Marg’ilon shaxar 1-son kxm ning yo’nalishi guruh talabasi


Har xil applikatsiyalarga ishlov berish


Download 334.93 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi334.93 Kb.
#1160693
1   2   3   4
Bog'liq
Applikatsiya va gajim tayyorlash.

Har xil applikatsiyalarga ishlov berish



Geometrik figura ko‘rinishidagi applikatsiya.

Qog‘oz, paket, qaychi, dazmol, maxsus, universal mashina.




Geometrik figura, aylana, uchburchak, ko‘pburchak shaklida bo‘lib, bular asosida uy, bino, inson qiyofalarini hosil qilish mumkin. Bunda kiyim turiga qarab va matoning rangiga mos bo‘lgan shakllar mato bo‘lakchalaridan qirqib olinadi. Qirqilgan mato bo‘lagini kiyimga joylashdan oldin uning ostidan qirqilgan paket qismini qo‘yib joylashtiramiz. So‘ngra uning qaychi, qog‘oz, yopib qog‘ozning ustidan issiqlik vositasi dazmol yordamida orasiga qo‘yilgan yupqa paket erib matolarni bir-biriga yopishtiradi. Tayyorlangan applikatsiya kiyimga qo‘yib tikiladi.

Manzarali applikatsiyalar.

Nina, ip, qaychi, maxsus, universal mashina.



Asosan yashil, qizil, sariq, ko‘k, binafsha rang, pushti va boshqa ranglardan foydlaniladi. Chunki bunda tabiat manzarasi, ya’ni daraxt yaproqlar, turli gul, tabiat omillari, quyosh, suv, bulut, tog‘lar, toshlar, o‘simlik va o‘t-o‘lanlar tasviri yaqqol namoyon bo‘ladi. Tayyor applikatsiya kiyim turiga moslab tanlanadi va tikiladi.

Qushlarni ifodolovchi applikatsiyalar.

Maxsus, universal mashina, dazmol.



Bular o‘z navbatida erkinlik va ozodlikni anglatadi. Qushlar turlicha bo‘ladi, jumladan rango-rang qushlar, bir ikki xil rangdagi qushlar. Masalan, kaptar, qaldirg‘och, tovus, to‘ti, o‘rdak, g‘oz, pingvin va boshqa qushlar. Ularni fazoda, suvda yoki daraxt uyida tavsirlash mumkin. Tayyor applikatsiya kiyim bo‘lagiga qo‘yib tikiladi.

Hayvonlar ni ifodolovchi applikatsiya.

Maxsus, universal mashina, dazmol.







Hayvonlar tasviri, sher, xo‘tik, kuchikcha, mushukcha, sichqon va boshqalar. Yana baliq, delfin va begimod, krokodil shu qatorda hashoratlar xonqizi, o‘rgimchak va boshqalarni aytib o‘tish mumkin.
Bularni ham gazlama qoldiqlardan tikib tayyorlanadi va kiyim bo‘lagiga qo‘yib tikiladi.

Yaxlit kiyimga har xil mayda gazlama bo‘laklaridan applikatsiya tikish.

Maxsus, universal mashina, dazmol,
nina, ip.










Shunday applikatsiyalar ham borki, ular bo‘rtirib tasvirlanadi. Bu applikatsiyalarni yasash jarayoni quyidagicha. Bunda kiyimning yaxlit qismida, ya’ni applikatsiya mo‘ljallangan joyiga gazlamada yaqqol ko‘rinib turadigan matolar tanlanadi va ma’lum bir figura shakliga keltiriladi.
Masalan, men tasvirlagan qizcha kiyimidagi shakl tarkibiga kiradi.
Dastab ko‘ylakni kurak va etak qismlari, so‘ngra orqa bo‘lagiga applikatsiya tikiladi.
Dastlab applikatsiyaning yirik bo‘laklari bichib olinadi, so‘ngra mayda bo‘laklari bichib olinadi; «Kapalakni tayyorlash uchun birinchi katta qanotlarini so‘ng mayda gazlama bo‘laklaridan qirqib olinadi, tanasi sidirg‘a gazlamadan bichib olinadi. So‘ngra ularni bir-biriga moslab matoga maxsus kley yordamida yopishtiriladi.
Kiyim razmeriga moslab kapalak mo‘ylovlari qo‘yiladi.
Shu bilan applikatsiya tayyor va kiyimga qo‘yib tikiladi.

Qog‘ozda tasvirlangan applikatsiyalar.

Dazmol, dazmol press.



Qog‘ozda tasvirlanadigan applikatsiyalar ham o‘z navbatida juda go‘zaldir. Unda ko‘proq gullar, hayvon, hashorat, inson qiyofalarini ifodalash maqsadga muvofiqdir. Bunda rasmdagi aniq tasvir kesib olinadi va qog‘ozga mos rangdagi mato olib kesilgan tasvir ostiga mo‘ljallanib yana bir qator qog‘ozga yopishtiriladi. Keyin ikki qog‘oz bir-biriga yopishtiriladi. Atrofga manzara tasvirini berish uchun kraskadan (bo‘yoq) foydalaniladi. Bunda o‘t-o‘lan, tog‘u-toshlar, osmon, yer, o‘tloq manzaralarini yashil, jigarrang, sariq qizil va boshqa ranglardan foydalnish mumkin. Yana asosiy rangga soya berish uchun qora rangdan foydalaniladi. Applikatsiya kiyimlarni amaliy ishlarni bezash va yanada ko‘rkamli qilishda juda katta ahamiyatga egadir.Tayyor applikatsiya kiyimga maxsus yelim orqali yopishtiriladi.

Gajim tayyorlash texnologiyasi.

To‘quv stanogi.



Eshilgan shnur shaklidagi gajimlar bir necha yug‘on paxta, viskoza, jun tolalarni eshish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Tovlanuvchi qilish uchun shnurlarga metal iplardan aralashtirish mumkin.
To‘qima shnurli gajim ShVM markali maxsus dumaloq to‘qish mashinalaridan foydalaniladi. Bunday shnurlarning shakli va eni har xil bo‘lishi mumkin.
Gajim turlari: ajur, futerli, kiperli, bog‘lab to‘qilgan turlarga bo‘linadi. Tayyor gajimlar eshik, oyna pardalarini, dasturxon, pokrival, ro‘mol chetlarini va kiyimlarni bezashda ishlatiladi.


Adabiyotlar ro’yxati
1.Truxanova A.T. «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari», T., 1980 y.
2.Jabborova M.Sh. «Tikuvchilik texnologiyasi», T., O’zbekiston, 1994 y.
3.Litvinova I.N., Shaxova Ya.A. «Ayollar ustki kiyimini tikish», Legpromizdat, 1987
Download 334.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling