Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a
Download 312.66 Kb.
|
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
Hasharot-hasharot,
Haqiqatni aytib ber. Hasharot-hasharot, Haqiqatni aytib ber. deb baqirdi. Shu vaqt chuqurcha qimirlab, quraning orasidan kichkina bir qora qurt ko'rindida, qo'rqib darhol ko'zdan g'oyib bo'ldi. - U so'zlashni xohlamadi! Deinak, bu ishni ajina qilgan ekaii. Men o'zim ham shunday deb o'ylagan edkn. Tom ajinalar bilan olishib yurishning qiyin ekanini bilar edi, shuning uchun u ancha ma'yus bo'lib qoldi. Keyin unda: «Juda bo'lmasa, o'sha o'zim yashirib qo'ygan soqqani topib olsam bo'lar edi», degaii fikr tug'ildi-da, yerdagi maysa o't ustida o'rmalay boshladi, lekin hech narsa topa olmadi. U o'zining yashirin yeriga qaytib kelib, yashikni sekingina o'z o'rniga qo'ydi, keyin o'sha vaqtda soqqa tashlaganida qanday turgan bo'lsa, shunday turdi-da, cho'ntagidan ikkinchi soqqani olib tashlar ekan: - Bor, akasi, ukangni topib kel! - dedi. U soqqaning tushgan yerini mo'ljallab olib, o'sha yerni qidira boshladi, lekin ikkinchi soqqa yo biroz berida qolgan, yoki biroz nariga o'tib ketgan bo'lsa kerak, u yana hech narsa topa olmadi. U bu ishni yana bir marta, ikkhicbi, uchinchi marta takrorlagandan keyin, nihoyat muvaffaqiyat qozondi: soqqalarning ikkovi ham bir-biridan bir fut chamasi yiroqlikda yotar edilar. Shu vaqt ko'm-ko'k qalin daraxtlar orasidan kiclikina o'yinchoq tunuka karnayning tovushi eshitildi. Toui darhol ustidagi nimchasini va shimini yechib tashladi, yelkasiga tortib qo'ygan tasmaning birini belbog' qilib oldi, chirigan to'nkaning orqasidagi shoxlardan anchasini chochib tashlab, uning orasidan qo'polgina ishlangan bir kamon va nayza, yog'ochdan ishlangan qilich hamda bir karnay topib oldi, ko'z ochib yumguncha yaroq-aslahalar bilan qurollanib olib, ko'ylakchan va oyoqyahing holda yugurganicha dushman qarshisiga bordi. Bir katta daraxtning tagiga yetib borib, javob alomati yuzasidan bir karnay chaldi. Keyin, goho o'ng tomonni va goho chap tomonni sinchiklab ko'zdan kechirib, emaklaganicha ketdi. O'zi faraz qilgan otryadiga: - To'xta, bolalar! Men karnay chalguncha, pistirrnada o'tiringlar! - degan koinandani berdi. Shu vaqt Jo Garper paydo bo'lib qoldi. U ham yengilgina kiyingan va turli-tuman yaroq-aslahalar taqib olgan edi. Tom uni: Hoy, to'xta! Shervud o'rmonlarida mendan ruxsatsiz yuruvchi kim ekan? - deb chaqirdi. Gay Gisbori hech kimning ruxsatiga muhtoj emas. Sen o'zing kim bo'lasan?.. «...kim men bilan shu tariqa orsizlarcha muomala qiluvchi?» - dedi shoshilinch bilan Tom. Chunki ular bu so'zlarni kitobdan o'qiganlari uchun xotirlab aytar edilar. ...sen kimsan o'zing, men bilan bunday orsizlarcha muomala qilasan? Menmi? Men Robin Gudfl bo'laman, tez kunda seihng jirkanch jasadmg buni anglar. Ey-y, o'sha mashhur qaroqchi sen ekansan-da! Unday bo'lsa, bu go'zal o'nnonning xo'jayini kim, degan mavzuda sen bilan bahslashishga tayyorman. Qani, maydonga chiq! Ular boshqa aslahalarim' bir chekkaga tashlab qo'yib, yog'och qilichlarini yalang'ochlab qo'llariga oldilar-da, Robin Gud — inglizlarning qadimgi hikoya va qo'shiqlarining mash- hur qahramoni. Tom Soyer uning qaroqchilik tarixlarini ko'p o'qigan; bu voqealardan eng qizig'i — Robin Gudning Gay Gisborn degan pahlavon yigit va Tek degan monax bilan duch kelishidir. oyoqlarini oyoqlariga to'g’rilab qo'yib, jangovarlik holatida turdilar; shundan keyin yakkama-yakka urush boshlanadigan bo'ldi. Nihoyat Tom: - Qani, urushadigan bo'lsak, rostakam urushaylik!
Ular shunchalik «g'ayrat»ga kirishib ketdilarki, ikkovlari ham terlab, kuyib-pishib, hansirab qoldilar. Qani, yiqil endi! - deb baqirdi Tom. - Nega yiqilmaysan? Men yiqilmayman, yiqilsang o'zing yiqilaver, sening ahvoling menikidan yomonroq-ku! Ahvolim yomon bo'lsa nima? Bu hech gap ernas. Men yiqila olmayman. Kitobda bunday deb aytilmagan-ku, unda: «Va u bir abjir zarba bilan bechora Gay Gisbornni yerga ag'dardi», deyilgan. Sen orqangga bir urishga menga yo'l qo'yishing kerak. Bunday obro’ga qarshi e'tiroz qilish mumkin emas edi. Jo orqasini o'girib bir musht yedi-da, yerga yiqildi. Birozdan keyin o'rnidan turar ekan: Qani, - dedi, - endi tinch tur, men seni o'ldirayin, insof yuzasidan ish qilganda shunday bo'ladi. Bunday qilish mumkin emas, bu narsa kitobda yo'q. Aha, vijdonsiz, sening bu qilgan ishing uyatsizlik-ku! - Kel, endi yetar. Jo, agar istasang Tekdek monax yoxud tegirmonchining o'g'li Mech bo'lib, boshimga cho'qmor bilan bir ura olasan. Yoinki, agar xohlasang, men Notingem sheriii bo'laman, sen esa bir zumda Robin Gud bo'lasanda, meni o'ldirasan. Bu ish Garperga ma'qul bo'lib, o'yin qaytadan davom etdi. Keyin Tom yana qaytadan Robin Gud bo'lib, dindan qaytgan bir monax xotinning uning yarasiga yaxshi qaramaganligi natijasida ko'p qon ketib yotdi; keyin o'zini Robin Gud qayg'usida yig'lab yuborgan allaqancha o'g'rilar sifatida ko'rsatib yuruvchi Jo xafalik bilan uni bir chekkaga sudrab olib bordi-da, kamonni qo'liga ushlatib qo'ydi, shunda Tom so'zga kirib: “ n shu o'q qayerga borib tushsa, bechora Robin Gudui o'sha yerga, katta daraxtlar ostidagi ko'kalamzorga ko'minglar», dedi. Keyiii u nayzani otib yubordi va orqaga tashlanib, o'zini o'likka solib yiqilmoqchi bo'lgan edi, biroq yiqiladigan yerida bir to"da qichima o't to'g'ri kelib qolganidan u o'liklar uchun kelishmagan bir qiyofada o'rnidan sakrab tnrib ketdi. Ikkovi ham kiyimlarini kiyishib, o'z anjomlarini bir pana yerga yashirib qo’ydilar-da, endi o'g'rilar yo'qligidan xafa boiishib, nariga qarab jo'nadilar. Ikkovlari ham: Butun umr bo'yi Qo'shma Shtatlarning prezidenti bo'lib turgandan ko'ra, bir yilgina bo'lsa ham Shervud o'rmonida o’g'ri bo'lib yurish afzalroq», deb tasdiqlar edilar.
Download 312.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling