Ma’rifatchilik adabiyoti


Download 129.5 Kb.
bet2/9
Sana11.11.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1766756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 mavzu Ma’rifatchilik adabiyoti Romantizm adabiyoti Realizm va

Deni Didro XVIII asr fransuz faylasuflari, ma’rifatparvarlari orasida eng ko’zga ko’ringan, qamrovdor olim, jamoat arbobi edi. Didro1751-1780 yillar mobaynida nashr qilingan, fan, hunar-texnika, san’at va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining keng sohasini qamrab olgan ensiklopediyannig asoschilaridan, bosh muharrirlaridan biri edi. Ensiklopediyani nashr qilishda deyarli barcha ma’rifatparvarlar ishtirok etdilar. Yolg’iz Didroning o’zi qomus uchun mingdan ortiq maqola yozdi. Ammo buyuk faylasufning faqat ensiklopediya bilan cheklanib qolmasdan, u bir qancha badiiy asarlar: «O’gay o’g’il» (1757), «Oila boshlig’i» (1758) dramalarini, «Monaxinya» (1760) romanini, «Ramoning jiyani» (1762), «Jkak fatalist» (1773) qissalarini ham yozdi. San’at sohasida yangilik bo’lgan estetikaga oid risolalar yaratdi. «Nikohsiz o’g’il haqida suhbatlar» (1757), «Dramatik adabiyot to’g’risida» (1758), «Tasviriy san’at haqida tajribalar» (1765), Parij ko’rgazmalari haqida yozgan«Salonlar» (1761-1781) kabi asarlari shular jumlasidandir.
Didro boy falsafiy meros qoldirdi. «Tabiatni tushuntirish haqida fikrlar» (1754), «d’ Alamberning tushi» (1769), «Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari» (1770) va boshqa asarlari shular jumlasidandir. Deni Didro 1713-yili Fransiyaning Langr shahrida hunarmand oilasida tug’ildi. U Parijdagi Garkur kollejini tamomlab, ruhoniy bo’lishi kerak edi. Ammo uni din qiziqtirmadi. SHu tufayli otasidan moddiy yordam ololmagan Didro bir necha yil mobaynida qiyin kun kechiradi. Bo’lajak olimning birinchi asari «Falsafiy fikrlar» (1746) edi. Asar Parij parlamentining qarori bilan yoqib tashlanadi. «Ko’zi ochiq kishilarga ko’rlar haqida vasiyatnoma» asari (1749) uchun Didroni qamoqqa tashlaydilar. Didroning badiiy iste’dodi va badiiy mahorati, ayniqsa, uning nasriy asarlarida yaqqol namoyon bo’ladi. San’atkorning falsafiy qissalari o’zining realistik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Bu asarlarning hayotbaxshligi falsafiy mulohazalarning chuqurligi, ma’rifat g’oyalari bilan sug’orilganligidadir.
Didroning«Monaxinya» romani 1760-yilda yozilgan bo’lsa-da, uning vafotidan keyin bosilib chiqdi va mashhur bo’ldi. Yosh va go’zal qiz Syuzannani ota-onasi zo’rlab ayollar ibodatxonasiga beradi. Ammo bu ibodatxona inson sha’niga dog’ tushiradigan buzuqliklar, yaramasliklar makoni edi. Bu yerda sotqinlik va ifloslik hukmron, barcha ibodatxona xodimlari razil va munofiq. Syuzanna bu ahvolga qarshi norozilik bildiradi. O’zining hayotga, yashashga, baxt, erkinlikka bo’lgan huquqlarini talab qiladi. Ammo ilojsiz. Unga hech kim yordam bermaydi. Ayollar ibodatxonasining boshlig’i Syuzannaga ham ko’z olaytiradi. Xullas, bu yerda hamma narsa sodda qizning tabiiy axloqiga zid. Qizning qalb iztiroblari, alamli ichki kechinmalari ishonarli tasvirlangan. Syuzannada paydo bo’lgan norozilik va nafrat tuyg’usining asta-sekin isyonga aylanish jarayoni haqqoniy chizib beriladi. Ayol shaxsini tahqirlash, inson erkining oyoq osti qilinishi kabi adolatsizliklar yig’ilib qizni asab kasaliga duchor etadi. Ibodatxonadagi«hur qizlar» Syuzannaga yordam berish o’rniga uni boshliqlarining oyoqlari ostiga tashlashga urinadilar. Dahshat ichida qolgan Syuzanna ibodatxonadan qochadi. U jamiyatning xiyonatkorona qonunlarini buzib, o’zi jinoyatchiga aylanib qoladi. Qiz o’z nomini o’zgartirib, yashirinib yashaydi.
Uning hayoti hamma vaqt tahlika ostida o’tadi. Muallif Syuzanna timsolida umri xazon bo’layotgan minglab qizlarning og’ir ahvolini ko’rsatadi. «Ramoning jiyani» asari 1762-yilda yozilgan bo’lib, dialog shaklida berilgan. Bu ikki suhbatdoshning biri Ramoning jiyani, ikkinchisi muallifning o’zidir. Har ikkala suhbatdosh ham o’tkir aql egasi. Bosh qahramon real shaxs bo’lib, mashhur kompozitor Ramoning jiyani Jak Fransua Ramodir. Qobiliyatli bu odam jamiyatning foydali a’zosi bo’lishi mumkin edi. U atrofdagi voqealarni aniqlik bilan kuzatadi, musiqani sevadi. Ammo dangasaligi tufayli, tartibsiz kun kechiradi. U boylar uyida o’z san’atini sotib qornini to’yg’azadi. Ramoning jiyani o’sha zamon qashshoq, daydi ziyolilarining biri. Didro bu obrazdan zamondoshlarining tipik umumlashgan obrazini yaratishda foydalanadi.

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling