Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish
Download 278.02 Kb.
|
12-LABORATORIYA ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- V analitik guruh kationlarining sistematik analiz bosqichlari
- VI guruh kationlarining analitik reaksiyalari.
- VI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
7. Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan temir (III) ioni to'q ko'k rangli «berlin lazuri» cho'kmasini hosil qiladi:
4 FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] → Fe4[Fe(CN)6]3↓ + 12KC1 4 Fe3+ + 3[Fe(CN)6]4→ Fe4[Fe(CN)6]3↓ Cho'kma kislotalarda erimaydi, ammo ishqorlar ta'siridan Fe(OH)3 hosil qilib parchalanadi: Fe4[Fe(CN)6]3↓ + 12NaOH → 4Fe(OH)3↓ + 3Na4[Fe(CN)6] Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan bo'lgan reaksiya Fe3+ ioniga xos reaksiya bo'lib, u juda sezgirdir. Reaksiya uchun topilish minimumi -0,05 mkg, minimal konsentratsiya 1∙ 10-6, suyultirish chegarasi -1:1000000 ni tashkil qiladi. Reaksiyani pH=2 bo'lganda, eritmada oksalatlar bo'lmaganda va reagentdan tomchilab qo'shgan holda o'tkazish maqsadga muvofiq. Agar reaksiya uchun ko'p miqdor K4[Fe(CN)6] olinsa, «berlin lazuri» erib, kolloid KFe[Fe(CN)6] hosil bo'ladi: Fe4[Fe(CN)6]3↓ + K4[Fe(CN)6] → 4KFe[Fe(CN)6]↓ Shuni unutmaslik kerakki, K4[Fe(CN)6] qaytaruvchilik xossasiga ham ega: [Fe(CN)6]4- + Fe3+→ [Fe(CN)6]3- + Fe2+ Oxirgi reaksiya natijasida hosil bo'lgan ionlar o'zaro ta'sirlashib, «turnbul ko'ki»ni hosil qilishi mumkin: 2[Fe(CN)6]4- + 3Fe2+→ Fe3[Fe(CN)6]2↓ 14- jadval V ANALITIK GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
15-jadval V analitik guruh kationlarining sistematik analiz bosqichlari
NAZORAT SAVOLLARI 1. V guruh kationlariga guruh reagentini ayting. 2. IV va V guruh tarkibiga kiruvchi kationlarni ayting. 3. IV va V analitik guruh kationlari tarkibiga kiruvchi qaysi elementlar o‘zgaruvchan oksidlanish darajasini namoyon qiladi? 4. Quyidagi ta’sirlashuv reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing: a) Temir (II) tuzlarining kaliygeksatsianoferrat bilan; b) Temir (III) tuzlarining kaliya geksatsianoferrit bilan reaksiyalari qanday sharoitda boradi? 5. Marganets (II)ning natriy vismutat bilan oksidlanish reaksiyasini ion xolda yozing 6. V guruh kationlarining qaysilari gidrolizga uchraydi? 7. Vismut (III) nitratning qalay (II) xlorid bilan reaksiyasini ion xolda yozing. Reaksiya qanday muhitda boradi? 8. Marganets (II) gidroksidining havo kislorodi bilan oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Bunda qanday o‘zgarish kuzatiladi? 9. Magniy kationining analitik reaksiyalarini qayd eting. Ulardan qaysi biri xususiy? 10. V guruh ktaionlaridan qaysi biri amfoterlik xossasini keskinroq namoyon qiladi? 11. Temir (III) kationini aniqlash reaksiyalarini ayting. Ularning reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing. VAZIYATLI MASALALAR 1. Bi3+ ionini KJ bilan cho‘ktirishda qora cho‘kma ustida zarg‘aldoq eritma kuzatiladi. Bu qanday tushuntiriladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 2. Magniy va marganets kationlarini bir-biridan ajratish uchun ularning cho‘kmalarini qanday xossasidan foydalanish mumkin. 3. Yangi cho‘ktarilgan temir (II) ranginiing o‘zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. VI guruh kationlarining analitik reaksiyalari. Maqsad VI guruh kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. Laboratoriya ishi ucun kerakli Reaktivlar 1.Tuz eritmalari: Nikel, kobalt (II), mis, kadmiy va simob (II); o'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH , natriy karbonat yoki boshqa ishqoriy metallarning eruvchan karbonatlari, kaliy yoki natriy nitrit (KNO2 yoki NaNO2), vodorod sulfid, kaliy geksatsianoferrat (II), kaliy yodid, kaliy rodanid, temir (III) xlorid, segnet tuzi (kaliy natriy tartrat) — KNaC4H4O6, kupron (1-benzoinoksim), kaliy tetrayodidovismutat (III), ammoniy tiotsionat, natriy sulfid; yangi tayyorlangan qalay (II) xlorid; natriy tiosulfat, natriy gidrofosfatning to‘yingan eritmalalri 2.Kislota va asos eritmalari: Sulfat kislota 1:3, xlorid kislota 1:1, sirka kislota 1:1, yangi tayyorlangan vodorod sulfidli suv 3.Organik reaktivlar va erituvchilar: 1-nitrozo-2naftolning sirka kislotasidagi 1%li eritmasi;glitserin izoamil yoki amil spirit, dimetilglioksimning etil spirtidagi 1%li eritmasi 4. Kaliy geksatsianoferrat shimdirilgan 5 x 5 sm o‘lchamli filtr qog‘oz VI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI VI guruh kationlarini nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eruvchan bo‘lib, kobalt (II) tuzlarini eritmasi – pushti, nikel (II) – yashil, mis (II) – ko‘k rangga ega. Kadmiy va simob (II) tuzlarini suvli eritmasi rangsiz. VI guruh kationlarini karbonatli, fosfatli, sulfidli tuzlari suvda kam eriydi. Ishqor yoki ammiak ta’sirida VI guruh kationlari (simob (II) dan tashqari) gidroksid yoki asosli tuz xolida cho‘kmaga tushadi. Simob (II) ishqorlar ta’sirida HgO, ammiak ta’sirida [OHg2NH2]NO3 tarkibli cho‘kmalar hosil qiladi. Bu cho‘kmalar ortiqcha ishqor ta’sirida erimaydi, konsentrlangan ammiak ta’sirida esa [Me(NH3)4]2+ yoki [Me(NH3)6]2+ tarkibli kompleks birikma hosil qilib, erib ketadi. Kuchli oksidlovchilar (xlor, brom, kaliy permanganat, natriy vismutat, vodorod peroksid ishqoriy sharoitda) kobalt (II)ni kobalt (III) gacha oksidlaydi. Boshqa kationlar oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Qaytaruvchilar mis (II), simob (II)larni quyi oksidlanish darajasigacha qaytaradi. Kaliy yodid mis (II)ni mis (I)gacha qaytaradi. Mis metali simob (II)ni metall xoligacha qaytaradi. Bu reaksiyadan boshqa kationlar ishtirokida ham simobni kasrli usulda ochishda foydalaniladi. Download 278.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling