Ma’rifatchilik adabiyoti


Download 129.5 Kb.
bet3/9
Sana11.11.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1766756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 mavzu Ma’rifatchilik adabiyoti Romantizm adabiyoti Realizm va

Jan Jak Russo fransuz faylasufi, yozuvchisi, pedagogi, talantli musiqashunos, ma’rifatparvardir. Jan Jak Russo Shveysariyaning Jeneva shahrida soatsoz oilasida tug’iladi. Moddiy jihatdan qiynalib o’sgan Russo durustroq o’qiy olmadi. U mustaqil mutolaa qilib, musiqa bilimini egallaydi. Musiqadan dars berib, notalar yozib tirikchilik o’tkazadi. Bo’lajak olim va yozuvchi XVIII asrning 50-yillarida o’z asarlari bilan Parijda dong taratadi.
Russo odamlar o’rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy tenglik tarafdori edi. 1755 yili uning«Odamlar orasidagi tengsizlikning kelib chiqishi to’g’risida mulohazalar», 1762 yilda esa, «Ijtimoiy shartnoma» nomli risolalari bosilib chiqadi. Bu asarlar demokratik g’oyalar bilan sug’orilgan edi.
Fransuz adabiyoti tarixiga Jan Jak Russo sentimentalizm oqimining asoschisi sifatida kiradi. Uning «Yuliya yoki yangi Eloiza» nomli romani zamondoshlari o’rtasida misli ko’rilmagan darajada muvaffaqiyat qozonadi. Russoning bu romani epistolyar (xat) janrida yozilgan bo’lib, unda Richardson ijodining izlari sezilib turadi. Asarda ikki yoshning sevgisi tarannum qilinadi. Boy dvoryan qizi Yuliya qalbida o’z o’qituvchisi, Sen-Prega muhabbat uyg’onadi. Sen-Pre ham qizni qaynoq ehtiros bilan sevadi. Ammo Yuliyaning otasi baron d’ Etanj bundan g’azabga keladi. Chunki otaning nazarida bu harakat zodagoniy tushunchalarni oyoq osti qilar edi. Dvoryanlar muhiti«sivilizatsiyalashgan» tuzum sevishganlar yo’liga g’ov bo’ladi. Yuliya, oilasi xohishiga bo’ysunib, eski tartib talablariga binoan Volmar ismli boy dvoryanga turmushga chiqadi. Romanda«tabiiy axloq» bilan soxta odat an’analari o’rtasidagi ziddiyat ko’rsatiladi. Bu ziddiyatning asl mohiyati sevishganlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlikdir. O’sha zamon odatiga ko’ra, dvoryan qizi Yuliyaning quyi tabaqa vakili Sen-Prega turmushga chiqishi qonunga xilof hisoblangan. Shu sababli Yuliya o’zining qalb javhariga zid ish tutib baxtli bo’la olmaydi. Uning bevaqt o’limi ichki azoblariga chek qo’yadi.
Roman qahramonlari Yuliya bilan sen-Pre obrazlarini muallif psixologik jihatdan asoslashda katta mahorat ko’rsatdi. Jan Jak Russoning pedagogik qarashlari ifodasi bo’lgan «Emil yoki tarbiya to’g’risida» romani 1762-yilda yozilgan. Russo inson tug’ilishida har qanday illatlardan xoli bo’ladi, lekin undagi barcha yaramas odatlar tengsizlikka asoslangan jamiyatning ta’sirida yuzaga keladi, deb hisoblaydi. Faylasufning fikricha, pedagogning vazifasi insonning tabiiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Russoning ajoyib asarlaridan biri «Iqror» 1770-yilda yozilgan. Bu asar«YUliya yoki yangi Eloiza» romanidan farq qilib, o’z hayotini kengroq qamrab oladi. «Iqror» buyuk, oddiy odam faoliyatining chuqur realistik kechinmalarini ifodalab bergan. Asar keng hayot haqiqati, butun bir davrning urf-odati, oddiy insonning yashashi uchun olib borgan kurashi tarixini hikoya qiladi. «Iqror» tor biografik kitob bo’lib qolmasdan, keng hujjatli, badiiy asar hamdir. Unda XVIII asr Shveysariya, Italiya va Fransiya hayotining manzarasi chizib beriladi.

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling