Guruh reagentining ta’siri
V guruh kationlarining eritmasiga 25%li ammiak eritmasi ta’sir etilganda V guruh kationlari kam eriydigan gidroksidlar hosil qiladi.
Temir (III) qizg‘ish-qo‘ng‘ir va qolgan kationlari rangsiz, vismut (III) gidroksidini isitsak, sariq rangga o‘tadi va BiO (OH) ni hosil qiladi. Marganets (II) va temir (II) gidroksidalri havodagi kislorod bilan oksidlanadi:
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fе(OH)3
2Mn(OH)2 + O2 = 2MnO(OH)2
Vodorod pereoksid ishtirokida guruh reagentining ta’siri
Mg(OH)2 Mn(OH)2, cho‘kmalari Fe(OH)3, MnO(OH)2 cho‘kmalaridan farq qilib, to‘yingan ammoniy xlorid eritmasida eriydi. MnO(OH)2 cho‘kmasi Mn(OH)2 cho‘kmasidan farq qilib, u suyultirilgan mineral kislotalarda erimaydi. Bu xossasidan kationlarning aralashmasi analizida foydalaniladi.
Reaksiyani bajarish
A) Probirkaga (5 ta) magniy, marganets (II), temir (II), temir (III), vismut (III) tuzi eritmalariga 3-4 tomchi suv va natriy gidroksid eritmasidan tomchilab qo‘shiladi toki cho‘kma hosil bo‘lguncha va cho‘kmaning rangi kuzatiladi. Cho‘kmani eritmadan sentrifugalab ajratiladi. Cho‘kmani nitrat va konsentrik ammiak eritmasida eruvchanligi kuzatiladi.
Magniy va marganets (II) gidroksid cho‘kmalarining ammoniy xloridning to‘yingan eritmasi ta’sirida erishini kuzating.
B) Temir (II) va marganets (II) gidroksidlari cho‘kmasiga 2-3 tomchi suyultirilgan natriy gidroksid eritmasidan va vodorod peroksid qo‘shilganda cho‘kmaning rang o‘zgarishi kuzatiladi.
MnO(OH)2 qora-qo‘ng‘ir cho‘kmasi ammoniy xloridning to‘yingan eritmasi va suyultirilgan nitrat kislotada erimasligi kuzatiladi.
5.1. Magniy Mg2+ kationing xususiy reaksiyalari
Magniy kationi reaksiyalarini o’tkazish uchun MgCl2 yoki magniy sulfat MgSO4 eritmalaridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |