Reaksiyani amalga oshirish uchun, Mg2+ eritmasi muhiti ishqoriy bo’lishi, eritmada ammoniy tuzlari bo’lmasligi kerak.
4.Magnezon I (4-azo(4-nitrofenil) 1,3dioksibenzol) bilan reaksiyasi
Magnezon I ishqoriy sharoitda qizil rangli bo‘lib, magniy gidroksid bilan pH>10 sharoitda ko‘k rangli adsorbsion birikma hosil qiladi:
Kuchsiz asos hosil qiluvchi barcha kationlar mazkur reaksiyaga xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish
Buyum oynasiga magniy tuzi eritmasidan bir tomchi va magnezon (I) ishqoriy eritmasidan tomiziladi. Bunda ko‘k rangli cho‘kma yoki havo rangli eritma (konsentratsiyasi kam bo‘lsa) hosil bo‘ladi.
5.2.Marganets kationining reaksiyalari
Mn2+ ioni eritmasi och pushti rangli, suyultirilgan eritmalari esa rangsiz bo'ladi. Marganets bir necha oksidlanish darajasiga ega bo'lgan [Mn2+, Mn (IV), Mn (VI), Mn (VII)] ionlar shaklida bo'ladi. Shu tufayli ular oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashib, bir oksidlanish darajasidan boshqasiga tez o'tishi mumkin. Mn2+ ionini topishda bu imkoniyatdan foydalanish va uni e'tiborga olish zarurdir.
1. O'yuvchi ishqorlar Mn2+ ioni kislotalarda (shu jumladan, suyultirilgan sulfat kislotada) eriydigan oq rangli Mn(OH)2 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + 2OH-→Mn(OH)2↓
Mn2+ ioni havo kislorodi ta'sirida oson oksidlangani uchun qo'ng'ir rangli MnO(OH)2 hosil qiladi.
MnO(OH)2 cho'kma suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi. Biroq sulfat kislotali muhitda 1-3 tomchi H2O2 ta'sir ettirilsa, cho'kma quyidagi tenglama bo'yicha eriydi va kislorod ajralib chiqadi:
MnO(OH)2 + H2O2 + 2H+→ Mn2+ + 3H2O + O2↑
Sulfat kislota ishtirokida MnO(OH)2 cho 'kmani eritish uchun H2O2 dan tashqari ishqoriy metallar nitritlari ishlatilishi mumkin. Sulfat kislotadan farqli ravishda xlorid kislotada MnO(OH)2 xlorid ionining oksidlanishi hisobiga eriydi:
MnO(OH)2 + 4H+ + 2C1-→ Mn2+ + 3H2O + Cl2
Do'stlaringiz bilan baham: |