Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a
TOM O'Z UYIGA YASHIRINCHA KELIB OLADI
Download 312.66 Kb.
|
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
O'N BESHINCHI BOB
TOM O'Z UYIGA YASHIRINCHA KELIB OLADI Oradan bir necha daqiqa o'tgandan keyin Tom sayoz yerlarni kechib, Illinoys qirg'og'iga qarab jo'nagan edi. Daryoniiig suvi qoq beliga yetgaiida u yo'lning yarmini bosib o'tgan, lekin suvning oqimi tez bo'lganidan, bundaii nariga yurib bo'lmagani uchun Tom dadillik bilan suzib ketdi. Suvning narigi chetiga atigi yuz qadamcha keladigaii masofa qolgan edi. U suvning oqiiniga qarshi suzib borar, lekin suv uni kutganidan ortiq darajada pastga olib ketib borardi. Shunday bo'lsa bam u quruqqa chiqish uchun o'ng'ay yer topguncha, bo'ylab suzib bordi. Shu yerda u nimchasining cho'ntagiga qo'lini tiqib qaradi, po'stloq joyida turganini bilib, ko'ngli tinchigandail keyin kiyimlaridan suv oqib tm'ganiga ham qaramasdan, o'rmon bo'ylab yurib ketdi. Qishloqmng qarshisidagi ochiqlikka chiqqanida soat o'nga yaqinlashib qolgan edi; u yerda baland jar yonidagi daraxtlar ostida turgan katerga ko'zi tushdi. Tevarak-atrof jimjit edi. Tom yulduzlar yog'dusi ostida, daryoga diqqat bilan qaragani holda tovushini chiqarmasdan qirg'oqdan yurib borib, daiyoga tushdi va suzib borib har ehtimolga qarshi katerniug orqa tomoniga bog'lab qo'yilgan qayiqchaga chiqdi-da, uning tagidagi kursi ostiga yotib oldi va qo'rquv ichida nafasini chiqarmay, nima bo'lishini kutib yotdi. Birdan jaranglagan qo'ng'iroq ovozi eshitilib, kimdir: -Bo'shatib yubor», deb buyruq berdi. Yana bir minutdan keyin katerning borti qayiqcha ustidaii ancha baland ko'tarildi-da, ikkisi ham suzib ketdi. Tom muvaffaqiyatdan o'zini baxtli saiiar edi. Oradan kishini zeriktirarlik darajada o'n besh yoki yigirma daqiqacha vaqt o'tdi. Kater to'xtadi. Tom qayiq ichidan chiqib, qorong'ida qirg'oqqa qarab suzib ketdi. Tasodifan o'tib boruvchilarga duch kelib qolmaslik uchun, u o'ziga kerakli joydan ellik qadam chamasi pastroqdan qirg'oqqa chiqib, kishi yurmas bir ko'chani tanlab, hovlima-hovli yurib borib xolasining uyiga yetdi. Devonian oshib tushib qaradi. Chiroq shu'lasi ko'rinar edi. Uy ichida Polli xola, Sid, Meri va Jo Garperning onasi nimalar haqidadir so'zlashib o'tirar edilar. Tom eshik yoniga borib sekingina tambasini surdi-da, keyin sekin-asta eshikni itardi, eshik g'ijirladi, u har bir g'ijirlaganda qaltirab, shunday bo'lsa ham eshikni ohista ochishda davom etdi, eshik tizzasigacha sig'arlik darajada ochilgandan keyin, sekingma boshini tiqib o'zini uy ichiga oldi. - Bu shamning shu'lasi nega birdan yelpmib qoldi? - dedi Polli xola Eshik ochilib qolgan bo'lsa kerak. Ha, aytmadimmi? Bor, Sid, eshikni yopib kel! Tom o'z vaqtida karavot ostiga sho'ng'igan edi. U biroz nafasmi rostlab oldi-da, keyin o'rmalab xolasining yoniga shunday yaqin borib qoldiki, uning oyog'iga tegib ketayozdi. - Ha, men shunday der edim, - deb Polli xola so'zida davom etdi, - u badjahl, yaramas bolalardan emas, faqat ko'p sho'xlik qiladi, o'g'il bolalar ma'lum. Hammalari ham shunday toychoqdek bir yerda tinch turolmaydilar, axir uni ayblab bo'ladimi? U hech vaqt yomon niyat bilan biror ish qilgan emas, uning qalbi oltin edi. Shu so'zlarni aytib u yig'lab yubordi. - Mening bolam Jo ham xuddi shunday edi. Sho'xlikka, to'polon qilishga birinchi edi. Lekin ko'nglida kiri yo'q, juda yoqimli bola edi. Xudoyo-xudovando, men gunohkorman, gunohimni o'zing kechir, deyman. Men uni, qaymoqni ichib qo'ygansan, deb urgan edim. Keyin o'ylab qarasam, qaymoq achib qolgani uchun o'zim to'kib tashlagan ekanman. Endi bolam bechorani bu dunyoda ko'rolmayman. Esimga tushsa, yuraklarim ezilib ketadi! Shu so'zlar bilan missis Garper ho'ngrab yig'lay boshladi, shunday ho'ngradiki, go'yo uning yuraklari pora-pora bo'lib ketgandek tuyuldi. Tom uchun hozirgi joyi yaxshiroq bo'lsa kerak, deb umid qilaman, - dedi Sid. - Biroq u bu yorug' dunyoda ba'zi masalalarda... Sid! - deb baqirda Polli xola (Tom garchi xolasining yuzini ko'rmay turgan bo'lsa ham, lekin hozir uning ko'zlari qanday yarqirab o'ynab ketganini sezgandek bo'ldi). - Mening bolam Tom bu dunyoda yo'q. Shuning uchun seii u haqida yomon so'zlama. Oh missis Garper, men endibunday alamga qanday qilib chidayolaman. Men to'g'ridan-to'g'ri uning shu tariqa yo'q bo'lib ketishiga ishonolmayman. Garchi u mening keksa ko'nglimni ko'p ranjitgan bo'lsa ham. Shunday, bu og'ir. Oh qanday og'ir! O'tgan shanba kuni bolam Jo o'zining o'yinchoq to'ppanchasini olib kelib xuddi mening burnimning tagida otib yubordi, men uni urgan edim, u ag'darilib tushdi. O'sha vaqtlarda uning o'lishini bilmagan edim-da, bilsam shunday qilar edimmi? Ha, ha, bo'lmasa-chi, missis Garper, men hissiyotlaringizni yaxshi tushunaman. Uzoq emas, xuddi kechagina mening Tomim ham mushukka dori ichirgan. Mushuk bechora shunday tipirchilab o'zini u yoqdan-bu yoqqa virdiki men, uyda birorta butun narsa qolmas, deb o'ylagan edim. Men ham xudoyo tavba qildim, angishvona bilan urib, boshini teshayozdim. Oh, bolam, bechora marhumginam, inana endi uning butun sho'xliklari ham, o'zi ham yo'q, Undan eshitganim eng so'nggi so'zlarim ham ta'na va kinoya bo'ldi... Tom Merining ham dam-badam uni yaxshi so'zlar bilan yodlab, yig'lab o'tirganini xolasining qayg'usi unga qattiq ta'sir qildi, u hozir karavot ostidan yugnrib chiqib, bo'ynidan quchoqlab olgisi kelar edi. Biroq shunday bo'lsa ham o'zini tutib, karavot ostida tinchgina ularning so'zlarini tinglab yotaverdi. Ularning aytishicha, bolalar hoynahoy cho'milish uchnn borib cho'kib ketganlar degan o'yga borishgan. Keyinroq esa bolalardan biri o'rtoqlari, bizlaryaqin kunlarda butun shaharni hayron qoldiramiz, deganini aytgan. Shundan keyin ko'pchilik "bolalar yaqin o'rtadagi shaharlarning biriga borish uchun solga tushib ketganlar-, degan. Biroq solning shahardan atigi besh-olti milgina narida turganini ko'rib, butun umidlari puchga chiqqan. Agar ularning o'liklari yakshanba kuni ertalabgacha topilmasa, u vaqtda hech qanday umid qilmay, yakshanba kuni ular uchun motam tutishmoqchi. Tom bu so'zni eshitar ekan, qo'rqqanidan bir seskanib ketdi. Missis Garper hammalari bilan xayrlashib, ho'ngrab yig'lagani holda eshikka qarab yo'nalgan edi, yana to'xtadi va g'arib bo'lib qolgan bu ikki kampir to'satdan bir-birlariga tashlanib, ajralishdan oldin quchoqlashib, ancha yig'lashib oldilar. Polli xola uyquga yotish oldidan Sid bilan Merini avvalgidan ham katta muhabbat bilan o'pdi, shundan keyin Sid entikib yig'ladi, Meri bo'lsa ko'zlari yoshga to'lgan holda uxlash uchun ketdi. Polli xola tiz cho'kib Tomni duo qila boshladi. Uning titroq ovozida naqadar cheksiz muhabbat sezilib turar, uning duosi shunday qizg'in va jozibali ediki, Tomning ko'zlari ham jiq yoshga to'ldi. Polli xola o'rniga yotgandan keyin ham ancha vaqtlargacha toqatsizlanib, u yoqdan-bu yoqqa ag'darila bergani, tinmasdan yo'talib yotgani va har zamonda qattiq uh tortib qo'yganidan Tom ancha vaqtlargacha karavot ostidan chiqa olmadi. Nihoyat, kampir tinchigandek bo'ldi, faqat uyqusida ingrab qo'yardi. Tom karavot ostidan chiqib qo'li bilan shamni panalab, ancha vaqtgacha kampirning ynziga tikilib qarab turdi. U kampirga chin ko'ngildan acliinar edi. Cho'ntagidan bir bo'lak po'stloqni olib stol ustiga, sham yoniga qo'ygan edi, keyinroq bir narsa esiga tushgandek bo'lib, biroz o'ylanib turgandan keyin shoshilinch ravishda po'stloqni yana qaytib cho'ntagiga solib qo'ydi-da, engashib turib kampirning so'lg'in lablaridan bir o'pdi. Keyin, sekingina chiqib, eshikni berkitdi. U pristanga, kater turadigan yerga bordi. U yerda hech kim yo'qligini bilgandan keyin dadillik bilan sakrab kemaga chiqib oldi. Kemada qorovuldan boshqahech kim yo'qligini bilar edi. Qorovul esa ko'pincha kemaning ichkarisiga kirib uxlab yotardi. Tom arqonni yechib, sekingina qayiqqa chiqib oldi-da, eshkaklarni eshib, daryoning bosh tomoniga suzib ketdi. Bir mil chamasi yurganidan keyin, qarshisidagi qirg'oqqa tomon yo'l solib, daryoni kesib o'tdi-da, qayiqni xuddi mo'ljalga olib borib to'xtatdi, negaki u mazkur yerlarni endigina ko'rgan emas edi. Bu qayiqchani o'ziniki qilib olishga Tomning ishtiyoqi zo'r edi, chunki qayiqcha ham o'z navbatida suvda yurish quroli hisoblanganligi uchun qaroqchilarga qonuniy o'lja bo'lar edi, shunday bo'lsa ham u kishilarning bu qayiqchani izlashlarini, balki bu orqali izlarini topib olishlarini bilar edi. Shiming uchmi u suv bo'yiga tushib, o'rmonda o'tirib, yaxshigina daniini oldi-da, uxlab qolishdan o'zini zo'rg'a tutib, charchagan holda o'rtoqlari yoniga qarab ketdi. Tong otib qolayozgan edi; u joyiga yetib borganida, hammayoq yorishib qoldi. U yana biroz sbu yerda o'tirdi-da, quyosb nurlari daryoning suvini biroz isitgach, o'zini suvga tashlab suzib ketdi. Birozdan keyin butun ustboshlari hoi holda turtinib-surtinib lagerga kelarkan, xuddi Joning quyidagi so'zlari ustidan chiqib qoldi: Yo'q, Gek, Tom ishonchli o'rtoq. U qochib ketmaydi, albatta qaytib keladi. U qochoq nomini olishni istamaydi. Qaroqchi uchun qochib ketishning uyat ekanini biladi. U qandaydir biror narsa o'ylagan boisa kerak, hiroq men uning o'ylagan ziarsasi nimaligini bilishni istarman. Durust, narsalari-chi, narsalari harholda bizniki bo’ladi-ku! Bizniki boiadi, Gek, biroq butunlay emas. U xatida: «Agar men ertalabki nonushtaga yetib kelmasarn, narsalarhnni sizlar olinglar». degan. Shu vaqt to'satdan Tom o'zini ko'rsatib: - Ana o'zi ham kelib qoldi! - deb baqirib yubordi. Bu juda kam uchraydigan ta'sirli voqea boidi. Tezdan ular go'sht va baliqlardan ovqat hozirladilar. Ovqat ustida Tom o'zining tungi sarguzashtlarini (orttirmay va kamitmay, qanday boisa shunday) o'rtoqlariga so'zlab berdi. Tomning hikoyasi oxiriga yetganida, bolalarning kibrlari haddan oshib ketdi. Qorinlari to'ygandan keyin, Tom uxlash uchun koiankaga borib yotdi, boshqa qaroqchilar boisa, orolning atrofini tekshirib ko'rish va baliq ovlab kelish uchun chiqib ketdilar. O'N OLTINCHI BOB Download 312.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling