Ma’rifatchilik adabiyoti
REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI
Download 129.5 Kb.
|
8 mavzu Ma’rifatchilik adabiyoti Romantizm adabiyoti Realizm va
REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI
Reja: XIX asr tanqidiy realizm adabiyotining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘nalishi. Onore de Balzak – fransuztanqidiy realizmadabiyotining yirik vakili. Onore de Balzak asarlariga xos yetakchi motivlar. Onore de Balzakning «Gorio ota» romanining g‘oyaviy-badiiy tahlili. Tayanch tushunchalar: realizm, tanqidiy realizm, romantizm, mondernizm, adabiy tur va janrlar, balzakshunoslik, stendalshunoslik, naturalizm, adabiy ta’sir, adabiy oqim, uslub, tarjima, asliyat, bevosita tarjima, bilvosita tarjima, “jahon adabiyoti”. Jahon adabiyoti tarixida tanqidiy realizm XIX asrning 20-yillari oxirda paydo bo‘lib, 30-40 yillarda o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada ya’ni Angliya va Fransiyada XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida Balzak, Dikkens asarlarida o‘z ifodasini topadi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyati ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan ishchilar sinfi o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqqan. Agar XIX asrning boshlarida burjua munosabatlari adabiyotda romantik norozilik tarzida ifodalangan bo‘lsa, 30-40 yillarga kelib esa, bu munosabatlar realistik tanqid obyektiga aylanadi. Burjua munosabatlari tantana qilgan yangi sharoitda «Aql hukumronligi» tug‘risidagi xom xayollar puchga chiqdi. Bu davrga kelib tabiat fanlarining ravnaq topishi ham hayot voqealariga haqqoniy yondoshishni taqoza qiladi. Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o‘z asarlarida o‘zi yashab turgan davr hayoti qonunlari, bu qonunlarni boshqarayotgan kuchni, uning xarakterini, tipik belgilarini kashf etdi. XIX asrning birinchi yarmida Fransiyada inqilobiy poeziya rivojlanadi va bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatlarini aks ettiradi. Ana shu demokratik adabiyotning yirik vakili buyuk qo‘shiqchi shoir Pyer Jan Beranjening ijodi burbonlar restavratsiyasi 1814-1830 yillar, hamda iyul manarxiyasi 1830-1848 yillarga to‘g‘ri keladi. Uning she’rlarida fransuz taxtiga qaytib kelgan dvoryan-aristokratlar reaksiyasiga hamda burjua qiroli Lui Filipp zulmiga qarshi xalqning keskin noroziligi o‘z ifodasini topgan. XIX asrning 30-40 yillari Angliyada kapitalizm bilan ishchilar sinfi o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan ajralib turadi. Bu yillarda paydo bo‘lgan va qudratli kuchga aylanganishchilar g‘alayoni Angliya tarixida chartistlar harakati nomini oladi. Chartistlar harakati o‘z zamonida ingliz va Amerika Qo‘shma Shtatlari adabiyotiga va yozuvchilar ijodiga ta’sir etmay qolmadi albatta. Chartistlar harakatining namoyandalari o‘z ijodida tanqidiy realizm adabiy yo‘nalishiga e’tiborlarini qaratadilar. XIX asrning 20-yillari oxirida chet ellar adabiyoti tarixida tanqidiy realizm paydo bo‘lib, 30-40-yillarda o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada (Angliya va Fransiya) XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida (Balzak, Dikkens) o‘z ifodasini topdi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyat ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan oddiy mehnatkash xalq o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqdi. Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o‘z asarlarida yashab turgan davri hayoti qonunlarini, bu qonunlarni boshqarayotgan kuchlarni, uning xarakterini, tipik belgilarini kashf etdi. Balzak «Inson komediyasi» deb nomlangan ulkan romanlar silsilasida burjua jamiyatining axloqiy, falsafiy tomonlarini chuqur tahlil qilib berdi. U burjua tuzumini harakatga keltiradigan asosiy kuch pul, oltin ekanligini isbotladi. Balzak «Beyl haqida etyud» nomli risolasida Stendalning «Parma ibodatxonasi» romanini tahlil qilib, bu asardagi obrazlar va voqealarning tipikligini ko‘rsatdi, badiiy umumlashma hayotiy haqiqat bilan qo‘shilib ketganligini ta’kidladi. Chunki Balzakning o‘zi detallarni haqqoniy, xarakterlarni tipik tarzda ifodalab berar edi. Tanqidiy realizm ijtimoiy muhitni chuqur aks ettirdi. Agar romantik yozuvchilar o‘z qahramonlarini real muhitdan ajratib tasvirlagan bo‘lsalar, tanqidiy realistlar qahramonni o‘zi yashab turgan muhit bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rsatadilar. Shuning uchun tanqidiy realizm adabiyotidagi tipik qahramon xarakteri ijtimoiy xarakter sifatida gavdalanadi. Tanqidiy realizm romantizmdan farqli o‘laroq, o‘zi tasvirlayotgan voqea-hodisalarning asl mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. U har bir voqea va hodisaga tarixiy jihatdan aniq yondashadi. Shuning uchun tanqidiy realizm adabiyotida tarixiylik muhim rol o‘ynaydi. Tanqidiy realizm adabiyoti zulm va zo‘ravonlikka asoslangan tuzumni, uning vakillarini ayovsiz fosh qilib tashlaydi. Agar yozuvchi tasvirlayotgan voqea-hodisalarga tanqidiy yondashmasa, tanqidiy realizm adabiyotining vakili bo‘la olmaydi. Chunki burjua tuzumi haqida haqiqatni gapirish o‘sha tuzum illatlarini ko‘rsatishni taqozo qiladi. Fransuz adabiyotining buyuk siymolaridan Onore de Balzak ijodida tanqidiy realizm o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Balzak fransuz tanqidiy realizmining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan adib. Balzak Fransiyaning Tur shahrida 1799 yilda tug‘ilgan. O‘sha davr odatiga ko‘ra, u ham Sorboni universitetining huquq fakultetini tugatadi. Ammo adabiyotga qiziqib, bir yil mobaynida o‘z ustida tinmay ishlaydi. Balzakning birinchi tragediyasi «Kromvel» muvaffaqiyatsiz chiqadi. Lekin yozuvchi umidsizlikka tushmay, adabiyot bilan zo‘r berib shug‘ullanaveradi. U uzzukun, 14-16 soatlab ishlab, zamonasining ajoyib san’atkori darajasiga ko‘tariladi. Balzakning yozuvchi sifatida nomini elga tanitgan va unga shuhrat keltirgan asari «Shuanlar» (1829) romanidir. Shundan keyin uning «Gobsek», «Sag‘ri teri tilsimi», «Noma’lum navodir», «Polkovnik Shaber», «Yevgeniya Grande», «Gorio ota», «Yo‘qotilgan illyuziyalar», «Nyusinjenning savdo uyi», «Dehqonlar» va boshqa asarlari birin-ketin bosilib chiqa boshlaydi. Balzak o‘z asarlarini «Inson komediyasi» degan umumiy nom ostida birlashtiradi va ularni quyidagi uch qismga bo‘ladi: Download 129.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling