Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- P=D/S·100 bu erda: P-erkak nasldor hayvon nasl qiymati; D-qizlarning mahsuldorligi; S- tengdoshlarining mahsuldorligi. Prepotensiya
- A) Gomogen juftlash (bir xil)
- B) Geterogen (har xil) juftlash.
- Juftlashning asosiy tamoyillari: A) «
- Juftlash amalda qo‘yidagi usullarda qo‘llaniladi: A) Yakka
- Qarindosh urchitish . Noqarindosh urchitish va geterozis.
- Inbridingni muntazam qo‘llash qo‘yidagilarga olib keladi
- Inbridingni salbiy ta’sirini qo‘yidagicha susaytirish mumkin: A)
- Umumiy kombinatsion qobiliyat
- Inbred depressiya va geterozis ro‘y berishi bo‘yicha farazlar.
- 1. O’tadominantlik farazi.
- 2. O’tadominantlik farazi geterozigot holatda
- I.6.Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish usullari.
- Sof zotli
- Duragaylash
- Chatishtirishni amalga oshirish uchun
B) Erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko„rsatkichlarini bir yoki bir necha erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko„rsatkichlari bilan taqqoslash. Erkak nasldor hayvonning irsiy qiymati qo„yidagi formula yordamida: O = 2P-M. O- irsiy qiymat, P – avlod mahsuldorligi, M – ona mahsuldorligi. Bu formula yordamida nasldor erkak hayvonlar avlodlari onalariga taqqoslab chiqariladi. 28 Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining sifatini boshqa erkak nasldor hayvonlar avlodlariga taqqoslab baholashda qo„yidagi formuladan foydalaniladi: P=D/S·100 bu erda: P-erkak nasldor hayvon nasl qiymati; D-qizlarning mahsuldorligi; S- tengdoshlarining mahsuldorligi. Prepotensiya- hayvonlarni (erkak, urg„ochi) o„z belgi va xususiyatlarini avlodga mo„qim o„tkazish qobiliyati hisoblanadi. 1.V Qishloq xo‘jalik hayvonlarini juftlash. Tanlash, hayvonlarni juftlash bilan yakunlanadi, ya‟ni tanlash natijalari avlodda muhrlanadi. Juftlash ijobiy avlod olish maqsadida urg„ochi hayvonga mos erkak hayvonni biriktirilishiga aytiladi. Ko„r-ko„rona tanlangan hayvonlarni juftlash hamma vaqt ham ijobiy natijalar beravermaydi. Juftlash ota-onasiga nisbatan yuqori mahsuldor, ota-onasida bo„lgan kamchiliklarsiz avlod olishni ko„zda tutadi. Asl buqalar har doim ham asl avlod beravermaydi, u faqat maqsadli, mos urg„ochi hayvon bilan juftlangandagina ijobiy natija beradi. Juftlash natijalari yosh hayvonlarni o„stirishga ham bog„liq. Nasl uchun qoldirilgan hayvonlar bir xil bo„lmay tana tuzilishi, mahsuldorligi va boshqa belgilari bilan farqlanadi, shuning uchun juftlash ham har xil bo„ladi. Chorvachilikda asosan ikki shakldagi juftlash qo„llaniladi: A) Gomogen juftlash (bir xil), bir zot yoki poda ichida bir-biriga o„xshash (yoshi, konstitutsiyasi, kelib chiqishi, mahsuldorligi va hokazo) erkak va urg„ochi hayvonlarni juftlashga aytiladi va ota-onasiga o„xshash hayvonlar olinadi. Juftlangan hayvonlar biologik va xo„jalik belgilari bilan qanchalik o„xshash bo„lsa, shunchalik bir xil avlod olinadi. Bu juftlash bir xil hayvonlarni ko„plab olish natijasida bir tipga mansub hayvonlar sonini ko„paytirish imkonini beradi va avlod irsiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Bir xil juftlashning eng oxirgi pog„onasi bo„lib inbriding hisoblanadi. B) Geterogen (har xil) juftlash. Bu usulda bir - biriga o„xshash bo„lmagan erkak va urg„ochi hayvonlar (tana tuzilishi, yoshi, mahsuldorligi va hokazo) juftlanadi. Har xil juftlash quyidagi hollarda qo„llaniladi: 1. Podada belgilar har xilligini ta‟minlash asosida hayvonlarda yangi qiymatli belgilarni yaratish maqsadida; 2. Erkak va urg„ochi hayvonning asl belgilarini mujassam qilgan avlodlar olish uchun ; 3. Geterozis natijasida avlod hayotchanligi va mahsuldorligini ko„tarish; 4. Ayrim va guruh hayvonlarning ba‟zi kamchiliklarini tug„irlash uchun. Bu usul mahsuldor chorvachilikda keng foydalanib, ba‟zi paytlarda yangi zot yaratishning dastlabki bosqichida qo„llaniladi. 29 Juftlashning asosiy tamoyillari: A) «a‟lo – a‟lo bilan a‟lo beradi», ya‟ni asl nasldor erkak bilan asl urg„ochi hayvonni juftlash. Hech qachon bir kamchilikga ega erkak va urg„ochi hayvonlarni juftlab bo„lmaydi, chunki avlodda kamchilik kuchayadi. B) «yomon yaxshi bilan yaxshilanadi», ya‟ni urg„ochi hayvonlarga nisbatan erkak hayvon sifatlarining ustun bo„lishi; V) erkak nasldor hayvon urg„ochi hayvonga nisbatan ustun bo„lishi (hech bo„lmaganda bir klassga), natijada har bo„g„inda avlod sifati yaxshilanib boradi; G) Eng mos erkak va urg„ochi hayvonlarni juftlash, asl erkak nasldor hayvonlardan keng miqyosda foydalanish; D) Juftlash, tanlashning davomi bo„lishi va uning natijalarini mustahkamlashi kerak; Ye) Har bir hayvonga yakka yondoshish; J) Gomogen va geterogen juftlashdan oqilona foydalanish; Z) Zarurat bo„lmasa qarindosh juftlashga yo„l qo„ymaslik. Juftlash amalda qo‘yidagi usullarda qo‘llaniladi: A) Yakka-har bir urg„ochi hayvonga mos erkak nasldor hayvon juftlanadi, bunda erkak nasldor hayvonga o„xshash avlod olishga harakat qilinadi. Naschlchilik xo„jaliklarida foydalaniladi; B) Guruhlab ( ko„proq qo„ychilik va parrandachilik qo„llaniladi)- bu bir guruh ma‟lum sifatdagi urg„ochi hayvonlarga bir necha nasldor erkak hayvonlarni berkitishga aytiladi.(zoti, konstitutsiyasi va mahsuldorligi bilan o„xshash). Qarindosh urchitish . Noqarindosh urchitish va geterozis. Juftlash urg„ochi hayvonlarni urug„lantirish bilan tugab, avlod olishni ta‟minlaydi. Bu jarayonda qarindosh hayvonlar ishtirok etsa inbriding, noqarindosh hayvonlar qatnashsa autbriding ro„y berib ularning biologik natijalari turlicha bo„ladi. Qarindosh urchitish(inbriding) muntazam qo„llanilsa u nohush oqibatlarga olib keladi(inbred depressiya), noqarindosh(autbriding) hayvonlar urug„lantirilganda teskari holat ro„y beradi(krossbriding), ya‟ni geterozis yoki duragay kuchi ro„yobga chiqadi. Urug„lantirish natijasida murtakda erkak va urg„ochi hayvon genetik ma‟lumotlari qo„shiladi, allel va noallel genlar o„zaro munasobat tiplari paydo bo„ladi, ular orqali oqsillar nazorat qilinadi va modda almashinuvi ta‟minlanadi. Qarindosh yoki qarindosh bo„lmagan hayvonlar juftlanganda modda almashinuvi inbred va autbred hayvonlar har xilligi, hayotchanligi va mahsuldorligini ta‟minlaydi. Inbridingda qarindosh hayvonlar genotipida o„xshash genlar bo„lib, avlodda gomozigotalikni kuchaytiradi, noqarindosh juftlashda esa gomozigotalik pasayib, geterozigotalik kuchayib oqibatda yoki inbred depressiya, yoki geterozisga sabab bo„ladi. Gomozigotalikni kuchayishi genotip qo„shilishi natijasida mo„rtakning bioximik birlashuviga sabab bo„lib, mo„rtakdan paydo bo„ladigan organizmning 30 sharoitga moslashishi qobiliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Ko„pincha inbridingda meyoz buzilishi oqibatida mutatsiyalar soni ko„payadi(xromasomalar qayta tuzilishi natijasida). Natijada inbridingda o„zgaruvchanlik ko„payishiga sabab bo„ladi. Ko„pgina mo„tatsiyalar zararli , ba‟zan u foydali bo„ladi. Shuning uchun ba‟zan inbred hayvonlarda mashhurlik paydo bo„ladi. Inbridingni muntazam qo‘llash qo‘yidagilarga olib keladi: - Inbred hayvonlarini imahsuldorligi, otalanishi, va pushtdorligini pasayishiga; - Hayotchanligi pasayishiga; - Konstitutsiyasini bo„shashishiga; - Avlodning maydalashishiga va karliklikka, o„lik tugilishiga, majro„h tug„ilishiga va pushtsiz bo„lishga; - O‟zgaruvchanlikni ortishiga. Inbridingni salbiy ta’sirini qo‘yidagicha susaytirish mumkin: A) «qonni yangilash»- bir zotga mansub qarindosh bo„lmagan hayvon bilan juftlash; B) Boshqa zot hayvonlari bilan juftlash; V) Qattiq tanlash; G) Inbred hayvonlarni yaxshi oziqlantirish va saqlash; D) Qarindosh hayvonlar juftlanganda, erkak va urg„ochi hayvonlarning turli sharoitda o„stirilganligi inobatga olish. Turli turga mansub hayvonlar inbridingga turlicha javob beradi. Inbridingga otlar va cho„chqalar juda sezuvchan bo„lib, qoramollar va qo„ylarda unchalik bo„lmaydi. Parrandalarda 4-5 bo„g„in qon aralashishi ro„y bersa pushtdorligi, cho„chqalar esa hayotchanligini yo„qotadi. O‟simlikshunos va chorvadorlar qachonlardir qarindosh bo„lmagan(autbred) yoki boshqa zot(krossbriding), boshqa tur(gibritizatsiya) hayvonlarni juftlash natijasida baquvvat va hayotchan avlodlar olish isbotlagan. Bu holat geterozis deb ataladi. (ushbu terminni 1914 yilida Djon Shell taklif etgan). Geterozis – avlodning ota – onaga nisbatan rivojlanishi, konstitutsional mustahkamligi, kasalliklarga chidamliligi, oziqalardan foydalanish va mahsuldorligi bo„yicha ustunligi hisoblanib, yuqori geterozigotalik natijasida ro„y beradi. U hamma noqarindosh hayvonlar juftlanganda yoki hamma belgilar bo„yicha ro„y beravermaydi(skelet tuzilishi, tus, jun va barra teri sifati, jingalaklik, sutning yog„liligi va oqsilliligi). Geterozis birinchi bo„g„inda mavj urub, keyingi bo„g„inlarda susayib boradi va oxiri yuqoladi. Geterozis ko„pincha inbriding sezuvchan bo„lgan belgilarda ro„y beradi(hayotchanlik, sut mahsuldorlik, tuxum mahsuldorligi va boshqalar). Ushbu belgilar past irsiy koeffitsientga ega bo„lib ularga genlarning noaddativ va tashqi muhit ta‟sir o„tkazadi. Ba‟zi belgilar inbrid depressiya va geterozis ta‟sirida kam o„zgaradi(oziqadan foydalanish, nimta sifati, junning uzunligi, ingichkaligi, tuxum vazni va boshqalar), chunki ularda irsiyat koeffitsienti yuqori bo„lib, additiv genlar 31 ishtirokida shakllanadi; ularga tashqi muhit kam ta‟sir o„tkazadi. Bu holatlardan oqilona foydalanish hayvonlardan mo„l va sifatli mahsulotlar olishni ta‟minlaydi. Alohida hayvon, butun guruhlarning moslik yoki kombinatsion qobiliyati- chatishtirishda qatnashayotgan hayvonlarning juftlash natijasida yuqori hayotchan, mahsuldor, geterozis avlod olish demakdir. Juftlanayotgan hayvonlarning kombinatsion qobiliyatini saqlash uchun turli qator va zotga mansub hayvonlar urug„lantirilganda olingan avlodlar baholanadi (yirik vazni, sutdorligi, tuxumdorligi bo„yicha). Kombinatsion qobiliyat umumiy va maxsus bo„ladi. Umumiy kombinatsion qobiliyat bir qator va zotga mansub hayvonlar boshqa qator va zot hayvonlari bilan juftlanganda geterozis samaradorligiga erishadi. Maxsus kombinatsion qobiliyat bir qatorga mansub hayvonlar boshqa qator, aniq qator hayvonlari bilan juftlangandagina geterozis samarasini beradi. Inbred depressiya va geterozis ro‘y berishi bo‘yicha farazlar. Ushbu savolga dastlab Ch. Darvin javob topgan «chetdan changlanish ijobiy ta‟sir etadi, o„zidan changlanish zararli» degan. Uning sababi deb chatishtirishda erkak va urg„ochi hayvonlar gametalari ishtirok etib ular biologik jihatdan bir –birlaridan farqlanadilar. Inbridingda gametalar biologik jihatdan o„xshash bo„lib, shuning uchun hayotchanligi past avlod paydo bo„ladi. Darvin har xil jinsiy hujayralar qo„shilishining ijobiyligini, bir xil jinsiy hujayralar qo„shilishining zararligini aytgan, lekin farq sabablari to„la ochib bermagan. Keyinchalik inbred depressiya va geterozis hodisasi turlicha farazlarda o„z aksini topdi, ular genlarning o„zaro munosabatiga asoslangan: letal genlar farazi, ijobiy dominant genlar additiv harakati farazi, genlarni noallal o„zaro munosabati(epistaz, komplementarlik va boshqalar), o„ta dominantlik, fiziologik muvozanat, genetik tenglik va boshqalar. Eng ko„p tarqalganlari: 1. O’tadominantlik farazi. Ushbu farazga ko„ra inbred depressiya va geterozis hodisasi dominant genlarining turli xil harakatiga bog„liq: A) Mutatsiya oqibatida paydo bo„ladigan resessiv genlar organizmga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. B) F1 geterozislarda dominant ijobiy genlar ota-onasiga nisbatan ko„p bo„lib, ular belgilarni avlodda bo„rttirishga xizmat qiladi.(noallel genlarning additiv harakati). V) geterozigotalarda noallel dominant genlar bir-birlarini to„ldiradi(komplementlar o„zaro munosabat). 2. O’tadominantlik farazi geterozigot holatda ko„plab genlar allellarning o„zaro munosabati geterozis samarasini ta‟minlab(Aa), ya‟ni allel genlar o„zaro munosabati natijasi hisoblanadi. Inbridingda gomozigot holatda(AA va aa) genlar soni ortadi, u esa depressiyaga sabab bo„ladi. Geterozigotalik hayvonlarda har bir allel alohida ferment sintezini nazorat qiladi, ularning komplementar o„zaro bog„lanishi organizmda modda almashinuvini 32 kuchaytiradi; organizmning fiziologik imkoniyatlarini faollashtiradi, shu bois hayvonning chidamliligi ortadi. A.Shell (1912) fikriga ko„ra geterozis samarasi hujayra yadrosi va sitoplazmani munosabatini o„zgarishi natijasida ro„y berib, ya‟ni genlar o„rtasida va ular «ishlaydigan» muhit munosabatlarini taranglashtiradi. U geterozis hodisasi o„sish va rivojlanishni kuchaytirishi, «o„zgargan yadro va o„zgargan sitoplazma» o„zaro munosabatida deb bilgan. I.6.Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish usullari. Urchitish usullari ilmiy asoslangan naslchilik tizimi bo„lib (turlar va zotlarni saylab olish, tanlash va juftlash, olingan yosh hayvonlarni o„stirish, voyaga yetgan hayvonlarni oziqlantirish va saqlash), kelib chiqishi mos hayvonlarni juftlash orqali aniq zootexnikaviy vazifalar bajarilishi tushuniladi. Qo„yidagi urchitish usullari mavjud: Sof zotli, ya‟ni juftlanayotgan hayvonlar bir zotga mansub: ♀A x ♂A. Olingan hayvonlar sof zotli deyiladi. Chatishtirish, juftlanayotgan hayvonlar turli zotga mansub: ♀A x ♂B. Olingan hayvonlar I, II, III bo„g„in chatishmalar deyiladi. Duragaylash - juftlanayotgan hayvonlar turli tur va turkumga mansub, olingan hayvonlar duragaylar deyiladi. Sof zotli urchitish. Urchitilayotgan zotni saqlash, takomillashtirish bilan yuqori mahsuldorlik va sharoitga moslashish hislatlarini saqlashdan iborat. Eng muhimi zotning asosiy genotipik va fenotipik ko„rsatkichlarini saqlash va avlodga yetkazish ko„zda tutiladi. Sof zotli urchitish o„zgaruvchanlik kuchini pasaytirib zotdagi hayvonlar bir xilligini , tana tuzilishi va mahsuldorligi bilan o„xshashligini ta‟minlaydi. Shu bilan birga zotning tarkibiy qismlarga bo„linishi uning har xilligini ta‟minlaydi, zot ichidagi hayvonlar genotipik farq, fenotipik o„xshashlikka ega ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Zotni takomillashtirish natijalari(toza urchitish omillari) qo„yidagilar bilan aniqlanadi: 1. Zot hayvonlarning soni va tarqalish hududlari; 2. Zot ichida sifatli guruhlar bo„lishi; 3. Hayvonlarni xolis va oqilona baholash; 4. Tanlash va juftlashni nafaqat fenotip, balki genotip bo„yicha ham olib borish; 5. Yosh qoramollarni me‟yorda va maqsadli o„stirish. Sof zotli urchitishning eng mukammal xili zavod zotlarini tizimlar bo‘ylab urchitish hisoblanadi. Har bir tizim alohida maqsad asosida obdan o„tkazilgan tanlash va juftlash natijasida yaratiladi. Mashhur erkak nasldor hayvondan kelib chiqqan hayvonlar guruhiga tizim deydilar. Geneologik qatordan (bir mashhur erkak hayvondan 33 kelib chiqqan guruh) o„larok, zavod tizimlari o„zlarining bir mashhur erkak hayvondan kelib chiqqanidan tashqari, alohida tanlash va juftlash orqali erishilgan hislatlari bilan ajralib turadi. Odatda tizimlar 3-5 bo„g„in saqlanib turadi, keyin undan yangi tizimlar ajralib chiqadi, u ham ma‟lum vaqtdan keyin yangi tizimlarga o„z joyini bo„shatib beradi. Harbir tizim zot an‟analarini saqlagan holda o„z tipiga ega bo„ladi. D.A. Kislovskiy va V.O.Vitt harbir zotda 6-7 tizim bo„lishi, ularning bir qismi so„nib, ikkinchilari paydo bo„ladi, umuman olganda ba‟zi paytlari 15-16 tagacha tizimlar bo„lishi mumkin. Bunday holat zotni doimiy takomillashishini qarindosh urchitishsiz amalga oshirish imkonini beradi. Mujassam qilish maqsadida tizimlararo krosslar amalga oshiriladi, ya‟ni sermahsul tizimlarga asos bo„ladi. Ye.A.Borisenko(1967) zotni tizimlar bo„yicha urchitish quyidagilarni o„z ichiga olishini aytgan: 1. Mashhur erkak nasldor hayvonni ajratib olish, uning avlodlarining hisobini olish; 2. Maqsadli tanlash va juftlash, kerak hollarda qarindosh juftlashni qo„llash; 3. Zotda sermahsul urg„ochi hayvonlar guruhi bo„lishga erishish; 4. Boshqa tizim hayvonlaridan oqilona foydalanish; 5. Ushbu tip talablariga javob bermagan hayvonlarni puchak qilish; 6. O‟zaro mos tizim va oila hayvonlarini juftlash; 7. Hayvonlarga me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib borish. Sof zotli urchitishda oila imkoniyatlaridan keng foydalanish taqozo etiladi. Urg„ochi hayvonlar o„z o„g„illari orqali yangi tizimlarga asos solishi mumkin. Chatishtirish. Chatishtirishning biologik mohiyati qo„yidagilardan iborat: 1. Chatishma hayvonlarda geterozigotalik ta‟minlanib, ular hayotchan, sharoitga moslashuvchan bo„lib, o„zgaruvchanlikka yo„l ochib beriladi. 2. Ko„pchilik hollarda geterozis ro„y berishini ta‟minlaydi. 3. Chatishma hayvonlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo„ladi va ularni seleksiya jarayonida keng foydalanish mumkin. Chatishtirishdan maqsad hayvonlarning mahsuldorligini oshirish bilan zotlarning xususiyatlarini saqlab qolish bo„lsa, ba‟zan esa zot yo„nalishini o„zgartirish, uning yangi sifatlarini yaratishdan iborat. Chatishtirishni amalga oshirish uchun: 1. Aniq maqsad bo„lib ma‟lum tipdagi hayvon yaratishdan iborat; 2. Chatishtirish tizimini asoslash; 3. Shu asnoda chatishtirish lozim bo„lgan zotlarni saylab olish; 4. Ushbu zotlardan kerak hayvonlarni ajratib olib, urg„ochi hayvonlarga erkak nasldor hayvonlarni juftlash; 5. Chatishtirma hayvonlar uchun oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish. 34 Qon singdirish chatishtirishi. Uning maqsadi bir zotni ikkinchi bir zot bilan butunlay yangilashdan iborat. Ko„pincha bu usul mahalliy zotlarni tubdan yaxshilashda qo„l keladi. Ushbu maqsadda oldindan yaxshilovchi deb saylangan zot erkak nasldor hayvonlari yoki ularning urug„lari keltiriladi. Yaxshilanuvchi zot urg„ochi hayvonlari tanlanib yaxshilovchi zot nasldor hayvonlari yaxshilovchi zot nasldor erkak hayvonlari bilan juftlanadi va (F2) I ,bo„g„in chatishma hayvonlari olinadi, ular yana yaxshilovchi zot erkak nasldor hayvonlari bilan juftlanib(F3)III bo„g„in chatishma hayvonlar olinadi, bu jarayon qo„yilgan maqsadga binoan davom ettirilishi yoki talabga javob beradigan chatishma hayvonlar «o„z ichida» urchitiladi. Ushbu chatishtirish mobaynida yaxshilanuvchi zotga taalluqli bo„lgan hayotchanlik, kasalliklarga chidamlilik, konstitutsiyasining mustahkamligi, sharoitga yaxshi moslashishi kabi hislatlarni yo„qotib qo„ymaslikka harakat qilish kerak. Zotdorlik – chatishma hayvonni olishda qatnashgan zotlarning nisbati bilan belgilanadi. Aniqlashda ota va onaning chatishma hayvon olishdagi tengligi inobatga olinadi. Barcha chatishtirish natijasida dastlab I bo„g„in chatishma hayvonlar olinadi, hokazo. Qon qo‘yish chatishtirishi. Ushbu chatishtirishning maqsadi zotni butunlay yangilash bo„lmasdan, uning alohida olgan bir xususiyatini yaxshilashdan iborat va zotning asosiy belgilari saqlanib qolinadi. Bu chatishtirish usulida belgisi yaxshilanuvchi zotga mos zavod erkak nasldor hayvonlari bilan 3-4 bo„g„in juftlanadi, natijada yaxshilovchi zot ta‟siri so„nadi. Kerak bo„lsa ushbu chatishtirish yana qaytarilishi mumkin. Jahonda ushbu usuldan ko„pchilik chorvachilik sohalarida foydalaniladi, otlarga sof zotli salt miniluvchi, go„shtdor qoramollarga shortgorn va gereford, sutdor mollarga golland, jundor qo„ylarga merinoslar qoni qo„yilgan. Zot yaratish chatishtirishi. Zot yaratish maqsadida ikki yoki bir necha zotlarni chatishtirishdan iborat. Maqsad bir-biriga mos zotlarni juftlash natijasida ularning mashhur belgilari asosida yangi sifatlarga ega hayvonlar olishni taqozo etadi. Bu jarayon murakkab, bo„g„in urg„ochi hayvonlar 3 zot erkak nasldor hayvonlari bilan, olingan urg„ochi hayvonlar 4 zot erkak nasldor hayvonlari bilan va hokazo, chatishma hayvonlar rejadagi natijani bersa ular «o„z ichida» urchitiladi. Iloji boricha bunday 35 chatishtirishda hayvon bosh ko„p bo„lishi qarindosh urchitishga yo„l qo„ymasdan, tizimlar shakllantirish imkonini beradi. Ushbu chatishtirish usulida turli hayvon va parranda zotlari yaratilgan. Ukraina ok cho„chqa zoti muallifi akademik M.F.Ivanov qo„yidagilarni e‟tiborga olgan: 1.Maqsadni aniq qo„yish va unga intilish; 2.Chatishtirish uchun mos zotlarni saylab olish; 3.Tanlash san‟ati, mos hayvonlarni juftlash; 4.Me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish; 5.Qarindosh urchitishdan oqilona foydalanish; 6.Ayovsiz puchakka chiqarish(90% gacha) asl hayvonlarni tanlab olish; 7.Kerakli bosh samarani ta‟minlash, yangi tizimlarni shakllantirish, qarindosh urchitishga majbur bo„lmaslik, dastlabki zotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik. Almashlab chatishtirish. Bu chatishtirishda ikki mos zot qatnashib, har bug„inda zotlar nasldor erkak hayvonlari almashib keladi. Ushbu chatishtirish usuli sermahsul, sharoitga yaxshi moslashgan, hayotchan hayvonlar olish, ya‟ni geterozis ishtirok etishni, ba‟zi hollarda yangi zot yaratishga imkon yaratadi.(anglo-normand ot zoti). Monand zotlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etib, chatishtirishda nafaqat sof urg„ochi hayvonlardan foydalanib qolmasdan, chatishma urg„ochi hayvonlardan ham foydalanish imkoniyati tug„iladi. Bunday chatishtirish chatishma hayvonlarning asl belgilarini o„zida aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ushbu chatishtirishda samaraga erishish uchun zootexnika hisob-kitoblarini to„liq yuritish kerak. Bu chatishtirish usuli ko„proq bug„inlar tez almashadigan-cho„chqachilik, qo„ychilik va parrandachilikda keng qo„llaniladi . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling