Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charm sanoati chiqindilari
- Qishloq xo‘jalik hayvonlari ratsioniga ferment preparatlarini qo‘shish me’yorlari (1 oziqa birligi hisobiga grammda).
- Ayevit
- Asnitin
- Grizin
Oziqa hayvon yog‘i. Go„sht korxonalarida yeyish uchun yaroqsiz nimtalardan olinib, mol cho„chqa, qo„y yog„idan iborat bo„ladi. Bunday yog„lar yog„li sut almashtiruvchi(ZSM) ishlab chiqarishda va parrandachilik fabrikalarida tovuqlarga va broyler jo„jalariga ratsion to„yimliligini ko„tarish uchun qo„shib beriladi. Pat uni . parrandalarni qayta ishlash fabrikalari chiqindisi qanot va dum patlari kislotalar ta‟sirida, bosim ostida yuqori haroratda qayta ishlanadi. I nav shunday unda 70% protein, 3% yog„, 12% kul bo„ladi, yoki 1 kg da 0,8 oz. birligi va 500 g hazmlanuvchi protein mavjud. Bunday un omixta yemlarga qo„shiladi. Ipak qurti gumbagi. Ipak sanoatining quritilgan chiqindisi. 1 kg ga 0,84 oziqa birligi, 407 g hazmlanuvchi protein, 2,7 kalsiy, 7,4 g fosfor mavjud. Yog„liligi yuqori(20%) bo„lgani uchun o„zoq muddat saqlab bo„lmaydi. Asosan hovuz baliqchiligi uchun omixta yemga qo„shiladi. 79 Charm sanoati chiqindilari. Charm qayta ishlashdan chiqindilar chiqadi, uni unga aylantirib, hayvonlarga yedirish mumkin. Charm unida 85-90% xom protein 2-3% yog„ va 1,5- 2,9% kul bor. Bazan proteinni o„zlashtirishini yaxshilash maqsadida charm chiqindilari kislotalar va ishqorlar yordamida gidroliz qilinadi. Shunday charm qoldiqlari azoti 74-90% hazmlanadi. Charm qoldiqlari uni omixta yem tayyorlashda ishlatiladi. Proteinli va boshqa qo‘shimchalar. Oqsilsiz azotli birikmalar. Kovshovchi hayvonlarning ratsionida yetishmagan proteini bir qismini oqsilsiz azotli birikmalar bilan almashtirish mumkin. Azotli birikmalar ratsion energiya va mineral moddalar bilan tenglashtirilganda qo„shib beriladi, ayniqsa ratsionda uglevodlar yetarli bo„lmog„i kerak, chunki u old oshqozonlarda mikroblar faoliyatini ta‟minlaydi. Kovshovchi hayvonlarni oziqlantirishda turli oqsilsiz azotsiz birikmalar qo„llaniladi. Ulardan ko„proq mochevina ishlatiladi. Undan sog„in sigirlarga ratsionda proteinga bo„lgan talabning 15-20% hisobida, lekin 150 g oshmagan holda yediriladi. Yosh qoramollarga 20-25%, burdoqilanayotgan qoramollarga 25- 30%, voyaga yetgan qo„ylarga 30-35%, qo„zilarga 20-25% yedirish mumkin. Bikorbonat ammoniy tuzini faqat qish paytida yedirish mumkin, sulfat ammoniyni esa mochevina bilan 2-3:1 nisbati yedirilgani ma‟qul. Oqsilsiz azotli birikmalarni me‟yordan oshiq yoki yedirish shartlari buzilsa hayvonlarni zaharlanishiga sabab bo„ladi. Sun’iy aminokislotalar. Chorvachilik talabidan kelib chiqib ayrim qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarni aminokislotalarga bo„lgan talabini qondirish uchun sun‟iy aminokislotalar ishlab chiqariladi. Chorvachilikda lizin va metionin preparatlari ishlatiladi. Oziqa lizini suyuq va quruq holda ishlab chiqariladi, chorvachilikda asosan quruq lizin ko„proq ishlatiladi. Quruq lizin oziqa konsentrati 94-95% quruq modda va 1 kg da 90-180 g sof lizin bor. Konsentrat tarkibida lizindan tashqari 10-14 % boshqa aminokislotalar, 20-25% minerallar va B guruh vitaminlari uchraydi. Lizinni mikrobiologik yo„l bilan olishdan tashqari siklogeksandan kimyoviy yo„l bilan ham olinadi. Sun‟iy aminokislotalar ko„proq parrandachilikda qo„llaniladi. Achitqilar. Ular o„zining tarkibida hayvon organizmi uchun zarur bo„lgan to„la qiymatli oqsillar, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar va estrogen moddalar bo„lib, o„sish va rivojlanish, ko„payishiga ijobiy ta‟sir qiladi. Achitqi oqsillari o„z tarkibi va xossalari bilan hayvon oqsillariga o„xshab ketadi. Ularda metionin va sistin kamroq bo„lib, lizin ko„proq (6,0-7,8% proteindan). 80 Achitqi oqsillari hayvonot dunyosi oqsillariga o„xshab cho„chqalar va parrandalarni oziqlantirishda keng foydalaniladi. Achitqilarni ultrabinafsha nurlari bilan ishlash ular tarkibida D 2 vitamini miqdorini ko„paytiradi. Hayvonlarni oziqlantirishda spirt sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan sulfidli achitqilar keng foydalaniladi. Ular ancha to„yimli bo„lib 1 kg achitqida 1,15-1,22 oziqa birligi mavjud. Keyingi neft sanoati tomonidan chiqarilayotgan uglevodorodli achitqilar ko„paydi, ular tarkibida B 12 vitamini nisbati yuqori bo„ladi. Barcha achitqilar hayvonlar ratsionida oqsil-mineral-vitamin qo„shimchalar sifatida ishlatiladi. Quruq achitqilar cho„chqa,parranda, yosh mollar omixta yemlar tarkibiga 3-10 % qo„shiladi. Fermentli preparatlar. Fermentli preparatlar asosan broyler jo„jalari va sutdan ajratilgan cho„chqa bolalari ratsionida oqsil, mineral moddalar, vitaminlar yetishmasa, oziqalar fermentlari yetarli faollikka ega bo„lsa ishlatiladi. 2.3.2.Jadval Qishloq xo‘jalik hayvonlari ratsioniga ferment preparatlarini qo‘shish me’yorlari (1 oziqa birligi hisobiga grammda). Fermentlar 1-6 oylik buzoqlar qo„zilar 6 oydan katta buzoqlar silos lavlagi tuppasi barda Amilorizin P10X - 0,2 - - - Glyukavamar in PX - 3,0 5,0 2,0 3,0 Pektavamarin P10X - - 0,1 0,1 - Amilosubtili 23X 0,5 - - - - Pektavamarin 23X - - 0,3 0,3 0,3 Vitaminli va dori qo‘shimchalari . Vitaminlar hayvonlar hayotida ularning sog„ligi va yuqori mahsuldorligini ta‟minlashda alohida o„rin to„tadi. Ular asosan oziqalar tarkibida bo„ladi, lekin har doim ham hayvonlar talabini qondirmaydi, shuning uchun ratsionda uning yetishmagan qismi vitaminli preparatlar kiritish bilan to„ldiriladi. Chorvachilikda alohida oziqa vitaminli preparatlaridan tashqari meditsinada ishlatilmay qolgan vitamin preparatlarini ham ishlatish mumkin. Vitaminli preparatlar mikroelementlar bilan birgalikda omixta yemlar tarkibiga kiritilganda ko„proq iqtisodiy samara beradi. 81 Chorvachilikda polivitamin preparatlar qo„llaniladi. Ayevit- yog„li eritma, 1 ml da 10 ming XB vitamin A va 100 mg vitamin Ye mavjud. Triptovitamin – A, D 3 va Ye vitaminlarining yog„li eritmasining. Uning 1 ml da 10 ming XB vitamin A, 200 ming XB vitamin D 3 va 10 mg vitamin Ye mavjud. Asnitin – tabletka bo„lib, o„z tarkibida askorbin (0,05 g),nikotin (0,01 g) kislotalari, tiamin xlorid (0,001 g) va glyukoza (0,5 g gacha) saqlaydi. Tetravit - tabletka bo„lib, tarkibida tiamin-xlorid(0,003 g), riboflavin (0,003 g), nikotin (0,02g) va askorbin(0,15 g) kislotalar mavjud. Undevit – tabletka holida, tarkibida retinol-asetat(3300XB), tiamin-xlorid (0,002 g), riboflavin (0,002 g), piridoksin gidroxlorid (0,003 g), sianokobalamin (2mkg), nikotinamid (0,02 g), vitamin R (0,01g), vitamin Ye(0,01 g), askorbin (0,075 g) va foliy (0,5 mg) kislotalari va pantoten kalsiy (0,003 g) moddasi mavjud. Ushbu vitaminli preparatlar turli qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalari uchun tayyorlanadigan omixta yemlar tarkibiga kiradi. Fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda esa asosiy oziqalarga (parrandalar, cho„chqalar, yosh hayvonlar) qo„shib beriladi. Oziqa antibiotiklar. Antibiotiklar o„simlik, hayvon, mikrob kelib chiqishiga ega bo„lib, aniq guruh mikroorganizmlarining rivojlanishini cheklaydi yoki ularni o„ldiradi. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq antibiotik moddalar aniqlangan bo„lib ulardan faqat 50 tasi meditsina va veterinariya amaliyotida ishlatiladi. Hayvonlarni oziqlantirishda undan ham kam antibiotiklar ishlatiladi. Oziqa antibiotiklari yosh hayvonlar oshqozon-ichak tizimidagi mikroorganizmlarni rivojlanishini to„xtatib, ularni turli kasalliklardan saqlaydi, chunki yosh hayvonlarda hali himoya tizimi to„liq shakllanmagan bo„ladi. Antibiotiklar faqat mikroblarga ta‟sir qilib qolmasdan, modda almashinuv jarayoniga ham ijobiy ta‟sir qiladi. Chorvachilikda chorva mahsulotlarida to„planib qolmaydigan, meditsina va veterinariyada ishlatilmagan antibiotiklar ishlatiladi. Hozircha asosan grizin va basitrasinning oziqa xili ishlatiladi. Grizin – och sariq yoki jigarrang gigroskopik kukun bo„lib, suvda eriydi, u kormogrizin-5, kormogrizin-10 va kormogrizin-40 shaklida foydalaniladi. Basitrasin – suvda yaxshi eruvchi antibiotiklar aralashmasi hisoblanadi. Hayvonlarni oziqlantirishda basillixin-10, basillixin-20, basillixin-30, basillixin- 60, basillixin-90 va jigardagi basillixin- 120 foydalaniladi. Antibiotik preparatlar asosan omixta yemlarga qo„shiladi. Fermer, shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda oziqalarga premiks(qushimcha) sifatida qo„shib beriladi. Oziqa antibiotikli premikslar 1 tonna omixta yemga 10 kg qo„shiladi. Naslchilik xo„jaliklarida barcha yoshdagi parrandalarga oziqa antibiotiklari yedirish taqiqlanadi. 82 Bunday preparatlarni va omixta yemlarni kovshovchi hayvonlarga berish mumkin emas, chunki antibiotiklar old oshqozonlar mikroflorasini o„lishiga sabab bo„ladi va oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Oziqa antibiotiklarini hayvon va parrandalarini oziqlantirishda ishlatish albatta zooveterinariya mutaxassislari nazoratida amalga oshirilishi kerak, aks holda ular hayvonlar salomatligi va mahsulotlar sifatiga salbiy ta‟sir o„tkazishi mumkin. Mineral oziqalar. Hayvonlar iste‟mol qiladigan oziqalar ularning mineral moddalarga bo„lgan talabining bir qismini qondiradi. Sho„rlanmagan tuproqlarda o„stirilgan oziqalarda natriy xlorid tuziga yetarlicha bo„lmaydi, shuning uchun barcha qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalariga muntazam ravishda osh tuzi berib borish kerak. Osh to‘zi. Cho„chqa va parrandalarga maydalangan holda omixta yem bilan yediriladi. Otlar va kovshovchi hayvonlarning osh tuziga bo„lgan talabini omixta yem tarkibidagi tuzdan tashqari ular oxurida doimiy ravishda yalama tuz bo„lishi shart. Kovshovchi hayvonlar va otlarga tuz qayta ishlangan somon, pohol va boshqa dag„al xashaklarga qushib yedirish mumkin. Kovshovchilarning osh tuziga talabi ko„plab silos yedirilganda kuchayadi, chunki silos tarkibidagi kislotani neytrallash uchun sulak bilan ko„p miqdorda natriy bikorbonat ishlatiladi. Chiqilishi osh tuziga sarfini ko„paytiradi. Kuniga 18 kg dan ko„p sut beradigan sigirlarga me‟yordagi osh tuzi (1 oziqa birligiga 5 g) yemga qo„shib beriladi, lekin bu tuz uning talabini qondirmasligi mumkin, shu bois ular oxurida doim yalama tuz bo„lishi shart. Buzoqlar hayotinining birinchi kunidan boshlab tuz ta‟minlash kerak. Hozir sanoat tomonidan osh tuzi mikroelementlar bilan boyitilib briketlar holida chiqarilmoqda, ulardan foydalanish katta samara beradi. Suv tarkibida yod yetishmagan osh tuzi yodlangan holda , ya‟ni 1 kg osh tuziga 2 mg yod qo„shib beriladi. Bir yilda 1 bosh sigirga – 26 kg, 1 bosh qoramolga-11 kg, qo„y va echkiga – 3,7 kg, cho„chqaga -11 kg, otga -18 kg tuz sarflanadi. Oziqa buri va ohaktosh hayvonlar ratsionida kalsiy yetishmasligini qoplash uchun yediriladi. Bur tarkibida o„rtacha 37% kalsiy, 0,5% kaliy, 0,18% fosfor, 0,3 natriy, 5% kremniy bo„lib, ohaktoshda esa 32-33% kalsiy, 0,5% temir, 2-3% magniy , 3-4% kremniy, 0,2% oltingugurt bo„ladi. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini ratsionini kalsiy bilan to„ldirish maqsadida chuchuq suv va dengiz molyuskalarining chig„anoqlari va tuxum puchogi olingan holda yedirilishi mumkin. Sanoat tomonidan kalsiyli mineral modda- fosfor yoki boshqa elementlar bilan birgalikda chiqariladi. Suyak uni. Suyak keng foydalaniladigan mineral moddalardan hisoblanib asosan kolbasa sex yoki korxonalarda laxm go„sht shilib olingandan keyin suyaklar 83 quritilib un qilib maydalanadi, uning zarrachalari 0,4 mmdan katta bo„lmasligi kerak. Energetik qiymati uncha yuqori bo„lmay 1 kg mahsulotda 0,25 oziqa birligi, namligi 6% bo„lganda 326 g kalsiy va 125 g fosfor mavjud. Asosan ushbu mahsulot cho„chqa va parrandalarni oziqlantirishda ishlatiladi. Noto„g„ri saqlash natijasida (nam xonalarda) tez bo„ziladi, bunday oziqani hayvonlarga yedirib bo„lmaydi. Oziqa fosfatlari. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarining ratsionida kalsiy va fosfor elementlari yetishmaganda ishlatiladi. Fosforitlarni to„g„ridan-to„g„ri maydalab hayvonlarga yedirish mumkin emas, chunki uning tarkibida ftor (3,5-4%) ko„p bo„lib zaharlanish va qoramollarda, cho„chqalarda tishlari yemirilishiga sabab bo„ladi. Kimyo zavodlariga fosforitlar ftorsizlantiriladi, bunday mahsulot tarkibida ftor moddasi 0,2% yuqori bo„lmasligi kerak Asosan fosfatlar 2-3% miqdorida omixta yemlar tarkibiga kiritiladi. Mikroelement tuzlari. Ayrim hududlarda hayvonlarga beriladigan oziqalar va suv tarkibida u yoki bu mikroelement yetishmaydi, shunday hollarda yetishmagan mikroelement oziqa, suv yoki yalama tuzlarga qo„shib beriladi, albatta bu jarayonda har bir tur hayvon va parrandalarning ushbu mikroelementlarga talabi asos qilib olinadi. Cho„chqa bolalarining sut davrida, kamdan-kam buzoq va qo„zilarda alimentarp anemiyani (kamqonlik) oldini olish maqsadida mis va temir kuporosi tuzlari ishlatiladi . Cho„chqa bolalari uchun (0,5% mis va 0,5% temir kuporosi) eritmasi tayyorlanib har emishdan oldin onalarining yelin so„rg„ichlariga surtib qo„yiladi. Boshqa qishloq xo„jalik hayvonlariga yeydigan oziqasiga yoki ichadigan suviga reob berish mumkin. Kobalt yetishmasligi omixta yem yoki oziqalarga kobalt xlorid yoki kobalt karbonat tuzlarini qo„shib berish bilan sundiriladi. Hozirgi paytda sanoat suvda oson eruvchi tabletkalar chiqarilmoqda, ulardan chorava hayvonlari uchun oson foydalanish mumkin. Hayvon va parrandalarning yod bo„yicha me‟yor talablari qondirilmasa, kaliy yodit, natriy yodit tuzlari yalama tuzlarga qo„shimcha yalatiladi. Hayvonlar ratsionida marganes yetishmasa marganes sulfat yoki marganes karbonat tuzlari foydalaniladi. Rux yetishmagan taqdirda me‟yorlarga binoan omixta yemlarga rux sulfat yoki rux oksidi qo„shiladi. Omixta yemlar. Qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini to„laqiymatli oziqlanishini ta‟minlash uchun tayyorlanadigan bir xil maydalangan oziqa mahsulotlar aralashmasidan iborat. Har bir hayvon va parranda turi, yoshi, jinsi, fiziologik holatiga ko„ra ilmiy asoslangan omixta yemlar tarkibi ishlab chiqilgan. 84 Omixta yemlarda ayrim oziqa moddalar birlikda,bir – birlarini kamchilik qismini to„ldirish bilan to„la qiymatlikni oshiradi. Oziqalarning nisbatini to„g„ri tanlash bilan omixta yemni energiya, protein, aminokislota, minerallar va vitaminlar bilan oqilona tenglashtirish mumkin va u me‟yor talablariga to„liq javob berishi kerak. Omixta yem sanoatida ayrim hayvon va parranda turlari uchun alohida raqamlar belgilangan. Jadvalda broyler- jo„jalari uchun to„laqiymatli omixta yem tarkibi keltirilgan. Ushbu tarkibida (resept) ishlab chiqarilgan omixta yem broyler- jo„jalarining energiya, to„yimli moddalarga, kasalliklarni oldini oluvchi moddalarga ega bo„lishi, o„sishni to„liq ta‟minlashi natijasida 56 kunligida 1600-1650 g vaznga erishib, 1 kg vazn qo„shishi uchun 2,3-2,5 omixta yem sarflanadi. Xo„jalikda tayyorlangan omixta yem tarkibida ayrim tarkibiy qismlar yetishmasligi asosiy donlar berilishiga qaramasdan(ratsion energiya, aminokislotalar va vitaminlar bilan ta‟minlangan) 1 kg vazn qushishiga 3,8 oziqa, 1600 g vaznga esa 65-70 kunda erishadi. 2.3.3.Jadval Broyler jo‘jalari uchun to‘laqiymatli omixta yem. Komponentlar Tarkibi,% PK-5-3(5-30 kun) PK 6-4(31-56 kun) Makkajo„xori 40,2 44 Bug„doy - 14 Pusti oligan arpa 23,3 13 Kungaboqar shroti 17,0 15 Gidrolizlangan achitqi 5, 5 Baliq uni 7,0 4 Quruq qaymogi olingan sut 4 - Ut talqoni 3,0 3 Go„sht-suyak uni - 3 Bur 0,5 - 1 tonna omixta yemga qo„shiladi,g Vitamin A, mln XB 10 10 Vitamin D 3 mln XB 1,0 1,0 Vitamin Ye Mln XB 10 10 Vitamin K 2 2 Vitamin B 1 2 2 Vitamin B 2 4 4 Vitamin B 3 10 10 Vitamin B4(70%) 1000 1000 Vitamin B 5 30 30 85 Vitamin B 6 3 3 Vitamin B S 0,5 0,5 Vitamin B 12 25 25 Vitamin S 50 50 Lizin - 350 Metionin 1000 100 Antioksidant 150 150 Antibiotiklar 20 - Marganes sulfat 200 200 Rux sulfat 40 40 Temir ko„porosi 100 100 Mis ko„porosi 10 10 Kobalt xlorid 8 8 Kaliy yodit 3 3 3 Koksiodiostat 125 - Ba‟zi hollarda omixta yem sanoati tomonidan kuchli oziqa yemlar chiqariladi, ular oddiy omixta yemlarda tuyimli bo„lib(energiya, protein, vitamin, mineral moddalar) xo„jaliklardagi asosiy oziqalarga qo„shib ratsionning to„la qiymatligi ta‟minlanadi. Tenglashtiruvchi oziqa qo„shimchalari maydalangan oqsilli yuqori oziqalar va turli qo„shimchalar bilan birga ishlab chiqariladi. Bu oziqa qo„shimchalari ayrim hayvonlar ratsionlarini tenglashtirishda qo„l keladi. Oqsil vitaminli omixta yem sanoati tomonidan chiqariladi, xo„jaliklarning o„zida omixta yem ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Xo„jaliklarning o„zida omixta yem tayyorlashda uning tarkibiga kiradigan mahalliy oziqalarga qo„shimcha 5-25% oqsil – vitamin qo„shimchalari ishlatiladi. Oziqa premikslari omixta yemlar tarkibiga qo„shilib asosan biologik aktiv moddalardan tashkil topadi. Premikslar hayvonlar va parrandalar turi, jinsi, fiziologik holati qarab har xil tarkibga ega bo„ladi. Premikslar aminokislotalar, vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, kasalliklarni oldini oluvchi va davolovchi dorilar, tinchlantiruvchi moddalar (trankvilizatorlar, yuzaki faol moddalardan detergentlardan) iborat. Premikslar mayda kepak, bug„doy, makkajo„xori, achitg„i va soya shroti bilan qo„shib chiqariladi. Oziqalarni tayyorlash Xo„jalikda eng ma‟suliyatli tadbir hisoblanadi, chunki oziqa sifati va to„yimliligi uning qanday tayyorlanganligiga bog„liq. Odatda oziqalar qish mavsumi uchun tayyorlanadi, chunki bu davrda hayvonlar yozda tayyorlangan oziqalarni iste‟mol qiladilar. Pichan tayyorlash uchun o„simlikning urish davri belgilanadi, bu boshoqlilar uchun boshoq chiqargan davri, dukkaklilar uchun esa to„liq gunchalab 10% gullagan paytda hisoblanadi. Pichan tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: 86 urish, ag„darish, to„plash, ortish, tashish, g„aramlash. Urish kosilkalar va jatkalar yordamida amalga oshiriladi. Urilgan o„t bir tekisda qurishi uchun u ag„dariladi, uning namligi 20-25% ga tushganda u to„planadi, pogro„zchiklar (PU-0,5) yordamida telejkalarga ortiladi va pichanxonalarga yetkaziladi. Pichan g„aramga bosiladi. G„aram tagi yerdan kamida 70 sm baland bo„lishi kerak, pichan to„liq bosib bo„lingandan keyin uning usti suyri bo„lim qor va yomgir suvlari bemalol oqib tushadigan bo„lishi kerak. Iloji boricha garam ustini nam o„tkazmaydigan matolar bilan urash kerak, natijada pichan harajati 15-20% kamayadi. Pichanni iloji bor joylarda maxsus ayvonlar tagida, soyada quritish uning tarkibidagi barcha to„yimli moddalar va karotinni saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari yirik fermer xo„jaliklarda pichanlarni sun„iy shamollatish (ventilyatorlar yordamida) orqali sifatli pichan tayyorlash mumkin. Ko„k o„tlarda o„t talqoni tayyorlash alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu oziqa yosh hayvonlar, ayniqsa cho„chqa va parrandalar ratsioning ajralmas qismi hisoblanadi. Kuk o„tlar AVM-0,4;0,8.,agregatlarida talqonga aylantiriladi, kerak bo„lsa OGM -0,8 agregatlarida donorga aylantirilib omborda saqlanadi. Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirishda silos alohida o„rin tutadi, chunki konservalanish davrida o„simlik qandidan hosil bo„lgan sut kislotasi barcha mikroorganizmlar faoliyatini tuxtatishi natijasida oziqalar tarkibida barcha to„yimli moddalari va xossalari saqlanib qoladi. Silos tayyorlash uchun o„simlik namligi 65-70% bo„lib, doni dumbul bo„lishi kerak. Xo„jalikda texnika tayyorlanadi, xandaklar ta‟mirlanadi va oqlanadi. Silos tayyorlash uchun o„simlik (makkajo„xori, oqjuxori, kungaboqar, ko„k boshoqlilar) kombayn bilan urilib 3-4sm uzunlikda maydalanib telejkalarga ortiladi. Telejka uni silos xandagiga olib kelib ag„daradi. Xandaklarda silos massasi og„ir zanjirli traktorlar bilan to„xtovsiz shib balandi, natijada havo siqib chiqariladi. Xandak to„lgandan keyin uning usti sellofan yopqich bilan yopilib, usti 30-40 sm qalinlikda tuproq qatlami bilan qo„shib qo„yiladi. Bu qatlam silosni turli tashqi muhit ta‟siridan himoya qiladi, silos ichida qolgan havoni bosib chiqarib yuboradi. Siloslash jarayoni anaerob, havosiz muhitda ro„y beradi, yoki sut achitqi mikroorganizmlari poya tarkibidagi uglevodlarni iste‟mol qilib sut kislotasi hosil qiladi va bu muhitda chirituvchi mikroorganizmlar yasha olmaydi (ph=4,2), natijada bosilgan o„simlik to„yimligi va xususiyatlarini saqlab qoladi.Siloslash jadal, ya‟ni har xandak 2-3 kun to„ldirilib, shu zahoti yok me‟yorda berkitilishi kerak.Agar siloslash asossiz cho„zib yuborilsa (10-15 kun), og„ir zanjirli traktorlar bilan shibbalanmasa silos massasi orasida yetarli miqdorda kislorod qolishi natijasida aerob jarayon kechib chirituvchi mikroblar va zamburug„lar rivojlanib silosning sifatini buzadi, ko„p hollarda bunday siloslar yaroqsiz hisoblanadi. Ba‟zi hollarda siloslanadigan o„simliklar talabga javob bermay namligi past qo„rib ketsa konservantlar yordamida siloslash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling