Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish. 
Yangi    tug„ilgan  qulunlar  40-60;  buzoqlar  25-40;  qo„zilar3-5;  cho„chqa 
bolalari 1-1,5 kg, quyon bolalari 50 g, jo„jalar 36-40 g tosh bosadi. Postembrional 
davrda  ham  hayvonlarning  tashqi  muhitga,  hayot  sharoitiga  talabi  o„zgaradi  va  5 
davrni  o„z ichiga oladi (P.D. Pshenichniy bo„yicha): 
Yangi  tug‘ilganlik(  tug‘ilgandan  10-20  kunlikgacha).  Yashash  sharoiti 
keskin o„zgargan. Ona organizmidan tashqarida yashashga ko„nikadi. O‟pka bilan 
nafas  ola  boshlaydi;  ovqat  hazm  qilish,  siydik  ajratish  a‟zolarni  o„zgacha  ishlay 
boshladi;  qon  hosil    bo„lish  manbalari  harakatga  keladi;  mustaqil  tana  haroratini 
ta‟minlaydi;  tanani  tashqi  muhit  bilan  bog„lovchi  va  himoya  shartli  reflekslari 
paydo bo„ladi. Yagona oziqa – ona suti hisoblanadi. 
Sut  davri(qoramollarda  3-4  oy)  sut  bilan  oziqlantirish  tugaguncha  davom 
etadi,  shu  davrda  asosan  sut  bilan  uning  oxirida  esa  o„simlik  oziqalarini  iste‟mol 
qila  boshlaydi,  oshqozon-ichak  tizimi  va  unda  mikroorganizmlar  rivojlanadi. 
Muskullar,  suyaklar,  to„qima  va  a‟zolar  jadal  rivojlanadi.  Davr  oxirida  to„liq 
o„simlik oziqalari yeyishga o„tadi. 
Jinsiy balog‘at davri – ichki sekresiya bezlari faoliyat ko„rsatib, organizm tez 
rivojlanib,  jinsiy  balog„at  ro„y  beradi.  Hayvonlar  ko„payish  qobiliyatiga  ega 
bo„ladi; jinsiy bezlar o„sishi poyoniga yetadi; ularda jinsiy faoliyat muntazam ro„y 
beradi;  ikkilamchi  jinsiy  a‟zolar  to„liq  shakllanib,  hayvonning  o„ziga  xos 
xususiyatlari shakllanadi. Organizmning umumiy o„sish jadalligi pasayadi. 
Voyaga  yetgan  davri  –  organizmning  barcha  faoliyatining  va  yuqori 
mahsuldorlikni gullab-yashashi, saqlash  va foydalanish  me‟yorlariga bog„liq. Faol 
modda  almashinuvi  va  jinsiy  faoliyat  kechadi.  Tez  yetiluvchan  hayvonlarda,  kech 
yetiluvchan hayvonlarga nisbatan ertaroq kechadi. 
Qarilik  –  hayvonlarda  modda  almashinuvining  va  jinsiy  faoliyatining 
susayishi, ham mahsuldorlikni pasayishi bilan ta‟riflanadi.             
Organizm  bo„shashib  uni  o„limga  yaqinlashtiradi,  u  tez  yetiluvchan 
hayvonlarda ertaroq, kech yetiluvchan hayvonlarda esa kechroq ro„y beradi. 
O’sishning  notekisligi.  Bu  qonuniyat  tanada  organizmda  to„qima  va 
a‟zolarning bir vaqtda shakllanmaganligi, ularning har xil  tezlik va davomiylikda 
o„sish va rivojlanishiga bog„liq. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlari ontogenezining 
dastlabki paytida uzunligi, keyinchalik uning o„sishida har xillik  ro„y beradi(o„k va 
atrof skelet), natijada hayvon tipi aniqlanadi: 

 
21 
A)  Tuyoqlilarda  bo„g„ozlikning  ikkinchi  yarmida  tayanch  suyaklari(oyoq 
suyaklari), tug„ilgandan keyin esa o„q suyaklari jadal o„sadi. Bu jarayon evolutsion 
taraqqiyot  ta‟siri  bo„lib,  yangi  tug„ilgan  hayvonlarning    chopishini  ta‟minlaydi, 
ya‟ni onasiga yetib yurish va  yirtqichlardan qutilish imkonini beradi. Tug„ilgandan 
keyin o„lg„ayish davrda esa tana mo„tanosibligi tezlikda o„zgaradi.(rasm ) 
 
 
 
 
1.3-rasm. Yangi tug‘ilgan buzoq va sigir tana qismlarining nisbati. 
 
Yangi  tug„ilgan  hayvonlarning  oyoqlari  uzun,  orqa  tomoni  biroz  ko„tarilgan, 
tanasi  tor  va  sayoz  bo„lib,  kalla  va  buyni  kalta  bo„ladi.  Voyaga  yetgan 
hayvonlarning oyoqlari kaltaroq, tanasi uzun, keng va  chuqur bo„ladi; 
B) Yirtqich (go„shtxo„r) hayvonlar o„z bolalarini himoya qila olish qobiliyati, 
quyonlar o„z bolalarini inlarida saqlash imkoniyati bo„lgani uchun ona qornida o„q 
suyaklari, tug„ilgandan keyin esa tayanch suyaklari jadal o„sadi. Shuning uchun bu 
hayvonlar  tug„ilganda  oyoqlari  kalta,  tanasi  uzun,  keng  va  chuqur  bo„ladi, 
tug„ilgandan keyin ularning oyoq suyaklari  tez o„sadi. 
V)  Dengiz cho„chqalarida ona qornida  va tug„ilgandan keyin o„q va tayanch 
suyaklari bir xil jadallikda o„sadi. 
O’sishning davriyligi. O‟sish qonuniy ravishda davriy jadallashib  va susayib 
turadi . Masalan, buzoq va quyon bolalarida bir davriy jadal o„sish va susayishi 12 
kunni  tashkil  etadi.  Davrning  jadal  o„sish    qismida  hayvon  iste‟mol  qilgan 
oziqalaridan  samaraliroq  foydalanadi,  susayishi  paytida  aksincha,  bu  bois  ishlab 
chiqarishda bu imkoniyatdan oqilona foydalansa bo„ladi. 
Hayvon  organizmi  o„sish  va  rivojlanish  jarayonida  hayot  tarzida  turli  xil 
talablar qo„yadi, bu tiriklik qonuniyati bo„lib, u o„sish  va uning saylab olishida o„z 
aksini topadi. Shu talablarning u  yoki bu davrda bajarmaslik hayvon rivojlanishi va 
tana mutanosibligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 

 
22 
Hayvonlarni  yosh davrida oziqlantirish  va  saqlash sharoitlari orqali o„sish va 
rivojlanishiga  ta‟sir  etish  mumkin,  chunki  shu  davrda  ular  tanasi  tashqi  muhit 
ta‟siriga juda sezuvchan bo„ladi. 
Maqsadli  o‘stirish  hayvonlarni  ma‟lum  davrda  kerakli  oziqlantirish  va 
saqlash sharoitlarini yaratish orqali foydali belgilarni shakllantirish   tushuniladi. 
Hayvonlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Hayvonlar  o„sish  va  rivojlanishiga  irsiyatdan  tashqari  qator  omillar  ta‟sir 
etadi: 
Ona  organizmining  ta’siri,  ya‟ni  homila  uchun  «tashqi  muhit»  vazifasini 
bajaradi.  Yirik,  baquvvat  onalar  o„z  homilasini  tuyimli  moddalar  bilan  yaxshi 
ta‟min etishi natijasida homila yirik tug„iladi. 
Ichki  sekretsiya  bezlari,  ular  nerv  sistemasi  ta‟sirida  bo„ladi.  Qalqonsimon 
bez  gormoni  organizmda  modda  almashinuvini  kuchaytirib  hayvonning  o„sish  va 
rivojlanishiga ijobiy    ta‟sir ko„rsatadi.  Jinsiy  bezlarini  olib  tashlanishi  organizmda 
qator o„zgarishlarga sabab bo„ladi, ular yuvosh bo„lib, tez semiradi. Gipofiz  o„sish 
gormoni  ishlab  chiqaradi,  bundan  tashqari  bu  gormon  jinsiy  va  sut  ajratib 
chiqarishni ta‟minlaydi. 
Oshqozon  osti  bezi  gormoni(insulin)  uglevod  almashinuvida  qatnashib, 
ontogenezga katta ta‟sir o„tkazadi. 
Oziqlantirish ta’siri. N.P. Chirvinskiy (1909) hayvonlarga homila davrida va 
tug„ilgandan    keyin  tuyimli  moddalarni  yetishmasligi  ularning  skeleti  va    ichki 
a‟zolarining o„sishga salbiy ta‟sirini qayd qilgan. 
Qo„ylarni  faqat  dag„al  oziqalar  bilan  oziqlantirib  o„stirganda  uning 
ichaklarining uzunligi tana uzunligidan 44-51 marta, yaxshi oziqlantirilganda, ya‟ni  
ratsionga yem qo„shib boqilganda faqat 33-38 marta uzun bo„lgan xolos. 
N.P.  Chirvinskiy  yetarli  oziqlantirmaslik  skeletning  hamma  qismlarining 
rivojlanishiga  bir  xilda  ta‟sir  etmasdan,  shu  davrda  jadal  o„sadigan  skelet 
qismlarida  o„z  izini  qoldiradi  degan.  Shunday  ilmiy  ma‟lumotni  A.A.Maligonov 
(1925)  qoramollarda  qayd  etgan,  ya‟ni  bunday  holat  hamma  a‟zo  va  to„qimalarda 
ro„y berar ekan. 
Shu  qarashlar  asosida  Chirvinskiy-Maligonov  qonuniyati    shakllangan  – 
tuyimli  moddalar  yetishmasligi  shu  davrda  jadal o„sadigan  a‟zo va to„qimalarning 
o„sishga salbiy ta‟sir ko„rsatidi. 
Tuyoqlilarda  homila  davrida      tayanch  suyaklari  jadal  o„sadi,  oziqalar 
yetishmasligi,  onasining  kasallanishi  homilaning  oyoq  suyaklarini  kalta  bo„lib 
tug„ilishiga  sabab bo„ladi,  bunday  hayvonlar  tug„ilganda  tanasi  uzun,  kallasi katta 
va kichik bo„ladi. Bu holat embrionalizm  deb ataladi.  Tug„ilgandan keyin tuyimli 
moddalar  yetishmasligi  yoki  yosh  hayvonning  kasallanishi  rivojlanmay  qolishga 
(o„q  suyaklari)  sabab  bo„ladi,  unga infantilizm  deyiladi.  Bunday  hayvonlar  tanasi 
yangi tug„ilgan hayvon tanasini eslatadi. Bunday hayvonlar jinsiy balog„at yoshida 
ham  shunday  boqilsa  ular  jinsiy  jihatdan ham  to„laqonli  bo„lmaydilar.  Neoteniya

 
23 
A.A.Maligonov  bo„yicha  –  bu  tana  o„sishdan  qolgani  holda,  jinsiy  faoliyati 
me‟yorda bo„lishiga aytiladi. 
Embrionaliz va infantilizm  asoratlarini keyinchalik to„liq tuzatish imkoniyati 
bo„lmaydi, shuning uchun ularning oldini olish choralarini ko„rish kerak. 
Saqlash  sharoitining    ta’siri.  Hayvon  o„sish  va  rivojlanishiga  quyosh  nuri; 
harorat, namlik va havoda gazlar tarkibi; atmosferaning elektrlanganligi, bosim  va 
boshqa zoogigiyenik omillar ta‟sir ko„rsatadi. 
Qishda  yosh  hayvonlarni  yetarli  oziqlantirish  bilan  birga  quruq,  sovuq,  havo 
harorati kam binolarda saqlash baquvvat, nafas va qon aylanish, ovqat hazm qilish, 
a‟zolarda  yaxshi  rivojlangan  hayvonlar  o„stirilib,  ular  qoni  tarkibida  gemoglobin 
ko„proq  bo„lishini  ta‟minlaydi.  Zoogigiyenik  talablarning  buzilishi  hayvonlarni 
o„sishi va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Hayvon    tanasini  va  uning  ba‟zi  qismlarni  o„sish  va  rivojlanishga  mashq 
qildirish ijobiy ta‟sir ko„rsatadi( mashq, uqalash, sayr qildirish) hayvonlarni doimiy 
mashq  yoki  sayr  qildirish  ularning  suyak    va  muskullarini  mustahkamlaydi,  nafas 
olish va qon aylanish tizimlari faoliyatini  kuchaytiradi, modda almashuvi kuchayib 
o„sish  va  rivojlanish  yaxshilanadi.  G‟unajinlar  yelinini  3-4  oylik  bug„ozlikdan 
tuqquncha  o„qalash  ularning  to„qqanidan  keyin  sut  mahsuldorligini  15%  ortishini 
ta‟minlaydi. 
 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘sishini hisoblash. 
Har  doim  hayvonlarning  o„sishi  ularni  davriy  ravishda  tortib  va  o„lchash 
orqali  nazorat  etib  boriladi.  Ma‟lumotlar  aniq  bo„lishi  uchun  hayvonlar  ertalab  
oziqlantirib,  sug„orilguncha  amalga  oshiriladi.  Qoramol  va  otlar  tug„ilganida, 
1,2,3,6,9,12,18 va 24 oyligida, voyaga yetgandan keyin yilda bir marta; cho„chqalar 
tug„ilganda,  1,2,4,6,9,12,18  va  24  oyligida,  qo„ylar  esa  tug„ilganda,  1,4,12  va  24 
oyligida tortiladi. Olingan ma‟lumotlar asosida mutloq va nisbiy o„sish aniqlanadi. 
Mutloq  o‘sish,  o„sish  tezligi  bo„lib(vazn  yoki  o„lcham),  ma‟lum  davrda 
qo„shilgan vazn. U qo„ydagi formula yordamida aniqlanadi D = Wt -Wo , agarda 
kunlik vazn ortishini aniqlash kerak bo„lsa  D =  Wt –W
o
 / t   foydalaniladi, ya‟ni  
D-kunlik  vazn  qo„shishi(g  yoki  kg)  yoki  o„lcham(sm  )  1  kunda,  1oyda;  W
0
-
dastlabki  vazn  yoki  o„lcham;  W
t
-  davr  oxiridagi  vazn  yoki  o„lcham,  t-vaqt  (kun) 
ikki tortuv yoki o„lchov birligi. 
O‟sish kuchini nisbiy o‘sish ko„rsatkichi orqali aniqlash mumkin va qo„yidagi 
formula shaklini oladi K= Wt -Wo / t ·100    va  % ifodalanadi. 
Bu  ko„rsatkich    tug„ilgandan  keyingi  dastlabki  oylarda  yuqori  bo„lib, 
keyinchalik uning jadalligi kamayib boradi. 
Tez  yetiluvchanlik. 
Irsiyat 
bilan  belgilanib,tashqi 
muhit  ta‟sirida 
shakllanuvchi  hayvonlarning  me‟yorda  rivojlanib,  a‟zo  va  to„qimalarning  ma‟lum 
davrda  o„sishi,  jinsiy  balog„at  va  xo„jalikda  foydalanish    holatiga  erishishiga 
aytiladi. Bu holat ko„pincha hayvonlarning konstitutsiyasiga bog„liq bo„lib, nozik-

 
24 
bo„sh(go„shtdor  qoramol,  qo„y  va  cho„chqa)  tez  yetiluvchan,  dag„al-zich  tipdagi 
hayvonlar kech yetiluvchan hisoblanadi. 
Hayvonlar  hayotining  davomiyligi  va  ulardan  xo‘jalikda  foydalanish.  Bu 
ko„rsatkichlar 
hayvonning 
turi, 
zoti, 
jinsi, 
tez 
yetiluvchanligi, 
konstitutsiyasi,ularning  o„stirish  va  foydalanish  sharoitlariga  bog„liq.  Shuningdek 
bu  hol  foydalanish  maqsadi  (go„sht,  ish  va  hokazo)va  saqlash  sharoitlariga  qarab 
ham  farqlanadi.  Hamma  vaqt  ham  hayvonning  biologik  yashash  davomiyligi 
xo„jalikda  foydalanish  davomiyligiga  to„g„ri  kelavermaydi,  har  doim  biologik 
hayot davomiyligi uzunroq bo„ladi. 
 
1.1.jadval 
Hayvonlarning o‘sish va yashash davomiyligi, yil 
 
Hayvon 
turi 
O‟sish davri 
davomiyligi 
Xo„jalikda 
foydalanish 
davomiyligi 
Hayotning davomiyligi 
o„rtacha 
eng ko„p 
Qoramol 
4-5 
8-12 
20-25 
36 yilgacha 
Ot 
5-7 
18-20 
35-40 
67 yilgacha 
Cho„chqa 
2-3 
4-5 
11-15 
22 yilgacha 
Qo„y 
2-4 
5-8 
10-15 
21 yilgacha 
Quyon 
1 yoshgacha 
2-5 

12 yilgacha 
Tovuq 
1-1,5 
1-3 
8-10 
20 yilgacha 
 
Nasldor  hayvonlar  podani  tiklash    uchun  ko„proq  avlod  olish  maqsadida, 
mahsulot  olish  uchun  asralayotgan  hayvonlarga  nisbatan  uzoqroq  vaqt  xo„jalikda 
foydalaniladi. 
 
I. 4 Qishloq xo‘jalik hayvonlarini tanlash va juftlash. 
Inson  har doim  o„zi    urchitayotgan  hayvonlarni  avloddan-avlodga  sermahsul, 
takomillashgan  bo„lishga  intiladi,  uning  nasl  xususiyatlarini    yaxshilashga  harakat 
qiladi.  Bunga  faqat  alohida  hayvon  va  hayvonlar  guruhi  bilan  maqsadli  naslchilik 
ishlari olib borish bilan erishish mumkin. 
Naslchilik  ishi,  bu  zootexnikaviy,  dehqonchilik,  veterinariya  va  iqtisodiy-
tashkiliy 
tadbirlar 
majmuasi 
bo„lib, 
yangi 
zotlar 
yaratish, 
borlarini 
takomillashtirish,  sermahsul,  samarali  hayvonlar  guruhlarni  yaratish  demakdir. 
Naslchilik ishining asosi bo„lib hisoblanadi: 
A)  nasldor yosh hayvonlarni to„g„ri o„stirish; 
B) hayvonlarni maqsadli baholash; 
V) tanlangan hayvonlarni asosli juftlash; 
Tanlash tushunchasi va shakllari. Tanlash ko„p hayvonlarda asllarini ajratib 
olishni  taqozo  etadi.  Tanlash  kelgusida  urchitishdan  talabga  javob  bermagan 
hayvonlarni chiqarishdir. Tanlashning maqsadi populyatsiyada genotiplar nisbatini 
ijobiy tomonga o„zgartirishdan iborat. 
Tanlash qo„yidagicha olib boriladi: 

 
25 
A)  fenotipi  bo„yicha(tana  tuzilishi,  o„sish  va  rivojlanishi,  mahsuldorlik, 
pushtdorlik). 
B)  genotipi bo„yicha( kelib chiqishi, avlodlarining sifati) 
Tabiiy tanlash – doimo tur foydasiga harakatda bo„lib – tabiatda kechadigan 
doimiy jarayon bo„lib, sharoitga moslasha olgan hayvonlar saqlanib, avlod beradi, 
sharoitga  moslasha  olmaganlari  esa  avlod  bermaydi  yoki  o„lib  ketadi.  Tabiiy 
tanlash kuchi barcha tashqi muhit omillariga bog„liq. Hayvonlarni sun‟iy urchitish 
natijasida inson  tabiiy omillar ta‟sirini pasaytirishga erishgan, lekin butunlay yo„q 
qila olishga erishmagan. 
Sun’iy  tanlash  inson  tomonidan  o„z  manfaatlari  yo„lida  o„tkaziladi,  qaysiki 
tabiiy tanlash ta‟siri bilan mos kelavermaydi. 
Hayvonlarning  evolutsion  jarayonida  sun‟iy  tanlash  beqiyos  o„rin  tutadi. 
Evolutsion  jarayonning  dastlabki  paytida  ongsiz  tanlash  olib  borilgan,  ya‟ni 
insonlar maqsadsiz, lekin yuvosh, mahsuldor va kelishgan  hayvonlarni qoldirishga 
harakat  qilganlar.  Keyinchalik  sun‟iy  tanlash  maqsadli,  ya‟ni  inson  oldingi 
tajribalarini e‟tiborga olib, ma‟lum maqsad bilan, reja asosida talabga javob bergan 
hayvonlarni olib qoladi, keraksizlarini puchak qiladi. 
Sun‟iy tanlash  guruhlab ( asosan fenotipik ko„rsatkichlar) va  yakka (har bir 
hayvon  fenotipi  va  genotipi  )  tanlanadi.  Eng  oson  usul  guruhlab  tanlash  bo„lib, 
unda  faqat  hayvonlar  fenotipi  bo„yicha  tanlanadi,  bu  asosan  naslchilik  ishining 
dastlabki  boqichida amalga oshiriladi. 
Tanlash yo„nalishiga qarab bo„lishi mumkin: 
1.
 
Harakatlantiruvchi  (  Shmalgauzen, 1946),  yoki  boshqacha  Darvin    usuli 
ham  deb  yuritiladi.  Bunda  avloddan-avlodga  faqat  yaxshi  hayvonlarni  olib  qolib 
yomonlarini  puchak  qilish  asosida  podani  maqsadli  yo„nalishda  yaxshilab  boradi. 
Bu usul barcha qishloq xo„jalik hayvonlarida foydalaniladi. 
2.
 
Muvozanatlashtiruvchi  (  Shmalgauzen,  1946),  bu  usulda  ijobiy  tip 
hayvonlarini  saqlab    qolish  inobatga  olinadi.  Bu  usul  barcha  chetga  chiqishlarni 
oldini oladi va tip xususiyatlarini saqlab qoladi. 
Tanlash    bir,  yoki  bir  necha  belgilar  bo„yicha  olib  boriladi.  Uning  qo„yidagi 
usullari  qo„llaniladi: 
A) Bog‘liq bo‘lmagan. Har bir belgi bo„yicha eng past talablar qo„yiladi. Bir 
belgi  bo„yicha  talabga  javob  bermagan  hayvonlar,  boshqa  belgilarining 
rivojlanishidan qat‟iy nazar puchak qilinadi. 
B) Tandem usuli-oldin bir belgi, keyin ikkinchi belgi inobatga olinadi. 
V)  Seleksiya  indekslari  usuli,  barcha  belgilar  bo„yicha  yig„indi  indeksi 
asosida amalga oshiriladi. 
Tanlash natijalariga ta’sir qiluvchi omillar: 
A) organizmning irsiy xususiyatlari ; 
B) populyatsiyada belgining xilma-xilligi
V) tanlash olib borilayotgan belgilar soni; 
G) tanlash olib borilayotgan belgilarning korrelyativ bog„lanishi; 

 
26 
D) tanlash jadalligi; 
Ye) tanlash olib borilayotgan populyatsiyadagi hayvonlar soni; 
J) avlodlarning almashinuv jadalligi; 
Z) belgilarning ikki jins hayvonlarida ham aks etishi; 
I) tanlashning aniq va mukammal olib borilishi; 
K) tanlash o„tkazayotgan mutaxasisning qobiliyati; 
L) oziqlantirish va saqlash sharoitlari. 
Tanlash  genitik  asoslariga  belgilarning  korrelyatsiyasi  va  qaytarilishidan 
tashqari,  belgilarning  irsiyatga  berilishi,  seleksion  differensial  va  tanlash 
samaradorligi o„rin to„tadi. 
Irsiyat,  irsiyat  koeffitsienti  (h²)  orqali  ifodalanib  har  xil  usullar  yordamida 
hisoblanadi: 
A)  ota-onalar  va  avlodlar  o„rtasida  korrelyatsiya  koeffitsienti  ikkilangani 
(h²=2r). 
B)  Formula  orqali  h²=Dn/Dr=R/S,  Dn-avlodlarning  podaning  o„rtacha 
ko„rsatkichdan  ustunligi,  Dr-  ota-ona  ko„rsatkichlarining  podaning  o„rtacha 
ko„rsatkichidan ustunligi, R-tanlash samarasi, S-seleksion differinsial. 
Bir  belgi  irsiyat  koeffitsienti  zot  ichida,  podalarda,  tanlash  jadalligi, 
oziqlantirish va saqlash sharoitlariga qarab o„zgarib turadi. Shuning uchun har bir 
poda uchun alohida hisoblanishi kerak. 
Seleksion    differensial(S  yoki  d)-hisobga  olinayotgan  belgi  o„rtacha 
ko„rsatkichidan farqi (tirik vazn, sut miqdori, sutning yog„liligi). 
Qanchalik  seleksion  differinsial  yuqori  bo„lsa  tanlab  olingan  guruhdan 
sermahsul avlod olish imkonini beradi. 
Tanlash  samarasi  (R)-avlodda  ko„rsatkichlarning  farqi,  tanlashiga  qadar 
populyatsiyadagi  o„rtacha  ko„rsatkich  bilan  solishtiriladi.  R=Mf  –M.    Yoki 
seleksion  differensialning  avlodlarda  aks  etgan  qismi.  Shuning  uchun  tanlash 
samarasi to„g„ridan to„g„ri seleksion differensial va irsiyat koeffitsientiga bog„liq. 
 
Hayvonlarni kompleks baholash 
Seleksiyada kompleks baholash alohida o„rin to„tadi, chunki bir belgi bo„yicha 
muntazam baholash boshqa belgilarni so„nib ketishiga sabab bo„lishi mumkin. 
Hayvonlarni  to„g„ri  baholash  uchun  uning  barcha  belgilari  bo„yicha  tanlash 
ma‟qul. 
Hayvonda 
har 
bir 
belgi 
alohida 
baholanib 
keyin 
ular 
yig„indisi(majmua)chiqariladi  va  unga  kompleks  bonitirovka  klassi  beriladi. 
Hayvonlarni baholash va tanlashda ularni tana tuzilishi alohida o„rin to„tadi, ya‟ni u 
hayvonning  alohida  a‟zolarining  rivojlanishi,  sog„ligi  va  mahsulot  yo„nalishini 
ko„rsatadi. 
Hayvonlarni kelib chiqishiga qarab baholash va tanlash. Asosan shajaraga 
qarab    amalga  oshiriladi.  Shajara  hayvonning  kelib  chiqishi  bir  tartibda  yozilgan 
ma‟lumot. 

 
27 
Shajara  kerak:  hayvonlarning  zotdorligini  aniqlash  uchun,  ajdodlar 
mahsuldorligini aniqlash uchun, qarindosh urchitishni bilish uchun, nasl belgilarini 
shakllanishini bilish uchun, juftlashni samaradorligini aniqlash uchun, hayvonlarni 
yosh paytida tanlash uchun, juftlashni rejalashtirish uchun. 
Hayvonni kelib chiqishi haqidagi ma‟lumotlar shajara katagiga joylashtiriladi, 
u asosan 4 qatorda beriladi, to„rtinchi qatorda  16 ajdod ma‟lumotlari keltiriladi. 
Kataklarning  chap    tomonida  ona,  o„ng  tomonida  ota  ajdodlar  ma‟lumotlari 
beriladi. 
Pastga qarab har qatorda ajdodlar soni ko„payib boradi, unda hayvon laqabi va  
raqami, yoshi, vazni, o„lchamlari va mahsuldorligi o„z aksini topadi. 
Kelib chiqishga qarab tanlash asosan yosh hayvonlarda  ko„proq qo„llaniladi, 
chunki hali o„z va avlodlarining mahsuldorlik ko„rsatkichlari yo„q. Kelib chiqishga 
qarab tanlash asl ajdodlardan yaxshi avlod olishni taqozo etadi. 
Hayvonlarni o‘z mahsuldorligiga qarab tanlash. Bu bosqichda hayvonning 
tana tuzilishi, tirik vazni, mahsuldorligi va pushtdorligiga qarab tanlanadi. Buning 
uchun barcha ko„rsatkichlar xolis hisobga olinishi shart. 
Hayvonlarni  avlodlarining  sifati  bo‘yicha  baholash  va  tanlash. 
Hayvonlarni tanlashda oxirgi bosqich bo„lib, hal qiluvchi o„rin to„tadi. Ushbu usul 
yordamida  asl  podani  yaxshilovchi  hayvonlarni  tanlab  olish  mumkin.  Birinchi 
navbatda  bu  usul  erkak  nasldor  hayvonlarda  o„tkaziladi,  chunki  ulardan  ko„plab 
avlodlar olinadi. Erkak nasldor hayvonlar qo„yidagi bosqichlarda tanlanadi: 
1.
 
Kelib chiqishiga qarab tanlash; 
2.
 
Yosh nasldor erkak hayvonlar o„sish jadalligi, rivojlanishi, konstitutsiyasi 
va pushtdorligi bo„yicha tanlanadi; 
3.
 
Oxirgi  pirovard  bosqich  genotipik  baholash  bo„lib,  erkak  nasldor 
hayvonlar avlodlarining sifati bo„yicha  tanlanadi. 
Hal  qiluvchi  3  bosqich  hisoblanadi,  lekin  1,2  bosqichlar  ham  3  bosqich 
ma‟lumotlari  (5 yosh) olinguncha ishlatiladi. 
Avlodlarning  sifati    bo„yicha  erkak  nasldor  hayvonlarni  tanlashda  o„zidan 
tashqari qator omillar ta‟sir etadi: onasining ta‟siri, o„stirish va oziqlantirish, uning 
barcha avlodlarini baholash, olingan avlodlar soni, juftlanayotgan hayvonlar yoshi, 
erkak va urg„ochi hayvonning mosligi, avlodni kompleks baholash. 
Erkak nasldor hayvonlar  avlodlarining sifati bo‘yicha  baholashning ikki 
usuli mavjud: 
A)  Avlodlarning  ko„rsatkichlari  onalarni  ko„rsatkichlari  bilan  taqqoslanadi( 
tirik vazn, sut mahsuldorligi, sutining yog„liligi va hokazolar). 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling