Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog‘in sigirlarni oziqlantirish
- Sigirlarni iydirish davrida qishki ratsionning tarkibi, to‘yimlilik bo‘yicha %.
- Sigirlarni yozda boqish.
- Buqalarni oziqlantirish
- Yosh qoramollarni oziqlantirish
- Tanalarni sut davridan keyin o‘stirish
Vazni yirik 6000-7000 kg sut beradigan bo„g„oz sigirlar 13-15 oziqa birligi yoki 150-170 Mdj energiya qabul qilishlari kerak. Bo„g„oz sigirlarni 100 kg tirik vazniga o„rtacha 2,1-2,4 kg quruq modda me‟yorlashtiriladi, 1 oziqa birligi tarkibida 110 g hazmlanuvchi protein talab etilib, ularga proteinni qoplash uchun oqsilsiz azotli birikmalar berish ta‟qiqlanadi, chunki ular bo„g„ozlikka salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Ratsionda uglevod va qand protein nisbati andoza talabida bo„lishi, kletchatka me‟yorda bo„lishi, kerak, aks holda katta qorinda oziqa hazm bo„lishi bo„ziladi. Bo„g„oz sigirlar ratsionida tuz va boshqa mineral moddalar va vitaminlar me‟yor talablariga to„liq javob berishi kerak. 95 Bug„oz sigirlarga beriladigan oziqalar sifatida alohida o„rin to„tadi, bo„zilgan, chirigan, mog„orlagan, nordon, shur, mo„zlagan oziqalar berish homila rivojlanishiga salbiy ta‟str ko„rsatadi. Bo„g„oz sigirlar ratsionining tarkibiy qismi sifatli pichan, bo„g„oz (dag„al xashaklarning 20-30%) somon beriladi. Bo„g„ozlik davrida ko„p silos, omixta yem va mineral qo„shimchalar sigirlarni to„g„ish qiyinlashishiga sabab bo„ladi.. Bo„g„oz sigirlarning har 100 kg tirik vazniga 2-2,5 kg pichan va somon; 100 kg tirik vaznga eng kamida 1 kg sifatli pichan berish kerak. Dag„al oziqalarga qo„shimcha har 100 kg tirik vaznga 1-1,5 kg sifatli senaj, 2- 2,5 kg sifatli silos, 1kg lavlagi, 1 boshga 1,5-2,0 kg yem beriladi. Eng ma‟qul yem omixta yem hisoblanadi, ularga kunjara va shrot berish tavsiya etilmaydi, chunki uning tarkibida homila uchun zahar gossipol moddasi mavjud. Bo„g„oz sigirlarning 2-3 marta oziqlantirish kifoya, bino va suv harorati 8- 10◦S pastga tushmasligi kerak. Bo„g„oz sigirlarning qishki ratsionidan yozgi ratsioniga sekin-asta o„tkazishi kerak. Yozgi ratsion asosan ko„k oziqalardan(boshoqli, dukkakli) tashkil topishi kifoya, faqatgina ko„k oziqalari bilan oziqlantirish me‟yorini qoplanmasa biroz yem qo„shib berish mumkin. Bo„g„oz sigirlarni alohida guruhlarda , quruq, issiq, tushama tushalgan binolarda saqlab, ularga albatta yayrash maydonchalari ajratiladi, qo„shimcha har kuni 2-3 soat sayr qildirishi kerak. Faol haydab sayr qildirilgan (2-3 km) bo„g„oz sigirlar homilasi yaxshi rivojlanib, yelin bez to„qimalariga ijobiy ta‟sir etib, sigir oson to„g„adi. Gunajinlarni oziqlantirishda yuqoridagi talablardan tashqari, ularning o„sishini ta‟minlashni ham inobatga olish kerak, yoki shu davrda ularning kunlik o„sishi 500- 600 g bo„lishi kerak(I.Maksudov, 1994). Sog‘in sigirlarni oziqlantirish. Sigirlarning sut mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Sigirlarning tirk vazni mahsuldorligi, semizligi, fiziologik holatiga qarab me‟yor asosida xo„jalikning oziqa imkoniyatlari asosida tuzilgan to„laqiymatli ratsionlar asosida boqishni tashkil qilish kerak. Sigir to„qqanidan keyin 10-15 kungacha to„liq ratsionga chiqariladi, to„qqanidan keyin birdan to„liq ratsionga o„tkazish organizmning, ayniqsa yelinning zuriqishiga va kasallanishiga sabab bo„lishi mumkin. Ko„pincha bu holat sersut sigirlarda og„riqli kechadi. Sigirlar to„qqanidan 10-15 kun keyin tug„im asoratlari ortda qoladi. Yelin shishi qaytadi, uni to„liq ratsionga o„tkazib, iydirish (razdoy) choralari ko„riladi. 96 Iydirish sigirlarning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Zootexnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Sigirlarni iydirish 2-3 oy davomida o„tkaziladi, chunki sigirlar shu davrda laktasiya davomida beradigan sutini 40-50% berib, sutini ko„paytirishga moyil bo„ladi. Iydirish uchun sigirning o„rtacha sut mahzsuldorligi aniqlanib, uning asosiy ratsioniga 2-3 oziqa birliga qo„shib beriladi, sigir sut bilan javob bersa yana 2-3 oziqa birligi qo„shib beriladi, bu hol toki sigir qo„shimcha oziqaga sut bilan javob bermagancha davom ettiriladi yoki sigirning eng yuqori imkoniyat sut mahsuldorligiga erishiladi. 2000-3000 kg sut beradigan sigirlarda iydirish orqali 800-1000 kg sut mahsuldorligini oshirish mumkin. Sermahsul 5000-6000 kg sut beradigan sigirlarda bu jarayon murakkabroq kechadi, yoki oziqlantirishga talab yanada ortadi. Iydirish davomida ko„pincha sigirlarning talabini ratsion to„lig„icha qondirilmasa sigir o„z tanasi oqsil, yog„, minerallar va vitaminlarini sarflashga majbur bo„ladi, ko„p hollarda ozib ketadi. Tug„ishga me‟yorda tayyorlangan sigirlarda iydirish oson kechadi. Sigirlarni iydirishning qo„shimcha omillari bo„lib, sigirlarni sayr qildirish (2-3 km ga), yelinini massaj qilish, mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi. Sigirlar bog„lab boqilgan dag„al va shirali oziqalar umumiy, lavlagi va yem har sigirga mahsuldorligiga qarab yediriladi. Sigirlarni bog„lamasdan saqlanganda ularni oziqlantirish guruhlab o„tkaziladi, ya‟ni sigirlar yoshi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab oziqa guruhlariga bo„linadi, ularga hajmi oziqalar umumiy yosh esa sog„ish zallarida sutining miqdoriga qarab me‟yorlashtiriladi. Sigirlar qishki ratsioni pichan, somon, senaj,silos, ildizmevalar, sanoat chiqindilari(bor joylarda), yemdan tashkil topadi. 2.4.1.2. jadval Sigirlarni iydirish davrida qishki ratsionning tarkibi, to‘yimlilik bo‘yicha %. Oziqalar Kunlik sogim, kg 10 15 20 30 Dag„al oziqalar 14-20 16-19 15-16 10-11 Shirali oziqalar 70-75 65-70 60-70 50-55 Shu jumladan: silos 60-65 55-60 45-50 30-35 Ildizmevalar 10-15 12-15 13-15 15-20 Yem oziqalar 10 gacha 15 gacha 20 gacha 35-40 gacha. Yozgi ratsionlar asosan ko„k oziqalar va yemdan iborat bo„ladi. Sermahsul sigirlarni sog„ish zallarida sogilganda 6-8 minut davomida 2,0-25 kg yem iste‟mol qilib,ikki sog„imda 4,0-5,0 kg, uch marta sog„ilganda 6-9 kg yem iste‟mol qilinadi. 97 Sog„in sigirlarni oziqlantirganda ratsionning to„yimligi va uning tarkibidagi quruq moddasi inobatga olinadi. Sigirlar iydirish davrida ratsionni to„yimli moddalar bilan boyitish maqsadida ba‟zan yem nisbati biroz oshiriladi. Yoki shu davrda (100 kun) 2000-3000 kg sut beruvchi sigirlarning 1 kg suti uchun 240-260 g yem; 4000 kg sut beradiganlariga 290-310 g; 5000 kg va undan ko„p sut beradigan sigirlarga esa 380-400 g yem beriladi. Ratsion albatta me‟yordagi makro va mikroelementlar, hamda vitaminlar bilan to„liq ta‟minlanishi shart. Qand – protein nisbati 1:0,9-1,1 bo„lishi, kraxmalning- qandga nisbati 1:1,3- 1,5 bo„lishi kerak. Sog„in sigirlar ratsioni 2-3 kg sutni ko„paytirish imkoni bilan beriladi. Oziqlantirish me‟yori voyaga yetgan, o„rta semizlikdagi sigirlar uchun hisoblanadi. Shu bois semizligi past sigirlarga iydirish davrida qo„shimcha 1,5-2,0 oziqa birligi qo„shib beriladi. Sigirlar ratsionidagi oziqalarni aralashtirib yedirish yaxshi natijalar beradi. Iydirish (100 kun) davri tugagandan keyin har oy sut 8-10% kamayib, shuning uchun ratsion to„yimliligi 3-4% kamaytirib boriladi. Shu davrda oziqlantirish yuqori sut mahsuldorligi va iydirish davrida sarflangan to„yimli moddalarni o„rnini qoplashni ko„zda tutish kerak, chunki iydirish davrida sigirlar kuniga 500-600 g vazn yo„qotishlari mumkin. Iydirishdan keyin sigirlar ratsioni sut mahsuldorligiga qarab oyda 2-3 marta o„zgartirib boriladi. Bu davrda asosan xo„jalikda yetishtirilgan oziqalar ko„proq foydalanish yaxshi samaralar beradi. Sigirlarni yozda boqish. Sigirlarni oziqlantirish O‟zbekiston sharoitida bahor, yoz va ko„z oylarida ko„k oziqalar hisobiga amalga oshiriladi, chunki respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti 8-9 oy ko„k oziqalar yetishtirish imkonini beradi(asosiy, oraliq, takroriy ekinlar.). Ko„k oziqalar quruq moddasi to„yimliligi yuqori o„simlik turi, vegetatsiya davri va o„simlik qismlariga bog„liq. Ko„k oziqalarning 1 oziqa birligida protein bedada – 170, makkajo„xorida-60, javdarda- 70-80 g ni tashkil qiladi. Ko„k oziqalar quruq moddasi tarkibida yog„ kam bo„lib 4% ni tashkil etadi. Kletchatka miqdori kuruq modda tarkibida o„tni yigishtirishda uning vegetatsiya fazasiga bog„liq va 18-30% ni tashkil, ya‟ni yosh o„tlarda kletchatka kam, davr o„tishi bilan poya qotib kletchatka ko„payib boradi. Ko„k o„tlarda azotsiz ekstraktiv moddalar yuqori bo„lib quruq moddasining 40-45% ni tashkil qiladi. Sigirlarning mineral moddalarga talabini qondirish uchun ko„k oziqalar quruq moddasi tarkibida: kaliy 1,2-2,8%, kalsiy 0,4-0,8%, magniy 0,12-0,26, fosfor 0,35- 98 0,40%, temir 50-100 mg/kg, marganes 40-200, mis 4-8, rux 20-80, kobalt 0,25-0,8, molibden 0,5-3 mg/kg bo„lishi kerak. Ko„k oziqalar tarkibida karotinoid-provitamin A, tokoferol(vitaminE), V guruh vitaminlar yetarlicha bo„lib, V12 va S vitamin bo„lmaydi. Ko„k oziqalar hazmlanish darajasi yuqori hisoblanadi, quruq moddasi 76-66; organiq moddalar 80-60; protein 75-65; yog„ 50-35; kletchatka 75-55; va AEM 80- 70% ni tashkil etadi. Sog„in sigirlar ko„k oziqalar ularning sut mahsuldorligiga, o„t namligiga qarab beriladi. Bo„g„oz sigirlar ko„k oziqalar bilan 11 kg quruq modda 1 boshga: 10 kg sut beradigan sigir 14 kg; 20 16,5 va 30 kg sut beradigan sigir 18,5 kg qabul qiladi. O‟rtacha har bir sigir 50-60 kg ko„k oziqa iste‟mol qiladi, uni 3-4 bo„lib berish mumkin, chunki ko„k oziqalar o„rilgandan keyin 3-4 soat saqlansa ular buzilmaydi. Ko„k oziqalar hayvon tabiatni va tarqatish texnikasiga moslanib maydalab yediriladi. Ko„k oziqalar tarkibida protein miqdorining ko„pligi hisobga olib qand protein nisbatini ta‟minlash uchun tarkibida protein ham oziqalarni kiritish mumkin. Buqalarni oziqlantirish. Buqalarni oziqlantirishda ularning tirik vazni yoshi, semizlik darajasi, foydalanish davriga qarab energiya, to„yimli moddalar,minerallar va vitaminlarga bo„lgan me‟yor talablarini to„liq qondirishni ta‟minlash kerak. Buqalarga iloji boricha hajmi kichik, to„yimli oziqalar berish uning jinsiy faolligiga garov bo„ladi. Urug„ining sifati esa buqalarni me‟yorda protein, mineral moddalar va vitaminlar bilan ta‟minlanishiga bog„liq. Ularning semizlik darajasi (zavod) oziqlantirish orqali nazorat qilib boriladi. Shu bois oriq va yosh buqalarga kuniga 1-1,5 oz. birligi qushib beriladi. O‟rtacha buqaning 100 kg tirik vazni hisobiga qochirish mavsumidan oldin 0,8-1,1 oz. birligi, yoki 8,3 – 12,6 Mdj almashinuvchi energiya; o„rtacha foydalanganda 0,9-0,12 oz. birligi,yoki 8,9- 22,6 Mdj almashinuvchi energiya; jadal foydalanganda esa 1,0-1,3 oz. birligi, yoki 10,6-16,2 Mdj almashinuvchi energiya beriladi. 1 oz. birligi tarkibida qochirishda foydalanilmagan davrda 100 g, o„rtacha foydalanilganda 125 g, jadal foydalanilganda 145 g hazmlanuvchi protein beriladi. Ratsion quruq moddasi tarkibida qand qochirishda foydalanilmaganda 7%, o„rtacha foydalanilganda 9,4 va jadal foydalanilganda 12,4%. qandning kraxmalga nisbati 1:1,1-1,2, qand protein nisbati 1:0,8-1,2 bo„lishi kerak. Quruq modda tarkibida kletchatka 20-25 % ni tashkil etishni talab qilinadi. Buqalarni oziqlantirishda ratsionning to„laqiymatligi doimo nazorat qilib boriladi, kerak paytda unga o„zgartirishlar kiritiladi. Buqalar 100 kg vazniga bir sutkada: qishda pichan 0,8-1,2 kg, silos yoki senaj 0,8-1kg, ildizmevalar 1,1,5 kg, don 0,2-0,5 kg va yozda ko„k oziqalar 2-2,5 kg, pichan 0,4-0,5 kg, yem 0,2-0,5 kg berish tavsiya etiladi. 99 Yosh qoramollarni oziqlantirish. Qoramollar podasini sermahsul, baquvvat, sog„lom, mustahkam konstitusiyali hayvonlar bilan to„ldirishining asosini yosh nasldor qoramollarni o„stirish hisoblanadi. Uning asosini oziqlantirish tashkil qiladi. Yosh qoramollarni oziqlantirish xo„jalikning yo„nalishi, oziqalar bilan ta‟minlanganligi, iqtisodiy talablar asosida quriladi. Qoramollarning yosh paytida jadal o„stirish, oshqozon-ichak tizimini hajmi bo„lishini ta‟minlash samarali hisoblanib, kelgusida sermahsul hayvonlar yetishtirishga garov bo„ladi. Yosh qoramollar vazn o„sishi tarkibi yoshi ulgayishi bilan o„zgarib boradi. Sut davrida buzoq vazni tarkibida ko„proq suv, protein va kam miqdorda yog„ to„planadi; keyingi davrlarda suv nisbati kamayib yog„ nisbati ortib boradi. Yosh qoramollarga beradigan oziqalar hayvonning hayotini saqlash va kunlik o„sishni ta‟minlashdan iborat bo„ladi. Yosh qoramollarning energiyaga bo„lgan talabi yoshi, jinsi, o„rtacha kunlik vazn ortishiga qarab 24 ko„rsatgich bo„yicha detallashtirilgan me‟yor asosida oziqlantiriladi. Erkak nasldor tanalarining kuniga 850-950 g vazn qo„shishi, 16 oyligida 450-500 kg, urg„ochi tanalarining esa 500-600 g vazn qo„shishi 18 oyligida 300- 350 kg bo„lishini ta‟minlashi shart. Yosh qoramollarni yoshi ulg„ayishi bilan energiyaga bo„lgan talabi ortib boradi , 1-3 oyligida 1 kg vazn ortishiga 3,0- 4,2 oz. birligi; 7-9 oyligida - 6,3-7,4 oz.birligi; 13-18 oyligida esa 9,5-12,3 oz.birligi talab etiladi . 100kg tirik vazniga esa yoshi ulg„ayishi bilan quruq modda sarfi kamayib boradi urg„ochi tanalarda 7-12 oyligida 2,4-3kg ,13-18 oyligida -2,1-2,5kg; erkak tanalarda esa 7-12 oyligida -2,2-2,8kg, ,13-16 oyligida esa 2,0-2,2 kg ni tashkil etadi. Yosh qoramollarning oziqlanishi xususiyati yoshi ulg„ayishi bilan o„zgarib boradi. Yosh qoramollarni o„stirish 3 davrga bo„linadi: yangi tug„ilganlik davri- hayotning birinchi 10-15 kuni; sut davri-4-5 oylikkacha ; sut davridan keyingi davr- 16-18 oyligigacha, shu davrga kelib urg„ochi tanalar jismoniy balog„atga erishadi. Yaxshi rivojlangan erkak nasldor buqachalarni 12-14 oyligidan podani qayta tiklashda foydalanish mumkin. Yosh qoramollarni me‟yorda protein bilan ta‟minlash ularning o„sish va rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi . Hayvon hayotini saqlab turish uchun 100kg tirik vazniga 60g hazmlanuvchi protein ,1kg vazn ortishi uchun esa 500g hazmlanuvchi protein iste‟mol qilish kerak. Ikki oyligigacha buzoqlar asosan sut mahsulotlari va iste‟mol qilib, keyin uni nisbati kamaytirilib o„simlik oziqalar ko„paytiriladi, chunki old oshqozonlar rivojlanib mikroorganizm va info„zoriyalar o„simlik proteinlardan to„laqiymatli oqsillar sintez qila boshlaydilar. 100 3 oylikgacha ratsion tarkibidagi quruq modda tarkibida 6-12%, 4-6 oyligida 16-18%, 7-12 oyligida 20-22% va 13-24 oyligida 22-24% kletchatka bo„lishi talab etiladi. Quruq modda tarkibida qand 3 oyligida 15-16,5%, 6 oyligida 8,0-9,5%, 7-12 oyligida 6,5-9,0, 13-24 oyligida esa 6,5-8,5 %ni tashkil qiladi, yoki quruq modda tarkibida kletchatka nisbati ortib qand miqdori kamayib boradi. Buzoqlarga ichiriladigan sutning tarkibidagi yog„ning miqdori 3,5-4,0% bo„lishi kerak. Turli xo„jaliklarda 1 bosh bo„zoqqa sarflanadigan sut yog„ining miqdori 8-18 kg ni tashkil qiladi. Buzoqlarning yoshi ulg„ayishi bilan yog„ga bo„lgan talab oshadi. Bir oyligida ratsion quruq moddasida 22-24% yog„ bo„lsa, 6 oyligida 5,0-5,5%. Undan keyingi yoshlarda esa 3% dan oshmaydi. Yosh qoramollar vazn oshishi tarkibida 4% mineral moddalar tashkil qiladi. 6 oyda buzoqlar tanasida 6, bir yilda 9-10 kg mineral moddalar to„planadi. Sut tarkibidagi mineral moddalar yaxshi o„zlashtiriladi(86-97%). Yosh qoramollarni oziqlantirishda mikroelementlar alohida o„rin tutadi ular modda almashinuvi, mahsuldorlik, oziqalar hazm bo„lishi va o„zlashtirilishiga ta‟sir etadi. Mikroelementlarga bo„lgan talabini qondirish uchun ratsionning 1 kg quruq moddasi hisobiga 50-80 mg temir, 5-10 mg mis, 30-60 mg rux, 30-60 mg marganes, 0,4-0,7 mg kobalt va 0,2-0,6 mg yod to„g„ri kelishi kerak. Yosh qoramollarning me‟yorda o„sishi ular ratsionida yetarli miqdorda Ava D vitaminlari, hamda old oshqozonlarida mikroorganizmlar faoliyati yetarli bo„lmaganda B guruh vitaminlari bo„lishi talab etiladi. Vitaminlar manbai bo„lib sut davrida, keyin o„simlik oziqalari hisoblanadi. 6 oylikkacha 1 kg ratsion quruq moddasi tarkibida 26-37 mg, undan keyingi davrda esa 22-25 mg dan kam bo„lmagan vitamin A bo„lishi kerak. Qo„yosh nurida yayratilmagan buzoqlar 2-3 oydan keyingi raxit kasalligiga uchraydi. Shu bois yoz oylarida 8 soatdan kam bo„lmagan yayratish, qish paytida esa ratsionga qo„shimcha 0,6-0,9 ming XB vitamin D 6 oylikkacha, keyinchalik esa 0,4-0,5 ming XB berib turiladi. Sut davrida 6-8 kun onasining ugiz suti , keyin umumiy qaymog„i olinmagan sut beriladi. Sut davrida o„sish jadalligiga qarab urg„ochi buzoqlarga 180-350 kg qaymog„i olinmagan va 200-600 kg qaymogi olingan sut ishlatiladi. Iloji bor xo„jaliklarda qaymog„i olinmagan va olingan sutni tejash maqsadida sun‟iy sut ichirish yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari buzoqlarga sut chiqindilari (ayron, zardob) berish ularning o„sish va rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 15-20 kunlikdan buzoqlar o„simlik (sifatli pichan), yem va 1 oy oxiridan boshlab shirali oziqalar yeyishga o„rgatiladi. Ular keyichalik o„simlik oziqalariga erta o„rgatilsa oshqozon-ichak tizimining jadal rivojlanishiga sabab bo„ladi. 101 Ko„proq sut va yem oziqalar berish esa ularning rivojlanishini susaytiradi. Barvaqt pichan berish ularda kovsh qaytarilishini 20-25 kunda paydo bo„lishini ta‟minlaydi, vaholanki 1,2-2 oyligida ular kunning 4-5 soati kovsh qaytarishga sarflaydi. Buzoqlarni yoshligidan shirali oziqalarni yeyishga o„rgatish kerak. 2-3 oylikdan buzoklarga sifatli 6 oy mobaynida silos, senaj, lavlagi, yozda esa ko„q o„tlar yediriladi. Buzoqlarni qat‟iy xo„jaliklarda qabul qilingan tartib asosida oziqlantiriladi. Sut va sut oziqalari buzoklarga 37-39 ◦S haroratda ichiriladi, sovuq holda ichirish oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Sut oziqalari buzoq oshqozoniga kichik qismlarda tushishi kerak, birdan ko„p ichsa sut shirdonda ivib keyin hazmlanadi. Buzoqlarda oziqalar hazmlanishi yaxshi bo„lishi uchun ularni me‟yordan ko„p oziqlantirmaslik va yangi oziqalarni sekin – asta kiritish kerak. 6 oy mobaynida urg„ochi buzoqlarga 180 dan 350 kg gacha qaymog„i olinmagan va 200-600 kg qaymog„i olingan sut ichirish rejalashtiriladi. Ko„pchilik xo„jaliklarda sut o„rniga sun‟iy sut ichirish mumkin(21-24 kg quruq kukun). Buzoq yoshi ulgayishi bilan sut oziqalarining nisbati ratsionda kamaytirib, yem va hajmli oziqalar ko„paytirib boriladi. Sutning 1 kg quruq moddasida 2,7-2,9 oziqa birligi bo„lgani holda, yem quruq moddasida esa 1,1-1,3 oziqa birligi bor holos, shuning uchun ratsion to„yimliligini ta‟minlashda ushbu holni inobatga olish kerak. Dastlab buzoqlarga donlar aralashmasidan yem qilib berish, yoki zavodlar chiqargan omixta yem berish mumkin. Bunday omixta yemning 1 kg da 1,26 oziqa birligi, 180 g hazmlanuvchi protein bo„ladi. Oziqlantirish sxemasiga binoan buzoqlarga 6 oylikkacha 260 kg pichan, 400 kg silos yoki shunga teng to„yimlilikda senaj, 160-180 kg yem sarflanadi. Yoz paytida esa pichan, senaj, silos urniga ko„k oziqalar yediriladi. Nasldor erkak buzoqlarni o„stirishda kuniga 750-1000 g semirishini ta‟minlash kuzda tutiladi, 6 oyda bir boshiga 320-450 kg qaymog„i olinmagan, 600-1000 kg qaymog„i olingan, 220-230 kg pichan, 200 kg silos, 100-200 kg lavlagi va 195-200 kg yem; yozda esa pichan, senaj, silos, lavlagi urniga 800-900 kg ko„k oziqa beriladi . Tanalarni sut davridan keyin o‘stirish. Bu davrda oziqlantirish erkak va urg„ochi tanalarni me‟yordagi o„sish va rivojlanishini ta‟minlashga qaratiladi. Ratsion tarkibi energiya, protein, mineral va vitaminlar bilan ta‟minlanishi zotga xos tez yetiluvchanlik tanalar o„stirish imkonini beradi. 6 oylikdan keyin detallashtirilgan ratsionlar hayvon yoshi, jinsi va kunlik vazn qo„shishni hisobga olib tuziladi. Ratsionlar har bir guruhga har oy uchun tuziladi, unda albatta o„stirilayotgan sigirlar vazni inobatga olinadi, 400-450; 500-550; 600-650 kg . 102 2.4.1.3.Jadval 500- 550 kg tirik vazndagi sigirlar o‘stirish uchun urg‘ochi naslli tanalarni oziqlantirish me’yori, 1 boshga bir kunda Ko„rsatkichlar Yoshi, oy 7 9 12 18 Oziqa birligi 4,0 4,4 5,0 5,8 Almashinuvchi energiya, mDj 33,6 38,6 46,1 57,9 Quruq modda, kg 4,5 5,4 6,1 7,3 Xom protein, g 575 670 715 800 Hazmlanuvchi protein, g 395 435 465 520 Xom kletchatka, g 945 1190 1340 1605 Kraxmal, g 510 565 605 675 Qand, g 346 390 420 470 Xom yog„. g 240 255 280 325 Osh tuzi, g 23 27 32 42 Kalsiy, g 33 36 41 49 Fosfor, g 20 21 24 30 Magniy, g 9 12 15 20 Kaliy, g 32 39 47 58 Oltingugurt, g 13 16 21 24 Temir, mg 270 325 365 440 Mis, mg 36 43 49 58 Rux,mg 200 245 275 330 Kobalt, mg 2,9 3,5 4,0 4,7 Marganes, mg 225 270 305 365 Yod, mg 1,3 1,6 1,8 2,2 Karotin,mg 115 130 145 185 Vitamin D (kalseferol)MingXB 2,5 2,8 3,5 5,1 vitaminE(tokoferol), mg 180 215 245 290 Urg„ochi tanalar 7 oyligidan 18 oyligigacha 1 kg vazn qo„shishi uchun yoshiga qarab 6 dan 11 gacha oziqa birligi sarflaydi. Ug„ochi tanalar 6-12 oyligida 100 kg tirik vazni hisobiga 2,4-3 kg, 13-18 oyligida 2,1-2,5 kg quruq modda sarflaydi. 1 kg quruq modda tarkibidagi 0,7-0,9 oz. birligi bo„lishi talab etiladi, yoshi ulg„ayishi bilan energiya nisbati pasayib boradi. Hazmlanuvchi proteinga bo„lgan talab ham yoshiga qarab o„zgarib boradi, 7-9 oylikda 1 oziqa birligida 100 g, 10-12 oyligida 95-100 g, 13-18 oyligida esa 90-95 g talab etiladi. Yosh qoramollar ratsioni quruq moddasi tarkibidagi xom kletchatka 7-12 oyligida 21-22% bo„lgani holda, 13-18 oyligida 23-24% tashkil etadi. Qand-protein nisbati 0,8-1 bo„lishi kerak. 103 Ratsion quruq moddasi tarkibida yog„ 3% dan kam bo„lmasligi kerak. Ayniqsa tanalarni o„stirishda mineral moddalar va vitaminlar me‟yor talablariga javob berishi kerak, aks holda o„sish va rivojlanishga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ular yetishmagan qismi oziqalarga qo„shib yediriladi. 7-8 oylik tanalar ratsioni asosan pichan, silos va senajdan tashkil topadi, pichanning bir qismini sifatli somon bilan almashtirsa bo„ladi. Urg„ochi tanalar 100 kg tirik vazni hisobigi 2-3 kg pichan, 5-6 kg silos iste‟mol qiladi. 6-12 oyligida har bosh tana 7-8 kg senaj, bir yoshdan keyin 15 kg senaj iste‟mol qilish, ya‟ni silos o„rni almashtirilishi mumkin. Kunlik 600 g gacha vazn qo„shishini hajmli oziqalar hisobiga olsa bo„ladi, undan ko„p vazn olish uchun ratsionga albatta yem kiritilishi kerak. Yem ratsion to„yimligini 15-25% ni tashkil qiladi . Yozda esa urg„ochi hayvonlar tanalari yaylovlarda yoki ko„k oziqa bilan boqish ularning o„sish va rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Ular 7-9 oyligida 18-20, 10-12 oyligida 22-26, 13-15 oyligida 26-30, 16-18 oyligida 30-35 kg ko„k oziqa iste‟mol qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling