Ma’rifatchilik adabiyoti


Fridrix Shiller (1759-1805


Download 129.5 Kb.
bet4/9
Sana11.11.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1766756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 mavzu Ma’rifatchilik adabiyoti Romantizm adabiyoti Realizm va

Fridrix Shiller (1759-1805). Germaniyaning buyuk shoirlaridan biri sifatida Shiller jahon adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Shiller«Qaroqchilar» (1781), «Fiyesko fitnasi» (1783), «Makr va muhabbat» (1784), tarixiy mavzuda yozgan«Don Karlos» (1787), «Vallenshteyn» (1799) romantik tragediyalari, «Mariya Styuart» (1800), «Orlean qizi» (1802) hamda«Vilgelm Tell» (1804) kabi shohona asarlarini yaratib, jahon dramaturgiyasi xazinasini boyitdi.
Fridrix Shiller 1759-yili Vyurtemberg gersogligida harbiy vrach oilasida tug’ildi. U ofitserning o’g’li bo’lgani uchun Vyurtemberg gersogi Karl Yevgeniy tashkil qilgan harbiy akademiyaga o’qishga kirdi. Bo’lajak shoir akademiyada o’qib yurgan yillaridan boshlab nemis sharoitining qorong’i tomonlari bilan to’qnashgan edi. O’zini ma’rifatparvar olim deb ko’rsatishga uringan Karl yevgeniy haqiqatda zolim edi. U akademiyasida qattiqqo’llik siyosatini o’rnatgan, hammani, jumladan, talabalarni ham tobelik, itoatgo’ylik ruhida tarbiyalashga harakat qilar edi.
Yosh dramaturgning birinchi asari«Qaroqchilar» tragediyasi Mangeym shahri teatrida sahnaga qo’yildi, favqulodda muvafaqqiyat qozondi. Asar tomoshasiga borgan Shillerni gersog Karl yevgeniy ikki hafta qamab qo’yadi. Gersog o’ziga tobe kishilarning mustaqil ish qilishini istamas edi. Mamlakat xo’jayini bilan bo’lgan bu to’qnashuvdan so’ng Shiller Mangeym shahriga ketadi. Bu yerda uning«Fiyesko fitnasi», «Makr va muhabbat» asarlari sahnaga qo’yiladi. Shillerning darbadar kezishlari davom etadi. U Mengeymdan Leypsiga, keyin Drezden shahriga kelib joylashadi. Endi Shiller dunyoqarashida evolyutsiya yuz beradi, avvalgi isyonkorlik o’rnini tarbiyaviy-axloqiy va ma’rifiy qarashlar egallaydi. 1787-yili Shiller Vermarga kelib, Gyote bilan tanishadi. Gyote bilan hamkorlikda Veymer teatriga asarlar yozadi. 90-yillarda Shiller estetikaga oid asarlar yaratdi. «Fojiaviy san’at to’g’risida», «Kishini estetik jihatdan tarbiyalash to’g’risida xatlar» kabi nazariy asarlarida Kant falsafasining ta’siri sezilib turadi. Shiller 46 yoshida ayni ijodiy kuchga to’lgan bir pallada vafot etadi.
Shiller«Qaroqchilar» asariga «Zolimlar dastidan dod» so’zlarini epigraf qilib oladi. Asar voqealari ikki yilcha vaqt ichida Germaniyada bo’lib o’tadi. Graf Maksimilian fon Moorning ikki o’g’li bor. Kattasi Karl Moor Leypsig shahrida o’qiydi. Kichik o’g’li Frans Moor shuhratparast, amalparast bo’lgani uchun otasining o’rnini egallash maqsadida qo’lidan kelgan barcha pastkashliklarni qiladi. Karl Moor tartibsiz hayot kechirgani uchun qarzga botib qolgan. Uning yordam so’rab yozgan xatlarini Frans qari otasiga soxtalashtirib, buzib o’qib beradi, akasiga tuhmat qiladi. Nihoyat, graf katta o’g’lidan yuz o’giradi. Ilojsiz qolgan Karl atrofiga o’ziga o’xshagan yoshlarni to’plab, qaroqchilar shaykasi tuzadi. Karl boshliq qaroqchilar butun mamlakat bo’ylab zolimlarga, amaldorlarga

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling