Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41

Agrotexnika    tuyimli  moddalar  miqdori  va  o„simlik  hosildorligiga  sezilarli 
ta‟sir  ko„rsatadi.  O‟simlik  ayegetasiyasining  kerakli  davrlarida  zarur  agrotexnika 
tadbirlarini  o„tkazish(sug„orish,  yumshatish,  o„g„itlash)  o„simliklarda    ko„proq 
tuyimli moddalarni tuplanishini ta‟minlaydi. 

 
71 
O‟simliklarni  kimyoviy  himoya  vositalari  oziqa  tarkibida  hayvonlar  uchun 
zaharli bo„lishi mumkin. 
Oziqalar  tarkibida  pestisidlarni  me‟yordan  ko„payib  ketishi  hayvonlarni 
zaharlashi mumkin. 
O‟simliklar  vegetatsiya  bosqichlari  ularning  tarkibi  va  to„yimliligiga  katta 
ta‟sir qiladi. 
O‟simliklar  vegetatsiyasining  dastlabki  bosqichlarida  uninig  tarkibidagi  suv, 
protein va AEM ko„proq bo„ladi, kletchatka kamroq bo„ladi, bunday oziqa kuro„q 
moddasi  oson  hazm  bo„ladi.  Vegetasiyaning keyingi bosqichlarida  kletchatkaning 
ko„payishi  oziqani  dag„allashtiradi  va  hazm  bo„lishini  qiyinlashtiradi.  Boshoqli 
o„simliklarni- boshoqlash, dukkaklilarni g„unchalash va gullash boshlanishida urish 
maqsadga muvofiq, bu muddatlarni oldinga yoki keyinga surish hosildorlikni, yoki 
oziqalar to„yimliligini pasayishiga olib keladi. 
Tayyorlash  usuli.  Har  bir  o„simlik  o„zining  biologik  xususiyatlaridan  kelib 
chiqqan  holda,  iloji  boricha  me‟yoriy  muddatlarda,  kam  jarohatlarsiz  yig„ishtirib 
olishni talab qiladi. 
Turli usullarda pichan tayyorlash uning tuyimliligiga turlicha ta‟sir ko„rsatadi. 
AEModdalarining  bir  qismi  siloslash,  senaj  bostirish  yoki  texnik 
chiqindilarnini quritishda yo„qolishi mumkin. 
Oziqalarni  saqlash.  G„aramning  noto„g„ri  shakli,  o„lchamlari,  usti 
yopilmasligi  pichan  sifatiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Silos  yoki  senaj  bosishda 
me‟yorlarni    buzish  oziqa  sifatini  buzilishiga  olib  keladi.  Lavlagini  muzlatib 
qo„yish uning tuyimli moddalarning parchalanishiga olib keladi. 
Oziqalarni saqlashda namlik me‟yorlariga e‟tibor berish kerak, u pichanda 15-
17%, donlar va kepakda 12-14% , kunjara va shrotda 10-12%, o„t talqonida 9-12% 
ni tashkil etishi lozim. 
Oziqalarni  buzilishiga  sabab  buluvchi  mikroblar  va  zamburug„larni 
rivojlanishiga yo„l qo„ymaslik kerak. 
Oziqalarni  yediririshga  tayyorlash  orqali  ularni  yaxshi  yeyilishi,  hazm 
bo„lishi va sifati yaxshilanishiga erishish mumkin. 
Birgini  dag„al  oziqalarni  maydalab  tuz,  yem  va  ildizmevalar  bilan  qo„shib 
yedirish  oziqalarning  barcha  xususiyatlarini  yaxshilaydi. Nordon oziqalarni  ishkor 
– ammiak, ohak, natriy bikorbonat bilan ishlab berish yaxshi natijalar beradi. 
Dag„al  oziqalarni  (somon,  pohol,  quruq  poya)  ohak  yoki  ammiak  eritmasi 
bilan ishlab yedirish ularning hazmlanishi va o„zlashtirilishini ancha yaxshilaydi. 
Parranda  donlar  qancha  maydalansa  shuncha  yomon  hazm  bo„ladi;  o„t 
talqonini esa iloji boricha maydalab berish kerak. Cho„chqalarga donlarni un holida 
berish, butun va yorma qilib berishga nisbatan 2 barobar hazmlanishini oshiradi. 
Ba‟zi oziqalarga issiqlik ishlovi berish ijobiy ta‟siri bilan ba‟zan salbiy ya‟ni 
uning tarkibidagi oqsillar, B va S vitaminlarini parchalanishiga olib keladi. 
Oziqalarni  qo„shib  yedirish  bir-birlarini  to„ldiradi,  to„yimli  bo„lishini 
ta‟minlaydi. 

 
72 
Bu borada omixta yem ishlab chiqarish alohida ahamiyatga ega. 
 
Oziqalar klassifikatsiyasi. 
Oziqalar olinish manbai, tarkibi va to„yimliligi bilan farqlanadi. 
Energetik to„yimliligi bo„yicha barcha hajmli (1 kg 0,6 oziqada oz. birligidan 
kam) va konsentrat oziqalarga (1 kg oziqada 0,6 oz. birligidan ko„p ) bo„linadi. 
Olinish  manbaiga  qarab  o„simlik,  hayvonot,mineral  mikrob  va  kimyoviy 
sintez bo„lgan oziqalarga bo„linadi. 
O‟simlik  oziqalariga  hamma  turdagi  ko„k  oziqalar  va  ulardan 
konservatsiyalash  natijasida  tayyorlangan(pichan,  silos,  senaj,  o„t  talqoni  va 
maydalangan  pichan);  dehqonchilik(somon,  pohol,  mardak);  ildiz  va  tuganak 
mevalar  va  sabzavot  chiqindilari;  oziqa  polizi;  don  va  yog„li  ekinlar  urug„i; 
un,yog„, konserva, pivo, spirt, qand sanoati chiqindilari. 
Hayvonot dunyosi oziqalariga sut va sut mahsulotlari, go„sht va baliq sanoati 
chiqindilari, parrandachilik va inkubator, pillachilik va charm sanoati chiqindilari. 
Turli sanoat tarmoqlari chorvachilik uchun mineral oziqalar, oziqa achitqilari, 
vitaminli  preparatlar,  azotli  birikmalar,  antibiotiklar,  fermentlar,  gormonlar  va 
davolash dorilari  ishlab chiqaradi. 
Omixta  yem  sanoati o„simlik,  hayvonot,  mikrob,  kimyo  sanoati  mahsulotlari 
asosida  parranda  va  cho„chqalar  uchun  to„la  qiymatli  omixta  yemlar  ishlab 
chiqaradi.    Bundan  tashqari  omixta  yem  sanoati  oziqa  qo„shimchalari  va  oqsil-
vitaminli yoki oqsil-vitamin-mineralli qo„shimchalar ishlab chiqaradi. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  oziqlantirish  turli  xil  oziqalardan  foydalanib 
amalga  oshiriladi.  Ular  o„zlarining    kelib  chiqishi  va  tarkibiga  qarab  qo„yidagi 
guruhlarga bo„linadi. 
1.
 
Shirali oziqalar. 
2.
 
Dag„al oziqalar. 
3.
 
Don oziqalar.  
4.
 
Sanoat chiqindilari(kraxmal, un, spirt, yog„ sanoati). 
5.
 
Oziq-ovqat chiqindilari. 
6.
 
Havonot  dunyosidan olingan oziqalar. 
7.
 
Proteinli va boshqa qo„shimchalar. 
8.
 
Vitaminli va dori qo„shimchalar. 
9.
 
Mineral oziqalar. 
10.
 
Omixta yemlar. 
Shirali  oziqalar  –o„z  tarkibida  suv  ko„p  bo„lib,  hayvonlar  tomonidan  suyib 
iste‟mol  qilinadi  va  yaxshi  hazm  bo„ladi,  chunki  hujayralarda  to„yimli  moddalar  
erigan holda  bo„ladi. Shirali oziqalarga ko„k oziqalar, silos, senaj, ildiz va tuganak 
mevalar, hamda xashaki poliz kiradi. 
Ko‘k  oziqalar    boshoqli  va  dukkakli  bo„lib  yaylovlarda  yoki  sug„oriladigan 
maydonlarda  yetishtiriladi.  Ulardan  bahordan  boshlab  kech  ko„zgacha,  ba‟zan 

 
73 
konveyer  tashkil  qilganda  yil  buyi    foydalanish  mumkin.  Ko„k  oziqalar  ayniqsa, 
protein, minerallar va vitaminlarga boy bo„ladi. 
Silos    makkajo„xori,  kunbokar  va  jo„xorilardan  konservasiyalash  natijasida 
olingan oziqa bo„lib, kovshovchilar va boshqa hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol 
qilinadi. Bostirishda massa namligi 65-70% tashkil qiladi. 
Senaj    dukkakli  o„tlardan  namligi  45-55%  bo„lganda  xandaklarga  bosib 
tayyorlanadigan oziqa. 
Ildiz mevalarga  sabzi, lavlagi kirib ular tarkibida suv va uglevodlar ko„pligi 
bilan ajralib turadi. Qizil sabzida esa karotin ko„p. 
Tuganak mevalarga kartoshka va yer noki(topinambur) kirib ular kraxmalga 
boy. 
Xashaki  polizga  tarvuz  va  qovoq  kiradi,ular  tarkibida  90-95%  suv  bo„lib, 
yengil  hazm  bo„luvchi  uglevodlar  mavjud.  Sigirlarning  sut  mahsuldorligiga  ijobiy 
ta‟sir etadi. 
Dag‘al  oziqalarga    pichan,  somon,  pohol,  qurigan  poya    kiradi.  Pichan  o„z 
tarkibida  faqat 15% namlik saqlab  ancha to„yimli. Pichanlar boshoqli va dukkakli 
o„simliklardan  tayyorlanadi.  Olinishiga  qarab  tabiiy  va  eqilgan  o„tlardan 
olinganlariga bo„linadi. 
Somon  boshoqli  o„simliklar  doni  yanchib  olinganidan  keyingi  chiqindi 
hisoblanadi. Uning to„yimlilik darajasi past, asosan kovshovchilar va otlar iste‟mol 
qilinadi.  Pohol    sholi  yanchib  olingandan  keyin  olingan  chiqindi  bo„lib  oziqa 
qiymati  past,  ko„pincha  tushama  sifatida  foydalaniladi,  kovshovchilar  ratsionida 
ko„p bo„lmagan nisbatda foydalanish mumkin. 
Don  oziqalar.    Bu  oziqalar  hajmi  kam  bo„lib  tuyimliligi  yuqoriligi  bilan 
ajralib  turadi.  Donlarning  kimyoviy  tarkibiga  qarab  uglevodlarga  boy  –  boshoqli 
donlar,  proteinga  boy  dukkakli  donlar  va  protein  hamda  yog„ga  boy  moyli 
ekinlarning  urug„iga    bo„linadi.  Shu  bois  har  bir  qishloq  xo„jalik  hayvoni  va 
parrandasining  biologik  va  fiziologik  xususiyatlariga  qarab  u,  yoki  bu  dondan 
foydalanish maqsadga muvofiq. 
Yog„li ekinlar urug„idan yog„ olingandan keyin ularning kunjara va shrotlari 
foydalaniladi. 
Donlarning sifati va to„yimliligi ko„p omillarga bog„liq. 
Donlarni  baholashda  tabiiylik,  hidi,  yaltiroqligi,  ta‟mi,  namligi,  tozaligi, 
nordoligi, zararkunandalar bilan ifloslanganligi inobatga olinadi. 
Boshoqli donlar.  Barcha hayvonlar uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Uning 
tarkibi va to„yimliligi….jadvalda keltirilgan.  
Boshoqli  donlarda  protein  o„rtacha  10-14%ni  tashkil  qiladi.  Protein  85-90% 
oqsillar va qolgan qismi azotsiz asparagin va erkin aminokislotalardan iborat. 
Boshoqli donlar ichida makkajo„xori donida protein, ayniqsa lizin, triptofan va 
glisin kami aminokislotalari kam uchraydi. 
Yog„  ushbu  donlarda  2-5%  tashkil  etadi,  ular  minol  va  olein  yog„ 
kislotalaridan iborat trigliseridlar holida uchraydi. 

 
74 
2.3.1.jadval 
Boshoqli donlarning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. 
 
Donlar 
Tarkibi, % 
1 kg oziqada 
suv  protein 
yog„ 
kletch
atka 
AEM 
kul 
oz. birligi 
hazmlanuv-
chi protein, g 
Makka-
jo„xori 
13 
10,4 
4,1 
2,2 
68,7 
1,6 
1,34 
78 
Arpa 

10,1 
2,1 
4,0 
68,0 
2,8 
1,21 
81 
Suli 
13 
11,0 
4,7 
9,8 
58,2 
3,4 
1,0 
85 
Bug„doy 
13 
13,1 
2,3 
2,7 
67,2 
2,2 
1,18 
90 
jo„xori 
13 
11,2 
3,7 
9,2 
56,6 
9,2 
0,95 
79 
 
Qobik bilan o„ralgan(suli, arpa) boshoqli donlarda kletchatka ko„proq bo„ladi. 
Boshoqli donlarda kul 1,5-5% ni tashkil etib, kaliy va fosfat to„zlari ko„proq, 
kalsiy juda kam bo„ladi. 
Ayniqsa  boshoqli  donlarda  karotin  kam,  (1  kg  5  mg),  asosan  sariq 
makkajo„xorida bo„ladi. 
Dukkakli  donlar.  Bu  guruhga  barcha  dukkakli  oziqa  donlar  kiradi.  Bizda 
asosan bu maqsadda soya doni ishlatiladi. 
Barcha  dukkakli  donlar  proteinga  boy  bo„lib,  (22,2-34,5)  soyadan  tashqari 
donlar yog„ga kambag„al bo„ladi, soyada yog„ 17,4%ni tashkil qiladi. 
Dukkakli  donlar    proteini  boshoqli  donlar  proteiniga  nisbatan  qiyinroq  hazm 
bo„ladi va ulardan oziqa hazm qilish tizimida ko„proq gazlar hosil bo„ladi. 
Dukkakli donlar yog„i tarkibida holesterin va letisin ko„proq uchraydi. 
Ushbu  donlarda  boshoqli  donlarga  nisbatan  mikroelementlar  (kobalt,  yod, 
molibden, rux) ko„proq, marganes kamroq  uchraydi. 
Sanoat  chiqindilari.  Asosiy  mahsulot  bilan  ko„pgina  sanoat  korxonalarida 
chiqindilar  chiqadi,  ular  turli  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  uchun  oziqa  sifatida 
foydalaniladi. 
Un,  spirt va  yog„  korxonalari  chiqindilari  chorva hayvonlari  uchun  qimmatli 
oziqalar  hisoblanadi.  Qoramollar    va  cho„chqalar  uchun  qand,  pivo    va  kraxmal 
olishda  chiqadigan  chiqindilar  yaxshi  oziqa  bo„lib  hisoblanadi.  Non,  meva  va 
sabzavotni  qayta  ishlash,  vino,  konditer  korxonalari  chiqindilari  ham 
chorvachilikda foydalaniladi. 
Un  sanoati  chiqindisi  kepak  hisoblanib  u  olingan  doniga  bog„liq.  Oziqa 
sifatida  bug„doy  va  javdar  kepaklari  yuqori  baholanadi.  Un  naviga  qarab  28% 
gacha kepak chiqadi. Kepak fosfor elementi va b guruh vitaminlarga boy. 
Kepakni hamma qishloq xo„jalik hayvonlariga berish mumkin. 
Shuningdek un sanoati changi ham oziqa sifatida foydalaniladi. 
Yog‘  sanoati  chiqindilari.    Bu  tarmoq  chorvachilik  uchun  oqsilga  boy 
kunjara, shrot va fosfatid-oqsilli yemlar chiqaradi. Urug„lar va donlar sheluxasi va 
pusti oziqa nuqtai-nazaridan pastroq baholanadi. 

 
75 
Mamlakatimizda  asosiy  o„simlik  moyi  paxta  chigitidan  va  kam    miqdorda 
soya donidan olinadi. 
Chigitdan kunjara, shrot(texnologiyaga bog„liq) va shulxa olinadi. Kunjara va 
shrot oqsiliga, shulxa esa kletchatkaga boy. 
Kunjarada  4-10%,  shrotda  1-3%  yog„  bo„ladi.  Turli  xom  ashyodan  olingan 
kunjara va  shrotlar tarkibi va to„yimliligi bilan farq qiladi. 
Soya  shroti  to„yimliligi(1,35  oz.  birligi)  va  proteinning  yuqoriligi(40,0%) 
bilan ajralib turadi, ko„rsatkichlar paxta shroti 1,11 va 38,3%ni tashkil etadi. 
Soya  shroti  barcha  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  va  parrandalariga  yedirilishi 
mumkin,  paxta  shroti  esa  kovshovchilarga  ko„proq,  cho„chqalar  va  parrandalarga 
chegaralangan holda yediriladi. 
Kunjara  va  shrotlar  protein  –  o„rni  almashmaydigan  aminokislotalar  manbai 
hisoblanadi. 
Ayniqsa  soya  shrotida  lizin  ko„p  bo„lib  parrandalarni  oziqlantirishda  alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
 Kunjara  va  shrotlarda  kaliy  va  fosfor  ko„p  bo„lib,  kalsiy    kam  bo„ladi,  ular 
tarkibida  B  guruh  va  Ye  vitaminlari  bo„ladi.  Kunjara    va  shrotlar  asosan  omixta 
yem sanoatida ishlatiladi. 
Paxta  shroti  va  kunjarasi  tarkibida  zaharli  modda  gossipol  bor,  qoramollar 
uchun 0,03-0,05%, cho„chqalar uchun 0,02% zaharli hisoblanadi. 
Kunjarada  gossipol  0,03-0,3%,  shrotda  esa  0,02-0,5%  bo„lishi  mumkin.  Shu 
boisdan  kunjara  va  shrotlarni  yosh  hayvonlarga  kamroq  berib,  sigirlar  ratsioniga 
to„yimliligi bo„yicha 20%, yosh qoramollar burdoqilanganda 10% qo„yish mumkin. 
Fosfatid  yem.    Yog„li  donlaridan  yog„  olinganda  hosil  bo„ladi.  Kungaboqar 
va  soya  fosfatidlari  tarkibida  39-42%  yog„  va  56-58%  fosfalipidlar  bo„ladi. 
Fosfolipidlarda fosfor 2,1-2,2%ni tashkil qiladi. 
Chigitdan yog„ olishda shulxa chiqindi bo„lib chiqadi , uning to„yimliligi 1 kg 
da 0,13 oziqa birligi, 27 g hazmlanuvchi protein va 50% kletchatkadan iborat. 
Qoramollarni va qo„ylarni burdoqilashda keng ishlatiladi. 
Kraxmal  sanoati  chiqindilari.  Kraxmal  asosan,  kartoshkadan,  ba‟zan 
bug„doy,  guruch  va  makkajo„xoridan  olinadi.  Kartoshkadan    kraxmal  olinganda 
undan  tuppa  chiqadi,  uni  xul,  siloslangan  va  quruq  holda  hayvonlarga  yedirilsa 
bo„ladi. 
1 kg kartoshka tuppasida 0,11 oziqa birligi, 1 g   hazmlanuvchi protein, 0,2  g  
kalsiy va  0,5 fosfor bor. Bunday chiqindilar qoramollar uchun yaxshi oziqa bo„lib, 
sigirlarga 15-20 kg, burdoqilarga 30-40 kg yedirish mumkin. 
Spirt  sanoati  chiqindilari.  Builarga  turli  bardalar,  o„zum  va  meva  tuppalari 
kiradi. Barda turli donlar, kartoshka, qand lavlagisidan spirt olganda chiqadi. 
Barda  tarkibida  88-95%  namlik  bo„ladi,  uni  qoramollar,  otlar  va  qo„ylarga 
berish mumkin.  Sigirlarga 20-25, burdoqilarga 70-80, qo„ylarga 8-10, otlarga 10-
15l   ichirish  mumkin. 

 
76 
Pivo sanoati chiqindilari. Pivo ishlab chiqarishda pivo bardasi va achitqilari 
olinadi. Pivo bardasi 75-80% namlikka  ega bo„lib, arpaga nisbatan protein miqdori 
ko„p bo„ladi. 
1 kg pivo bardasiga 0,21 oz. Birligi, 42 g hazmlanuvchi  protein, 0,9 g kalsiy 
va  1,8  g  fosfor    mavjud.  Pivo  bardasini  yangilay,sohin  sigirlarga  10-15,yosh 
qoramollarga 8-12, 1 yoshgacha qoramollarga 4-5 va  voyaga yetgan cho„chqalarga 
4-5  kg  yedirish  mumkin.  Ayniqsa  bu  oziqa  qoramollarni  burdoqilashda  keng 
qo„llanilishi mumkin. 
Qand  sanoatini  chiqindilari.    Bularga  lavlagi  tuppasi(jom)  va  shinnisi 
(patoka) kiradi. 
Tuppa yangi yoki siloslangan holda mollarga yediriladi .  Tuppa 93% suvdan, 
quruq  moddalari  asosan  oson  hazm  bo„luvchi  uglevodlardan  tashkil  topgan.  1  kg 
yangi tuppada 0,08 oz. birligi, 6-8 g hazmlanuvchi protein mavjud. 
Yirik qand zavodlari presslangan va quruq tuppa chiqaradi. 
Lavlagi  tuppasidan  sohin  sigirlarga  30-40  kg  (ratsion  tenglashtiriladi), 
burdoqiga boqiladigan qoramollarga 40-50 kg beriladi. 
Shinni(patoka)  20% suv, 9% protein, 60%  AEM  va  10% kuldan  iborat. 1  kg 
shinnida 0,87 oz. birligi, 40 g hazmlanuvchi protein, 2,9 g kalsiy, 0,2 gr  fosfor va 
530 g qand saqlanadi. 
Oziq-ovqat  chiqindilari.  Chorvachilik  uchun  qo„shimcha  oziqa  manbai 
bo„lib,  ular  umumiy  ovqatlanish  shahobchalari  va  yashash  joylardan  olinadi. 
Shaharlarda  kishi  boshiga  bir  yilda  35-40  kg  oziq-ovqat  chiqindilari  tashkil  etadi. 
Ular  sabzavot,  meva,  baliq  va  go„sht  chiqindilari  hamda  ovqat  qoldiqlari  bo„lishi 
mumkin. 
Ularni  yig„ish  veterinariya  qonunchiligi  asosida  amalga  oshiriladi  va 
hayvonlarga yediriladi.  
Ularni  to„yimliligini  oshirish  va  zararsizlantirish  maqsadida  issiqliq  ishlovi 
beriladi,  iloji  boricha  bunday  ishlov  bosim  ostida  o„tkazilsa  yana  ham  samarali 
bo„ladi.  
Oziq- ovqat chiqindilari cho„chqalar uchun arzon oziqa bo„lib hisoblanadi. 
Oziq-ovqat  chiqindilari  qayta      ishlab  berilgandan    keyin  hayvon  organizmi 
tomonidan  87-90%  hazmlanadi.  Taxminan  cho„chqalar  ratsionining  50%  oziq-
ovqat chiqindilaridan iborat bo„lishi mumkin. 
 
Hayvonot dunyosidan olingan oziqalar
 
Bu oziqalarni ayrim qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarga berilishi ular 
ratsionini  to„ldirib,  eng  zarur    to„yimli  moddalar,  minerallar  va  vitaminlar  bilan 
ta‟minlaydi. 
Ushbu mahsulotlarga sut va uni qayta ishlash mahsulotlari – qaymogi olingan 
sut,  ayron    va  zardob  kiradi.  Ularni  hayvonlarga  tabiiy  holda  ichirish  mumkin. 
Ularni  oson  quritish  bilan  qo„qun  olib  keyinchalik  kerak  paytda  suvda  eritib  
hayvonlarga ichirish yoki omixta yemlar tarkibiga qo„shish mumkin. 

 
77 
Omixta  yem  sanoatida  kuritilgan  baliq  chiqindilari  baliq  uni  holida, 
qo„shtxona  va  go„sht  korxonalari  chiqindilari  go„sht  –  suyak  ,  qon  uni  va  texnik 
yog„ sifatida ishlatiladi. 
Shuningdek omixta yem sanoatida oqsil qo„shimchasi sifatida pat va pat  uni, 
ipak qurtining g„umbaklari ishlatiladi. 
Hayvonot   oziqalari o„simlik oziqalaridan ko„proq ular tarkibida kletchatka va 
uglevodlar bo„lmaydi, faqat sutda kamroq uglevod bo„ladi. 
Ayniqsa  hayvonot  dunyosidan  olingan  oziqalar  hayot  uchun  zarur  o„rni 
almashmaydigan lizin, metionin, triptofan kabi aminokislotalar manbai hisoblanadi. 
Sut  va  uni  qayta  ishlash    mahsulotlari  .  Sut  emizuvchi  hayvonlar 
tug„ilgandan  keyin  ularning  asosiy  oziqasi  sut  bo„lib,  uning  tarkibida  yosh 
organizm  hayot  uchun  zarur  barcha  to„yimli  moddalar  mavjud.  Dastlab  ug„iz, 
keyinchalik  sut  davrida  tabiiy  sut  asosiy  hayot  manbai  bo„lib  hayvonning  tanasi 
tomonidan  uning  tarkibidagi  yog„  95%  ,  oqsil  va  uglevodlar  esa  98%  hazmlanib, 
o„zlashtirib  olinadi.  Shu  sut  hisobiga  bo„zoqlar  hayotining  birinchi  oyida  tirik 
vaznini ikki barobar cho„chqa bolalari esa 5-7 barobar ko„paytiradi. 
Dastlabki  7-10  kun  urg„ochi  sut  emizuvchi  hayvonlar    ug„iz  suti  beradi  ,  u 
yosh    hayvonlarni  tuyimli  moddalarga  bo„lgan  talabinmi  qondirish  bilan  ularning 
imun tizimini yaratadi va turli kasalliklardan saqlaydi.  
Uning  tarkibida  A  va  Ye  vitaminlari  ko„p  bo„lib,  kuli  tarkibida  esa  magniy 
tuzi ko„p bo„lib tanadan birlamchi tezakni chiqarib, ovqat hazm qilishni me‟yorga   
keltiradi. 
Sigir suti tarkibi laktasiya davriga qarab o„zgarib boradi, laktasiya  boshida va 
oxirida quruq moddalar ko„payib, uning o„rtasida biroz kamayib 12,5-12,4% tashkil 
qiladi. 
Sigir  sutining  to„yimliligi  uning    tarkibidagi  yog„  miqdori  bilan  belgilanadi, 
ya‟ni 3%  yog„li 1 kg sutda- 0,31, 4% sutda -0,36, 5%  sutda esa -0,42 oziqa birligi 
mavjud. 
Sigir  suti  qo„shimcha  barcha  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  uchun  qo„shimcha 
oziqa bo„lib xizmat qiladi. 
Yosh    qishloq    xo„jalik  hayvonlariga  birinchi  oy  oxiridan  2  oy  boshidan 
boshlab  sutni  qayta  ishlash  natijasida  olingan  qo„shimcha  mahsulotlar  qaymogi 
olingan sut, paxta va zardob bilan boqish mumkin. 
Yog„li sutga nisbatan to„yimliligi qaymogi olingan sut va ayronda 2 barobar, 
zardobda  esa  3  barobar  kam,  chunki  ular  tarkibidan  energiya  manbai  yog„  ajratib 
olingan, zardobda esa  oqsillar 4 marta kam bo„ladi. 
Barcha  sut  qoldiqlaridan  sanoatda  sutni  almashtiruvchi  oziqalar  ishlab  
chiqariladi (ZUM). 
Ularni ishlab chiqarishda oson va keng qo„llash mumkin. 
Baliq  uni.  Ushbu  mahsulot  baliq  sanoati  chiqindilari,  hamda  inson  yeyishi 
mumkin  bo„lmagan  baliq  navlaridan  quritish  va  ishlab  berish  natijasida  ishlab   

 
78 
chiqariladi.  1  kg  baliq  unida  0,9-1,5  oziqa  birligi,  480-630  g  hazmlanuvchi  oqsil, 
20-80 g kalsiy va 15-60 g fosfor bo„ladi. 
Baliq  uni  ajoyib  oqsil-mineral-vitaminli  oziqa  bo„lib,  uni  organik  moddalari 
cho„chqalar tomonidan 85-90% o„zlashtirib olinadi. 
O‟zining aminokislotalar tarkibi bilan qarib tovuq tuxumiga yaqinlashadi, 1 kg  
baliq unida 51 g lizin, 15 g  metionin va 5,7  g triptofan bor . 
Yangi  baliqda  barcha  vitaminlar  mavjud  bo„lib,  uni  un  qilishda  bir  qismi 
yuqoladi, ayniqsa unda B  guruh vitaminlari ko„p  bo„lib , yaxlit baliqni jigari bilan 
unga aylantirilganda vitamin D kam bo„ladi. 
Bu un o„z tarkibida to„la qiymatli oqsillar, kalsiy, fosfor va vitaminlarga boy 
bo„lgani  uchun  yosh  hayvonlar,  cho„chqalar  va  parrandalar  omixta  yemlariga 
qo„shiladi. 
Baliq  uni  qo„shilgan  omixta  yemlar  cho„chqa  va  tovuqlarga  berilganda 
cho„chqalar o„sishi, tovuqlar tuxumlashini 20-25% ortadi. 
Go‘sht-suyak  uni.    Go„sht  korxonalarida  yeyish  uchun  yaroqsiz  go„sht, 
so„yim  chiqindilari,  suyaklar,  ichki  a‟zolardan,  hamda  o„til  zavodlarida  yuqumsiz 
kasalliklardan  o„lgan  hayvonlardan  maydalab  va  quritish  natijasida  olinadi.  1  kg 
go„sht-suyak unida 0,92 oziqa birligi,350 g hazmlanuvchi protein mavjud. 
Agarda un tarkibida suyak 10% gacha bo„lsa u go„sht uni, undan  ko„p bo„lsa 
go„sht-suyak uni deyiladi. 
Go„sht-suyak uni lizin manbai bo„lib, unda metionin va triptofan kam bo„ladi. 
Uning  tarkibida  B  guruh  vitaminlar  ko„p.  Ular  cho„chqalar  va    parrandalar 
ratsionining tarkibiy qismi bo„lib hisoblanadi. 
Qon  uni.  Hayvon  qoni,  qonni  yuvgan  suvdan  ko„p  bo„lmagan(5%  ko„p 
bo„lmagan) suyak qo„shish bilan tayyorlanadi. Yaxshi qon uni to„q jigarrang bo„lib 
bir xil kukun holida bo„ladi. 1  kg qon unida 0,92 oz. birligi, 650 g hazmlanuvchi 
protein bor, lekin biologik jihatdan qiymati pastroq, chunki  metionin, izoleysin va 
glisin  kabi  aminokislotalar  nisbati  past.  Asosan  cho„chqa  va  parrandalar  omixta 
yemlariga qo„shiladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling