Марғинонийнинг «Хидоя» асари, ундаги иқтисодий фикрлар, иқтисодий қонунчилик, закот
Download 27.31 Kb.
|
yakuniy tarix.iq
Билет -41 Марғинонийнинг «Хидоя» асари, ундаги иқтисодий фикрлар, иқтисодий қонунчилик, закот, А.Смит «Халқлар бойлигининг табиати ва сабаблари тўғрисидаги тадқиқот» номли асари. Меркантилизм танқиди ва фритредерлик (эркин савдо)нинг асослаб берилиши. Буюк депрессия, иқтисодий инқирозлар. Ж.М.Кейнс. «Бандлик. фоиз ва пулнинг умумий назарияси» (1936) асаридаги иқтисодий ғоялар. Бандлик, истеъмол ва жамғаришнинг иқтисодиёт учун аҳамияти. 1.Burxoniddin al-Marginoniyning «Hidoya» asari musulmon qonunchiligi-ning barcha qirralarini o'z ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbai bo'lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e‟tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilagan. Chorva mollari, shaxsiy mulk, kon, yer va boshqa mulk shakllaridan olinadigan to‟lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag'oyat muhimdir. Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma‟lum masalalar bilan birga, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Kimlar va qancha zakot to'lashi kerakligi haqida qiziq ma‟lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir xossasi (2,5) foizi) hisobidan zakot olinishi kerak. Chorvachilikka 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo'lsa, olinmaydi. Zakot to'lashda bir yoshdab kichik qo'zilar hisobga kiritilmaydi. Otlarda esa boshqacha hisob - kitob qilinadi, ya‟ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 foizi miqdori zakot to'lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshka hayvonlar (ho‟kiz, tuya) dan to‟lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo'lsa, ahvol o'zg'aradi va zakot beriladi. Bir yoshga to'lmagan echki, buzoq taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig‟idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi . Shu yerda muhim bir fikr borki. agar mol egasi shu molning (natura) o‟rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to'lashi ham mumkin, deyiladi . Yana muhim bir ko‟rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig'uvchi eng yaxshi (sara) molni emas, o'rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni to'lash mumkinligi ko‟rsatiladi. Oldindan olinadigan zakot miqdori o'ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi, 20 misqoldan yarim misqol (2,5 fot) zakot to'lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 qarash, (ya‟ni 1,12 untsiya) zakot berish kerak. Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi kerak. Topilgan kon xazina, uchun beshdan bir (20 foiz) zakot olinishi lozim. Ma-salan, biror yerdan yoki ekin ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foy-dalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to'lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir. Burxoniddin al-Marginoniy o'z asarida zakotini taqsimlash qonun-qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig'uvchilar, qarzdorlar yig'ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Uylaymizki, bobokalonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba sifatida oliy o‟quv yurtlarida o‟qitiladi. Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat tuyg'ularini uygotishda bebaho xazina bo‟lib xizmat qi-lishi shubhasizdir. 2. Burjua klassik maktabining rivojiga Adam Smitining ham salmoqli hissasi bor. U manufaktura davri iqtisodiy maktabining asoschisi va rivojlantiruvchisidir. Adam Smit 1723 yil 5 iyunda Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida tug‟ilgan. 1790 yoshha Edenburg shahrida vafot qildi. Ingliz iqtisodchisi, olim burjua klassik siyosiy iqtisodining namoyonda-laridan biri uning ''Xalqlar boyligining xususiyatlari va sabablari to'g'risida tadqiqot" nomli asosiy asari 1776 yilda nashr etilgan. Bu kitob Adam Smitga iqtisodiyotining otasi degan titulni berdi. Asar besh kitobdan iborat: qismda - qiymat va daromad masalalarini tekshiradi: qismda - qiymatining tabiati va uni jamg‟arish masalalariga bag‟ishlanadi: 3,4,5 - qismlarida YYevropada feodalizm davrida va kapitalizmning tuzilishi iqtisod taraqqiyoti, iqtisodiy fikrlar tarixi va davlat moliyasi masalalarini ko‟rib chiqadi. Adam Smit bu asarda millat boyligi ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi, nafaqat qishloq xo'jaligida balki ishlab chiqarishning barcha sohalarida ham yaratiladi. Ishlab chiqargan boyliqlar miqdori ishlab chiqarish omillari bilan o‟lchanadi deydi. Adam Smit ta‟limotining markaziy g'oyasi shundaki, iqtisodiyotining yaxshi faoliyat ko‟rsatishi davlat iqtisodiyotga aralashuvini cheklasagina amalga oshiriladi. Shu paytda iqtisodiy egoizm ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga kerakli tovarlarni ishlab chiqirishga va maksimum past baholarda sotishga majbur qiladi. Ishlab chiqaruvchilar jamiyatining manfaati uchun emas, balki raqobatdoshlarini yengib chiqib, yuqori foyda olish uchun ishlab chiqaradilar. Lekin bu egoizm jamiyatga arzon sifatli tovarlar va xizmatlar bilan ta‟minlash uchun (Foyda keltiradilar. Agar iqtisodiyot davlat boshqaruvidan erkin bo'lsa, iqtisodiyot rivojlanadi va jamiyat yutib chiqadi, buning uchun Adam Smit "Ko‟rinmas qo'l" iborasini qo'llaydi: Har qaysi odam eng yuqori qiymaga ega bo'lgan mahsulot yetishtirish uchun o'z sarmoyasini ishlatadi. U bu kishi jamiyatga foyda keltirish uchun qilmaydi banki, u o'zining manfaatlarini ko'zlab qiladi. Ammo har qanday holatlardagidek "Ko‟rinmas qo'l" bu maqsadini amalga oshiradi. U buni o'zi istagan bo'lsa ham. U o‟zining xususiy manfaatlarini ko'zlagan holda harakat qilib, eng yaxshi tarzda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Adam Smit "Ko'rinmas qo'l" deb biz hozirda talab va taklif deb atayotgan iqtisodiy kuchlarni aytadi. U merkantelistlarning maqbul savdo balansiga erishish maqsadida davlat boshqaruviga chaqiruvi bilan umuman kelisha olmadi, noto'g'ri deb tushindi. Adam Smit kapitalizmning manufaktura davrida yashagan, uning xizmati shundaki, tarixida birnichi bo'lib kapitalistik jamiyatining sinfiy tuzilishni, ya‟ni bu jamiyat 3 sinfdan: ishchilar, kapitalistlar va yer egalaridan iborat ekanligini isbotlab berdi. A.Smit bu sinflar o'rtasidagi ziddiyatni ko‟rolmadi.U har bir sinf o'z manfaatlari uchun kurashadi. Buning oqibatida esa jamiyat uchun foydalidir deydi. A.Smit siyosiy iqtisod fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‟shdi. U mehnat qiymati nazariyasini yaratdi va tovar ekanligi isbotladi. A.Smit kapitalistik jamiyatining sinfiy strukturasini baholashda fiziokratlarga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. U ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan munosabatiga ko'ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va yer egalari. Har bir sinf o'zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va oraliq guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar deb atalmish daromadni oladilar, barcha boshqa guruhlarning daromadi esa qayta taqsimlangan yoki ikkilamchidir. Ish haqi, ya‟ni ishchining daromadi Smitining fikri bo‟yicha mehnat mahsuloti bo'lib, mehnat uchun to'lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. Oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi ishchining» butun mehnat mahsulotiga teng. Smit ta‟limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo'q, u kapitalist va ishchi o'rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilish jarayonini tushinmagan. Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to'g'risida gap borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi . U shuningdek, ish haqi miqdori o'zgarishning mexanizmning o‟rganib, uning quyi cheg'arasi jismoniy tirikchilik minimumn bo‟lish kerak degan xulosa chiqaradi. Agar ish haqi undan past bo'lsa, ishchilarning ommaviy qirg‟ini ro‟y beradi, Hindiston va Xitoydagi ishchilarning ish haqlari iqtisodiyotining tushkunlik yoki turg'unlik holatida jismoniy minimumga yaqinlashadi. Angliya va Shimoliy Amerikada, ya‟ni rivojlanish me‟yorida yoki tez suratlari bilan borgan davlatlarga ish haqi minimumdan yuqori bo'ldi, undan tashqari ish haqi an‟ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste‟mol meyoriga ham bog'liq. Ish haqi miqdorining o'zgarishi bozor mexanizmnning harakati asosida shakllanadi, uning o'zgarishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib turishi hisoblanadi. A. Smit burjuaziyaga ishchilar sinfning qashshoqligi uning manfaatlariga qarama-qarshi deb tushinadi va hatto foyda kamaygan holda ham ish haqi o‟sishi mumkinligini ko‟rsatib berdi. Qiymatining mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchilar mehnatiga to'lanmagan mahsulotdir, degan xulosaga keldi. Adam Smit qo‟shimcha qiymat yangi paydo bo'lgan qiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi xolos. Qolgan qismini kapitalist foyda sifatida o'zlashtiradi. Smit qo‟shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo bo‟lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avislangan kapital tufayli tug‟iladi deb o‟yladi. Agar qo‟shimcha qiymat to'lanmagan mehnat mahsuli bo'lsa, u kapitalga proporsional bo'la olmaydi. Smit burjuaziyani progressnv ilg‟or sinf deb hisoblaydi. Chunki u kapital jamg'armasiga ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. U , yirik yer egaligini qo'llabquvvatlamagan, yer egasi-yer egasining daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan chegirilgan qismi deb tushiniladi. Smit rentani ijara haqidan ajratgan va rentaning yerni yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo'q deydi, chupki bu yaxshilashni ko'pincha ijarachi qoplaydi. Ammo ijara shartnomasi yangilanganda yer egasi rentani oshiradi. Yerni yaxshilash go‟yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo'ladi. Iqtisodiy voqelikni o'rganish masalasiga ikkilanib yondoshganligi tufayli A.Smit yaratgan nazariyalari ikki tomonlama mazmunga ega: A.Smit birinchidan, iqtisodiy voqelikning ichki bog‟lanish jarayonlarini ilmiy asosda sinchiklab o'rganishga intilsa, ikkinchidan iqtisodiy voqelikning kapitalistik jamiyatdagi tashqi ko‟rinishlarini bayon qilgan xolos. L.Smit ka-pitalistik jamiyatda har qanday tovarning qiymati ish haqi, foyda va rentadan tarkib topadi, deb tovar ishlab chiqarish uchun sarf qilingan ishlab chiqarish vo-sitalarining qiymatini hisobga olmagan. 3. Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929 – 1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiy fanning rivojlanishida katta rol uynadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQShda ishsizlik darajasi 3%foizdan 25% foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 % foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937 – 1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u ikkinchi jahon urushiga kelib to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 % foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko’rgan emas. Evropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol ish faoliyatining pasayishi, tahminan, 1929 yil avgust oyidan boshlandi, sentyabrdan esa u fond bozorida o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Oktyabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, o’z aktivining asosiy qismini qimmatli qog’ozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi. Buyuk turg’unlik nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Sodir bo’layotgan voqealar o’sha davrda ko’pchilik iqtisodchilar ishongan narsalarga zid bo’lib chiqdi. Bozor iqtisodiyoti yangi sharoitga jiddiy o’zgarishlar qilish hisobiga moslasha oldi. Xuddi shunday qayta, keskin o’zgarishlar iqtisodiy fanda ham yuz berdi. Bunday qayta o’zgarish «keynscha inqilob» nomi bilan ataladi. Uning asosiy mohiyati – bozor xo’jaligida iqtisodiyotni davlat tartiblashidir. J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo’nalish sifatida – keynschilik deb ataladi. Atoqli ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keynsning 1936 yili chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari iqtisodiyotni makro darajada tahlil qilishda inqilobiy to’ntarish yasadi. J.M.Keynsning bu asarini tadqiqotchilar A.Smitning «Odamlar boyligi…», K.Marksning «Kapital» asarlari bilan bir qatorga qo’yadilar. U XX asrdagi eng atoqli iqtisodiy asarlardan biridir.
Uning bosh va yangi g’oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan va o’zini -o’zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi va shuning uchun faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni maksimal oshirishi va iqtisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin. Haqiqatan ham 1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti o’zini-o’zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g’oyasi ayni sharoitda noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartiblash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan buyuk iqtisodchi J.M.Keyns hisoblanadi.
J.M.Keynsgacha bo’lgan iqtisodiy nazariyada xo’jalik jarayonlarini tahlil qilishning mikroiqtisodiy yondashuvi hukumronlik qilib kelgan. Firmalarning samarali amal qilishi bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir narsa deb qaralgan. Xo’jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish faqat pul massasi va bahoning umumiy darajasining o’zaro aloqasi muammosigagina kelib taqalgan, xolos. Buning ustiga e’tibor faqat uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. J.M.Keyns birinchi bo’lib makroiqtisodiy uslubni qo’lladi, ya’ni xalq xo’jaligi yalpi miqdorlari (ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg’arma, jami investitsiya, jami iste’mol xarajatlari va b.) o’rtasidagi bog’liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi. Makroiqtisodiy uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun iqtisodiyotning rivojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini taqozo etadi. O’rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M.Keyns iqtisodiy ta’limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy yondashuvdan ko’ra makroiqtisodiy tahlilga ustunlik berishida, ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda «samarali talab» atalmish (talabning davlat tomonidan rag’batlantirilishi) kontseptsiyasini asoslab berishida o’z aksini topadi. Iqtisodiy o’sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi o’zaro miqdoriy bog’liqlik, «multiplikator-akselerator» tizimi asosiy o’rinda turadi. Iqtisodiy o’sishning asosiy omillari investitsiya (kapital jamg’armasi normasi) va ishlab chiqarishning kapital sig’imi (kapitalning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati) hisoblanadi. Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig’imining o’sish moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Jamg’armaning invesittsiyalardan ortib ketishi iqtisodiyotda korxonalar to’la quvvat bilan ishlamaslikka va ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarining jamg’armadan ortib ketishi baholarning o’sishini keltirib chiqardi. Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash choratadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko’rsatish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati, tezlashtirilgan amortizatsiyalar kiradi. J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tartiblash keng qo’llanildi. Foiz normasini o’zgartirish, birinchi navbatda asosiy kapitalga kapital qo’yilmasini rag’batlantirish uchun uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o’zgartirishda, eksport tarmoqlarini rag’batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo’g’inlarini qo’llab quvvatlashda, infratuzilmani rivojlantirishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol o’ynay boshladi. Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator printsipi bilan to’ldirdilar. Multiplikator printsipi bo’yicha investitsiya ish bilan bandlikni ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko’ra daromadlarning o’sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va demak, yangi investitsiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad o’sishi bilan kelgusi investitsiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Download 27.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling