Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Siloslanadigan massaning bir tonnasiga konservantlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Senaj tayyorlash
- Ildiz va tuganak mevali oziqalar
- Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi
- II.4 Turli qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarni oziqlantirish II.4.1.Qoramollarni oziqlantirish.
Siloslanadigan massaning bir tonnasiga konservantlar qo‘shish me’yori. Konservantlar Konservantlar me‟yori Oson siloslanadigan Qiyin siloslanadigan Siloslanmaydigan Chumoli kislotasi,kg 3 4 5 Benzoy kislotasi, kg 3 3 4 Propion kislotasi,l 3 4 5 Uksus kisotasi, l 4 5 6 Natriy piosulfat, kg 4 5 6 Past molekulyar kislotalar, kg 4 4 6 Senaj tayyorlash - buning uchun dukkakli o„simliklar(beda, yunguchka, tabiiiy o„tlar ) namligi 45-55% bo„lganda maydalab xandaklarga bosiladi. O„tlar me‟yordagi vegetatsiya davrida o„riladi. O‟tlar kosilka yoki jatkalarda O‟rib qoldiriladi, namligi 45-55% ular marza qilib (valyok) uchun qilib to„planadi va kombaynlar («moral-17») tomonidan 2-3 sm qilib maydalanadi va telejkalarga ortiladi. Telejka xandakka ag„daradi, u tekislanib og„ir zanjirli traktorlar bilan to„xtovsiz shibbalanadi, qaysiki maydalangan o„t orasida havo qolmasin. O‟simlik tanasida namlik 45-55% bo„lganda bog„langan namlik hisoblanib undan mikroblar foydalana olmaydilar, natijada na mikrob,na zamburuq„ rivojlanadi, natijada o„t o„zining xususiyatlarini va to„yimliligini saqlaydi. Senaj xandaki to„lgandan keyin xuddi silosdek kumiladi. Ildiz va tuganak mevali oziqalar maxsus omborlarda saqlanib, u yerda mu‟tadil harorat va namlik yaratib beriladi. Bunday omborxonalar bo„lmagan xo„jaliklarda lavlagi uralar yoki burtlarda saqlanadi. 2.3.5.Jadval Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi S ifa t kl assi O‟t talqoni Pichan Senaj Silos Ozuqa birligi Hazmla- nuvchi protein, g Ozuqa birligi Hazmla- nuvchi protein, g Ozuqa birligi Hazmla- nuvchi protein, g Ozuqa birligi Hazmla nuvchi protein, g I 0,71 115,2 0,49 42,5 0,33 34,0 0,19 15,0 II 0,60 99,1 0,40 34,7 0,27 27,8 0,15 11,8 III 0,50 81,8 0,30 26,0 0,20 20,6 0,10 7,9 Klas siz 0,35 57,6 0,20 17,3 0,14 14,4 0,07 5,5 88 Burtlarga lavlagi eni 3-5 m, balandligi 2-3 m qilib terib taxlanadi, har 3-4 metrda havo kirish moslamalari qo„yiladi, usti somon, pohol yoki chang„aloq bilan yopib qo„yiladi. Sifat bo„yicha klassi pasayib borishi bilan oziqalarda to„yimlik nisbati ham kamayib boradi. Oziqalarni yedirishga tayyorlash. Har bir hayvon yoki parranda turiga beriladigan oziqa uning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yedirishdan oldin tayyorlanishi shart,bu tadbir oziqalarni xushxo„r bo„lishi bilan, ularning hazmlanishini yaxshilaydi. Dag„al oziqalar albatta maydalanib, ba‟zilari esa qo„shimcha ishlovdan keyin yediriladi. Chunki bu oziqalarning ko„pchilik qismini kletchatka (yog„ochsimon) moddasi tashkil qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. Shuning uchun somon va pohol albatta ishlovdan keyin hayvonlarga yedirilishi kerak. Ular asosan kovshovchi hayvonlarga yediriladi. Somon va pohol dastlab 2-3 sm qilib maydalanadi, sung yuviladi undan keyin 1% sungdirilgan oxak, yoki osh tuzi eritmasi qo„shiladi va xandaklarda 10-12 soat mobaynida(KV- 200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi. Mexaniq va kimyoviy jarayon natijasida kletchatka ancha yumshaydi, oziqa yeyish uchun qulay va xushxo„r bo„ladi. Buning uchun har bir fermer xo„jaligida dag„al xashaklarni ishlab beradigan kichik sexlar qurilishi taqozo etiladi. Somon va poholni ishlab berilsa, ular hayvonlar tomonidan to„liq yeyilmaydi ( nushxur chiqadi) hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun ko„p energiya sarflaydi, shuning uchun bunday davrlarda sigirlar oziq , mahsuldorligi pasayib ketadi. Silos, senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi. Ko„k oziqalar esa dalada 2-3 sm uzunlikda o„t urish mashinalari yordamida maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi. Ildiz va tuganak mevali oziqalar qoramollar uchun (PRK-5.) qurilmalirida yuvib, maydalanib yediriladi. Sigirlarga tozalangan lavlagini butunlay bermasa ham yaxshi iste‟mol qiladi. Cho„chqalarga tuganak mevalar( kartoshka ) albatta pishirib beriladi. Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. Don oziqalar asosan maydalanib yediriladi faqat cho„chqalarga donlar maydalanib, pishirib beriladi. Kichik parrandachilik korxonalari va fermer xo„jaliklarida parrandalar namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi. Fermer xo„jaliklarida qoramollarga yaxshi sharoit va mehnatni oqilona tashkil qilish maqsadida monokorm (bir xil) oziqa berish yaxshi natijalar bermoqda. Buning uchun oziqalar yem, silos, senaj, pichan, somon , lavlagi maydalanib(Volgar-5) yem bilan aralashtirilib 5-6 soat urab qo„yiladi. Natijada dag„al oziqalar yumshab, mayinlashib xushxo„r bo„ladi. Bunday oziqalar hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi. 89 Mehnatni tashkil qilish osonlashadi, har bir oziqani alohida tarqatish o„rniga monokormni bir kunda 2 marta yedirish mehnat va transport harajatlarini kamaytiradi. Qishloq xo„jalik hayvonlari parrandalarini meyorda oziqlantirish ularning (salomatligini) ko„payish qobiliyatini va mahsuldorligini ta‟minlashning garovi hisoblanadi. Hayvon va parrandalarni yetarlicha oziqlantirmaslik ularning ozib, ko„payish va mahsuldorligiga, salomatligiga salbiy ta‟sir etadi. Me‟yordan oshiqcha oziqlantirish ularni ortiqcha semirishga sabab bo„lib, ko„payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. Zootexnikaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan me‟yorda oziqlantirish hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi garovi hisoblanadi. Oziqlantirish me‟yori hayvonning sog„lom bo„lishi, ko„payish qobiliyati va mahsuldorligini ta‟minlash uchun zarur to„yimli moddalarga talabiga aytiladi. Me‟yor hayvon yoki parranda turi,yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga ko„ra o„rnatiladi. Hayvon va parrandalar talabi detallashtirilgan me‟yorlar 22-30 gacha ko„rsatkichga ko„paytirilgan. Oziqlantirish me‟yorlari hayvonlar ratsionini majmua baholashni talab etadi. Ratsion – hayvonlar salomatligi, yuqori mahsuldorligini va sifatini ta‟minlovchi, ularning to‟yimli va biologik faol moddalarga talabini qondiruvchi oziqa miqdori va sifatidir. Me‟yorda oziqlantirish hayvonlar turi, jinsi, yoshi, fiziologik holati, mahsuldorligiga ko„ra energiya, asosiy to„yimli protein, ayrim aminokislotalar, uglevod, yog„lar, mineral va vitaminlarni quruq moddalar tarkibida belgilangan miqdorda bo„lishini ta‟minlash. Turli tur, jins,yosh, mahsuldorligi ishlatish va saqlash sharoitlariga qarab energiyaga bo„lgan talabi har xil bo„ladi. Oziqalar energetik qiymati 1 kg oziqa quruq moddasining tarkibidagi almashinuvchi energiya, yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi . Oziqalardan olgan energiyani hayvonlar va parrandalar modda almashinuvi , tana harorati saqlash a‟zolari faoliyati va mahsulot ishlab chiqarishga sarflaydi. Oziqlantirish me‟yorlarida energiyaga talab umumiy qilib berilgan, aslida hayvonlarni hayotini saqlab turishi va mahsuldorligiga bo„linadi. Bir xil hayvonlarning turli mahsuldorligiga qarab energiyaga talabi o„zgaradi . Yuqori mahsuldorlik ko„p energiyani talab etadi. Sigirni hayotini saqlashi uchun kuniga 4,7 oz. birligi kifoya, 1 kg sut uchun 0,5 oz. birligi sarflanganda 10 kg sut beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi sigirga esa 14,7 oz. birligi talab etiladi. Sigirlar mahsuldorligi ortishi bilan hayotini saqlab turishi va mahsuldorligi uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin. 90 Hayotini saqlab turish bo„lgan energiya asosan tirik vaznga bog„liq, vazni kichik hayvonlar kamroq energiya sarflaydi,shuning uchun sutdor qoramolchilikda bu ko„rsatkichga e‟tibor beriladi(sutdorlik koeffitsienti). Hayvonlar energiya bo„lgan talabi , ob-havo, oziqlantirish, saqlash foydalanishga qarab o„zgarishi mumkin. Hayvon va parrandalar me‟yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy samara beradi. Sigirlar 1 kg 4% yog„ligidagi sut ishlab, chiqarishlari uchun 0,5 oz. birligi, 5,7 mDj almashinuvi energiya, yosh qoramollar esa 1 kg vazn qushishiga 5 oz. birligi yoki 57 mDj sarflaydi. Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirishda quruq modda va uning sifati muhim o„rin to„tadi. Quruq modda iste‟mol qilinishiga oziqa sifati va uning yedirishga tayyorlash, hayvonning mahsuldorligi va fiziologik holati, quruq moddada almashinuvchi energiyaning yigindisi va ratsion turiga bog„liq bo„ladi. Ratsion tarkibi – alohida va bir guruh oziqalarning to„yimligi bo„yicha foizdagi ifodasiga aytiladi . Hayvonlarning quruq moddalarga talabi bir oziqa birligiga yoki 100 kg tirik vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi. Oziqalar tarkibida kletchatkani mo„l bo„lishi uning hazmlanishini qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi. Kletchatka miqdorini kam bo„lishi kovshovchilarga oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Kletchatka miqdori talablar darajasida hayvonning oshqozon-ichak tuzilish biologik xususiyatlariga yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga mos tushishi kerak. Oziqalardagi almashinuvchi energiya va kletchatka o„rtasida uzviy bog„lanish bor. Eng muhim ko„rsatkich oziqa quruq moddasi tarkibidagi protein miqdoriga bog„liq. Ratsionda uning yetishmasligi to„yimli moddalar samaradorligini ta‟minlamaydi, oziqalar sarfi 20-50% ortib ketadi proteinga talab turli hayvonlarda yoshda va fiziologik holatda o„zgaradi. Sogin va bug„oz sigirlar, nasldor erkak hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi. Qishloq xo„jalik hayvonlari ratsioni xom va almashinuvchi protein , parrandalarda esa xom protein bo„yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 1 oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi. Kovshovchi hayvonlarda protein va uning katta qorinda erishi oqsilsiz azotsiz birikmalari nisbati inobatga olinadi. Katta qorinda bakterial oqsil hosil bo„lishi, kovshovchilarda ratsionlarni aminokislotalar bilan tenglashtirish shart emas. Kovshovchilarda ratsion barcha to„yimli moddalar bilan tenglashtirilganda proteinga bo„lgan talabni 25-30% oqsilsiz azotli birikmalar hisobida qondirilishi mumkin. 91 Cho„chqalarda xom va hazmlanuvchi proteindan tashqari lizin,metionin va sistin nazorat qilinadi. Parrandalar ratsioni protein bilan birga asosiy o„rindi almashmaydigan aminokislotalar lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, valin va glisin bo„yicha tenglashtirilishi shart. Kovshovchilar qand va kraxmal protein bilan ma‟lum nisbatda bo„lishi kerak, yoki qand - protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi. Xom yog„ qoramollarda 20 kg gacha, yosh cho„chqalarda va parrandalarda tenglashtiriladi. Parrandalarda albatta o„rni almashmaydigan yog„ kislotalari ham nazorat qilinadi. Mineral moddalar hayvonlar ratsionida ularning turi,yoshi, jinsi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab tenglashtiriladi, makro va mikro elementlar me‟yorlashtiriladi. Barcha qishlok xo„jalik hayvonlari ratsionlari osh tuzi , kaliy va fosfor, qoramollar ratsioni qo„shimcha magniy,kaliy, oltingugurt, qo„ylar ratsioni magniy va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi. Mikroelementlardan temir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga olinadi. Barcha mineral moddalar me‟yor talablari darajasida bo„lishi shart, uning kam yoki ko„p bo„lishi modda almashinuviga salbiy ta‟sir qilib hayvonlar mahsuldorligi va salomatligini pasaytirib yuboradi. Turli qishloq xo„jalik hayvonlarining vitaminlarga talabi farqlanadi. Qoramollarda – karotin, vitamin D, Ye; qo„ylarda – karotin, vitamin D,ko„chkorlarga qushimcha Ye vitamini; cho„chqalarda karotin A, D, Ye va B guruh vitaminlari; otlarda – karotin, A, D 3 , Ye, B 1 , B 2 ,B 3 , B 4 , B5, B 6 , Bs, B 12 vitaminlari; parrandalarda A, D, Ye, K, B 1 , B 2 ,B 3 , B 4 , B 5 , B 6 , B s , B 12 va S vitaminlari me‟yorlashtiriladi. Har bir jins va yoshdagi hayvonlar guruhlariga me‟yor chegarasida hafta yoki 10 kunga ratsion tuziladi, chunki shartlar ish muddatda o„zgarishi mumkin, ya‟ni hayvon holati, yoki oziqa turi. Qishloq xo„jalik hayvonlari uchun muayyan sharoitda tenglashtirilgan va tenglashtirilmagan ratsionlar tuziladi. Tenglashtirilgan ratsion barcha me‟yor ko„rsatkichlarini ta‟minlab, belgilangan mahsuldorlikka erishadi. Ratsion tuzganda oziqalar sifati va yeyilishini inobatga olish kerak, aks holda hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi. Ratsionda ayrim tur oziqalar nisbati uning tipi deyiladi. Ratsion tipi, hayvon turi,yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligi hamda mahalliy oziqalarni inobatga olgan holda belgilanadi. Qaysi oziqa nisbati ko„p bo„lsa shu oziqa nomi bilan nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo. Turli hududlarda iqlim, tuproq, oziqalar turi, hayvonlar turi va mahsuldorligiga qarab aniq oziqlantirish tizimi yaratilishi kerak, unda asosan xo„jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni ko„zda tutish kerak. 92 Me‟yorlashtirilgan oziqlantirishning asosiy maqsadi har bir guruh hayvonni me‟yorlar asosida oqilona oziqlantirish bilan yuqori mahsuldorlikka erishish, hamda ularni turli yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olishni taqozo etadi. Oziqalar sifati andozalar hamda laboratoriya tahlillari asosida belgilanadi. Shu bois har bir katta guruh(g„aram, xandak) oziqalarni yedirish boshlanishidan oldin laborator tahlilidan o„tkazish tavsiya etiladi. Oziqalar to„laqiymatliligi hayvonlarning yuqori mahsuldorligi, sog„ligi va yuqori darajadagi ko„payish qobiliyatida o„z aksini topadi. Oziqlantirishning to„laqiymatligi yana hayvonlarning ushbu oziqalarni ishtaha bilan yeyishiga bog„liq, hayvonlarga suv ,tuz yetishmaganda ishtahasi yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo„ladi. Ratsion to„laqiymatliligini hayvonlar qoni chiqindilari va mahsulotlarini bioximik tahlili asosida xulosalar qilishi mumkin. Hayvonlarda protein almashinuvi buzilishining belgisi qonda oqsil va uning fraksiyalari, gemoglobin va metagemoglobin, mochevina paydo bulishidan anglash mumkin. Qonda glyukoza va glikogenning kamayishi uglevod almashinuvi buzilishidan dalolat bo„ladi. Yog„ almashinuvi buzilishi qonda keton tanalarini sonini me‟yoridan ko„payib ketishiga sabab bo„ladi. Mineral moddalar me‟yori buzilishini qonning kislota-ishqor nisbatidan bilib olsa bo„ladi. A- vitamin bilan ta‟minlanganlikni qonda, sutda va tuxumda karotin va A vitamini borligiga qarab aniqlanadi. Urg„ochi hayvonlarda A vitaminni yetishmovchiligi jinsiy faoliyatga salbiy ta‟sir ko„rsatib, otalanish qiyinlashadi. Erkak hayvonlarda A va Ye vitaminning yetishmasligi jinsiy faoliyatining susayishi, urug„ hajmining kamayishi va urug„da patologik jarayonlarda kuzatiladi. Yosh hayvonlarda karotin va V vitamini yetishmaschligi oziqa hazm qilishni buzadi. Tuxumlaydigan tovuqlar ratsionida vitaminlar yetishmasligi tuxumning inkubatsiyalanish sifatlariga, jo„ja chiqishi va saqlanuvchiligiga salbiy ta‟sir qiladi. Ratsionlarni doimiy tahlil qilib borish uchun hayvonlar qoni va mahsulotlarining muntazam biokimyoviy tahlil qilib borish, zarur hollarda tezkor choralar, ya‟ni ratsionlarga o„zgartirishlar kiritish talab etiladi. II.4 Turli qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarni oziqlantirish II.4.1.Qoramollarni oziqlantirish. Qoramollar kovshovchi hayvon bo„lgani uchun hajmli tarkibida kletchatka moddasi ko„k oziqalardan samarali foydalanib arzon va sifatli mahsulot berish qobiliyatiga ega. Mamlakatimizda sut, sut-go„sht va kam go„sht yo„nalishdagi qoramollar urchitiladi ularning mahsuldorligi asosan oziqlantirish darajasiga bog„liq. 93 Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning oziqlantirish , saqlash va o„stirish sharoitlariga bog„liq bo„ladi. Mashhur sut yo„nalishidagi zotga mansub sigirlar har 100 kg tirik vazniga 1000 kg , rekordchi sigirlar esa 3000 kg gacha sut berish qobiliyatiga ega. 6000 kg sut beradigan sigir o„rtacha laktasiyasi davomida sut bilan 15000 Mdj energiya, 760 kg dan ko„proq quruq moddalar, shu jumladan 200-210 kg oqsil, 210-230 kg yog„, 270-290 kg sut qandi va 35 kg ko„prok mineral moddalarni ajratib chiqaradi. Shu boisdan sigirlarni oziqlantirishda ushbu raqamlarni inobatga olish kerak. Qoramollarni oziqlantirish me‟yorlari ularning tirik vazni, yoshi, mahsuldorlik darajasi va fiziologik holatiga qarab o„rnatiladi. Keyingi paytlarda qoramollar detallashtirilgan ratsionlarini nazorat qilish 6 ko„rsatkichdan 24 ko„rsatgichgacha ko„paytirilishi, qoramollarni barcha to„yimli moddalar, minvitaminlar va mineral moddalar bilan ta‟minlanishini yaxshilaydi, ularning mahsuldorligiga ijobiy ta‟sir qiladi. Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish. Bo„g„oz sigirlarni to„laqiymatli oziqlantirish sog„lom, yirik buzok olish va navbatdagi laktasiyada yuqori sut mahsuldorligini ta‟minlaydi. Sigirlarning bo„g„ozlik davrida to„yimli moddalarga bo„lgan talabi ortadi, ya‟ni modda almashinuvi kuchayadi, plasenta va homila shakllanadi. Bo„g„ozlik bosqichlarida homilaning rivojlanishi bir xilda kechmaydi. 3 oylik homila vazni 20-30 g bo„lib, asosiy ratsion hisobidan o„sishi ta‟minlanishi, yoki 5% energiya va to„yimli moddalarning ko„paytirish mumkin. Bo„g„ozlikning dastlabki davrida sigirlarni protein, vitamin va mineral moddalar bilan me‟yorlar darajasida ta‟minlash kerak, aks holda homilani surilib ketish hollari uchraydi. Bo„g„ozlikni 6 oyiga kelib homila 5-6 kg vazniga ega bo„lib, energiya va to„yimli moddalarga talab 15% ga ortishi talab etiladi. Ayniqsa homila bo„g„ozlikning oxirgi 2 oyida jadal o„sadi(kuniga 300-400 g), shuning uchun sigirlar sutdan chiqarilib, dam(60 kun) beriladi. Shu davr ichida sigirlar laktasiya davomida yo„qotgan - sut bilan chiqarib yuborgan zahira to„yimli modda to„plash va homilani me‟yorda o„sishini ta‟minlash kerak. Bo„g„oz sigirlarni sutdan chiqarish xo„jalikda qabul qilingan texnologiya asosida ratsionni to„yimligi va sog„imlar soni kamaytirilib, asta-sekin sog„ish to„xtatiladi. Bo„g„oz sigirlarning dam olish davrining birinchi 10 kunligida ratsion to„yimligi biroz kamaytiriladi( yelin zuriqmasligi uchun), ikkinchi 10 kunlikda to„liq ratsion, 3-4 10 kunlikda ratsion to„yimligi 20% kuchaytiriladi. Bo„g„ozlik davrida sigirlar vazni o„rtacha 10-15% oriq sigirlarda ko„proq ortadi, shu bois oziqlantirishda semizlik darajasi inobatga olish foydadan holi emas, yoki har bir bo„g„oz sigir tug„ish oldidan albatta o„rta semizlikda bo„lishi kerak. Oriq bo„g„oz sigirlarning 1 kg vazni ortishi uchun 5 oz. birligi va 500 g hazmlanuvchi protein qo„shib berish kerak. 94 Bo„g„oz sigirlarni oziqlantirish me‟yori ularning tirik vazni va navbatdagi laktasiyada olinishi lozim sut miqdoriga qarab belgilanadi.(rejalashtirilgan jadval). 2.4.1.1. Jadval. Bo‘g‘oz sigirlar ratsioni Ko„rsatkichlar Rejalashtirilgan yillik sut miqdori, kg 3000 4000 5000 6000 Oziqa birligi 7,7 8,8 9,9 11,5 Almashinuvchi energiya, mDj 89 105 116 132 Quruq modda, kg 11 11 11,6 12,1 Xom protein, g 1310 1490 1675 1945 Hazmlanuvchi protein,g 850 970 1090 1265 Xom kletchatka,g 2750 2640 2670 2260 Kraxmal,g 750 850 1175 1370 Qand,g 680 775 980 1140 Osh tuzi, g 50 55 60 65 Kalsiy,g 80 90 95 105 Fosfor,g 45 50 60 65 Magniy, g 18,5 19,8 20,9 21,6 Kaliy,g 62 66 70 81 Oltingugurt,g 21 22 23 27 Temir ,mg 540 615 695 805 Mis,mg 75 90 100 115 Rux,mg 385 440 495 575 Kobalt, mg 5,4 6,2 6,9 8,1 Marganes, mg 385 440 495 575 Yod, mg 5,4 6,2 6,9 8,1 Karotin,mg 345 440 495 575 Vitamin D, ming XB 7,7 8,8 10,9 12,7 Vitamin E, mg 310 350 395 460 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling