Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. bob uchun test savollari
- II.1. Oziqalar to‘yimligi
- 2.1.1.Oziqlantirishning tanalar rivojlanishiga ta’siri
Sanoat chatishtirishi. Ushbu chatishtirishning maqsadi kelgusida urchitish ko„zda tutilmagan mahsuldor, chidamli(geterozis hodisasi) go„shtdor hayvonlar olishdan iborat. Chatishtirish uchun albatta monand zotlar tanlab olinadi. M: broyler jo„jalari olish uchun plimutrok va kornish zotlari tanlangan. Barcha olingan chatishma hayvon va parrandalar to„liq go„sht uchun o„stiriladi. Bu usulni go„shtdor qoramolchilikda qo„llash 15% gacha go„shtni ko„paytirish va 10-15% oziqa sarfini kamaytirish imkonini beradi. Cho„chqachilikda 3 zotlik chatishmalar olish ijobiy natijalar beradi: yirik oq x Shimoliy Kavkaz x Landras. Bunday chatishma cho„chqalar ikki zotliklariga nisbatan ayrim ko„rsatkichlari bo„yicha ustun turadi. Duragaylash. Duragaylash – yangi zotlar yaratish, xo„jalikda foydalanish uchun hayvonlar olishda qo„llaniladi. Shu yul bilan Qozog„istonda arxaromsrinos, AQSh da santa – gertruda(shortgorn x zebu), Tojikistonda shvis zebusimon zotlari yaratilgan. 36 Zebu bilan qoramollardan olingan duragaylar pushtdor bo„ladi. Shuningdek bir va ikki urkachli tuyalar duragaylari ham pushtdor. Duragaylarning pushtdor bo„lishi yoki ba‟zi turlarni duragaylash imkoni yo„qligini ayrim biologlar qo„yidagicha tushuntiradilar: 1. Chatishtiriladigan hayvonlarning xromasomalar yig„indisini monand emasligi, S.Makino 1963 yilda otda-64, eshakda-62, xachirda-63 xromasoma borligini aniqlagan. 2. Ona va homilaning mos emasligi(antigenlar, fermentlar, gormonlar va boshqa oqsillar) - embrion o„limi; 3. Tuxum hujayrasi sitoplazmasini urug„ hujayrasi yadrosi bilan monand bo„lmasligi – imun pushtsizlik; 4. Urug„ hujayrasi antigenlarini urg„ochi hayvon qoni va jinsiy a‟zolarini suyuqligi bilan monand bo„lmasligi; 5. Xromasoma-gomologlarda xromosoma qismlarining bo„lmasligi. Qoramollar qutoslar bilan duragaylanganda IV bo„g„in erkak hayvonlari pushtdor bo„ladi. 1. bob uchun nazorat savollari 1. Qoramollarini kelib chiqishi. 2. Qoylarning kelib chiqishi 3. Otlarning kelib chiqishi 4. Chochqalarning kelib chiqishi 5. Qishloq ho’jalik parrandalarinihg kelib chiqishi. 6. Qishloq ho’jalik hayvonlarini urchitish usullari 7. Sof zotli urchitish 8. Chatishtirish 9. Duragaylash 10. Naslchilik ishining nazariy asoslari 11. Chorvachilikda tanlash 12. Chorvachilikda juftlash 13. O’sish va rivojlanish haqida tushuncha 14. Hayvonlarning embrional davri 15. Hayvonlarning postembronal davri 37 I. bob uchun test savollari 1. Mutloq o‟sish deganda nimani tushsusiz? a) Hayvoning bir oylik o‟sishi B) Hayvonning bir kunlik o‟sishi c) Tirik vaznini ortib borishi d) Ma‟lum vaqtga ichida hayvonning q‟o‟shimcha o‟sishi e) Hayvonni qo‟shimcha o‟sishi 2. Bonitrovka degani nima? a) Hayvonni avlodiga qarab baholash. b) Hayvonlarning ichki tuzilishi c) Hayvonlarning tashqi tuzilishi d) Hayvonlarga kompleks baho berish e) Hayvonni vazniga qarab baholash 3. Genotip deganda nimani tushunasiz? a) Genlarning o‟zaro bog‟liqligi b) Genlarning barcha yig‟indisi c) Hayvonlarning irsiyati d) Hayvonlarning tashqi muhitga chidamligi. e) Hayvonlarning fe‟l-atvori 4. Gomogen juftlash nima? a) Bir hil hayvonlarni mahsuldorligini hisobga olish b) Bir hil hayvonlarni juftlash c) Har hil hayvonlarni juftlash d) Hayvonlarni urchitish e) Qarindosh bo‟lmagan hayvonlarni juftlash 5.Inbriding nima? a) O‟zaro qarindosh hayvonlarni juftlash b) Su‟niy urug‟lantirish c) Qarindosh bo‟lmagan hayvonlarni juftlash d) Chatishtirish turi e) Duragaylash 6. Tana indksi deganda nimani tushunasiz? a) Hayvonlarning umumiy ko‟rinishi b) Tananing bir o‟lchamini ikkinchi o‟lchamiga nisbatini foizdagi ifodasi c) Gavda tuzilishi d) Tana o‟lchamlari e) Tana qismlarining mosligi 38 7. Interer deganda nimani tusunasiz? a) Hayvonning ichki tuzilishi b) Gavda qismi c) Hayvonning gavdasi d) Hayvonning tashqi tuzilishi e) Hayvonning vazni. 8. Infantilism nima? a) Hayvonlarning me‟rda o‟sishi b) Tug‟ilgandan keyingi chala o‟sishi c) Ona qorindagi chala rivojlanish d) Vitamin etishmasligi e) Ozuqalar etishmasligi 9. Qaysi qoramol zoti duragaylash natijasida keltirib chiqarilgan a) shvis b) Qora –ola c) Santa-gertruda d) Bushuev 10. Qishloq ho‟jalik hayvonlarining kondisiyasi deganda nimani tushunasiz? a) Hayvonlarning ichki va tashqi tuzilishi b) Hayvonlarning gavda tuzilishi c) Hayvonning zotdorligi d) Hayvonning semizlik darajasi e) Hayvonning umumiy holati 11. Hayvohlar konsninusiyasi dgnda nimani tushunasiz a) Hayvonlarning ichki va tashqi tuzilishi eig‟indisi b) Hayvonlarning ichki tuzilishi c) Hayvonlar kamchiliklar i d) Hayvonlarning tashqi tuzilishi e) Hayvonning hulq-atvori 12. Ekster‟er nima? a) Hayvonning ichki tuzilishi b) Hayvonning tashqi tuzilishi c) Hayvonning kamchiligi d) Hayvonnig mahsuldorligi e) Hayvonning hayotchanligi 39 13. Tizim nima A) Hayvonlarni strukturasi b) Poda tarkibi c) Mashhur erkak urug‟boshidan tarqalgan hayvonlar guruhi. D) Hayvonlarni kompleks baholash e) Hayvonning kelib chiqishi 14. Urchitishning qaysi usullsrini bilasiz? a) Su‟niy, toza zotli, turlaaro b) Erkin, turlararo, qo‟lda c) Su‟niy, toza zotli , erkin qo‟lda d) Sof zotli, chatishtirish, duragaylash e) Sof zotli, su‟niy tabiiy 15. Chatishtirishning qaysi usullarini bilasiz? a) Qon quyish, toza zotli. Sanoat turlararo d) Zavod, qon quyish, qon singdirish, almashlab sanoat c) Almashlab, sanoat, tabiiy d) Toza zotli, sanoat, almashlab e) Almashlab, galma-gal, zavod, qon yangilash 40 I bob uchun topshiriqlar 1. Qoramollarning yovvoyi_______dan kelib chiqib, uning yovvoyi urug‟ aymoqlari, ______,__________,________lar xisoblanadi 2. Qo‟ylar yovvoyi ____on,_______ar va _____lidan kelib chiqqan 3. Otlarning _________miniluvchi , __oqi,_______tortuvchi hillari bor 4. Parrandalar______,__________va _______yo‟lishidagilarga bo‟linadi. 5. Eksterer hayvonlarning ___________tuzilishi 6. Interer hayvonlarning _____________tuzilishi 7. Hayvonlarda 4 hil __________,_____,____,______ va akademik M.F. Ivanov tomonidan taklif etilgan _____tiplari mavjud 8. Dyupst tomonidan ____________va __________hayvon tiplari ajratilgan 9. Ekstererni o‟rganishning 5 hil ____,_______,____,____, va__________olish usullari mavjud 10. Hayvonning bir tana o‟lchamini ikkinchi tana o‟lchamiga nisbati _______deyiladi 11. Sigir tanasi shartli uch qisnga bo‟linadi, uni muchalar asosida oldingi o‟rta va keyingi qismlarga bo‟lib yozib chiqing 12. Naslchlik ishining to‟rt nazariy asoslari: 1. 2. 3. 4. 13. Hayvon va parrandalarni urchitishning 3 hil usuli mavjud. 1. 2. 3. 41 14. Chatishtirishning 5 hil usulini yozing 1. 2. 3 15.Quyidagi urchitish usulini aniqlang qora-ola sigir qora-ola buqasi 16. Bu qanaqa chatishtirish usuli Qora-ola sigir Djeyrcey buqasi 17. Ushbu chatishtirish usulini izohlang Qora-ola buqasi Qora-ola buqasi Qora-ola buqasi Qora-ola buqasi 42 18.Bu qanaqa chatishtirish usuli 19. 6 zot qatnashgan chatishtirish tizimini shemada izohlang. Zotlar qora-ola, golland, ayrshir, golshtin, polsha qora-ola, jersey 20. Qon singdirish chatishtirishda jaydari yahshilanuvchi qora-ola yahshilovchi I,II,III,IV va V bo‟g‟inda duragaylarida yahshilanuvchi va yahshilovchi zotlar qon nisbatini aniqlang. Birinchi bo‟g‟in ´ ;jaydari ´ qora-ola, ikkinchi bog‟inda _______________,III bo‟g‟inda __________, IV bo‟g‟inda____________,V bo‟g‟inda ______________ Qora-ola sigiri Golshtin buqasi Qora-ola buqasi Golshtin buqasi Qora-ola buqasi 43 21. Tanlashni uch bosqichini toping 22. 5520 raqamli qorako‟l sovlig‟I 173 raqamli qorako‟l quchqori bilan juftlanganda qanaqa juftlash usuli bo‟ladi_______________________________ 23. 1320 raqamli qorabair biyasi 55 raqamli sof zotli salt miniluvchi zotning ayg‟iri bilan juftlanganda__________________________________________________ 24. Buzoqning tug‟ilgandagi vazni 30 kg bir oydagi vazni 47 kg uning mutloq va sutkalik o‟sishining hisoblang 25. Buzoqning 3 oylikdagi vazni 90 kg 6 oylikdagi vazni 150 kg uning nisbiy o‟sishining aniqlang I bosqich II bosqich III bosqich 44 II BOB QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISH Ozuqalar- hayvonlarning turli tuyimli va mineral moddalarga bo„lgan talabini qondirib, ularning sog„ligi, hamda mahsuloti sifatiga salbiy ta‟sir qilmasligi lozim. Ozuqalar hayvonlar mahsuldorligi, serpushtligi va salomatligida o„z aksini topadi. Hayvonlar mahsuldorligini 70% ozuqalarga bog„liq. Shuning uchun har bir xo„jalikda mo„l-ko„l yem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsulot olish garovi hisoblanadi. O‟zbekistondagi fermer xo„jaliklarida 1 bosh shartli qoramol uchun 3500- 4000 ozuqa birligi tayyorlash, chorva hayvonlarini to„kis ozuqalar bilan ta‟minlash imkoniyatini yaratib beradi. Buning uchun har bir xo„jalikda yil boshida hayvonlarning ozuqalarga bo„lgan talabi aniqlanib, shu asosda oziqa ekinlari joylashtiriladi. Oziqa ekinlarining yangi tur, navlarini joriy qilish, xashaki ekinlarni o„stirishning yangi texnologiyalaridan foydalanish natijasida har gektar yerdan 100- 150 s oziqa birligi yetishtirish choralarini ko„rish kerak. O‟zbekistonda sug„oriladigan yerlarning chegaralanganligi oqibatida yem- xashak ekinlari uchun yetarli maydonlar ajratishning imkoniyati yo„q, shuning uchun ko„proq oziqalarni oraliq va takroriy ekinlar hisobiga yetishtirish taqozo etadi, ularning har gektaridan 250-300 s hosil olsa bo„ladi. Asosiy xashaki ekinlar bedadan pichan holida 100-150 s, makkajo„xori poya hisobida 300-400 s, lavlagidan 400-500 s hosil olish talab etiladi. Tayyorlangan oziqalarni o„z vaqtida yig„ishtirish, tashish, saqlash ularning sifatiga ta‟sir ko„rsatadi, buning uchun har bir oziqani ko„rsatilgan yuriqlar asosida saqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Yem-xashaklarni yedirishdan oldin hayvonlarga tayyorlab berish ulardan samarali foydalanishning muhim omilidir. Qishloq xo„jalik hayvonlariga talab qilinadigan ozuqa me‟yorlari: Sigirlarning mahsuldorligi 3000 kg bo„lganda-42 s ozuqa birligi; 4000 kg bo„lganda-47 s ozuqa birligi; 5000 kg bo„lganda-60 s ozuqa birligi. 42 s oziqa birligi quyidagi oziqalardan tashkil topadi: pichan-1,4 t, somon-1,5 t, senaj-1,9 t, silos-2,4 t, ko„q ut-6,6 t, yem ozo„qalar 870 kg. 1 bosh qo„yga 1 yilga 5,0 s oziqa birligi; 1bosh otga yiliga 30 s oziqa birligi; 1 bosh tuyaga bir yilga 27 s oziqa birligi; 1 bosh urg„ochi cho„chqaga 15 s oziqa birligi talab etiladi. 45 II.1. Oziqalar to‘yimligi Hayvon organizmining oziqlanishi – uning morfologik va funksional o„zgarishining omili hisoblanadi. Bu ta‟rif Ch.Darvinniki bo„lib keyinchalik fiziologlar va zootexniklar tomonidan tasdiqlangan. I.P.Pavlov tajribalari natijasida turli oziqalarning hayvon oshqozon – ichak tizimi va ovqat hazm qilish fermentlarining faolligiga ta‟siri ochib berilgan. Hayvonlar ovqat hazm qilish tizimini shakllanishida oziqalar muhim o„rin tutadi. N.P.Chirvinskiy ma‟lumotlariga qaraganda qo„zilar onasidan ajratilgandan keyin faqat dag„al oziqalar bilan oziqlantirilganda ichaklari tanasiga nisbatan 44-51 marta, yem qo„shib oziqlantirganda esa faqat 33-38 marta uzun; oshqozon hajmi 1 kg tirik vaznga 800-900 va 270 ml ni tashkil etgan. Oziqlantirish ta‟sirida qon aylanish, nafas a‟zolari rivojlanib, hajmli oziqalarni ko„p iste‟mol qilgan hayvonlar ko„kragi yaxshi rivojlanib, qorni hajmli, yonbosh do„ngliklari orasi keng, tanasi uzun bo„lishi qayd etilgan. Oziqlantirish organizmda modda almashinuv jarayonlariga ta‟sir etib sog„lom bo„lish va yuqori mahsulot sifatini ta‟minlaydi. Yetarli oziqlanmagan hayvonlarda har doim har xil yuqumsiz kasalliklar ko„zgalishi xavfi mavjud, hamda uning mahsuldorligini kamaytirib, xo„jalikda foydalinish davomiyligini qisqartiradi. Oziqlantirish hayvonlarning o„sish va rivojlanishi, vazni va mahsuldorligini ta‟minlaydi.(rasm) To„la qiymatli oziqalantirmaslik hayvonning o„sish va rivojlanishiga salbiy ta‟sir etadi, hayvonlar tanasi yaxshi rivojlanmay, ensiz, kalta, sayoz bo„lishi natijasida mahsuldorligi past bo„ladi. Bejiz akademik M.I.Ivanov «oziqa va oziqlantirish hayvon organizmiga uning zoti va kelib chiqishiga nisbatan ko„proq ta‟sir ko„rsatadi » deb aytmagan. Hayvon organizmida modda almashinuvi tashqi muhitdan qabul qilgan oziqa, suv va havo ishtirokida ro„y beradi. Tashqi muhitdan hayvon qabul qilib olgan oziqalar uning organizmida fizik va bioximik o„zgarishlarga uchraganidan keyin bir qismi o„zlashtirib olinadi, qolgan qismi tezak, siydik, ichak gazlari va nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid gazi bilan chiqib ketadi. 2.1.1.Oziqlantirishning tanalar rivojlanishiga ta’siri 46 Hayvon qabul qilib olgan to„yimli moddalar organizmda energiya manbai, ya‟ni tana haroratini saqlab turish uchun, a‟zo va to„qimalar hosil bo„lishi, mahsulot ishlab chiqarishi, hamda modda almashinuvi uchun zarur suyuqliqlarga sarflanadi. Oziqalar tuyimligi umumiy yoki energetik, oqsil yoki protein, mineral va vitamin tuyimliliklarga bo„linadi. Hayvonlar turi, yoshi, mahsuldorlik yo„nalishi, mahsuldorligiga qarab tuyimli moddalarga talabi o„zgarib turadi, shu boisdan oziqalar tuyimliligi oziqa va organizm munosabatida hayvon fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Oziqalar kimyoviy tarkibini bilish asosida uning tuyimli moddalarining hayvon mahsulotlariga aylanishi, ularning hazm bo„lishi va tuyimli moddalarni o„zlashtirib olishga bog„liq. Oziqalarning kimyoviy tarkibi. Turli turdagi hayvonlar har xil oziqalarni iste‟mol qiladilar, ular asosan o„simlik va hayvonot dunyosidan olinadi. Oziqalar tarkibida ko„plab elementlar uchraydi, ularning asosiylari bo„lib uglerod, vodorod, kislorod va azot hisoblanadi. O‟simliklar quruq moddasining 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% suv, 1,5% azot va 5% mineral moddalardan tashkil topgan. Hayvon tanasi esa 63% uglerod, 14% kislorod, 9,5% vodorod, 5% azot va 8,5 % mineral moddalardan iborat. XIX asr 60 yillarida barcha oziqalar kimyoviy tarkibi aniqlangan bo„lib, keyinchalik vitaminlar aniqlangan. Oziqa tarkibiga kiruvchi xom protein, xom yog„, xom kletchatka, azotsiz ekstrativ moddalar tarkibi to„liq tahlil qilingan. 2.1.1.Jadval Ozuqalar va hayvon tanasi quruq moddalarining kimyoviy tarkibi (A.P.Dmitrochenko bo‘yicha) ozuqa Hayvon tanasi Ko„k beda Makka doni pichan buqa Cho„chqa tovuq Suv 77,8 13,0 14,3 54,0 58,0 56,0 Quruq modda 22,2 87,0 85,7 46,0 42,0 44,0, Protein 16,6 10,1 11,3 32,6 35,7 47,7 Yog„ 4,0 4,5 2,9 55,2 55,2 40,9 Kletchatka 22,5 2,2 30,7 - - - AEM 47,9 81,6 47,9 2,2 2,5 1,6 kul 8,6 1,6 7,2 10,0 6,6 9,8 Hamma oziqalar suv va quruq moddalardan iborat. 47 2.1.1.Tasvir Ozuqalar va hayvon tanasi kimyoviy tarkibining tasviri (V.N. Bakanov va V.K. Menkin bo‘yicha). Suv- ozuqa va hayvon hujayrasining tarkibiy qismi hisoblanib; u kechadigan barcha modda almashinuvi va biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Yosh organizmda modda almashinuvi jarayonlari jadal kechadi, shuning uchun suv ko„proq talab qilinadi. Suv tanada qondan tortib barcha suyuqliklarning tarkibiga kiradi. Hayvon tanasining yarmi suvdan iborat, uning miqdori yangi tug„ilgan hayvonlarda 80% bo„lsa, voyaga yetganida 50-60 % ni tashkil qiladi, tana semirishi bilan suv miqdori kamayib yog„ nisbati ortib boradi. Turli ozuqalarda 5% dan 95% gacha suv bo„ladi. Uning miqdori pichan, somon, yemda kam bo„lib, ko„k va shirali oziqalarda yuqori bo„ladi. Hayvonlarni suvga bo„lgan talabining bir qismi oziqalar tarkibidagi suv hisobiga qondiriladi. Uy hayvonlarining turi va fiziologik holatiga qarab ichimlik suviga bo„lgan talabi turlicha bo„ladi: 1 kg ozuqaning quruq moddasi hisobiga cho„chqalar 7-8, qoramollar 4-7, qo„ylar 2-3, tovuqlar 1-1,5 l suv sarflaydilar. Ozuqalar quruq moddasi mineral va organik qismlardan tashkil topgan, mineral moddalarga- kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, temir, mis, kobalt va boshqalar, organik moddalar esa protein, yog„, kletchatka,AEM va ayrim vitaminlar kiradi. Mineral moddalar hayvonning barcha a‟zo va to„qimalarining, shuningdek chorva mahsulotlarinining tarkibiy qismiga kiradi. Ayniqsa ular yosh hayvonning o„sish va rivojlanishi, voyaga yetgan hayvonlarni pushtdorligini oshirishga xizmat qiladi. Ўсимлик ва ҳайвон маҳсулотлари Сув Қуруқ модда Минерал моддалар, хом кул Органиқ моддалар Витаминлар Хом протеин – азотли бирикмалар Азотсиз бирикмалар Оқсил, амидлар Хом ёғ Хом клетчатка Азотсиз экстрактив Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling