Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish


Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlari


Download 278.02 Kb.
bet7/13
Sana09.06.2023
Hajmi278.02 Kb.
#1473735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
12-LABORATORIYA ISH

3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlari ta'siridan Fe2+ ion oq rangli FeCO3 cho 'kma hosil qiladi, cho 'kma havo kislorodi ta'siridan sekin oksidlanib, qizil-qo'ng'ir rangli Fe(OH)3ga aylanadi:
Fe2+ + CO32- → FeCO3
4FeCO3 + 6H2O + O2→ 4Fe(OH)3 + 4CO2
4. Ammoniy sulfid temir (II) ioni bilan qora rangli cho'kma - temir (II) sulfid hosil qiladi:
FeSO4 + (NH4)2S → FeS + (NH4)2SO4
Fe2+ + S2- → FeS
Cho'kma mineral va sirka kislotalarida eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo'shiladi.
5. Kaliy geksatsianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6] temir (II) ioni bilan to'q ko'k rangli turnbul ko'ki cho'kmasini hosil qiladi:
3 FeSO4+ 2K3 [Fe (CN)6] → Fe3[Fe(CN)6]2 + 3K2SO4
3 Fe2++ 2 [Fe (CN) 6]3→ Fe3[Fe(CN)6]2
Cho'kma kislotalarda erimaydi, lekin ishqorlarda parchalanadi.
Mazkur reaksiya temir (II) ion uchun o'ziga xos reaksiya bo'lib, uni pH=2 bo'lganda oksidlovchilar bo'lmagan sharoitda o'tkazish kerak. Oksidlovchilar temir (II) ionini oksidlab, temir (III) ioniga aylantirishi mumkin. Unutmaslik kerakki, K3[Fe(CN)6] ning o'zi ham oksidlovchi bo'lgani uchun uni tomchilab qo'shish tavsiya qilinadi.
Reaksiyani bajarish uchun temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi xlorid kislota va reaktiv eritmasi asta-sekin 2-3 tomchi qo'shiladi.
6. Dimetilglioksim (Chugayev reaktivi) temir (II) ionidan suvda eriydigan qizil rangli ichki kompleks birikma hosil qiladi. Reaksiya ammiakli muhitda o'tkazilishi kerak. Temir (II) ioni oson oksidlangani uchun unga ko'pincha temir (III) ioni aralashgan bo'ladi. Shu bois dimetilglioksim yordamida temir (II) ionini topish uchun qo'shiladigan ammiak ta'siridan Fe(OH)3hosil bo'lishining oldini olish kerak, buning uchun aralashmaga temir (III) ionini kompleks birikma shaklida niqoblaydigan vino kislota eritmasi qo'shiladi. Dimetilglioksim nikel ioni bilan ham qizil-pushti rangli cho'kma hosil qilganligi uchun bu reaksiyani eritmada nikel mutlaqo ishtirok etmaganda o'tkazish lozim. Agar eritmada nikel bo'lsa, oldin uni eritmadan yo'qotish kerak.
Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi temir (II) tuzi eritmasiga bir tomchi vino kislotasi eritmasi, 2-3 tomchi ammiak eritmasi va dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo'shiladi.

Download 278.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling