Qobiljon devorga tirmashdi, lekin chiqolmadi.

  • Dada, nega bizning bog'imizga bulbul kelmaydi? — dedi Qobiljon.

  • Bulbul sendan qo'rqadi. Axir sen qushlarga kesak otib, mayib qilyapsan, — dedi dadasi.

Qobiljon o'ylanib qoldi.

VI.Mustahkamlash. 405-mashq shartiga ko`ra hikoya tuzadilar.

V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.

VI. Uyga vazifa.:406 -mashq

MRO`TIBO`___________

Sana. Mavzu: Kelasi zamon fe`li

Maqsad: Ta`limiy: Kelasi zamon fe`li haqida bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi

Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.

Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.

Kelasi zamon fe'li nutq so'zlab turgan paytdan keyin bajariladigan (yoki bajarilmaydigan) harakatni bildiradi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling