Ma’rifatchilik adabiyoti


Download 129.5 Kb.
bet5/9
Sana11.11.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1766756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 mavzu Ma’rifatchilik adabiyoti Romantizm adabiyoti Realizm va

Iogann Volfgang Gyote (1749-1832). U Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida badavlat xonadonda tug’ilgan. Gyotening otasi huquqshunoslik doktori, imperator amaldorlaridan biri edi. U kishi o’g’lining mustaqil bilim olishi uchun barcha choralarni ko’rdi. Gyote o’z uyida bir necha tillar, matematika, tarix, geografiya hamda musiqa va rassomlikdan saboq oldi. Yosh Gyotedagi iste’dod, tinmay o’qish kelgusida uning buyuk ensiklopedik olim, shoir, yozuvchi hamda jamoat arbobi bo’lib yetishuvida imkon yaratdi.
1765-yilda Gyote otasining istagi bilan Leypsig universitetiga kirib, huquqshunoslikni o’rgana boshlaydi. 17680-yilda kasallanib, uyiga qaytib keladi. 1770-yilda sog’ayganidan keyin Strasburg shahriga kelib, o’qishni tugallaydi va1771-yili advokatlik diplomini oldi.
Bo’lajak san’atkor har tomonlama bilim olishga intilgan. U Spinoza falsafasini, antik dunyo shoirlarining asarlarini qunt bilan o’rgandi. Gomer va Vergiliy, Shekspir va Kornel, Moler va Lessing, Gerder va Shillerlar ijodi Gyote dunyoqarashining qaror topishida muhim omillardan bo’lgan. Keyinchalik Gyote Pushkin, Bayron, Beranje hamda Stendal ijodiga hurmat bilan qaradi.
Gyote «Gyos fon Berlixingen» asarida o’z vatani tarixiga, GermaniyaningXVI asr boshidagi tarixiga murojaat qiladi. Drama Germaniyadagi dehqonlar urushiga bag’ishlangan. Asar qahramoni ritsar Gyos fon Berlixingen zolim knyazlar zulmiga qarshi qo’zg’olonning rahbari.
Gyote «Yosh Verterning iztiroblari» romanida o’z davri uchun xarakterli bo’lgan hayotiy masalalarni ko’tarib chiqadi. Asar qahramoni Verter byurger oilasidan chiqqan iste’dodli yosh yigit. U zamonasiga ko’ra juda yaxshi ma’lumot olgan, klassik adabiyotni, ayniqsa Gomer asarlarini sevib o’qiydi. Qalbi olijanob his-tuyg’ularga boy. Verter tabiatning erkin farzandi. U Russo ta’limotining ixlosmandi. Verter Sharlotta ismli qizni sevib qolgan. Ammo Sharlotta boshqa yigit– Albertga unashtirilgan edi. Shu sababli Verter qizni unutish maqsadida shaharga borib, diplomatiya idorasiga ishga kiradi. Ammo bu yerda uning ishi yurishmaydi. O’z xo’jayini graf saroyida hozir bo’lgan Verter yuqori tabaqa vakillariga yoqmaydi. Kiborlar o’z oralarida tabaqasi past odamning bo’lishini istamaydilar. Verterning xo’jayini mehmonlarning bu xohishini unga aytgach, yigit bu uydan chiqib ketadi. Ertasiga butun shaharda, go’yo Verter mehmondorchilikdan haydab yuborilgani haqida bema’ni tuhmat gaplar tarqaladi. Haqoratlangan Verter ariza berib, ishdan bo’shaydi. Yana o’z sevgilisi yoniga qaytib boradi. Endi Sharlotta turmushga chiqqan, Verterning SHarlottalarnikiga kelishi bu oilani obro’sizlantirar edi. Chorasiz qolgan Verter o’zini o’zi o’ldiradi.
«Yosh Verterning iztiroblari» bosilib chiqqach, keng shuhrat qozondi. Bu asar XVIII asr nemis adabiyotining mashhur asari bo’lib qoldi va bu roman uning dong’ini butun dunyoga yoydi. Gyote romani yevropaning barcha tillariga tarjima qilindi. Muallif o’z asari haqida dunyoning turli burchaklaridan xushxabarlar oldi. Roman epistolyar(xat, maktub) janrida yozilgan edi.
Gyote lirikasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning poeziyasi badiiy yetuk, serma’no va hayotiydir. Shoir o’z lirikasida xalq hayotiga, uning og’zaki ijodiga murojaat qilib, kishining murakkab ichki dunyosini ochib beradi. lirikasining asosiy mavzusi inson, uning sevgisi, uning tabiat bilan uyg’unlashib ketgan hayotiy, falsafiy go’zallik va ozodlik haqidagi olijanob orzularini tarannum qiladi. 1787 yili Gyote«Egmont», «Ifegeniya Tavridada», 1789 yili «Torkvatto Taso» fojialarini yaratdi. «Egmont» asari voqealari XVI asrdagi Niderlandiya xalqining Ispaniya zulmiga qarshi kurashiga bag’ishlangan.
Gyote poetik ijodining cho’qqilaridan hisoblangan «Mag’ribu mashriq devoni» 1814-1819 yillar mobaynida yaratildi. Bunda shoir XIV asr fors shoiri Hofiz Sheroziy ijodiga ergashadi. Shoirning sharq mavzuiga bo’lgan qiziqishi yangi hodisa emas edi. Bir qancha g’arb san’atkorlari o’z ijodlarida sharqqa murojaat qilganlar. Jumladan, Shekspir («Otello»), Rasin («Boyazid»), Monteske («Fors maktublari»), Volter («Zaira»), Gyote («Muhammad»), Bayron(«Sharq dostonlari»), Viktor Gyugo(«SHarq motivlari») kabi misollarni aytish mumkin.
Gyote g’arb va sharq adabiyotlarining boyib, rivojlanishini bir-birlari bilan yaqinlashuvida deb biladi. «Mag’ribu mashriq devoni»da Gyote sharqning buyuk shoirlari Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy hamda Sa’diy ijodini nozik talqin qilib, original falsafiy lirika javharini yaratadi.
«Devon» o’n ikki kitobga bo’linadi. Bular: «Qo’shiqchi kitobi», «Sevgi kitobi», «Mushohada kitobi», «Qobus kitobi», «Soqi kitobi», «Norozilik kitobi», «Hikmat kitobi», «Zulayho kitobi», «Temur kitobi», «Masal kitobi» hamda«Jannat kitobi»dan iborat.
Gyote ijodining yirik mahsuli «Faust» fojiasidir. Asar XVIII asrning oxirgi va XIX asrning birinchi choragida yozilgani (1773-1831) uchun ana shu xilma-xil voqealarga boy bo’lgan yevropa hayotini aks ettiradi. Gyote inson hayotining ma’nosi, umrning vazifasi nimadan iborat bo’lishi kerak, degan muammoga o’zicha javob izlaydi.
Faust nemis xalqi orasida keng tarqalgan afsonaning qahramoni. Mazkur afsona Germaniyada XVI asrda paydo bo’lgan. Gyote qo’liga qalam olgan kundan boshlab bu haqda asar yozishni orzu qilar edi. Ana shu afsonalarda Faust olim, sehrgar, shaytonlar bilan munosabatda bo’lgan kishi sifatida talqin qilinadi.
Asar koinotning, tabiatning go’zalligini, buyukligini, uning to’xtovsiz harakatda ekanligini madh qilish bilan boshlanadi. Arshi a’loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to’g’risida munozara qiladi. SHaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir narsa. U baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. agar xudo unga aql ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo’lur edi. Buning ustiga Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilmu fan kuchi bilan bilib olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, unga shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo’lsa ham, izlash, qidirish natijasida kamolot cho’qqisi tomon boradi, deb unga umid bildiradi.
Bu umid Gyotening insonparvarlik qarashlarining natijasidir. SHayton, men albatta Faustning nafsini qo’zg’ab, yomon yo’llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga chiqaraman, deydi. Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan boshlanadi. Faust kabinetiga kirgan Shayton Mefistofel olimning umidsizlik kayfiyatidan foydalanib, u bilan garov o’ynaydi. Faust o’z ishidan mamnun emas, ko’ngli to’lmayapti. Shayton esa uning o’z hayotidan, qilayotgan ishlaridan mamnun qilishga va’da beradi. Agar shunday bo’lsa, Faust unga o’z yuragini (jonini) berishga rozi bo’ladi. Shartga ko’ra, Faust dunyodagi nafsoniy lazzatlardan qanoatlansa va«ana shu dam chiroyli, bu dam o’tib ketmasin», deb o’z xursandchiligidan tamomila qanoatlanganini bildirsa, shayton yutgan hisoblanadi. Lekin Faust shu narsaga aminki, inson orzularining cheki yo’q, shayton esa uni ko’ngli to’ldirilsa, boshqa narsa istamay, shu bilan ovora bo’lib qoladi, deb o’ylaydi.
Iblis Mefistofel Faustning pinjiga kirib, uni har xil yo’llarga boshlab yuradi. Auerbaxning yerto’lasi, keng dalada bahor bayramini qutlayotgan xaloyiq, jodugar kampirning shohona uyi kitobxon ko’z o’ngidan o’tadi. SHayton Faustning ko’nglini sevgi yo’li bilan to’ldirmoqchi. Keksa Faust uning sehri bilan yosharib, navqiron yigitga aylanadi. Margarita(Gretxen) nomli qizni sevib qoladi.
Ular o’rtasida farzand tug’iladi. Ammo ruhoniylar jazosidan qo’rqqan Margarita farzandini suvga cho’ktirib o’ldiradi. Cherkov xodimlari bu sirdan xabardor bo’ladilar, ular Margaritani tutib zindonga tashlaydilar. Qizni qutqarish uchun kelgan Faustni Margarita tanimaydi, uni jallod deb o’ylab, o’z yonidan haydaydi. Qiz aqldan ozib qolgan edi. SHu tariqa Margarita fojiali halok bo’ladi. Faust, o’zini bu ishda aybdor deb hisoblaydi. Faus Margaritaning fojiasidan ruhan azob chekadi. Faus bilan Mefistofel o’rtasidagi bahs-munozara davom etadi. ular imperatorning saroyida bo’ladilar. Ajoyib koshonalarda, bazmu ziyofatlarda qatnashadilar. Ammo Faust bu lazzatlardan qanoatlanmaydi, ko’ngli taskin topmaydi. Uning ruhi faoliyat va ijodga moyil. Boshi qotib qolgan shayton o’ylab-o’ylab Faustning ko’nglini go’zallik bilan maftun qilmoqchi bo’ladi. U Faustni qadimgi Yunonistonga olib bormoqchi bo’ladi. Ko’z o’ngimizda Sparta malikasi, shoh Menelayning xotini go’zal yelena gavdalanadi. Faust bilan yelenadan tug’ilgan farzand Evforion (Bayron) juda erta halok bo’ladi. Shunday qilib, go’zallik ham, husn ham Faustni qanoatlantirmaydi. Sevgi ham, go’zallik ham Faust nazarida o’tkinchi narsa. Lekin bu ikki narsa Faust ma’naviy olamining qaror topishida muhim rol o’ynaydi.
Endi alloma juda katta hayotiy tajriba to’playdi. Izlanish, fikrlash, kurash, adashishlar uning aqliy kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. U inson hayotining ma’nosi kayf-safo, o’yin-kulgi, hoyu-havas emas, degan xulosaga keladi. Kishining dunyoga kelishdan, yashashdan maqsadi o’z xalqi, vatani uchun halol mehnat qilishda, degan haqiqatga tushunib yetadi. Atrofiga bir to’da kishilar to’plab, dengiz chekkasiga ajoyib bir shahar barpo qilishga kirishadi. Mashaqqatli mehnat samarasidan mamnun bo’lgan Faust olamdan o’tadi. uning jonini farishtalar osmonga olib chiqib ketadilar. Faust o’lgandan keyin ham uning joniga ega bo’la olmagan shayton laqillab qolaveradi. Asar xalqi, vatani uchun halol xizmat qilgan kishining yuragi eng yuksaklikda bo’lishi kerak, deagn g’oya bilan tugaydi.
Jahon adabiyotining shoh asarlaridan bo’lgan «Faust»ni o’zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov tarjimasida o’z ona tilida o’qimoqda.



Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling