Marjinalizm, iqtisodiyotda aniq narxlar va xarajatlarni hisoblashning ko'nikmali usuli hisoblanadi


Download 237.7 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi237.7 Kb.
#1428377
1   2
Bog'liq
zamonaviy otabek aka

QISQACHA XULOSALAR
XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo'ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo'nalishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne'matlar) qimmatini unga bo'lgan sub'ektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne'matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lib, har qanday ne'mat foydalidir, lekin u qimmatli bo'lmasligi ham mumkindir. Foydali bo'lgan ne'matlargina ma'lum darajada qimmatli bo'ladilar. Foydalilik va qimmatlik kategoriyalarini ajratib ko'rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne'matlarning narxini unga sarf bo'lgan mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste'molchining sub'ektiv ravishda bu ne'mat qimmatini belgilashida o'z o'rnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi o'ta sub'ektivligi uchun tartibsizligi va to'la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko'p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarida Avstriya maktabining g'oyalarida ayniqsa mikroekonomika bo'limida keng foydalanib kelinmoqda. Chunki bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning natijalari to'liq inobatga olinadi. Marjinalizm inqilobi to'g'risida gap borganda Avstriya maktabi qatori Lozanna maktabini ham alohida ta'kidlashimiz zarurdir. Bu maktab asoschilari marjinalistik g'oyalarni qo'llagan holda uning qisqa, ochiq va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar. Valras foydalilik o'rniga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi. Umumiy bozor muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi, iqtisodiyot va matematikani bir-biriga chambarchas bog'ladi. Valras qonuni bo'yicha, bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir. Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo'ygan va uning qachonlardir echilishini bashorat qilgan bo'lsa, V.Pareto bu muammoni hal etishga muhim hissa qo'shdi va tartibli foydalilik tushunchasini kiritdi. V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimumi) bu bozor ishtirokchilarining hammasi o'z foydasi uchun intilib, o'zaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar. Shved olimi K.Viksell normal almashuv sharoitida ikkala tomonning ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya'ni almashuvdan hamma manfaatdordir, degan g'oya ilgari suriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Neoklassik_iqtisodiy_nazariya

  2. https://fayllar.org/pars_docs/refs/370/369889/369889.pdf

  3. https://fayllar.org/marjinalizm-iqtisodiy-talimotining-shakllanishi-umumiy-tarifi-v2.html

  4. http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh.pdf

  5. https://e-library.namdu.uz/65%20%D0%98%D0%BA%D1%82%D0%B8%D1%81%D0%BE%D0%B4/Iqtisodiy%20ta'limotlar%20tarixi.%20Razzaqov%20A,%20Tashmatov%20SH.pdf

Download 237.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling